Telegram Web Link
247-savol: Yolg'on aralashtirib oila qurish niyatim yo'q

Assalomu alaykum va rahmatulloh.
Universitetda tahsil olaman, 4-kurs talabasiman. Hali turmush qurmaganman. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im bilan uchrashganda (faqat o‘zlariga) kasalligim haqida aytishim kerak deb o‘ylayman. Biroq onamlar “agar bu haqida aytsang, senga hech kim uylanmaydi” deb uchrashuvda kasalligim haqida aytishimga yo‘l qo‘ymaydilar.

Bundan bir necha yil oldin bosh miyyamda kista aniqlangan, shundan buyon muntazam davolanib kelaman. Operatsiyaga hojat yo‘q, bu kista ta’siridan faqatgina ko‘zoynakdan foydalanadigan bo‘lganman.
Alhamdulillah, aqliy va jismoniy mehnatimga jiddiy salbiy ta’sir qilmaydi, sog‘ligim yaxshi, lekin vaqti-vaqti bilan o‘zimni zo‘riqtirib qo‘yganimda menda qattiq bosh og‘rig‘i va holsizlik bo‘ladi. Ba’zida ilm olishda davom etib, umuman turmush qurmaslik haqida xayollar paydo bo‘ladi.

Bunday holatda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Men yolg‘on aralashtirib yoki u kishi bilishi kerak bo‘lgan masala haqida aytmasdan, uni berkitib oila qurish niyatim yo‘q.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom va rahmatulloh. Oila quring, faqat bemorligingiz haqida ayting. O'zingiz aytganingizdek, uncha jiddiy emas ekan, rozi bo'lishadi, inshaalloh.

#Muammo

Yanada ko'proq savol-javoblar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʻydan keyin ham muhabbat boʻlsin

Erkaklar tabiatidan kelib chiqqan holda ahli ayoliga koʻp dil izhori qilishmaydi.

Aslida, dil izhori qilish kerakmi, aytmasangiz ham oʻzi bilmaydimi?

Foydali tavsiyalar bilan video orqali batafsil tanishing.

#Erkaklar #Muhabbat #izhor

Yanada ko‘proq videolar
– Seni tushunaman, lekin…
– Bo‘ldi, bas. Tushunsang, “lekin”ga hojat qolmas edi…

#Shunchaki

​​​​​​​​​​​​​​​ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oilani boqish uchun harakat qilish erkakning vazifasi. Ana shu harakatning natijasiga qanoat qilish esa ayolning vazifasi.

Fayzuddin Mumin

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O‘zi ozod tug‘ilgan edik. Ammo keyin uylanib qo‘ydik.

Mubashshir Ahmad

#tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muammolaringizni eshikdan tashqariga qoldirib keling

Ishingiz siz kutganday boʻlmagandir, qarzingiz bordir va balki hech kim ayta olmaydigan muammolar ichidadirsiz.

Hurmatli erkaklar, shunday holatingizda ham ayolingiz va farzandlaringizga har qanday holatingizda ham chiroyli muomalada boʻlishga intiling.

#erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sizga gul beradimi, bermaydimi, asosiysi, turmush o'rtog'ingiz yaxshi inson bo'lsa bo'ldi! Yaxshi odam esa gul beradi! )

#Ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bir haftada bir!

Azizlar, bugun haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz kuni. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazaman, inshaalloh.

Xayriya haqida batafsil.

Karta raqam: 9860160605493933
O'z nomimda.

G'iyosiddin Yusuf
248-savol: Bir qizni yoqtiraman, ammo hozir uylanolmayman

Assalomu alaykum! Shu yil oxirida 20 yoshga to'laman. 2 yarim yil oldin bir qizni yoqtirib qolgandim, mendan bir yosh kichkina. U qiz erga tegib ketishidan xavotirdaman.

Hozir o'zim ham uylanolmayman sharoitni to‘g‘irlashim, moliyaviy jihatdan ancha o'sib olishim kerak.

U qiz o'ziga to'q oiladan. Boshim qotgan, nima qilishni bilmayapman. Uylanay desam sharoit yaxshimas, sharoit qilaman desam, u qiz erga tegib ketsa-chi deb xavotirdaman. Iltimos maslahat bering! Rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Hozir unashtirib qo'yishning imkoni bo'lsa, unashtirib qo'ying, bo'lmasa, bu haqida o'ylamang, taqdir bo'lsa, imkoningiz bo'lganda shunga uylanasiz, bo'lmasa, boshqaga.

Yanada ko'proq savol-javoblar
Eringiz uchun ayolsiz

💐Muhtarama ayol, farzandni deb erdan ajrab qolmang! Ya’ni bola ko'rish, uni parvarishlash, emizish kabi holatlarda o'zingizni ham unutib qo'ymang. Bunda sog'lig'ingiz, qomatingizga ahamiyat bering. Shuningdek, bola bilan bo'lib, er e’tibordan qolmasin. Uni sevib, ardoqlashda kamchilikka yo'l qo'ymang. Xos xizmatga ham dadil bo'ling. Muhtaram ota, siz ham bola parvarishida ayollarga ko'maklashing.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʻydan avval boshqacha edi

Baʼzan oila qurilgandan keyin kelin boʻlmish oʻzgarib qolishi mumkin.

Nima uchun oʻzgarib qolishi va qanday yechim qilish mumkinligini yuqoridagi lavha orqali bilib olasiz.

#Ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Dono ota-onalar tutadigan yo'l

Bu ko'rsatmalar bolaga ruhiy zo'ravonlik qilinishidan saqlashga yordam berishi mumkin, chunki ota-onalar doim ham o'z tarbiyasining noto'g'ri ekanini va salbiy oqibatlarga olib kelishini anglab yetavermasliklari mumkin.

1️⃣ Bolangizni eng yaxshisi qilishga urinmang. Barcha odamlar bir xil emas. Har bir odam ma'lum qobiliyat va imkoniyatlarga ega.

2️⃣ Bolangizni boshqa bolalar bilan solishtirmang, agar u ba'zi sinfdoshlaridan ortda qolsa, uni koyimang.

3️⃣ Bolangizning xatolarini hech qanday shartsiz qabul qilishga tayyor bo'ling. Hamma xato qiladi, faqat, muhimi, xatolardan saboq olish.

4️⃣ Bolangiz bilan ochiq muloqotda bo'ling, uni eshiting va boshqa fikrlarni ham e'tiborga oling. Tushunishga harakat qiling.

5️⃣ Bolangizga qo'ygan talab va cheklovlarni aniq va tushunarli qilib belgilang. Bunday qoidalar uning uchun xavfsizlik va xotirjamlik beradi.

Bu o'git-nasihatlar ota-onalarga bolalarini to'g'ri tarbiyalashda yordam beradi. Yodda tuting, har bir bola o'ziga xos va yagona!​​​​​​​​​​​​​​​​

#tarbiya #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oiladagi asosiy qoidalardan biri kim haq yoki nohaq ekaniga ko'ra yashash emas, bir-birining kichik kamchiliklariga ko‘z yumib, kattalarini ishloh qilishga ko‘maklashgan holda birgalikda halovatli oila kechirish bo‘lishi kerak.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Borligingni his qilish — baxt!

#baxt

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uylanmagan yigitlar yaxshilab eshiting

Uylanmoqchiman, ammo oilani taʼminotini qanday qilaman degan oʻylovlar sizda bormi?

Unda yuqoridagi lavha orqali siz uchun 3 ta alohida tavsiya berildi. Tavsiyalarga rioya qilgan holda tezroq uylaning. )

#oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muhabbat faqat "Sevaman" deb qo'l ushlashib yurishdan iborat emas. Sevgan kishi yaxshi-yomon kuningizda yoningizda turib, sizni tushunib, halovat bo'la oladigan kishidir.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
252-savol: Ota-onamni qanday ko‘ndirish mumkin?

Assalomu alaykum. Bir taqvoli bola menga sovchi qo‘ydi va u menga yoqadi. Iloji boricha halol bo‘lishi uchun uydagilarni ko‘ndirishga harakat qilyapmiz. Ammo u boshqa viloyatdanligi tufayli onam rozi emaslar. Otam esa seni ishlatmoqchi emas, uyga qo‘yib qo‘ymoqchi deb o‘ylayaptilar. Lekin u bola haqiqatdan Allohni taniydigan bola, ammo otasi yo‘q, o‘zi gaplashadi uydagilarim bilan. Menga boyligi va mansabi emas, taqvosi kerak insondan. Qanday qilib ularni ko‘ndirsak bo‘ladi? Iltimos, shu muammo qiynayapti, javob bersangiz.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Ota-onangiz bilan gaplashib, nima muammo bo'lsa, shunga yechim berishga harakat qilsin. Masofa haqida videoda aytdik.

#oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzand injiqligi sabablari

🪟 Ko'pchilik ota-onalar farzandining o'zini tutishidagi o'zgarishlarga atrofdagi odamlarni ayblashadi. Ammo ulardan oldin o’zlarining ham munosabatlarini ko’rib chiqishlari kerak.

Ota-ona doimo farzandi bilan kattalardek suhbat qurmog'i, do'st bo'lmog'i zarur. Bola hech ikkilanishsiz ota-onaga ishonishi, har qanday muammo yoki qarorni ular bilan bemalol muhokama qila olishi zarur.

📌 Ana shunda “ichimdagini top” qabilidagi injiqlik, qaysarlikka hojat qolmaydi. Hatto ota-onaning o’zaro munosabatlari bolaning injiqligiga sabab bo’lishi mumkin.

#tarbiya

Yanada ko‘proq videolar
Oila qurishdan oldin kim bilan oila qurish mumkin, kim bilan oila qurish mumkin emasligini bilib olish lozim. Ba'zilar amma-xola, amaki-tog'aning farzandiga uylanish mumkinmi yo'qmi deb so'rab qoladi.

Uylanish mumkin, lekin uzoqroq qarindosh yoki qarindosh bo'lmagan kishilarning oila qurishi afzaldir. Agar kuyov (kelin) bo'lmish har jihatdan munosib bo'lib, lekin amma-xola kabi yaqin qarindoshning farzandi bo'lsa, tavakkal qilib oila qurish ixtiyoringiz.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/11/16 06:53:57
Back to Top
HTML Embed Code: