Telegram Web Link
Erkaklar tabiati bir xil boʻladi. Ular qaysar va sarkash ayollarni yomon koʻrishadi. Ular yumshoq va haqqidan voz kecha oladigan ayollarni yaxshi koʻrishadi. Ayolligingni yoʻqotib qoʻyma. Aks holda u seni yomon koʻrib qoladi. Erkak shaklidagi ayolga erkaklar toqat qila olishmaydi. Erkak kishi ayolining barcha sifatini yoʻqotishiga rozi boʻlishi mumkin, ammo ayolligini yoʻqotishiga chiday olmaydi. Ayolliging eng chiroyli ziynatingdir. Uni umrbod zinhor-bazinhor tark qilma!

Adham Sharqoviyning "Tungi suhbatlar" kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qizlar, mushugi bor yigitga turmushga chiqing. Ular har doim nola qiladigan, ovqat yeyishni istaydigan, doimiy uxlaydigan va butun uy yuzida yungini qoldiradigan jonzot bilan yashashga odatlangan.

#Oila_qurish #tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qalbingizda haliyam u insonni muhokama qilyapsizmi?

Insonlar bilan muomala qilasiz, ammo hammasi siz kabi oʻylamaydi, siz kabi fikrlamaydi.

Buni anglab yetish uchun esa videodagi maslahatlarga amal qilishingiz kerak.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol sevilganini his qilishi kerak, his qilishi kerak! Shuning uchun unga muhabbatingizni his qildiring, faqat eshittirish bilan cheklanmang. Har bir inson chiroyli gapira oladi, lekin hamma ham chiroyli seva olmaydi.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Turmush o‘rtog‘im behayo ayollarning suratlarini, videolarini juda ko‘p tomosha qiladi. Bu haqida bilib qolganimda gaplashib olgandik. Boshqa ko‘rmayman, yigitlik paytimdagi odat bu yo‘qotolmayman dedi. Shu mavzuda qattiq janjallashib qoldik. Meni nimamdan qoniqmayotganingizni ayting desam, roziman sendan deb yana behayo narsalarni ko‘radi. Zino hukmida ketadi deb ham ogohlantirdim.

O‘zim emizikli bo‘lganim uchun ozib ketdim. Shifokorlar hozir davolay olmaymiz, deyishdi. Sabr qiling deb qattiq ogohlantirsam ham shu ahvol. Mening ko‘nglim qolib ketgan, ularga nisbatan sovub bo‘lganman. Nima maslahat berasiz? Siz bilan yashagim kelmayapti, desam ham bu yo‘ldan qaytmadi.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Unga behayo narsalarni ko'rish mumkin emasligi haqidagi diniy ma'lumotlarni o'qitish/ko'rsatish kerak. Bu narsadan xalos bo'lishning asosiy sababi Allohga bo'lgan iymon va oxiratdan qo'rquvdir.

#muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Har safar nikohim bog’langan kunni eslasam, hech qanday bosimlarsiz va tahdidlarsiz, aql-hushim joyida bo’lgan holda imzo qo’yganimni eslasam, Alloh taoloning ushbu so’zi yodimga keladi:

"Alloh ularga zulm qilmadi. Lekin ular o’zlariga zulm qilgan edilar".

Solih Naqshbandiy

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkaklar va ayollarning tili, tushunchalaridagi ba'zi farqlar.

#Erkaklar #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ta’na-malomat yomon narsa-yu, ayrim odamlarning qilganlarini eslatish uchun ham yuziga urib turish kerak. Bo‘lmasa,  "esidan chiqib ketdi, bir og‘iz yaxshi gapirsam unutadi" deb o‘zidan ketib qoladi.

Ba’zi qilg‘iliklaringizga ko‘z yumamiz, ko‘r deb o‘ylamang!..

Umida Aziz

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum
Savol: kuyovdan to‘ydan keyin kelinga sizlab muomala qilishini so‘rasa bo‘ladimi yoki bu kelinning hurmat talab ekanligidan bo‘ladimi?

Javob uchun rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bo'ladi.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​«Quloqqa aytiladigan gaplar» kitobi haqida

Ushbu kitob haqida qisqacha fikrimni aytadigan boʻlsam, avvalo kitob oʻta hayo va qogʻozga urab yozilgan. Eng yoqqan tarafi shu boʻldi. Va albatta yosh oilalarga, oila qurish arafasidagi birodarlarimiz uchun juda foydali va manfaatli kitob deb hisoblayman. Bu kitobni nomining oʻzi odamni qiziqtirishi shubhasiz. 😊 Men oʻzim hozir boʻydoqman, inshaalloh, oila qurish arafasidaman va bu kitobgacha ushbu mavzu haqida koʻp narsa bilardim deb yurardim oʻzimcha. Afsus, bu kitobni oʻqib tugatganimdan keyin aslida hech narsani bilmasligimni bildim. Odamlar nega mashina haydash uchun pul toʻlab oʻqiydi? Chunki qoidalarni buzib qoʻymaslik va bu qoidabuzarliklar ortidan keladigan koʻngilsizliklarni oldini olish uchun oʻqiydi. A nega unda pala-partish munosabatlardan keyin yuzaga keladigan koʻngilsizliklarni hisobga olmaydi? Chunki ilm kam, tafakkur yoʻq. Bu kitob oʻz narxiga nisbatan bir necha bora arzon deb bilaman. Bu mavzuda tajribasizlik qilib buzilib ketadigan qanchadan-qancha oilalar buzilib ketganini ham koʻrganman. Ogʻil otadan soʻray olmaydi, agar oʻzidan katta akasi boʻlmasa oilada. Bevosita qizlarda ham shu holat. Shunaqa paytda mazkur kitobcha oʻxshash risolalar ayni muddao deb bilaman. Va soʻzim soʼngida kitob muallifi Gʻiyosiddin ustoz hamda ustozning ijodiy jamoasiga cheksiz tashakkurlarimni izhor qilmoqchiman.

Ostonayev Shaxzodjon

Kitob haqida

Murojaat uchun: @Hubbuna_admin
Assalomu alaykum va rahmatulloh. Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin, azizlar!

Alloh taolo o'ylagan barcha ezgu niyatlaringizga yetkazsin!

Eng yaxshi sovg'a shirin so'zdir! Bugun yaqinlaringizdan shirin so'zingizni ayamang, ularni yo'qlab, bayramona kayfiyat ulashing.

@Hubbuna jamoasi sizga hamisha oilaviy tinchlik-totuvlik, farovon hayot tilaydi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalamu alaykum. Yoshim 24 da. Bir oilaning ehtiyojlariga yaray oladigan daromadim bor. Onamning sog‘liqlari biroz yomonroq (ko‘zlarida muammo bor), uy ishlarida qiynaladi (non yopish). Biz qilishga unasak, yo‘q, bu ayollarning ishi siz o‘z ishingizni qiling deydi. Men esa tezroq uylanib, onamni og‘irlarini yengil qilish, qolaversa o‘zimni ham turli xil fitnalardan tiyishni istayman. Hali shu paytgacha onam bilan bu haqida hech gaplashmaganman. Aytishga jur’at qilolmayman. Shuning uchun oila qurish haqida uydagilarga aytsam odobsizlik bo‘lmaydimi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Aytsangiz bo'ladi. Agar biror kimni oraga qo'ya olsangiz, amma-xola, amaki-tog'a kabi yaqinlaringiz taklif bildirsa, yanada yaxshi.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muslimalar, siz uchun...

📕 Nozik xilqat vakillari boʻlmish qizlarimizni ommaviy madaniyatning har xil taʼsirlaridan qanday himoya qilamiz? Jaholatga qarshi maʼrifatni qanday shakllantiramiz?

Moʻminalar hayotidan soʻzlovchi "Solihalar gulshani" kitobi shu va boshqa koʻplab savollaringizga javob boʻladi. Kitobni tafakkur qilib, hayotiga tatbiq qilgan muslimalarimiz solihalar gulshanining eng aʼlo gullaridan boʻlishadi.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 216 bet;
• Narxi – 34.000 soʻm.

🚗 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud!

• Bogʻlanish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.
Ayol iffatining komilligi  shundaki, u erining hayosi va hijobi xususida qaygʻurishi va qattiq eʼtiboridan gʻazablanmaydi, jahli chiqmaydi.
Albatta, erkak boshqa erkakning nazarini biluvchiroqdir!

Shayx Ahmad Toyyib

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Albatta, erkak uylanayotganda qizga nisbatan yurak jiz etishi eng birinchi omillardan. Lekin bu oilaviy hayotni boshlab olishda muhim, xolos.

Oila qurgandan keyin erkak uchun eng muhim narsa xotirjamlik va ruhi oromdir. Shu ikki narsa oilada topilmasa, ming‘ir-sing‘ir gaplar, gina-kudurat ko‘paysa, endi oilaning qadri tushayotgan bo‘ladi.

Har qancha qaddi-qomati ketvorgan krasotka bo‘lsangiz ham, oilada erkakka xotirjamlik va ruhiy osoyishtalik berolmas ekansiz, yakun ajrashishgacha borishi mumkin.

Gʻarbda ham, sharqda ham ajrim o‘ta ko‘p bugun. Chunki oilalarda aynan xotirjamlik yo‘q.

P. S. Erkak mas’uliyati boshqa mavzu. Shu mas’uliyatni bajarmayotgan erkaklar boshqa mavzu. Ammo shu mas’uliyat qanaqa ekanini ayollar belgilamaydi. Ayollar belgilab beryaptimi, ayolning ham, erkakning ham tugagani shu.

Abdulaziz Saidalikhanov

#Ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/30 12:25:37
Back to Top
HTML Embed Code: