Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uylanmoqchi ekanini ota-onaga qanday aytish mumkin?

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum! Unashtirilganman, bo‘lajak turmush o‘rtog‘im chetda ishlaydi, men o‘qiyman. Savolim shundan iboratki, oramizda tushunmovchiliklar ko‘p bo‘ladi, bo‘lar-bo‘lmasga rashk qilaveradi. Har kun bahona topiladi. Ko‘p urushyapmiz. Fotihalanganimizga atigi 2,5 oy bo‘ldi. Ko‘ngil og‘ritib qo‘yishdan qo‘rqyapman. Urushmayman desam, ich-ichimdan o‘tib ketyapti. Bir-birimizni tushunishimizga nimadir maslahat aytolasizmi?

Axir bunday urushaversak, to‘ygacha bir-birimizdan ko‘nglimiz sovub ketadi-ku, shunga xavotirlanyapman.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Avvalo unashtirilgandan keyin bunday gaplashib yurish to'g'ri emas. Undan ko'ra oila haqidagi kurslarda va kitoblar o'qinglar. Shunda to'ydan keyin birga yashashingiz va bu ilmlarni o'rgangan bo'lishingiz bilan bir-biringizni tushunishingiz oson bo'ladi, inshaalloh.

#oila_qurish
#muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
BAXTLI OILA O‘LCHOVI NIMADA? 🌷
Oilaning baxtlilik darajasini unda muammolar yuzaga kelishi yoki kelmasligi bilan emas, bu muammolarni qanday hal qilayotganlari bilan o‘lchash mumkin. Chunki muammosiz, urish-janjalsiz hech bir oila yo‘q. Lekin baxtli, farovon hayot kechirayotgan oilalar ko‘p.

OILAVIY TOTUVLIK UCHUN 🌷
Oilaviy totuvlik uchun bir yaxshi gap o‘qib qoldim: “Tinch bo‘laman, baxtli bo‘laman desangiz, pashshadan fil emas, fildan pashsha yasang”. Yaxshi gap ekan! Ya’ni oradagi muammo va kelishmovchiliklarni kattartirib yubormang, qaytaga, katta kelishmovchiliklarni kichraytiring.

🌷 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolaga ism qo'yishga kim haqli?

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🌱 Kutilmagan o'rinlarda bir-biringizga yoqimli syurprizlarni hadya qiling!

🌱 Sabablarni kutmang. Har bir kun bir-biringizni xursand qilish uchun imkoniyatdir. Hatto ertalab cho'ntagingizda yashiringan kichkina shokolad ham sizga kun bo'yi tabassum hadya qilishi mumkin.

Juftingizni xursand qilish uchun qimmmatbaho sovg'alar yoki ulkan guldastalarni qidirishingiz shart emas. Baxt kichik narsalardan kelib chiqadi.

👀 Kutilmagan sovg'a olishni yoqtiradiganlar, reaksiya qoldiramiz!

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzandimizni o‘qimishli bo‘lishini xohlaymiz.

#Savol: Assalomu alaykum. O‘g‘lim juda harakatchan. Ish qurollarni olib, o‘zicha bir narsalar qilib yuradi. Mixlarni bir yerlarga qoqadi, bir nimalar qiladi. Juda g‘ayratli, uyquni yomon ko‘radi. Kechqurun urishib zo‘rg‘a uxlatamiz. Men o‘qimishli qilishni xohlayman. Lekin harakatlaridan qo‘rqyabman. O‘qishga qiziqarmikin? Dadamiz oddiy ishchi. Bolamiz o‘qimishli bo‘lishini ikkimiz ham xohlaymiz. Iltimos maslahat bering. Qanday yo‘l tutaylik?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bola biroz ulg'aysin, qiziqishlariga qarang. Balki yaxshi arxitektor bo'lishi mumkin. Uning uchun ham o'qish kerak.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Nega erkaklar ayollarga faqat pul kerak deb o'ylaydi-ya?! Do'konga borasiz pul so'raydi, kosmetolog bepul qabuldan bosh tortadi, dugonalaringiz bilan kafega borasiz — pul kerak. Pul faqat ayol kishiga emas, uning atrofidagi hammaga kerak!

#Tabassum #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sovchilar surishtirganda qanday javob qilish kerak?

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Har kun yangi tongni qarshi olar ekansiz, uch muhim narsa yodingizda bo'lsin:

— o'tmishingizda nimaiki bo'lgan bo'lsa, yaxshilikka;
— bugungi kuningiz uchun boriga shukr qiling;
— kelajakda hammasi yaxshi bo'ladi, inshaalloh!

#Shunchaki

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2 yoshli qizchaga tarbiya berish qiyinmi?

#Savol: Assalomu alaykum, salomatmisiz, ustoz? 2 yoshli qizchamni doʻqlab uxlatadigan, urishib tashlaydigan ayolni ona deb bo'ladimi? Farzandi uchun asablarini jilovlay olmagan odamni inson deb bo'ladimi? Farzandini kelajagi uchun uni urushmay, ayb ish qilsa kamsitmay, tushuntirib, muomala qilib tarbiyalash shunchalik qiyinmi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bu yozganingiz savoldan ko'ra alam bilan hasrat qilishga o'xshabdi. Sizni tushunaman va tavsiyam shuki, siz ham farzandingiz tarbiyasi-parvarishida ko'proq ishtirok eting, ayolingizning asabini davolating, birgalikda farzand tarbiyasiga doir kurslarda, kitoblar o'qinglar.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kun ob-havo yoki qaysidir sana sababli yaxshi bo'lib qolmaydi, balki sevimli insonlaringizning mehr-e'tibori bilan yaxshi o'tadi!

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayollarning bu ishidan soʻng rizqqa baraka kiradi

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🩵 Munosabatlardagi muammolarni qanday hal qilish kerak?

🩵 Juftingizga butkul yopishib olmang, hayotingizda o'z sevimli mashg'ulotlaringizga joy qoldiring.

🩵 Barcha qiyinchiliklar bizga o'sish uchun berilganligini anglang. "Nega men bilan bunday bo'lyapti?!", "Qaysi gunohim uchun?!" deb oh-u nola qilishning o'rniga kuchingizni muammoni hal qilishga yo'naltiring.

🩵 Juftingiz bilan samimiy suhbatlashing. Noroziligingizni sukut bilan bildirmoqchi bo'lmang. Shubha-gumonlaringiz, o'ylaringiz haqida kechiktirmay gaplashib oling.

#Ayollar #erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum, maslahatingiz kerak edi.
10 oylik o‘g‘lim bor, kitobga muhabbatli bo‘lishini xohlayman. Atayin oldida kitob o‘qiyman. Men bilan kitob talashadi, lekin kitobga qiziqishdan ko‘ra ko‘proq yeb ko‘rishga, yirtishga qiziqyapti. Hali kitob berishga ertamikin, deb o‘ylayapman. Nima qilay?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Hozirgi vaqtda unga ko'proq kitob o'qib bering. Kitobga qiziqishga erta hali, albatta. Bu yoshda bola hamma narsani og'ziga solishga harakat qiladi. U narsalar bilan shu tariqa "tanishadi".

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Insonni his qilish nafaqat kerakli vaqtda yordamga kelish, balki zarur bo'lganda yolg'iz qoldira bilishni ham anglatadi.

#Shunchaki

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muhabbat oshqozondan emas, ostonadan boshlanadimi?

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Juftingiz siz uchun keraksiz sovg'ani berganda qanday yo'l tutish kerak?

Avvalo, bu holat yuzaga kelmasligiga harakat qiling: unga ehtiyojlaringiz, qiziqishlaringiz haqida ochiq ayting.

Ikkinchidan, bunday vaqtda sovg'aning biror ijobiy tomonini topishga harakat qiling. Buning uchun unga minnatdorchilik bildirib, xursandchilik bilan qabul aylang.

Aslo unga sovg'asi ahamiyatsiz, keraksiz ekanini yoki tanlovda adashganini aytmang. Bu bilan uning keyingi gal sovg'a berish ishtiyoqini o'ldirasiz.

#Ayollar #erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Savolimni qisqa qilaman. Yoshim 19 da. Bir qizda koʻnglim bor. U hali maktabda oʻqiydi, 11-sinfga oʻtdi. U bilan muloqotim yoʻq. U bilan bir mahallada turaman. Unga uylanish niyatim bor. Lekin bir muammo mavjud. U qiz bilan muloqot qilmasligim sabab boshqa yigit bilan munosabat qilmasligi uchun u bilan muloqotga kirishishim toʻgʻrimi?

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Noto'g'ri. Hozir o'qib-o'rganadigan, rivojlanadigan vaqtingiz. Boshqa narsalarga chalg'imang. Sovchi qo'yish imkoningiz bo'lganda sovchi qo'yasiz.

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Iymonlisini tanlaymi?

#Savol: Men iymonli, islomdan xabari bor turmush oʻrtoq tanlash tarafdoriman. Ammo ota-onam taqvodor boʻlmasa ham topish-tutishi yaxshi boʻlgan insonga turmushga berishmoqchi. Iymonlisini xohlashimni aytsam, meni eshitishmaydi. Bunday holatda qanday yoʻl tutsam boʻladi?

G’iyosiddin Yusuf:

— Siz to'g'ri aytyapsiz. Gapingizda qat'iy turing, bundan boshqasiga rozi bo'lmang. Agar ikkalangizga ham ma'qul nomzod chiqsa, nur ustiga nur. Siz ota-onangizga nega bunday tanlov qilayotganingizni anglatishingiz kerak. Yaxshi gap bilan samimiy suhbatlashishga harakat qiling. So'zi o'tadigan yaqinlaringizning yordamidan foydalaning. O'zi oson qilsin!

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/28 08:15:08
Back to Top
HTML Embed Code: