Telegram Web Link
Agar oilada erkak ham, ayol ham ishlasa, erkak ishdan kelib dam oladi, ayol ish qiladi! Shunday oilalarda erkak kishi ayoliga yordam bersin, hech bo'lmasa, bolalar parvarishida.

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Men safarga ketyapman, xotin,
Ruxsatimsiz chiqma ko'chaga.
"Xo'p bo'ladi", – dedi ayol jim,
Xotirjamlik cho'kdi o'rtaga.

Ikki kuncha o'tib oradan,
Taqilladi darvoza sekin
"Kim u?" – ayol so'radi undan
"Men otangning do'stiman, qizim".

Otang betob yotibdi uyda,
Shuni senga aytgani keldim.
Ayol dedi titroq kuyda:
"Shifo bersin, yaxshiyam bildim.

Borolmayman lekin, ming afsus,
Erim ketgan olis safarga.
Chiqma degan ko'chaga essiz
Kelsa borib kelamiz birga..."

Ikki soat o'tmasdan yana
Taqilladi darvoza qattiq.
"Kim u?" – ayol dedi baralla
"Ukangizman!" – gapirdi achiq

"Otam biroz og'ir ahvolda,
Sizni so'rab kutyapti halak.
Padaringiz axir har holda
Tosh emasdir sizdagi yurak".

"Ukajonim, xato o'ylama,
Pochchang kelsin safardan qaytib,
Hech qayerga chiqma degan-da
Shifo bersin borib qo'y aytib".

Uka ketdi qaytib ortiga,
Opa biroz siqildi yondi.
Alam qildi ketolmay birga
Sadoqati tufayli qoldi...

Ikki kundan keyin darvoza
Taqilladi yaqin ochishga.
Ayol ko'ngli o'rtanib rosa
Ulgurmadi "Kim u?" deyishga

"Opa, otam qildilar qazo,
Bosmadingiz bir bora qadam!"
Ayol yig'lab derdi: "Ey Xudo,
Jannatlarga kirsinlar dadam!"

Hech narsani o'ylamay ayol
Darvozadan chiqmoqchi bo'ldi.
Shu payt ketdi eriga xayol
Choram yo'q deb yerga yiqildi.

Uka jahl qildi-yu qaytdi,
Tushunmasdan opani bir zum.
Shunday bo'lgan zamona u payt
Telefonlar bo'lmagan udum...

Uch kun o'tib safardagi er
Qaytib keldi sog'-u salomat.
Voqeani tinglab eri der:
"Bormabsan-da attang o'sha payt".

"Gapingizni yerda qoldirsam,
Gunohidan qo'rqaman buni.
Indamasdan bilganim qilsam,
Qiylanaman oxirat kuni..."

Yig'lagancha uxladi ayol
Tushga kirdi o'lgan otasi.
Unga kulib qo'ydi-da xiyol,
"Qizim, yaxshi", – dedi – hammasi.

Bir amaling yoqib Xudoga
Alloh menga mukofot berdi
Itoatgo'y bo'lganding erga
Jannatimiz hammamiz endi...

Qara, jannat ro'yxatlarida
Onang, ukang, ering va o'zing.
Qarindoshlar jamdir barida,
Oldimda ham yorug'dir yuzing.

Qay holatda bo'lsa ham bari,
Jannatlarga bo'lar musharraf.
Sevintirding, jon qizim, mani
Sening otang ekanim sharaf".

Muallifini bilmaymiz

#Шеър

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qachon uylanish kerak?

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​O'zaro salomni keng yoying

Er-xotin o‘rtasida muhabbat hosil qiluvchi omillardan biri o‘zaro salomni keng yoyishdir. Ya’ni juftingiz bilan har gal ko‘rishganda, telefonda gaplashganda salom beravering. Bunda ayol kishi birinchi salom berishi kerak deb erkak o‘zini tiyib turishi kerak emas. Birinchi bo‘lib salom bergan kishi ko‘proq ajrga ega bo‘ladi, shu bilan birga, suhbatdoshining muhabbatini ham ko‘proq qozonadi. Zotan, salom berish tinchlik-omonlik tilashdir. Sizga tez-tez tinchlik-omonlik tilab turgan kishiga muhabbat qilmaysizmi?!

Birinchi bo‘lib salom berish kibrni ham o‘ldiradi. Bu esa oilada muhabbat ziyoda bo‘lishi uchun zaruriy omillardandir.

Salom bergan kishiga alik olinadi. Salom berishning eng kami "Assalomu alaykum" bo‘lib, alik olishning eng kami "Va alaykum assalom"dir. Bularning har biri uchun o‘ntadan savob va’da qilingan. Har ikkisida ham ziyoda qilgan sari savob ziyoda bo‘lib boraveradi. Va, albatta, muhabbat ham ziyoda bo‘lib boraveradi!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– Stressda vaqtim shirinlik yeyman.
– Lekin siz doim shirinlik yeysiz-ku?
– Ha, hayot shunday og'ir...

#Shunchaki #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Hammasi yaxshi bo'ladi" deyishdan ko'ra, "Nima bo'lsa ham men sen bilanman!" deyish ko'proq tasalli beradi.

#Shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sizda farzandlaringiz tarbiyasi uchun vaqt boʻlmasa, butun vaqtini ularni buzishga bagʻishlagan kishilar bor.

Xolid Xulaybiy

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Azizlar, kaminaning kitoblaridan iqtiboslar sizni qiziqtirsa, Telegram va Instagramda alohida berib boryapmiz, marhamat.

Kitoblarim haqida ma'lumot esa bu yerda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sevib qolsa, nima qilish kerak?

Birovning tuyg'ulariga xo'jayinlik qilishga haqlimizmi? Yoki yoshlar sevishib yuraversa bo'ladimi? Oilali ayolni sevib qolsa, nima qilish kerak?

Javoblar videoda. 👆

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Men senga yoqmaydigan biror ish qilsam, xatoga yo'l qo'ysam, meni to'g'ridan to'g'ri tanqid qilma! Shu bilan birga, kinoyali gaplaring, achchiq-tirsiq, arazlaring ham vaziyatni battar og'irlashtiradi.

Unda nima qilish kerak? Jim qarab tur, xatolarimga ko'z yum demayman. Albatta, men sendan bu vaziyatda ham boshqa vaqtlardagi kabi shirinso'z, muloyim bo'lishingni kutaman. Xatomni to'g'ri yetkazib bera ol.

Avvalo, men bu ishni nima sabab bilan qilganimni bil. Senga xato ko'ringan holat unutish, imkonsizlik, beparvolik sababidan sodir bo'lgan bo'lishi mumkin. Ikkinchidan, xatomni ikki maqtov orasiga berkitib ayt yoki bu holatni savol tarzda aytib, fikrimni so'ra — izlagan imkon topadi! Ammo meni ochiq tanqid qilma...

#onajonisi

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
AYOL – BAXTNING SINONIMI 💕

Oilani erkak kishi, erkak kishini esa ayol boshqaradi. Bu gaplar haqiqat. Qizig‘i, oiladagi baxtning boshqaruvi ham ayollar qo‘lida. Ona baxtning matriarxati. Har bir narsada liderlikni da’vo qiladigan erkaklarga bu gaplar yoqmasligi tayin. So‘z isboti bilan go‘zaldir. Keling, bular haqiqatligiga o‘zingiz ham guvoh bo‘ling.

Ayol kishi nimadandir xursand bo‘lsa, uyda xursandchilik hukm suradi. Uylar batartib, ayol kishi tabassum qilgan, hammaga yaxshi gapirgan, mazali taomlar tayyorlagan... Xudo ko‘rsatmasin, teskarisi bo‘lsa-chi? Ayol kishi kulmagan uy shu qadar befayz bo‘ladiki, baxt ham bu xonadondan nari yuradi.

😉 Baxtli bo‘lmoqchimisiz? Unda ayolingizni qadrlang. Chunki baxt va ayol so‘zi aslida sinonim so‘zlar.

🫶 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birgina gul uchun bog‘bon minglab tikanga suv beradi. Shunday ekan, juftingizning qusuriga ko‘z yuming. Bor ayb-u nuqsoni bilan seving! Sevgidan olam barpo bo‘ladi-yu, oila yashnamasinmi?

Habiba Hamdam

#Erkaklar #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Senga o'xshashni yaxshi ko'raman!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dunyodagi har bir oilaning oʻz formulasi bor… Biri ikkinchisiga toʻgʻri kelmaydi...

©R.A.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ha, bo'ydoqlik qurisin!

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'smir farzandlar bilan yuzaga keladigan ba'zi muammolarda ota-ona qanday yo'l tutishi kerak?

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/29 12:30:18
Back to Top
HTML Embed Code: