Telegram Web Link
Sizda farzandlaringiz tarbiyasi uchun vaqt boʻlmasa, butun vaqtini ularni buzishga bagʻishlagan kishilar bor.

Xolid Xulaybiy

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol ko'chaga chiqqanda erning eson-omon borib kelsin, nazarlardan, gap-so'zlardan xoli bo'lsin deb duo qilishi ham baxt!

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ideal oila qanday bo'ladi?

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kitob o‘qiganda ko‘zga e’tibor 🌀

Bizning rivоjlanishimiz va shaxsiy o‘sishimiz uchun eng fоydali mashg‘ulоtlardan biri mutоlaa ekanligiga hech kim shubha qilmaydi. Ammо ijоbiy natijalardan tashqari, u juda ko‘p istalmagan оqibatlarga ham оlib kelishi mumkin. Xavfsiz mutоlaa qоidalariga amal qilmaganimizda shunday hоlatlar sоdir bo‘ladi.

🔽 Ko‘rish qоbiliyatingizni buzmaslik uchun quyidagilarni bajaring:

1️⃣
Faqat yaxshi yorug‘likda o‘qing. Juda yorqin yoki xira yorug‘lik ko‘zlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yorug‘likning chap tоmоndan tushishi maqsadga muvоfiqdir.

2️⃣
O‘tirib o‘qing va kitоbni qiyarоq ushlang.

3️⃣
Uyqudan оldin o‘qimaslikka harakat qiling, chunki dam оlishdan avval ko‘zlarni qo‘shimcha zo‘riqtirish zararli bo‘lishi mumkin.

4️⃣
Hech qachоn harakatlanayotgan transpоrtda o‘qimang.

5️⃣
Ko‘z bilan kitоb оrasidagi masоfa 30-35 sm bo‘lishi kerak.

◾️ Ushbu оddiy qоidalarga riоya qiling, shunda ko‘rish qоbiliyatingizga ziyon yetmaydi!

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Ayolimni kitob o'qishga o'rgatmoqchiman. O'zim har doim islomiy kitoblar o'qiyman. Oldinlari deyarli kitob o'qimagan (yoshi 23 da). Uy bekasi. Qaysi kitobdan boshlashni tavsiya qilasiz? Rahmat. Alloh rozi bo'lsin.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Kitob o'qishga odatlanmagan kishilar avvalo kaminaning "Men ham kitob o'qiyman" kitobini o'qisalar, kitobxonlikka qadam qo'yadi. Shu bilan birga, ayolingizning yoshidan kelib chiqqan holda oila va farzand tarbiyasiga doir yengil kitoblarni tavsiya qilaman. Bular kaminaning "Asal oyi emas, asal hayot", "Tarbiya-chi?", "Bolamni yaxshi ko'raman" nomli kitoblardir. Yana yangi kitobxonlar ko'proq badiiy kitoblarni o'qishi osonroq bo'ladi. Bu borada Omina Shanliko'g'lining "Dor ostidagi odam", "Imomning maneken qizi" kabi kitoblarini tavsiya qilish mumkin. Ushbu kitoblar ayolingizni siz kabi islomiy kitoblar o'qishiga qiziqtiradi.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalamu alaykum, ustoz. Bir qizga sovchi qo'ymoqchi bo'lgandim, qiz qoriya, yaxshi joyda o'qiydi, lekin ota-onasi uydagilarga yoqmabdi. Qiz haqida hech kim birorta yomon gap aytmadi, lekin... Shu holatda nima qilinadi, ustoz?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Uydagilaringizga ota-onasi nima sababdan yoqmaganini ham bilish kerak. Juda jiddiy sabab bo'lmasa, kelin qilaversalar bo'ladi. Buni ota-onangiz bilan gaplashib, tushuntirish kerak-da. Otangizga ayta olmasangiz, onangizga ayting, ikkalalariga ham ayta olmasangiz, boshqa bir yaqiningiz gaplashsin.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum. Erkak kishini ko'p kitob o'qishga mashg'ul qilsa bo'ladimi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Asosiy harakat o'zidan bo'lishi kerak, siz uni kitobxon qilmoqchi bo'lganingiz qo'shimcha yordam kabidir. Umumiy tavsiyalar esa quyidagilar:
• erkak kitob o'qishi uchun ko'proq xotirjamlik kerak: oilada, ishida, moddiy tomondan;
• atrofidagi kishilar — hech bo'lmasa, internetdagi do'stlari kitobga, ilmga muhabbatli bo'lishi kerak;
• ayoli kitob o'qishi, kitoblar haqida gapirishi kerak;
• uyda kitobjavon bo'lishi, kitoblar e'zozlanishi kerak. Shu bilan birga, har bir xonada bir-ikkitadan qiziq kitoblar qo'yib qo'ying;
• u qiziqadigan mavzuda kitoblar hadya qiling;
• nega kitob o'qish kerakligini tushunsin, buning uchun "Men ham kitob o'qiyman" kitobini o'qisin.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizlar qanday yigitga turmushga chiqishi kerak?

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Men bir qizni ikki yildan beri institutda ko'z ostimga olib yuraman. Lekin u qiz haqida ma'lumotga ega emasman, hattoki ismini ham bilmayman. Alloh taqdir qilgan bo'lsa, yo'llarimizni birlashtirib qo'yadi deb hech narsa qilmadim. U qiz taqvoli, aqlli qiz. Qizlar bilan gaplashmaganman men, u qiz bilan gaplashaymi? Nima deyishim kerak shunda? Yoki taqdirga qo'yib beraymi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Avvalo ismini bilib, surishtiring. Ko'rinishi yurish-turishiga qarab yaxshi ekan deb baho berish to'g'ri emas. Yaxshilab surishtirib, bir umr birga yashashingizga, farzandlaringizga ona bo'lishiga munosib ekaniga amin bo'ling, undan keyin sovchi qo'ying. Uydagilari uchrashib ko'ringlar deganda muvofiq holatda uchrashasizlar.

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Jismoniy zo‘ravonlik aqliy rivojlanishni sustlatib qo‘yadi 🥊

⭕️ Bir-ikki tarsakining tarbiyaviy ahamiyati siz uchun juda yuqori: bola bundan keyin bu ishni qilmaydi degan qattiq ishonch bor sizda. To‘g‘ri-da, u shunga munosib! Asablar taranglashganda, erka, injiq, yaramas bolaning ta’zirini berish uchun ko‘tarilgan qo‘lni to‘xtatish qanchalar qiyin!

📝 kki yuz mingga yaqin bola ishtirokida xorijda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, muntazam ravishda berilgan «arzimas» kaltaklar (mushtlar emas) bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

▫️Jismoniy zo‘ravonlik bolaning qaysidir harakatini qisqa bir vaqtga to‘xtatadi, xolos. Ammo ota-ona va bola o‘rtasidagi munosabatlarga uzoq muddatli sovuq izini qoldiradi. Bola ruhiyatining emotsional qismiga ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, aqliy rivojlanishini ham qotirib qo‘yadi.

📍 Uy vazifasini bajarishni istamagan bolaning «yengilgina» kaltakdan keyin misollarni yaxshi ishlab ketishiga, inshoni chiroyli yozishiga ishonasizmi? Ham tanasiga, ham qalbiga yetgan og‘riq, qo‘l ko‘targan insonga nisbatan qo‘rquv, nafrat hislari bilan bola biror ishni mehr bilan qilishiga ko‘zingiz yetadimi?

✖️ Jismoniy jazo aslida hech narsani to‘g‘rilamasligi, balki vaziyatni usti silliq, ichi bo‘rtiq bir holga olib kelishini endi tushungandirsiz.

📖 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
— Nima qilyapsiz?
— Sen har gal shu savolni bersang, senga kerakligimni his qilaman!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Ko'cha-ko'yda ko'zga va qalbga iliq ko'ringan qizga borib, to'g'ri, chiroyli muomalada tushuntirib sovchi qo'yish uchun uydagilarining raqamini so'rash normal holatmi yoki uyigacha kuzatib borish kerakmi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Avvalo, ko'cha-ko'yda iliq ko'ringan qizga sovchi qo'yib ketavermaydi, uni yaxshilab surishtirib, bilish kerak. Ikkinchidan, bu shaxsan men uchun normal holat emas. Kimdir mening singlimga yoki qizimga shunday qilsa, rozi bo'lmas edim — hatto chiroyli muomala bilan so'rasa ham!

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum, ustoz. Er va ayol deyarli suhbatlasha olmasa, suhbat qurish uchun mavzu topolmasa, nima qilishni maslahat berasiz? Er tadbirkor, ayol esa lingvist, lekin suhbat qurgani tayinli mavzu topilmaydi, dildan suhbat qurilmagan. O'zi er va xotin orasida suhbatlashish qanchalar muhim? Va shunga oid tavsiyalar bersangiz. Alloh rozi bo'lsin.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Orada suhbat bo'lsa, juda yaxshi bo'ladi, suhbatlasha olmasa, birgalikda boshqa mashg'ulot bilan vaqt o'tkazishsin. Masalan, kino ko'rish, sayrga chiqish va hokazo.

Suhbatlashish uchun bir-birining qiziqishlarini bilish kerak, umumiy qiziqishlar bo'lishi kerak. Hech bo'lmasa, o'tmish va kelajak haqida gaplashish mumkin-ku. Masalan, bolalik xotiralarini eslashsin, oila qurgan yillarini, farzandlari tug'ilganda qanday hayajonli lahzalar bo'lgan, o'tgan oyda erishgan muvaffaqiyatlari, bugungi kunlarini qanday o'tkazgani. Kelajak ham shu kabi: ertangi rejalar, bir yillar maqsadlar, nabiralari maktabga boradigan bo'lganda nimalar qilishadi — gap ko'p! Xohish, istak, bir-biriga ochilish bo'lishi kerak.

Orada ko'p ko'ngilsizliklar bo'lib, bir-birini eshitishni istamaydigan bo'lib qolganda ham gapirishga gap topilmaydi. Bunday vaziyatda avvalo bir-birini kechirishga harakat qilib, bundan buyog'iga yaxshi hayot kechirishga juftlik birgalikda harakat qilishi kerak.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kitob o‘qishga qiziqtirish ❤️

📍Uyda bolalar kutubxonasi bo‘lishi kerak. Bola avval kitoblarga mehr qo‘ysin, keyin mutolaaga qiziqishi uyg‘onadi.

📍Bunda ota-onaning o‘rni muhim. Imkoni boricha ki­tobingizni farzandingizning yonida o‘qing. Ki­toblaringiz haqida ularga aytib bering va ularni kitobingiz bilan tanishtiring.

📍Bolalarni kitobni o‘qishga ilhomlantiradigan mav­zularni tanlang. Dinozavrlar yoki kosmik sayohat­lar haqida.

📍Rasmlarga ham e’tibor bering.

📍Farzandingiz bilan birgalikda mutolaa qiling. Navbatma-navbat o‘qing.

📍Ular bilan o‘yinlar o‘ynab turing. Topishmoqlar va boshqotirmalar.

📍Bolalarning qobiliyatini va ishonchini oshirish uchun iloji boricha ovoz chiqarib o‘qishga undang.

📍Farzandingiz uxlashidan oldin yotoqning yoniga ertak kitob qo‘ying. U qiziqib albatta kitobni ochib ko‘radi.

📍Bolalarga katta asarlar emas, balki qisqa hi­koyalarni xarid qiling.

🎙 Farzandingizdan u o‘qigan kitoblar haqida tez-tez so‘rab turing. Masalan, voqealar rivoji, qaysi qahramon yoqqanini, o‘rnida bo‘lganida u qanday yo‘l tutgan bo‘lar edi va hokazo.

📖 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalamu alaykum. Men bir qiz bilan yaxshi ko'rishdim, 3 yil bo'ldi munosabatimizga. Onasi bilardi, lekin hozirga kelib boshqa oilaga bermoqchi. Butun oilasi o'sha oilaga berish harakatida. Qiz esa bunga qarshi turyapdi, lekin majburlab berishlaridan qo'rqiyapdi. Nima maslahat berasiz? O'zimiz nikohdan o'tvolsak xato bo'masmikan?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Juda xato bo'ladi-da! Ota-onaning roziligi kerak, ota-onani norozi qilib baxtli bo'lib bo'lar ekanmi?!

Avvalo gaplashib yurib noto'g'ri qilgansizlar. Onasi bilishi sizga bu ishga yo'l ochmaydi. Endi shu qizga uylanmoqchi bo'lsangiz, ota-onasini rozi qilgan holda uylaning. Sovchilaringiz borsin, zarur bo'lsa, o'zingiz borib erkaklar bilan gaplashing: nimaga sizga bermoqchi emasligini biling, muammoni aniqlab, hal qiling.

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
So'zsiz ham qalbni egallash mumkin — xulq bilan!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Turmush o'rtog'i bilan eng yaxshi til topishadigan ayol aniq gapiradigan ayoldir!

Erkaklar aniqlikni yaxshi ko'radi, ichimdagini top qabilidagi jumboqlarga e'tibor qilmasligi mumkin. Chunki uningsiz ham boshida minglab tashvishi bor!

Turmush o'rtog'ingizdan nima istayotgan bo'lsangiz, aniq ayting: "Menga ko'proq vaqt ajratsangiz, iltimos", "Men siz bilan suhbatlashib o'tirishni istayman" va hokazo.

"Sizga faqat shu ishingiz kerak!", "O'zi meni sevmaysiz!" kabi gaplar yuqoridagi ma'nolarni yetkazib bera olmaydi.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Bir yigit qizga sovchi qòysa-yu, lekin qizning ota-onasi yigitning otasini tanishsa va yigitning taqvodor, ilmli ekanligiga qaramay, otasining o'tmishdagi xatolari sababli nikohga rozi bo'lishmasliklari to'g'rimi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Dinidan va xulqidan rozi bo'lingan yigitdan sovchi kelsa, qizni berish buyurilgan. Shunga ko'ra, to'g'ri emas. Ammo kuyov bo'lmishning otasi o'tmishda qilgan xato shu darajada katta bo'lganmi-yo'qmi — bilmayman.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/29 10:22:38
Back to Top
HTML Embed Code: