Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Inson o'ziga ravo ko'raganini sevganiga ham ilinadi. Shuning uchun men o'qigan kitoblarimdagi eng zo'r ma'lumotlarni senga gapirib beraman!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erkak gapirganda ayol "Nima?" desa, tushunmaganidan emas, xatosini tuzatishga imkon berganidandir!

#Tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollar bolalar kabi "yo'q" deyishni yaxshi ko'radilar, erkaklar bolalar kabi buni jiddiy qabul qiladilar.

#Ayollar #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
SO‘ZDAN SO‘ZNING FARQI BOR ❤️

Er xotiniga “Ertaroq uxla!” deb do‘q qilgani qayoqda-yu, “Hayotim, ertaroq yotib, ertaroq turishga nima deysiz?” deyishi qayoqda?!

Unutmang, ayolingiz sizni qirollardek ko‘rishini istasangiz, uni qirolichadek ko‘rishingiz kerak!

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erkak kiyimlarini stul ustida qoldirgani ayolni asabiylashtirmasa, ayol idishlarni yuviqsiz qoldirgani erkakni asabiylashtirmasa, bu qanday ham yaxshi! Ha, tartib-intizom, ozodalik kerak, lekin buning uchun juftingizga jahl qilmang.

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Alqissa, bir kishi donishmandning huzuriga kelib, xotinining koʻnglini ovlash yoʻllarini soʻrabdi.

— Yaxshilab maqtagin! — deb maslahat beribdi shunda donishmand. — Ayollar qulogʻi bilan sevadi!

Ana soʻng haligi odam xotinini maqtaydigan boʻlibdi!

Erta-yu kech nuqul xotinini maqtayveribdi. Kunlardan bir kuni esa...

— Menday ayol kelib-kelib sen bilan yashab yurgan ekan-da, — deb uni xotini tashlab ketgan ekan!

Xullas, ayollar borasida baʼzan donishmandlar ham adashib turadi...

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​#Savol: Assalomu aleykum, uyimizga sovchilar kelishdi ular dadamga yoqib qolgani tufayli qarindosh urugʻ roziligisiz ularga javob berib yuborishdi. Kuyov va uni oilasi dadamga ham, onamlarga ham, menga ham yoqdi, 2-3 marta koʻrishdik. Lekin  bobom va buvimlar bunga qarshilar qanday yoʻl tutsak boʻladi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bobo-buvilaringiz nega qarshilik qilayotganlarini bilib, muammoni bartaraf qilish kerak. Sizlarga kuyov tomonning yoqqan jihatlarini ularga ochib berish kerak. Ya'ni bir mahsulotni sotish uchun qulaylik va imkoniyatlarini aytib mijozni jalb qilgan kabi kuyov bo'lmishning ijobiy taraflarini aytib, bobo-buvingizni ko'ndirish mumkin.

#Oila_qurish
"Hammasi yaxshi bo'ladi" deyishdan ko'ra, "Nima bo'lsa ham men sen bilanman!" deyish ko'proq tasalli beradi.

#Shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Uylanish yoshiga yetib, hali bo‘ydoq holda yurgan yigitlarga hadeb qachon to‘y deyavermay, nega uylanmayotganini ham so‘rab qo‘ying. Balki biror yordam kerakdir.

Uylanish uchun moddiy va ma'naviy jihatdan tayyor bo‘lish kerak. Agar iqtisodi kelishmasa, pul bilan, ma'naviy jihatdan tayyor bo‘lmasa, ilm bilan yordam bering.

Qachongacha hazil-mazax, kulgidan nari bo‘lmaymiz?! Bo‘ydoq yigit qanchalar qiynalayotganini siz bir tasavvur qilib ko‘ring.

"Yig‘lash kerak bunga, kulmoqlik emas!"

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Yurak jiz qilmayabdi o’zi bu bor narsami yoki ahmoqlik qilib yoq narsani kutyabmanmi?

Alloh qalbimga kimgadur muhabbat solib qoyishini kutyabman bu togrimi? yoki tavakaliga dunyoqarashi boy basti togri kelsa uylanib ketaveraymi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Yurak jiz etishi, muhabbat — bular bor narsalar, lekin bo'lsa yaxshi, bo'lmasa, aql bilan uylanaverasiz. Kutib o'tirmang.

#Oila_qurish
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuyov tanlashda adashganda nima qilish kerak?

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Xotiningizni yerga urmang. Zero, unga qaratilgan har qanday haqorat uning qalbi va aqlida o'rnashib qoladi. Xotiningiz tili bilan kechirsa-da, qalbi bilan hech qachon kechirmaydigan eng xatarli tahqirlash bu uni urish, so'kish, otasi yoki onasini la'natlash va sha'niga nisbatan yomon gaplarni aytishdir".

Doktor Hasson Shamsiyning "Baxt ulashing" kitobidan #iqtibos

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alekum. Yoshim 23 da. Oilaliman. Turmush o'rtog'im bilan yaxshi ko'rishib turmush qurdik. To'yimizga 10 oy bo'ldi. Yaqinda farzandli  bo'ldik. Xiyonatlarini bilib qolyapman. Javobimni bering, zinoni badali shu dunyoda farzandlari orqali berilarkan  bolam gunohlaringga javob bermaydi dedim. U yo'q, ko'chaniki ko'chada men silarni yaxshi ko'raman ketmiysan dydi. Lekin kechirolmayapman. Maslahat bering iltimos.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bunday holatda ajrashish yoki yashash o'z ixtiyoringiz. Chunki u tavba qilmagan, "ko'chaniki ko'chaga" degan gap noto'g'ri! Boshidan turmush o'rtoq tanlashda xato qilgansiz.

#Muammo
U mening sevishimni biladi, ammo men u bilgandan ko'proq sevaman!

#Muhabbat #romantika

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Noshukr insonni hech qachon rozi qila olmaysiz.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​
"... Miyasiga singdirib olgan “erkak bilan kurash” fikridan butunlay qutulib, eri bilan baxtli boʻlishni uddalay olmayapti. Ayol ayol bo‘lishdan qochyapti.
— Ayol boʻlishdan qochish mumkinmi?
— Buni senga kichik bir latifa bilan izohlayman. Bir mahkum qamoqxonada kasal boʻlib qolibdi. Erkakni kasalxonaga olib borishibdi.
Bir oyogʻini kesishibdi, bitta oyoq bilan qaytibdi. Yana bir bor kasal boʻlib qolibdi, bu safar qoʻlini kesishibdi, bir qoʻl bilan qaytibdi. Erkak yana bir bor kasal boʻlib qolgan ekan, qamoqxona mudirining jahli chiqibdi: “Menga qara, diqqatim senda, qamoqxonadan boʻlaklarga boʻlinib qochayotganingni sezmaydi deb oʻylama!”
Ayollar ham boʻlak-boʻlak holda ayollikdan qochishyapti. Hech kim payqamaydi deb oʻylamasinlar”.

Sema Marashlining “Toʻydan keyin ham muhabbat boʻlsin” kitobidan #Iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Bir oila ajrashishyapti ayol hiyonati sababli . 3 farzandlari bor. Katta farzandlari  13-14 yoshda  bolalar hozir lagerda . Ota onasi ajrashyapti bolalar otada qoladi. Katta farzand har narsani tushunadi. Unga otasi nima deb tushuntirsa boʻladi ajrashish sababini.  Hiyonat desak bolaga ogʻir botadi.
Iltimos javob bersangiz. Juda qaltis vaziyatdamiz.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bolalarga sababini ochiq aytish shart emas. "Bolam, biz ikkimiz ham sizlarni yaxshi ko'ramiz. Lekin bundan buyon alohida yashishimizga to'g'ri kelyapti. Sizlar otangiz bilan yashaysiz, oyingiz bilan ham ko'rishib turasiz. Katta bo'lganingizda hammasini bilasizlar, vaziyat shunday bo'lib qoldi, uzr. Sizlarni yaxshi ko'ramiz" kabi gaplarni aytish mumkin. Bundan so'ng bolalarga ota yoki onasini yomon ko'rsatadigan gap-so'z, harakat qilmaslik kerak. Katta bo'lishganda bor gapni bilishsa, o'zlari xulosa qiladi.

Qaniydi xiyonat qilishdan oldin ayol shu haqida o'ylasa edi!

#Muammo #xiyonat
2024/09/29 22:20:07
Back to Top
HTML Embed Code: