Telegram Web Link
Mutоlaa asabni tinchlantiradi 💬

Hayotda turli hоlatlar bo‘ladi, hech kim o‘z xоhishi bilan asabiylashmaydi, lekin ko‘pincha shunga majbur bo‘lamiz. O‘zimizni idоra qila оlmasak, asabiylashib ketamiz. Bu sоg‘liq uchun zararli, albatta. Shuning uchun asabiylashganda darhоl bu hоlatni bartaraf etishga harakat qilish kerak.

Buning uchun ba’zilar sayr qiladi, ba’zilar musiqa tinglashni afzal ko‘radi. Success universiteti оlimlari esa buning o‘rniga kitоb o‘qishni tavsiya qilishadi. Kitоb o‘qish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi оlti daqiqa kitоb o‘qish asabiylashishga barham beradi.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Odobli boʻling

Ayol kishi begona erkak bilan gaplashishiga toʻgʻri kelib qolsa, odob-axloq doirasida, ayollik latofatini ishga solmay, mayinlik, muloyimlikdan qochib – oddiy tarzda soʻzlashi va faqat kerakli gaplarni aytishi kerak.

Xushmuomala boʻlaman deb begona erkakka shirin gapirmaydi. Agar shunday qilsa, erkakning xayoli buzilishi, ayolga nisbatan mayli uygʻonishi mumkin. Shuning uchun ayollar bu narsaga hatto qaynagʻa, qaynilar bilan gaplashganda ham juda eʼtiborli boʻlishi lozim. Oʻz oʻrnida erkaklar ham ayollarga turli hazillar, keraksiz soʻzlar aytmasligi, ularni erkalatib gapirmasligi kerak.

Shuningdek, internetdagi yozishmalar ham ayni shundaydir: begona boʻlgan qarshi jins vakillari bilan zaruratan yozishganda kayfiyatni izhor qiluvchi turli belgilarni ishlatishdan ham tiyiling – oddiy holda, zaruriy gaplarni yozing.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nikohsizlarni nikohlab qoʻyish amriga amal qilgan holda yaxshi bir ukamizni uylantirish harakatidamiz.

Bu yigit ishonchli va haqdor. U 22 yoshda, otasiz oʻsgan va oilasining yagona boquvchisi. Biz toʻy uchun eng zarur narsalar va valima uchun xayriya eʼlon qilyapmiz. Toʻy dabdaba va hashamdan xoli, qadriyatlarimizga mos tarzda oʻtkaziladi.

Bu xayrli ishga hissa qoʻshmoqchi boʻlsangiz, quyidagi karta raqamiga imkoningiz qadar ehson qilishingiz mumkin. Iltimos, ushbu xabarni boshqalarga ham yetkazing.

Karta raqami: 9860 6004 0164 0138
Karta egasi: Ahmadov Akbar

Gʻiyosiddin Yusuf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkakning sevishini aynan shu 2 narsa bildirib qoʻyadi

Sizga mehr berishi, eʼtibor qaratishi, siz uchun qaygʻurishi – sizni yoqtirishini bildirmasligi ham mumkin. Balki, sizning unga bogʻlanib qolganingiz alomatidir.

#ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/28 19:31:07
Back to Top
HTML Embed Code: