Telegram Web Link
Erkak kiyimlarini stul ustida qoldirgani ayolni asabiylashtirmasa, ayol idishlarni yuviqsiz qoldirgani erkakni asabiylashtirmasa, bu qanday ham yaxshi! Ha, tartib-intizom, ozodalik kerak, lekin buning uchun juftingizga jahl qilmang.

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
115-savol: Yechim topa olmadim

Assalomu alaykum ustoz. Yechim topa olmay sizga murojaat qilyapman. Universitetimizda mendan 2 kurs baland o'qiydigan bola bor, uyimizga 2 yildan buyon sovchi jo'natyapti meni idealimdagi inson(lekin hech qachon ular bilan munosabatlar o'rnatmaganman hamma narsani ochiq oydin va halol bo'lishligini istaganman). Lekin uydagilar qarshi, mening fikrlarim bilan umuman qiziqishmay, yo‘q qizimizni sizga bermaymiz deb sovchilarni qaytarishyapti. (sabab-ular boshqa tumandanligi).  Ularga ayta olmayapman. Nima maslahat berasiz?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Yigitning o'zi qayta-qayta harakat qilishi kerak. Maqsadga yetmaguncha to'xtamasin. Masofa jiddiy muammo emas.

#Oila_qurish
Inson o'ziga ravo ko'rganini sevganiga ham ilinadi. Shuning uchun men o'qigan kitoblarimdagi eng zo'r ma'lumotlarni senga gapirib beraman!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O‘smirlarning eng sezgir nuqtalari 🎄

😀 Bolaning ko‘zi bilan qarash:
Agar o‘smirga bolaning ko‘zi bilan qaralsa, u bu xatti-harakatdan ham sezgir, ham xafa bo‘lishi mum­kin. Ko‘pgina pedagoglar, ota-onalarning o‘smir­larga shunday munosabatda bo‘lishini inkor etib bo‘lmaydi.

😘 Qiyoslash:
O‘smirlar boshqalar bilan, jumladan, o‘z aka-ukalari yoki tengdoshlari bilan solishtirishni yomon ko‘radilar.

😘 Kamsitish:
O‘smir va uning aka-ukalari o‘rtasidagi kam­si­tilish eng nozik masalalardan biridir.

😀 Ishonchsizlik:
O‘smir boshqa odamning unga to‘liq ishonishini xohlaydi. Ota-ona va tarbiyachining ko‘plab sa­vol­lari yoki istehzosi, uning o‘ziga ishonchsizligi yoki ta’sirchan ekanligini ko‘rsatadi.

🎄 Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SOKINLIK VA SAKINAT 💡

Oiladagi oltin qoidalardan biri bu sokin so‘zlashdir. Juftingizga ham, farzandlaringizga ham ovoz ko‘tarmang. Ayniqsa, erkak kishi ayoli unga baqirib gapirishidan og‘rinadi. Janjal yuzaga kelib qolganda ham ovozni nazorat qilishga harakat qiling.

Mabodo juftingiz bunga rioya qila olmasa, siz rioya qiling. Ikki tomon ham baqirib ketishidan janjal yanada kattalashadi xolos. Vaqtida sukut saqlashni bilmagan qanchadan qancha juftliklar oilasini saqlab qola olmagan. Siz ular kabi bo‘lmang.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Hubbuna so‘zi “muhabbatimiz” degan ma’noni anglatadi. Ushbu kanal er-xotin orasidagi muhabbatni ziyoda qilish maqsadida ochilgani uchun shunday nomlangan. Keyinchalik oila qurish, farzand tarbiyasi mavzulari ham qo‘shildi.

Oila mavzusida qisqa videolar, savollarga javob va har kuni foydali ma'lumotlar berib boramiz. Bundan boshqa kanallarimiz, loyihalarimiz, ijodiy ishlarim ham bor.

Bularning barchasi osonlikcha bo'lmaydi, albatta. Men ushbu faoliyatlar uchun butunlay ajrab chiqqanman. Menga bu ishimda oilam yaqindan yordam beradi. Shu bilan birga, yordamchilar, shogirdlar ham bor.

Menga ishlarimda ko'ngilli ravishda yordam berishni istaydigan yoshlar kerak. Menga yordam bera olasizmi? — 🔥

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bizga beminnat ko'mak berishga tayyor bo'lgan barcha obunachilarimizga benihoya tashakkur! 🔥

Bu sadoqatingizni unutmayman! Sizlarga hamisha shunday manfaatli ma'lumotlar ulashishda davom etaman, inshaalloh!

Postni uzun qilib yubormaslik maqsadida bizga qanday yordam kerakligi haqida guruhda yozdim. Marhamat, izoh yozsangiz, sizga javob yozamiz, siz bilan bog'lanamiz, inshaalloh.
Erkak ayolning himoyasiz ekanligini unutmasligi kerak. U har doim erkakning yelkasiga, g'amxo'rlik va ishonchga muhtoj, garchi kuchli ko'rinsa ham.

#Erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻqib olim boʻlarmiding emas, oʻqib olim boʻlishing kerak

Baʼzan farzandlarimizning ilmga boʻlgan muhabbatini soʻndirib qoʻyamiz.

Aslida bizga «Oʻqi» deyilgan edi, baʼzan amalda esa oʻqimaslik targʻiboti qilib qoʻyiladi.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Odamlar kuchsizligi uchun emas, balki uzoq vaqt davomida kuchli bo'lishdan charchaganliklari uchun yig'laydilar.

#Shunchaki

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mening eng romantik munosabatlarim ortiqcha vazn bilan bog'liq: doim u haqida o'ylayman, uni his qilaman, ba'zan biz ajrashamiz, ammo yana topishamiz.

#Tabassum #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sadoqatdan o'zga hamma narsani bersangiz ham juftingizni baxtli qila olmaysiz!

#baxt

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Forwarded from Online KING
Online KING bugun iqtisodiy masalalar bo'yicha suhbat qilish istagida iqtisodchi Valijon To'raqulovni taklif qildi.

- JSTga qachon a'zo bo'lamiz?
- Pullar inflyatsiyaga uchraydi, oltinning qiymatiga nega o'zgarishlar katta emas?
- Inson kapitali tabiiy resursnikidan nega qadrliroq?
- Savdo urushlari qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
- Dollar keyingi yil rostdan ham tushib ketadimi?
- Koreys oilasidagi iqtisod va o'zbek oilasidagi iqtisod tushunchalari orasida qanday farq bor?


Havola:
https://youtu.be/WWqveCyU1Rk
Albert Einsteinning oilaviy baxt haqida shunday degan: "Hayotdagi eng go‘zal narsa — bu oilaviy baxtdir." Bundan inson hayotida oila markaziy o‘rinda turishi kerakligi va halovat maskani bo'lishi anglashiladi.

Oila muvaffaqiyat sababchisi hamdir. Uyi tinch bo'lgan, jufti qo‘llab-quvvatlab turgan kishi muvaffaqiyatga erishadi va o'zini baxtiyor his qiladi.

Einsteinning so‘zi bizni oila munosabatlarga jiddiy qarashga, oila uchun ko‘proq e’tibor va vaqt ajratishga undaydi, chunki busiz oilaviy baxt bo'lmaydi!

#baxt

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar vaziyatni o'zgartira olmasangiz, vaziyatga munosabatingizni o'zgartiring.

#Shunchaki

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Assalom alaykum bo'lajak turmush o'rtog'im telefonimni ko'rmoqchi bo'lib so'radi, men ularga bu meni shaxsiy narsam deb berolmasligimni aytdim, bu odamni shaxsiy chegarasi degan fikrimni bildirdim. Ular esa bu itoatsizlik, shaxsiy chegara umuman yo'q, erni har qanday gapiga itoat qilish kerak dedilar. Shundan keyin oramiz buzildi. Bu vaziyatda nima qilishim mumkin? Avval ham meni shaxsiy narsam bo'yicha meni fikrimni umuman eshitmagan edilar. Oilada ayol kishini fikri hurmat qilinishi kerak emasmi? Ayol kishi fikr bildirishga, o'zini chegarasini saqlashga haqli emasmi?

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Shaxsiy chegara, hurmat bo'lishi kerak, albatta. Lekin erkak kishi "Telefoningizni ko'rsam maylimi?" deganda ayol yo'q deyishi uni shubhaga soladi. Shuning uchun bu yerdagi chegara ruxsatsiz tegmaslik bo'lsa, ikki tomon ham og'rinmaydi deb o'ylayman.

Shuningdek, ayol-qizlar bilan yozishmalaringizni ko'rishini istamasangiz, buni ham shart qilsangiz bo'ladi. Umuman olganda, o'rtada ishonch sobit bo'lguncha yosh oilalarda telefonni ko'rib turish hollari bo'lishi mumkin. Erkaklar ham sababsiz ayolining telefonini so'rayvermasa yaxshi bo'lardi.

Ayollar, sizlar ham telefonimizga tegmang, iltimos! )

#Muammo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nimaga yosh oilalarda ajralish koʻproq boʻlyapti?

Aksariyat muammoning ortida avvalo ilmsizlik yoki olingan ilmning amaliga kirishmaganimiz sabab boʻladi.

Yuqoridagi lavha orqali ham foydali ilm olishingiz mumkin. Koʻpchilikka manfaatli boʻlishi uchun yaqinlaringizga ham ulashing.

#Muammo

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
ROMANTIKA 💚

O‘ylaymanki, eng yaxshi so‘zlar er-xotinning o‘rtasida bo‘lishi kerak. “Ha, yaxshimisan?”, “O‘tiribsilarmi?” deyish bilan ish bitmaydi. To‘g‘ri, bunday so‘zlar ham yaxshi, ammo bular shunchaki hol-ahvol so‘rash jumlalari xolos. Buni ko‘chadagi begonaga ham aytamiz. Er-xotinning o‘rtasida esa munosib ravishda romantika bo‘lsa, oradagi muhabbat ziyodalashadi.

📎 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum ustoz, yoshim 17 da. Lekin bir qizda ko'nglim bor va mendan 1 yosh katta, bu haqda o'zi biladi va gaplashmayman. Lekin masofa uzoq, umuman olganda men bu holatni nima qilishim kerak? Qachondir uylanish yoshiga yetaman va birida ko'nglim bo'lsa demoqchiman?

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Hozir sevgi-muhabbat haqida o'ylamang. Ilm o'rganing, kasb-hunar egallang. Hamisha foydali ish bilan band bo'ling. Oila qurishga tayyorlaning. Vaqti kelib uylanish yoshiga yetsangiz, keyin ko'ngilga qarab ko'rasiz — birortaga moyilligi bormi-yo'qmi...

#oila_qurish
2024/09/29 22:35:56
Back to Top
HTML Embed Code: