Telegram Web Link
G'iyosiddin Yusuf kitoblari haqida

#Kitob

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hubbuna pinned a photo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baland poshnali tufli bo'yingizni baland ko'rsatadi, ammo aqlingizni faqat ilm o'rganish bilan o'stira olasiz!

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol kishi jufti ishdan yoki ko‘chadan kelishida kutilmagan bir joyda dil izhor yozib qo‘yishi ham romantikadir. Masalan, muzlatgichning ichida «Azizim, siz menga keraksiz!» deb yozilgan qog‘ozni qo‘ying va juftingiz muzlatkichni ochishini kuting, agar ochmaydigan bo‘lsa, nimanidir olib berishini iltimos qiling. Yoxud tangalardan yoki toshlardan dil so‘zlar, turli shakllar yasab, syupriz qiling. Konvertda shirin so‘zlar yozib, bolishning ostiga qo‘yish ham kutilmagan sovg‘a bo‘ladi. Umuman olganda, romantika qilish uchun ko‘p xarajat talab qilinmaydi, o‘ylab ko‘rsak, oddiy narsalar bilan ham ko‘ngil ko‘tarish mumkin.

"Quloqqa aytiladigan gaplar" kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Tolibi ilm piri komilining huzuriga kelib soʻradi:
— Ustoz, men abadiy yashashni xohlayman, buning uchun nima qilishim kerak?
— Uylan, inim, uylan!
— Shunda abadiy yashaymanmi?
— Aslo. Ammo abadiy yashash xohishing yoʻqoladi...

#tabassum #oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
G'iyosiddin Yusufning kitoblarini o'qiganmisiz?
Anonymous Poll
25%
Ha, o'qiganman
5%
O'qiyapman
20%
Endi o'qiyman
51%
O'qimaganman
Hubbuna
G'iyosiddin Yusufning kitoblarini o'qiganmisiz?
Kitoblarimni o'qigan kishilarga sovg'am bor!

Istalgan kitobim haqida taqriz (fikr mulohazalaringiz, kitobdan olgan foydangiz, taassurotlar) yozing va oila mavzusidagi bepul audiodarslikni qo'lga kiriting!

Taqriz yuborish

Istagancha taqriz yuborishingiz mumkin! Har bir taqrizingiz uchun bitta mukofot beramiz!
Hubbuna
Kitoblarimni o'qigan kishilarga sovg'am bor! Istalgan kitobim haqida taqriz (fikr mulohazalaringiz, kitobdan olgan foydangiz, taassurotlar) yozing va oila mavzusidagi bepul audiodarslikni qo'lga kiriting! Taqriz yuborish Istagancha taqriz yuborishingiz…
Eslatma: har bir taqriz uchun so'rovnoma qayta to'ldiriladi. Bir to'ldirganda faqat bitta kitobga taqriz yuborasiz.

Taqriz ikkita gapdan iborat bo'lib qolmasin. Bu taqriz hisoblanmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum! Yoshim 26 da, bitta qizcham bor. Sovchi orqali turmush qurganman. Talaba paytim bir yigitga koʻngil qoʻyganman, u ham menga befarq emas edi. Sovchi qoʻymoqchi edi, taqdirning izni bilan birga boʻlolmadik, boshqa insonga turmushga chiqdim. Hali-hanuz, ayniqsa, oilada muammoli vaziyatlar boʻlsa, u kishini qo'msayman. Balki unga turmushga chiqqanimda hayotim boshqacha boʻlardi deb koʻp oʻylayman. Savolim shuki, men hali-hanuz uni oʻylab gunohga botyapmanmi?

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Men gunoh-savob masalasida gapirmoqchi emasman, uzr. Ammo bu ishingiz noto'g'ri. Xiyonat faqat to'shakda bo'lmaydi, xiyonat xayolda ham bo'lishi mumkin. O'zingizga ravo ko'rmaganni juftingizga ham ravo ko'rmang. Hammada ham xato-kamchilik bor. O'sha yigit bilan oila qurganingizda ham shunga o'xshash holatlar bo'lishi tayin edi. Bu xayollarni sizga shayton olib kelyapti. Xayollaringizni jilovlang, bunday vaziyatda tezda istig'for aytib, chalg'ishga harakat qiling.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzandning nutq madaniyati 💭

☘️ Bu masala omma orasida muhim hisoblanadi. Bo­laning tili chiqish davrida, u gapirmoqchi yoki so‘zlashni istaganda uni gapirtirmaslik va gap-so‘zlarini bo‘lish juda yomon! Ya’ni uni duduq, ichidagi gapni aytmaydigan yoki ko‘p o‘ylanib gapiradigan qilishgacha olib kelishi mumkin.

🥛 Bola siz bilan gaplashmoqchimi? U bilan dil­dan va xuddi aka-uka, opa-singil va do‘stlardek suh­bat quring. Uning do‘stlari, o‘zaro munosabatlar va boshqa bola uchun qiziq mavzularda erinmasdan va zerikmay gaplashing.

Bola savol bersa, agar u bergan savolini o‘zi bilsa, o‘ylanib va ikkilanib javob bering. Bil­masa, yaxshilab, to‘g‘ri va to‘liq javob berib, tu­shuntiring.

📚 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/16 13:31:21
Back to Top
HTML Embed Code: