Telegram Web Link
Baxtli er-xotin bo'lish uchun amal qilish kerak bo'lgan qoidalar:

• Agar sherigingiz sizdan telefoningizni olib qo'yishingizni so'rasa, darhol buni bajaring. Bu iltimosni iltifot sifatida qabul qiling: u siz bilan vaqt o'tkazishni xohlaydi.

• Hissiyotga berilganingizda noxush gap aytishdan oldin oʻylab koʻring: bu gapni hamkasbingiz yoki tanishingizga ayta olasizmi?

• Yotoqxonada bahslashmang. Yotoqxona bu hamma o'zini xavfsiz his qiladigan joy. Aks holda, sizning xonangiz janjal bilan bog'lana boshlaydi, bu esa yanada ko'proq nizolarga olib keladi.

Shu fikrga qo'shilasizmi?

🔥 - Ha
🌚 - Men boshqacha fikrdaman.

#Ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Birga yashash bir-birimizni qabul qilish demakdir

Biz har birimiz o'zgacha bir dunyomiz. Jumladan, juftimiz bilan farqli jihatlarimiz ham talaygina bo'lishi mumkin va bu farqlarni qabul qilish muhimdir.

Agar siz yotishdan oldin yurishni yoqtirsangiz, lekin u buni qilmasa, uni majburlamasligingiz kerak. Agar u muzeyga borishni yaxshi ko'rsa va siz buni yoqtirmasangiz, unda siz bormaslikka haqlisiz.

Ammo, shu bilan birga, agar bir-biringizga yon bossangiz, birgalikda ajoyib vaqt o'tkazishingiz mumkinligini unutmang.

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum salomatmisiz,  oldindan rahmat javob uchun.
Savolim shundayki, avgustda turmush quradiganman bir yigit bilan. Ularni yoshi 28 da, meni yesa 19. Qanaqa  menga maslahat berasiz kelasi yangi oilamda chiroyli va yaxshi hayot kechirishim uchun, nimalar qilishim kerak.  Oilada katta farzandman, hamma narsani o'zim mustaqil  qilishga hamda rus gruppalarda tahsil olganim  uchun sharta- sharta, qog'ozga o'ramay boricha  gapiraman. Ularni oilalari milliy qadriyatlarga juda qattik hamda sof o'zbek oila.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Shartakilik qilmang, ularning oilasiga moslashing.

#Oila_qurish
Yolg'iz kishi hayot mashaqqatlarida bir yelkadosh izlab oila quradi, keyin u unga usiz qanchalar mashaqqati oz ekanini ko'rsatib qo'yadi!

#Tabassum #oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingizga dunyoni berishingiz shart emas

Balki unga birgina shirin soʻzingiz va mehringiz kifoyadir.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar siz juftingizning ortidan borib, uzoq quchib tursangiz, u bilan halovatli hayot kechirar ekansiz.

#Ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Bir qiz bor oilalarimiz yaqin otalarimiz ulfat, hamma bir-birini taniydi, uzoq qarindoshmiz ham, o'zaro oilaviy munosabatlar judayam yaxshi. Otalarimiz aka-ukadek birga katta bo'lishgan. Dadam bilan qizni dadasi shu haqida gaplashishdi. Qizni dadasi aytibdiki, qudachilik aka-ukachilikni buzadi, hamma oilada muammolar bo'ladi, debdi, vaqti kelsa ko'ramiz, taqdir bo'lsa boladi-da, debdi. O'qishni tugatgandan keyin uzataman, debdi qizni dadasi ( 1, 2yilda).

Shunga qanaqa fikr bildirasiz, qudachilik aka-ukachilikni buzadimi, bunga qanaqa munosabat bildirsak bo'ladi. Man qizni otasi bilan shaxsan o'zim gaplashsam va hamma mas'uliyatni o'z bo'ynimga olishimni aytsam yechim bo'ladimi. Javob uchun oldindan rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Otangizning do'sti ekanlar, siz oraga qo'shilmay turing, otangiz yana gaplashib ko'rsinlar. Unda ham bo'lmasa, siz bilan uchrashib ko'rishini aytsinlar. Ana undan keyin uchrashib, gaplashsangiz bo'ladi.

Haqiqatan, oilada muammo, kelishmovchilik bo'lishi tayin. Tag'in ko'zidan bir tomchi ham yosh oqizmayman deb va'da berib yubormang.

#Oila_qurish
Ayolning mayda narsalarni kavlashtiraverishi erkakka har bir tola sochi o'rniga mix qoqib chiqayotgandek ta'sir qiladi.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Siz 10-11-avgustda bo‘lib o‘tadigan vebinarimizdan xabardormisiz? Kanalga o‘tib oldingizmi?
Anonymous Poll
32%
Ha, xabarim bor. Allaqachon kanalda darsni kutyapman.
68%
Yo‘q, vebinar haqida eshitmadim. Qayerda bo‘lyapti?
Har kim bilan suhbatlashish mumkin bo'lgan universal mavzular

Sayohat haqida.
Sayohat haqidagi savol sizga darhol yoqimli xotiralarni eslatadi — sherigingiz osongina suhbatga kirisha oladi va qayerda bo'lganini aytib beradi.

Bolalar yoki uy hayvonlari haqida.
Agar suhbatdoshingiz farzandli bo'lsa yoki mushuk/tovuq kabi uy hayvonlari bo'lsa, ular haqida suhbat boshlashingiz mumkin. Odamlar ular haqida batafsil gapirishga tayyor.

Tug'ilib o'sgan joy haqida.
Bolalik deyarli barchamizda yoqimli xotiralar qoldirgan.  U bilan bog'liq tug'ilib o'sgan joyimiz, maktab xotiralari bor. Samimiy va diqqatli tinglovchi bo'lishni unutmang.

Suhbatlashishga mavzu topa olmaymiz degan er-xotinlar yuqoridagi mavzulardan foydalanishi mumkin.

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Men bir narsaga hayron boʻlaveraman, qachon qaramang, toʻrtta odam yigʻilsa, farzand tarbiyasining ogʻirligi, ularni odam qilishning azobligi toʻgʻrisidagi hasratga duch kelamiz. Oʻ-oʻ-v birodarlar, buning eng oson, eng arzon, eng samarali yoʻli – usuli shundoq yoningizda turibdi-ku: bolangizni kitob oʻqishga oʻrgating, uning koʻnglida badiiy adabiyotga mehr va muhabbat uygʻoting, farzandlaringizga uch-toʻrt soʻmni qizgʻanmay muntazam kitob olib bering! Axir dunyoda kitobdan ham aqlliroq, undan ham donoroq biror ustozni topib boʻladimi? Axir kitoblarda yoʻq narsaning oʻzi yoʻq-ku! Odamni odam qiladigan jamiki kuch qudrat, hikmat, goʻzallik, aql va odob kitoblarda “mana-man” deb turibdi-ku! Nahotki, bu buyuk neʼmatdan, bebaho boylikdan bebahra boʻlib ham odam boʻlish mumkin deb oʻylasangiz?!

Ozod Sharofiddinov, Oʻzbekiston qahramoni

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum va rahmatulloh. Sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchiman! Bir qizda ko‘nglim bor! 3-4 marta uyiga sovchi jo‘natdim, qiz bu yil 4-kurs bo‘ldi. Otasi 4-kursni tamomlasa beraman, debdi.
Uydagilarim hech bo‘lmasa unashtirib qo‘yaylik, bir ko‘rishishsin deyishsa, qizim ko‘rishib gaplashadigan qiz emas, 4-kursni bitirib gaplashaman kim bo‘lsa xam debdi.
Endi ota-onam teskari to‘nlarini kiyib olishib bormaymiz qaytib deyishyapti, lekin u qizda ko‘nglim bor. Nima qilsam bo‘ladi?
Maslaxat bering. Oldindan raxmat, Alloh rozi bo‘lsin!!!

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom va rahmatulloh. Ko'nglingiz bo'lsa, sabr qiling: qiz 4-bosqichni tugatsin, ungacha ota-onangiz ham jahllaridan tushib qoladilar, inshaalloh. Shunda qayta harakat qilasizlar.

#Oila_qurish
2024/11/17 08:33:09
Back to Top
HTML Embed Code: