Telegram Web Link
Sog'lom oilaviy muhit yaratish

Oilada ruhiy va jismoniy jihatdan sog'lom muhitni saqlash har bir a’zo uchun katta ahamiyatga ega. Oila a’zolari bir-biriga mehribon bo‘lishi, sokin va samimiy muloqot qilishga harakat qilishi kerak. Jismoniy faollik, sog‘lom ovqatlanish va uyquga e’tibor berish esa har bir oila a’zosi uchun zarur bo‘lgan omillardir. Stressni kamaytirish va bir-biringizni qo‘llab-quvvatlash orqali sog‘lom va baxtli oilaviy muhit shakllantirish mumkin. Sog'lom muhitda o‘sayotgan bolalar esa o‘zlarini xavfsiz va baxtiyor his qiladi.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar bolalar biz oʻrgatgan usulda oʻrgana olmasa, biz bolalar oʻrgana oladigan usulni oʻrganishimiz kerak.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
152-savol: Dindor yigit bilan hayotimni bog‘lashni istayman

Assalomu alaykum, ustoz savolim ko'p takrorlangan bo'lishi mumkin, lekin vaziyatim boshqacharoq. Yoshim 23 da, yarim yil oldin uydagilar roziligimsiz bir yigitga unashtirib qo'yishgan.

Yigitning xulqi yaxshi, ichmaydi, chekmaydi, lekin diniy bilimi, ibodati va ilm olishga rag'bati yo'q ekan.

Men dindor yigit bilan hayot yo'lim bog'lanishini istayman. Juda ko'p sovchi keldi, lekin nomzodlarning ichida hali 1 dona ham bunday yigit uchramadi.

Shu sabab ota-onam sen istagan odam topilmaydi baribir, yoshing o'tib ketyapti deb qancha aytsam ham unashtiruvni bekor qilishmayapti.

Bu yigitga turmushga chiqishga umuman ko'nglim tortmayapti. O'ziga aytib ota-ona norozi bo'lsa ham fotihani buzdiray desam uydagilardan qo'rqayapman. Boshim qotgan, nima qilishni bilmayapman. Iltimos maslahat bering. Oldindan rahmat. Ilmingizni bundan ham ziyoda qilsin.

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Shunday qilsangiz bo'ladi.

#Oila_qurish
Ochiq va samimiy suhbatlasha oladigan er-xotin uchun psixologning keragi yo'q. Agar siz juftingiz bilan ochiq gaplasha olsangiz, munosabatlarga oydinlik kiritib, muammolarning yechimini birga topa olsangiz, oilaviy baxt, halovatni topibsiz!

Ba'zida ochiq gapirish uchun bir tomonda jur'at bo'ladi, lekin ikkinchi tomon buni qabul qilmaydi. Natijada u ham ochiq gapirmaydigan bo'lib qoladi. Demak, gapirishni ham, tinglash — qabul qilishni ham bilishimiz kerak.

"Sen nima xohlaysan?", "Mendan nimani kutasan?", "Hayotiy maqsadlaring nima?" kabi so'rovlar barcha muammolarning yarmini supurib tashlaydigan savollardir. Faqat bu haqida gapirishga sizga jur'at kerak!

#Erkaklar #ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayol arazlab ketib qolsa, erkak olib kelishi kerakmi yoki ayol oʻzi kelishi kerakmi?

Oilada ikki tomondan ham xatoliklar oʻtishi bu normal holat. Bunday vaziyatda har ikki tomonni aybdorga chiqarishdan ham avval qilinishi kerak boʻlgan asosiy yechimlar bor.

Yuqoridagi lavha orqali toʻliq javob olishingiz mumkin. Videoni yaqinlaringizga ham ulashib qoʻying.

#Muammo

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ming marta haq bo'lsang ham ayoling yig'lasa nima foyda?

Vladimir Visotskiy

#Erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kelajak rejalar haqida

Sog'lom, aqlli har bir insonda albatta kelajak rejalar bo'ladi. Albatta, ertaga nima bo'lishini hech birimiz bilmaymiz, ammo baribir orzu qilaveramiz. Shunday ekan, juftingizning ham o'z orzu-havaslari, rejalari bor.

Agar u bu rejalarini siz bilan baham ko'rayotgan bo'lsa, xursand bo'ling. Chunki u sizga ishonadi, kelajagini siz bilan tasavvur qilmoqda. Umumiy rejalaringiz, maqsadlaringiz bo'lishi esa yanada quvonarli holatdir.

Gaplashishga gap yo'q deysiz, mana sizga gap!

#Erkaklar #ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qiziq, erkaklar g'amgin ayollarni qayerdan topar ekan-a, qizlarning hammasi quvnoq-ku!

#Sarkazm

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandim menga mehribon emas deysizmi?

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sevgan inson bu eng qiyin damlarda yoningizda bo'ladigan va butun dunyo sizdan yuz o'girsa ham sizdan voz kechmaydigan insondir!

#tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar qizlarini qanday to‘g‘ri tarbiyalashi kerak? 🤔

✔️Qizingizni mehr-muhabbatga ko‘ming. Agar u ilk kunlardan boshlab cheksiz sevgini his qilmasa, undan mehribon va nazokatli ayol yetishib chiqmaydi;

✔️Chegaralarni muloyimlik bilan belgilang. "Buni qilsa bo‘ladi, buni esa mumkin emas". Aynan ona chegaralarni belgilashi lozim;

✔️Qizingizga moslashuvchanlikni o‘rgating. Bu juda qimmatli ayollik fazilati bo‘lib, u ko‘p jihatdan ayolning taqdirini belgilaydi;

✔️Oddiy haqiqat: qizingizni e’zozlang, seving, ardoqlang. Ota qizining bu hayotdagi qadr-qimmatini belgilovchi mezon hisoblanadi;

✔️Qattiq talabchan bo‘lmang. Agar qiz otasidan tegishli tarbiya olmagan bo‘lsa, uning fikrlashi ikki yo‘nalishda rivojlanadi:
1. Men bunga loyiq emasman, baxt men uchun emas.
2. Men hamma oldida qarzdorman.
Har ikkala yo‘l ham ayolni baxtsiz qiladi.

✔️Otaning vazifasi qiziga cheksiz muhabbat ko‘rsatish, uni qo‘llab-quvvatlash va hurmat qilishdir.

#tarbiya #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/28 23:15:09
Back to Top
HTML Embed Code: