Telegram Web Link
Istoriya ko'rishga qiziqasizmi?
Anonymous Poll
51%
Ha
49%
Uncha emas
Hubbuna
Istoriya ko'rishga qiziqasizmi?
Bu so'rovnoma ortidan kanalga ovoz bering, istoriya qo'yaylik demoqchi emasman — baribir foydasi yo'q. 😁

Menda Durovni dog'da qoldiradigan taklif bor: shunchaki @Hubbuna_admin profilini kontaktingizga qo'shib oling va istoriyalar orqali ham bizni kuzatib boring!
182-savol: Menda qo‘rquv bor

Assalomu alaykum. Yaqinda unashtirildim. Unashtirilishimdan oldin uyga juda koʻp sovchilar kelishgan. Aynan bu oila uzoqroq qarindosh boʻlgani uchun va ota-onasi yaxshi boʻlgani uchun koʻrishishimizni aytishgan.

Birinchi uchrashuvda u inson ogʻir bosiqlik vazminlik bilan gaplashgan. Ishini qiziqishlarini gapirib bergan. Sportga qiziqishi musobaqalarda qatnashishi va davlat ishida ham ishlashi haqida bafurja gapirgan.

Diniy bilimi haqida namoz oʻqishi, juma namozlariga qanchalik tez-tez borishi haqida soʻraganimda jumaga borib turishini lekin namozlarini toʻliq oʻqiyolmayotgani haqida aytgan. Lekin iloji boricha tez orada namozlarini yoʻlga qoʻyishini aytadi. Va biz unashtirildik.

Hozir esa bir oy boʻldi. Lekin hech qanday oʻzgarish yoʻq. Ishlari va trenirovkasi koʻpligi uchun haliyam namozlarini boshlagani yoʻq. Menda ozgina qoʻrquv bor. Nima maslahat berasiz?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Unga turmushga chiqmaslikni maslahat beraman.

#Oila_qurish
2024/09/30 10:18:41
Back to Top
HTML Embed Code: