Telegram Web Link
— Men sizni sevaman!
— Yog'e?
— Siz menga keraksiz!
— Yo'g'e?
— iPhone 14 yoki iPhone 15?
— iPhone 15!
— Yo'g'e?
— Menga olib bermoqchimisiz?!
— Yo'g'e?..

#Tabassum #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Er oldida ayol zaifaligini izhor qilishi uning kuchli tomonidir.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Aldayotganini bilish

Garchi bolalar ota-onalarini aldashga mo­yil bo‘lsalar ham ular buni qanday amalga oshi­rishni, masalan, siyosatchilar kabi mohir va mu­kammal bajarishni bilishmaydi. Bolaning yolg‘on gapirayotganini bilish unchalik qiyin emas, aso­siysi, u nimani gapirayotganiga va bir vaqtning o‘zida nima qilayotganiga diqqat bilan qarash ki­foya.

Bolaning yolg‘onchiligining belgilari qu­yi­dagilardan iborat:

Bola aldasa, hech qachon sizning ko‘zingizga qaramaydi. Agar siz uning yolg‘onini «ko‘rishni» istasangiz, unda sizdan uzoqlashmasligini so‘rang. Ishoning, shunda birinchi iboradayoq siz bolaning yolg‘on gapirayotganini sezasiz.

Bola hatto ataylab aldagan bo‘lsa ham, o‘zini ishonchsiz va noqulay his qiladi. Shuning uchun u dam u oyog‘iga, dam bu oyog‘iga tayanadi va qo‘lini boshiga, ko‘ziga, peshonasiga va bo‘yniga cho‘zadi.

Agar bola ota-onasining savoliga javob berish jarayonida hadeb tutilib qolaversa, bu siz uchun yolg‘onni oshkor qiluvchi qo‘ng‘iroqdir. Ehtimol, u sizga bor haqiqatni aytmaslik uchun tutilib qolayotgan bo‘lishi ham mumkin.

Farzandingiz gapi rost ekaniga shubha qilayapsizmi? Undan aytgan hamma narsani takrorlashini so‘rang – agar yolg‘on gapirgan bo‘lsa, gaplaridagi ketma-ketlikni eslay olishi dargumon.

Agar bola yolg‘on gapirayotgan bo‘lsa, unda uning yuz ifodasi o‘zgaradi, yonoqlari qizarib ketishi mumkin.

Bolalar barmog‘ini og‘ziga yoki burniga olib boradi – bu majburiy harakatlar emas, balki refleksli harakatlar bo‘ladi va ular gaplari yolg‘onligini anglatadi.

Bolaning qo‘llari doimo orqasida yoki cho‘ntagida bo‘lsa, bu uning ota-onasidan nimanidir yashirish istagini ko‘rsatishi mumkin.

📚 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ayollar, jufti halolingizni ma'qullashingiz, maqtashingiz, duo qilishingiz, itoatingiz unga juda yoqadi. Mabodo tanqid qilmoqchi bo‘lsangiz, nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashing. Xuddi qarshingizda arslon bor-u, uning oldidan eson-omon o‘tib olishingiz kerakdek. Buning uchun juftingizni erkalab, nihoyatda avaylab, tanqidiy fikrni imkon qadar muloyimlashtirib yetkazing. Aks holda, og‘zimizga kelganini gapiraversak, oilada na muhabbat, na halovat, na baxt qoladi...

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O‘zingizga vazifa bеlgilab оling 💜

↖️Masalan, har kun 30 bеt o‘qiyman dеb ahd qildingiz va har kun vazifangizni bajarishga qat’iy harakat qiling. Mabоdо birоr kun bajara оlmay qоlsangiz, bоshqa kunlari ziyoda qilib o‘rnini to‘ldiring. Aks hоlda, bir-ikki kun vazifangizni bajarmay, o‘rnini to‘ldirmasangiz, kitоb o‘qimay yurish оddiy hоl bo‘lib qоladi.

🗒️ Ba’zilar kitоb o‘qishni vaqt bilan bеlgilaydi. Masalan, bir kunda bir yoki ikki sоat kitоb o‘qiydi. Bunda kitоbning hajmiga e’tibоr qilmay, vaqtga e’tibоr qilinadi. Bu vaqtda bоshqa narsalarga chalg‘imaslikka harakat qilish kеrak, ilоji bo‘lsa, budilnikdan fоydalangan ma’qul.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nega er-xotin orasida zerikish yuzaga keladi? Yechim nima?

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalom alaykum. Avvalo oiladagi gaplarni ko’chaga olib chiqish yaxshi emasligini bilaman, lekin gumon qilib yurib gunohga qolganimdan ko'ra maslahat so'rashni lozim topdim.
Aslida, ilgari ham gumon qilishimga yetarli asoslar bor edi. Hozirda ham ba'zan shubha-gumon tinchlik bermayapti.
Turmush qurganimizning 3-kunidanoq bilganman, turmush o'rtog'imning hayotida boshqa ayollar, qizlar borligini. Lekin ularni kechirib, hammasini qaytadan boshladim. Hurmatini joyiga qo'yaman, xizmatini qilaman, lekin menga hali ham xiyonat qilayotganini his qilyapman va ulardan kun sayin ko'nglim qolib boryapti.
Nima qilsam yoki qanday ibodat qilsam munosabatlarimizni qayta tiklay olaman?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Munosabatlar qandaydir ibodat bilan yoki faqat bir kishining harakati bilan tiklanmaydi, ikkala tomon birgalikda harakat qilishi kerak. Sizning vaziyatingizda ayollik vazifangizni komil qilib bajarishingiz, xiyonat qilishiga sabab qoldirmasligingiz, duo qilishingizni maslahat beraman.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Turli sabablar yoshlarni oila qurishdan to'sib turganini ko'ramiz. Masalan, ota-onasi bolam hali yosh deydi, qizim o'qishi kerak deydi, o'g'limning tayinli ishi yo'q deydi va hokazo.

Hurmatli yigit-qizlar, sizlarda nima muammo? Nega oila qurishingiz kechikyapti? Balki sizga yechim bera olarmiz.

#Muhokama

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum.
Oila qurish arafasida bo'lgan yigit va qiz uchrashuvi uchun belgilangan vaqt mobaynida berilishi kerak bo'lgan eng muhim savollar qaysilar? Ya'ni qiz yigit haqida, yigit qiz haqida bilishi kerak bo'lgan eng muhim ma'lumotlardan xabar bersangiz, iltimos.
Javob uchun oldindan rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bu haqida men oila qurish mavzusida yozayotgan kitobimda to'xtaldim. Kitobni kuz faslida nashr qildirish niyatim bor. Kitob haqida kanalda ko'proq ma'lumot berib borishimni istasangiz, 🔥 bilan munosabat bildiring.

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum.
Turmush o'rtog'im bilan alohida yashar edik, lekin qaynonam istaganlari uchun birga yashay boshladik. Katta oilamiz, yosh bolam bor, uy yumushlaridan ortib kitob oʻqishga, ilm olishga vaqt ajratolmayapman. Sog'ligim bo'lmay qolgan paytda ham eng avval uy ishlari bajarilgan bo'lishi kerak. (Agar qilmasam, xojayinimga ham aytishadi.) Bu holatda nima qilishni bilmayapman, iltimos, maslahat bering.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Uy ishlarini qilayotganingizda audiokitob yoki dars tinglang. Turmush o'rtog'ingiz sizga har tomonlama yordam berib, oz bo'lsa ham sharoit qilib berishga harakat qilsin.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalamu alaykum. Yoshim 20 da. Universitetning 3-kurs talabasiman. Uyimizga ko'p sovchi keladi, lekin ota-onam "qizimizni hali uzatmaymiz" deb kelgan sovchilarni uyga kirgizmay, darvozani oldidan qaytarib yuborishadi. Qizim hali yosh, ro'zg'orni eplay olmaydi va biz ham qizimizni uzatishga hali tayyor emasmiz deyishadi. Mahallamda men tengi qiz qolmagan, sinfdoshlarimning ham hammasi turmushga chiqib ketgan. Kursdoshlarimni ham birma-bir to'ylari bo'lyapti. Necha marta o'qigan, obro'li, iymonli xonadondan so'rab kelishdi, uydagilarga ma'qul kelgan bo'lsa ham, "yo'q, baribir hozir uzatmaymiz" deyishadi. Men esa indamayman. Bir kun onam "odamlar aytyabdi, sening baxtingni qaytaroyatgan ekanmiz" deb qoldilar. Shunaqa bo'lishi mumkinmi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bo'lishi mumkin, o'zingiz ham turmushga chiqishga rag'bat qilib turibsiz ekan, munosib kishiga uzatishlari kerak. Amma-xola kabi yaqinlaringiz bilan bu haqida gaplasha olsangiz, ular orqali yetkazing.

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar ayol "Sizdan bir narsa so'rasam maylimi?" desa, demak, u hammasini biladi!

#Tabassum #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Senga javob bermay jim turganimda qay birimiz aybdor ekanimizni aniqlashga hojat yo'q, men seni butun dunyodan ko'proq sog'indim, hatto xatolaring bilan!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Har kuni dil izhor qilish, hadyalar, shirin so'zlar albatta muhabbatdan dalolat qiladi, faqat dilozorlik qilib shuncha qilgan harakatlaringizni zoye qilmang!

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kitоb o‘qish fahmlash qоbiliyatini оshiradi 😃

Kitоb o‘qish kishining fahm-u farоsatini ziyoda qiladi. Buni kamina shaxsiy tajribamda ham ko‘rganman. Ko‘p kitоb o‘qiydigan kishi ziyrak, diqqatli bo‘ladi. Ma’lum narsalarni yoki bilish imkоni bоr narsalarni so‘rayvermaydi. Mana shundan kelib chiqib, savоl beruvchi kishi qanchalar kitоbga оshnо ekanini bilish ham mumkin.

Hоzirgi kunda ijtimоiy tarmоqlarda ham, hayotda ham fahmlash qоbiliyati ancha past kishilar tez-tez uchrab turgani sir emas. Buning sababi kitоb o‘qimay qo‘yishda, ilm o‘rganmaslikda deb bilaman.

Hоzir kitоb ko‘p, xaridоrlar ham ko‘p. Lekin bu kitоblar ko‘prоq javоnga zeb berish vazifasini bajarmоqda. Ikkinchidan, ba’zilar ijtimоiy tarmоqlardan o‘qiyotgan qisqa ma’lumоtlariga aldanib, ilm o‘rganyapman degan xayolda yuribdi. Bu o‘qiganlarimiz o‘z yo‘lida, lekin ilm o‘rganish uchun ustоz tutish va kitоb o‘qishga harakat qilish kerak. Kishi ilm o‘rganish оrqali farоsatini rivоjlantirib bоradi. Ilmli, farоsatli bo‘lish fahmlash – tushunish demakdir.

Ko‘p kitоb o‘qiydigan оdam so‘zlarning ma’nоsini, so‘zlоvchining nima maqsadda so‘zlayotganini, nima demоqchi ekanini yaxshi anglaydi, so‘z o‘yini qilayotganlarni ham yaxshi tushunadi, bir narsa demоqchi bo‘lib, fikrini ifоdalab bera оlmay, bоshqa gap aytib turgan kishining ham nima demоqchi ekanini tushunadi va hоkazо.

Shuningdek, ko‘p kitоb o‘qiydigan kishi fikrini to‘g‘ri ifоdalab bera оladi. Vaziyatga mоs suhbat qura оladi, qayerda qanday gapirishni, o‘zini qanday tutishni yaxshi biladi. Suhbatdоshi bir gap aytsa, uni to‘g‘ri tushunmaganidan bоshqa gap aytib, nоqulay hоlga sоlmaydi. Bоshqacha qilib aytganda, “bоg‘dan kelsa, tоg‘dan kelib” turmaydi.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum. Men birinchi ayolim bilan ajrashganman. U bilan oramizga anchagina sovuqchilik tushgan, koʻngillar sovigan, toʻydan avval bir-birimizda koʻnglimiz boʻlmagan. Toʻydan keyin ham bir birimizga toʻliq koʻngil qoʻya olmadik. Endi u bilan yashamoqchi boʻlsam ham bir-birimizga koʻngil qoʻya olamizmi, bu borada biror narsa ayta olasizmi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Ajrashib, so'ng yana qaytishni o'ylayapsizmi, demak, aytganingizdek, biroz ko'ngil bor. Ammo to'liq ko'ngil qo'yishingizga kafolat bera olmayman. Muhabbatni jalb qiluvchi omillar bor, biroq orada shuncha dilxiralik bo'lgan bo'lsa, oldin ularni eslamaslik kerak bo'ladi. Yana bir mulohaza borki, agar ko'ngil qo'ya olganlaringizda birinchi marta yashaganda qo'yar edingiz.

Muammo faqat ko'ngil qo'yishda bo'lsa, muhabbatsiz ham yashash mumkin, ammo boshqa tomonlariga e'tiborli bo'ling.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qimagan yigitga qiz bersa bo'ladimi?

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Har birimiz kimningdir orzusidagi insonmiz, endi o'sha xayolparastni topish qoldi, xolos.

#Tabassum #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/28 16:23:07
Back to Top
HTML Embed Code: