Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzand tarbiyasida ota-onalardan talab qilinadigan muhim omillardan biri ularning go'zal o'rnak bo'lishidir.

Bandalik bilan sodir bo'ladigan ba'zi xato va kamchiliklarni bolaning oldida qilmaslikka harakt qilish kerak. Qisqasi, ota-ona ularga ideal ravishda ko'rinsin. Toki bola ulg'ayib, ideal zot haqida yetarli ma'lumotga ega bo'lguncha bola ota-onasiga ergashish orqali u zotga ergashsin.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hubbuna
Farzand tarbiyasida ota-onalardan talab qilinadigan muhim omillardan biri ularning go'zal o'rnak bo'lishidir. Bandalik bilan sodir bo'ladigan ba'zi xato va kamchiliklarni bolaning oldida qilmaslikka harakt qilish kerak. Qisqasi, ota-ona ularga ideal ravishda…
Azizlar, farzand tarbiyasiga doir bepul darslar kanalimiz bor. Unga qo'shilish uchun quyidagi so'rovnomani to'ldirsangiz, sizga havola beriladi.

Eslatma: kanal faqat oila qurish arafasida bo'lgan, oilalilar va farzand tarbiya qilayotganlar, tarbiyachilar uchun.

So'rovnoma
— Men sizni sevaman!
— Yog'e?
— Siz menga keraksiz!
— Yo'g'e?
— iPhone 14 yoki iPhone 15?
— iPhone 15!
— Yo'g'e?
— Menga olib bermoqchimisiz?!
— Yo'g'e?..

#Tabassum #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
«Asal oyi emas, asal hayot». Asalday totli hayot istaganlar uchun!

Gʻiyosiddin Yusufning ushbu kitobida juftliklar orasini yaqinlashtiruvchi, munosabatlarini yaxshilovchi, burch va majburiyatlarini eslatuvchi koʻrsatma va tavsiyalar berilgan.

Yosh oilalar va turmush qurish arafasida boʻlgan yigit-qizlarga ushbu kitobni oʻqib chiqishni maslahat beramiz.

Siz ham oilangizda asal hayot hukm surishini istasangiz, ushbu kitobni mutolaa qiling va tavsiyalarga rioya qiling. 😊

👉 Narxi: 5000 soʻm

📱 «Hilol eBook» ilovasini yuklab olish

👉 Kitobni yuklab olish va oʻqish

🟢 @hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AVVAL O‘YLANG 💡

Erkaklar, hamma gapni ayolingizga aytishga odatlanmang. Ko‘chada, ishda, do‘stlaringiz bilan va boshqa hollarda turli gap-so‘zlar bo‘ladi. Bularning hammasini uyga tashish shart emas. Bir ma’ruzada ayol kishi bilan muzlatkich olish emas, muzlatkichni qayerga qo‘yish maslahat qilinadi deyiladi. Xuddi shunga o‘xshab, nimani aytish, nimani maslahat qilishni biling. Unutmang, tilni tiygan kishi albatta yutuqqa erishadi.

🤎 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erkak ideal xotinni orzu qiladi. Ayol ideal erni orzu qiladi. Lekin ular odamlar bir-birini to‘ldirish uchun yaratilganligini tushunmaydilar. Ideal munosabatlar yo'q. Ayol donoligi bor — erkakning bema'niligini sezmaslik. Ayolning zaif tomonlarini kechirish uchun erkakning kuchi bor.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kelinning haqlari...
Oilada sevgi-muhabbat bo'lsa, qanday yaxshi!

Ishga ketar ekansiz, sizni Allohga omonat qilib jo'natadigan yaqiningiz bo'ladi, kelishingizni intizor kutadi!

U bilan uzoq suhbatlashib charchoqlaringizni aritasiz.

Uning yelkasiga bosh qo'yib, kuch olasiz.

Har qanday holatda "Men siz bilanman" deya qo'llab-quvvatlaydi!

Hamisha sizni tushunishga harakat qiladi, sizni asrab-avaylaydi...

Siz bilan kecha-yu kunduz birga bo'lishdan zavqlanadi. Sizning yoningizda hamma narsa uning uchun keyingi o'rinda bo'ladi!

Muhabbatga ne yetsin!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Savol: Bir qiz meni sevadi...

Assalomu alaykum ustoz bir qiz meni sevadi lekin men sevmayman u qiz  manga mehribon turmush oʻrtoq farzandlarimga yaxshi ona boʻlishiga ishonaman lekin men shu turmush qurishga ikkilanib qoldim shunga maslahat bering  tuydan keyin  sevib qolishim mumkinmi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Mumkin. Qadriyatlaringiz, dunyoqarashlaringiz mos kelishiga e'tibor qiling.

#Oila_qurish
«Itoating uchun rahmat!» 💚

Erkak kishi ayolining itoat qilishini istaydi, itoatli ayolni yaxshi ko‘radi. Ayoli itoat qiladigan erkak o‘zining haqiqiy erkakligi­ni his qiladi.

Ayol kishi esa itoatni qadrlaydigan erni yaxshi ko‘radi. Ya’ni eri itoatini qadrlashini sezib turishni istaydi. Buning uchun erkak ayolining itoati uchun rahmat aytib turishi hamda uning bu xislatini qadrlashini, yaxshi ko‘rishini izhor qilib turishi kerak.

Albatta, itoat yaxshi ishlarda bo‘ladi.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

#Erkaklar

Kitobni xarid qilish

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayolni sevishingizni, qadrlashingizni amaliy harakatlaringiz bilan ko'rsatishingiz kerak. Buning uchun u bilan suhbatlashishingiz, uni tushunishingiz, mehr-e'tibor berishingiz kerak.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Boshqa yaxshiroq nomzod bo'lmagani uchun u bilan birga bo'lganing sevgi emas. Sevgi undan yaxshirog'i bor-yo'qligini o'ylamasdan uni tanlaganingdir!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Assalomu alaykum.
Kelin bo'lganimga 10 oy bo'ldi, hali farzandimiz yo'q, lekin turmush o'rtog'im va qaynonam to'ydan oldin o'qitamiz deb olib va'dalarini ustidan chiqishmadi. Juda kelinlarni hamma narsaga majbur chidaydi deb o'ylashadi, daje magazinga chiqsamam qaynatam nega chiqasiz, nega kech qoldiz deydilar. Hamma narsaga aralashveradilar, uje erimni urushlari, so'kishlaridan charchab ko'nglim sovugan. Yashagim kelmay yashayapman. Nima qilishni bilmiyman, ketgim kelyapti. Shu uydan nimadir to'sqinlik qiladi lekin umuman yashashni xohlamiman shu xonadonda. Nima qilay ajarashish yechimmi yoki yo'q?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Oldin islohga harakat qilib ko'rish kerak. Hali yaxshi bo'lib ketishi mumkin, inshaalloh.

#Muammo
Aqlli erkak hech qachon ayolidan xafa bo'lmaydi! U faqat uning tinchlanishini kutadi va uni sevishda davom etadi!

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollar haqida gapirganda sizning ham onangiz borligini va u ham ayol ekanini unutmang. Biror qizga gapirganingizda qizingiz bilan qanday gaplashishlarini xohlashingizni o'ylab ko'ring.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muammoning yechimi
Ko‘pgina muammolar janjal qilishga arzimaydi. Oilada turli xil kelishmovchiliklar bo‘lib turishi tabiiy hol. Er-xotin bir-birini yanada yaxshiroq o‘rganib, tushunishga harakat qilsa, janjallar ham kamayib boradi. Aksariyat muammolar o‘zaro suhbat orqali yechiladi, faqatgina ikkala tomon ham bir-birlarini hurmat qilgan holda, boshqalarni aralashtirmasdan gaplashib olishi lozim.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

#Erkaklar

Kitobni xarid qilish

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turmush qurganimizga yaqinda 2yil bo'ladi. Alhamdulillah farzandimiz bor, oxirgi paytlarda ko'p tortishib qolyapmiz. Men avval o'qirdim va ishlardim, hozir farzandimiz kichkinaligi uchun uydaman. Oldin ishlaganim uchun  menga bilinmasmidi yoki doim shunday bo'lganmi turmush o'rtog'im bilan kam gaplashyapmiz. Ertalab ishga ketib kech qaytadi. Dam olish kunlari ham deyarli uyda bo'lmaydi, o'rtog'lari bilan bo'ladi ko'proq. Kunduzlari ham kam qo'ng'iroq qilishadi, xol so'rab qo'prok men qilaman, men telefon qilsam yoki sms yozsam gaplashamiz bo'lmasa yo'q lekin saytlarda qizlar bilan sms yozishadi. Aytsam eski tanishlarim deydi. Oldin ham qizlar bilan gaplashgan ekan lekin menga gaplashmaganman degandi. Oxirgi paytlar o'zgargansan, izzat talab qaysar bo'lib qolgansan, deyapti. Lekin o'zi ham o'zgargan, aytsam o'zgarganim yo'q, deydi. Avval bunday emasdi. Menga kam e’tibor beryapti meni nazarimda. Nima qilishga hayronman, uyda o'tirib qolganligim uchun shunday bulyaptimikan deb o'ylayapman. Ishga qaytsam yana hammasi oldingidek bo'larmikan.

G'iyosiddin Yusuf:

— Ishga qaytsangiz, hammasi oldingidek bo'lishi mumkin, lekin bu yaxshi bo'ladi degani emas. Shunchaki gaplashishga vaqtlaringiz kamroq bo'lib, hamma o'z ishi bilan mashg'ul bo'ladi.

Gaplashish yaxshi, kam gaplashish ham fojia emas. Imkon qadar qiziqish va dunyoqarash yaqin bo'lishiga harakat qilinsa, suhbatga ham mavzu topiladi.

#Muammo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandim solih boʻlsin desangiz

Yuqoridagi video orqali tajribada sinalgan ushbu duoni doimiy tahajjudda oʻqib yurishni odatga aylantiring.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Siz bilan birga bo'lishni xohlaydigan odam bilan sizni ushlab qolish uchun hamma narsaga tayyor odam o'rtasida farq bor.

#Eslatma #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Shaxsiyati zaif erkak

Jufti halolini so‘kadigan, xorlaydigan, hatto qo‘l ko‘taradigan er aslida kuchli emas, shaxsiyati zaif inson hisoblanadi. U o‘zining erkakligi, kuchini ayoliga baqirish, so‘kish, ha­qorat qilish bilan ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. O‘z eridan shunday qo‘pol muomala ko‘rayotgan zaifa ayol o‘z-o‘zidan erini yomon ko‘rishni boshlaydi. Eriga nisbatan qalbida nafrat, sovuqlik, uzoqlikni his qilib boradi. Natijada er-xotinlik hayoti o‘rtadagi osoyishtalik, muhabbat, mehr-shafqatdan arzimagan narsalar ustida bir-biri bilan tortishadigan, urish-janjaldan chiqmaydigan oilaga aylanadi. Bejiz go‘zal muomala, shirinso‘zlik oilaning baxtiyor bo‘lish garovi deyilmagan.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

#Erkaklar

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/17 10:56:52
Back to Top
HTML Embed Code: