Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzand tarbiyasida hech bir ishingizni kichik sanamang.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
To'rt taqiq

O'zaro munosabatlaringizni yaxshilash uchun to'rt narsaga taqiq qo'yinglar:

1. Juftingizni haqorat qilmang.

2. Shikoyatlarni ichga yutishni bas qiling. Ular bora-bora katta janjalga sabab bo'lishi mumkin. Nimadandir norozi bo'lsangiz, ochiq gaplashib oling.

3. Munosabatlaringizga o'zgalar aralashishiga taqiq qo'ying. Orangizda bo'lgan ko'ngilsizlik, kelishmovchiliklarni boshqalar oldida muhokama qilmang, o'zaro hal qilinglar.

4. Ajrashish haqida gap ochishni o'zingizga man qiling. Bu usiz ham yashay olishingizni, u bilan yashash ba'zi qiyinchiliklarga chidashingizdan afzal emasligining izhoridir.

#Ayollar #erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Oʻzim oʻzbek filologiyasi yoʻnalishida tahsil olaman
Bir qiz bilan doʻst sifatiga tanishganimga 2 yildan oshdi. U qiz bilan faqat ilmiy, kitobxonlik suhbatlarida koʻp faol qatnashamiz, u ham filologiyada oʻqiydi.
Oʻz sohasini yaxshi mutaxassisi, Xitoy tilidan dars beradi. Bir soʻz bilan aytganda gap soʻzlari joyida, sizni eshita oladi.

Savolim shuki uning ilm sohasidan tashqari, shaxsiy hayotda  qizlik,ayollik kabi yaxshi xislatlari borligini qanday bilsam boʻladi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Avval surishtirasiz: imkon qadar kengroq doiradan. Ma'qul bo'lsa, sovchi qo'yasiz. Ruxsat berishsa, yolg'iz qolmagan holda uchrashib, suhbatlashib ko'rasizlar. Ana o'shanda beradigan savollaringiz ham buni bilishga xizmat qilishi mumkin.

#Oila_qurish
Hubbuna
#Savol: Oʻzim oʻzbek filologiyasi yoʻnalishida tahsil olaman Bir qiz bilan doʻst sifatiga tanishganimga 2 yildan oshdi. U qiz bilan faqat ilmiy, kitobxonlik suhbatlarida koʻp faol qatnashamiz, u ham filologiyada oʻqiydi. Oʻz sohasini yaxshi mutaxassisi, Xitoy…
Azizlar, sizlardan kelayotgan savollarga javobni @Yechimhubbuna kanalida berib boryapmiz. Bu kanalga ba'zisini chiqaryapmiz, xolos.

Chunki juda ko'p savol beriladi, hammasini bu yerda chiqarsak, kanal yo'nalishi o'zgarib ketadi.
Oila qurish yo'lida jidd-u jahd qilish ham jihoddir!

Xalilulloh domla

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har ishning oʻz joyi va oʻz egasi bor

Amallarni muhokama qiluvchi boʻlmang, amal qiluvchi boʻling.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bu kitob qo'limga kelib qolganida ajablangandim, bolasini yaxshi ko'rmaydigan inson bo'lmasa kerak, nima uchun bunday nomlashdi ekan deb kitobga qiziqishim ortdi. Oqib chiqdim va aslida kitob uchidagi har bir jumla menga juda zarur ekanligini, yaxshi ona bo'lishim, farzandimga yaxshi tarbiya berishim nafaqat o'zim balki Musulmon dindoshlarim uchun ham zarur ekanligini hulosa qildim. Bolasini yomon ko'radigan onalar yo'q aslida,ammo yaxshi tarbiya berishda qaysi jihatlarni bilmaydiganlar bor bu kitob aynan shunday ota onalar uchun kerakli ekan. Ayniqsa yosh ota onalar birinchi farzandidayoq tarbiya masalasida yo'l qo'yadigan hatolari ustida ishlash,ularga to'laqonli baxtli bolalik hadya qilish uchun katta bir turtki bo'la oladi deb ayta olaman. Kitob varoqlari emas,undan oladigan saboqlar muhim bo'lganidek, bu kitob meni kitob javonimda sevimli kitoblarim qatoridan joy oldi. Sizni ko'plab kitoblaringizni o'qiganman, ayniqsa Tarbiya-chi, bolamni yaxshi ko'raman men uchun eng manfaatlilari bo'lib qoldi.

Hojimurotova Farzona

#kitob #taqriz
#Savol: Oʻzim oʻzbek filologiyasi yoʻnalishida tahsil olaman
Bir qiz bilan doʻst sifatiga tanishganimga 2 yildan oshdi. U qiz bilan faqat ilmiy, kitobxonlik suhbatlarida koʻp faol qatnashamiz, u ham filologiyada oʻqiydi.
Oʻz sohasini yaxshi mutaxassisi, Xitoy tilidan dars beradi. Bir soʻz bilan aytganda gap soʻzlari joyida, sizni eshita oladi.

Savolim shuki uning ilm sohasidan tashqari, shaxsiy hayotda  qizlik,ayollik kabi yaxshi xislatlari borligini qanday bilsam boʻladi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Avval surishtirasiz: imkon qadar kengroq doiradan. Ma'qul bo'lsa, sovchi qo'yasiz. Ruxsat berishsa, yolg'iz qolmagan holda uchrashib, suhbatlashib ko'rasizlar. Ana o'shanda beradigan savollaringiz ham buni bilishga xizmat qilishi mumkin.

#Oila_qurish
Siz juda yaxshi juftsiz, sizga munosib bo'lolmayapman...

#izhor

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Allohning rejasi sizning rejangizdan mukammalroqdir

Shuning uchun sizdan ketgan har bir narsaning gʻamini yemang.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
ERTAROQ OILA QURISHGA INTILING

Oila boshligʻi boʻlish bilan yigitning bolaligi tugaydi, u kattalar qatoriga qadam qoʻyadi. Bola boʻlish ayrimlar oʻylagani kabi maroqli emas, bola boʻlish istagi zaiflarga xosdir, katta, chin maʼnoda – maʼnan, aqlan katta boʻlish ayni maqsadga muvofiqdir.

Bizda jamiyat, xalq bolaga aylantirib tashlangan. Biror xato qilsa, darhol yoshlik bahona qilinishi shundan. Oʻttizga kirganlar ham oʻzini yosh deb oʻylab yurishi ham shundan. Umuman, sunʼiy ravishda yosh boʻlishga intilish miyaning rivojlanmay qolganiga dalolat qiladi.

Yigitlarga qarata tezroq uylaninglar deb aytaman. Oʻn yetti–oʻn sakkiz yosh nikohlanishning eng maqbul fursatidir. "Boʻladigan bola yoshidan maʼlum", — deydi xalqimiz. "Boyning bolasi oʻn besh yoshda bosh boʻladi, kambagʻalning bolasi oʻttiz yoshda ham yosh boʻladi", — deydi bu donishmand el.

Bosh boʻlishning ilk alomati oila tebratmoqdir. Qolaversa, qachongacha biz kambagʻalning bolasi yoki kambagʻal boʻlamiz? Yetarki, boy boʻlaylik. Nafaqat moddiy, balki maʼnan boyiylik.
Ulgʻaymoq uchun katta toʻlqinlar ichiga kirmoq kerak. Papalab, “gʻir” etgan shamoldan bolani asrayman deb uning ongini norasida holida qoldirmaslik shart.

Mukofot olaman deb bir parcha temir va unvon ortidan chopadiganlarning hammasi goʻdak zehniyatini yashayotgan zotlardir. Chunki bola ana shunday yaltir-yuturni sevadi.

Oʻgʻling yelkasiga qismat ish qoʻymasidan avval oʻzing vazifa qoʻymogʻing lozim. Yigirmaga kirganda u hayotning achchiq-chuchugini totisin. Haqini talab qiladigan boʻlsin, jiddiy va mulohazali boʻlsin. Buning uchun, albatta, oila qurishi lozim.

Qizlarni ham erga berishda kechikmagan odam yutadi. Ersiz yurmoq shaytonga yaqin boʻlmoqdir. Ersiz kechgan hayot kabi achchiq hayot yoʻq. Har ersiz qolgan ayolning oʻziga munosib er qidirishi oʻziga ayol qidirayotgan erning ishi kabi oʻta mantiqli va toʻgʻridir.

Zehniyatimizga oʻrnashgan xato tasavvurlarning biri – qiz bolaga kuyov izlash bilan bogʻliq. Bir odam oʻz qizini beraman deb yaxshi yigitga “Qizimga uylan, uni birinchi yoki ikkinchi xotin qilib ol” deb aytishi zang bosgan fikratimiz uchun “Koʻpxotinlilik – yomon!” degan ahmoqona tasavvur kabi yot boʻlib qolgan. Holbuki, sunnatga muvofiq xotinni koʻpaytirib, jamiyat hayotini normallashtirish naqadar toʻgʻri ish boʻlsa, qizi uchun yaxshi kuyov izlab topish shu qadar oqilona ishdir.

Bizning tafakkurimiz TVga chiqib, jinsiy munosabatlarini daʼyus kabi olamga jar solishni koʻtaradigan darajada “keng”, ammo ota-bobolari amal qilib kelgan koʻpoilali boʻlishni qabul qila olmaydigan darajada tor. Qadimiy qadriyatlarning zaiflashuvi va inson tafakkurining mutatsiyaga uchrashi ayni shu holda ham namoyon boʻlib turibdi.

Oʻgʻilning oʻz ota-onasiga “Meni uylantiring”, qizning “Meni erga bering” degan gapini beodoblik deb qabul qilgan bizlar jamiyat ichidagi axloqsizlarga, tayinsizliklarga bagʻir ochib, fahsh va buzuqlik zaharidan nafas olishga mahkummiz.

Oliy axloqning eng oddiy meʼyorlariga qarshi chiqayotgan qobiqlangan ongimiz biologik talablarni ham rad qilayotganidan bexabarmiz goʻyo. Darvoqe, koʻrsatiladigan har qanday aldov tomoshalari ham oliy axloqning toptalgan shakli hisoblanadi.

Mavzu oila qurish haqida edi. Ertaroq oila qurishga intiling. Shunda koʻp muammollarga yechim topiladi. Balogʻatga yetgan yigit-qizning oila qurishda kechikishi uning shayton bilan doʻstligini kuchaytiradi, xolos.

Akrom MALIK

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤️ “SIZ BIZGA KERAKSIZ, JUFTI HALOLIM!” ❤️

Erkak kishi o‘z oilasida sokinlik, xotirjamlik topishni istaydi. Uni hamisha tanqid qilish emas, shunchaki borligi uchun sevish, qadrlash darkor. Sevilganini, oilasiga kerakligini his qilgan erkak esa ayoli uchun tog‘ni talqon qilishga ham tayyor bo‘ladi.

Sevib, sevilib baxtli yashashga nima yetsin!

🌷 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hech bir sababsiz juftingizga sevishingizni aytib turing.

#tavsiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har bir ishning oʻz odobi va ilmi bor

Foydali boʻldimi, unda bu foydadan boshqalarni ham nasibador qiling.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuz ming so'mdan pul yutuq mukofoti!

10 ming so'm ehson qiling va yuz ming so'm ehson qilgan savobini oling!

Plastik raqam:
9860160605493933
Baliyev G. nomida

G'iyosiddin Yusuf
#Savol: Assalomu Alaykum ustoz, kimdir bilan munosabat qurib, sevishib yurib oila qurgan yaxshimi yoki oilamiz topgan, sovchi orqali oila qurgan yaxshimi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. O'zingiz topsangiz ham, oilangiz topsa ham munosabatda bo'lmagan holda, sevishib yurmay oila qurish kerak!

#Oila_qurish
2024/09/28 20:20:52
Back to Top
HTML Embed Code: