Telegram Web Link
Jins tanlamay seni rashk qilaman — e'tiboringni qizg'anaman!

#Rashk

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayol kishiga turmush oʻrtogʻining qaysi sifati koʻproq yoqadi?

Har bir insonning alohida eʼtirofga loyiq sifatlari talaygina.

Ziqna, qoʻpol deydigan oʻsha turmush oʻrtogʻingizning ham albatta bir yaxshi sifati bor.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
E’tibor qilgan bo‘lsangiz, baxtli hayot sirlariga doir ma’lumotlar kun sayin ko‘payib bormoqda. Bu haqida kitoblar yozilyapti, TVda ko‘rsatuvlar qilinyapti. Chunki bunga ehtiyojimiz bor. Agar oilalarni baxtli bo‘lishiga erishsak, jamiyat gullab-yashnaydi.

TVdagi bir ko‘rsatuvda "baxt formulasi" haqida so‘z ketadi. Unda har kim baxtga erishish omillarini o‘zicha bayon qiladi. Kamina hurmatli ayollarga qarata baxtiyor oila qurish "formula"sini bitta gapda ifoda qilmoqchiman – bu gap izohlansa, balki bitta kitob bo‘lishi ham mumkin: Har qanday xayrli ishda turmush o‘rtog‘ingizning roziligini o‘ylab harakat qiling, zero, erning roziligi jannatga vositadir.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
U SIZNI SEVADI!.. ❤️

Uyga kelganingizda ko‘zlari sizni izlaydigan juftingiz bormi? Demak, u sizni sevadi!

Birozga ko‘rinmay qolsangiz, izlab qolib, xavotir olib qo‘ng‘iroq qiladimi? Demak, u sizni sevadi!

Og‘ir damlarda yelkangizga bosh qo‘yib yig‘lashga jur’at qila oladimi? Demak, u sizni sevadi!

Siz uxlamasangiz, uyqusi kelmay, uyda bo‘lmasangiz, halovati yo‘qoladimi? Demak, u sizni sevadi!

❤️ U sizni sevadi!..

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhtaram erkak, ayolingiz qoriya, farzandlaringiz qori-qoriya bo'lsa ham ularga sharoit qilib beryapman deb o'zingizni aldamang. Baribir o'zingiz uchun o'zingiz javob berasiz!

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayollardan savol bo'ladi: erim menga bee'tibor, telefon chuqalab o'tiradi, mehr bermaydi va hokazo.

Nima qilish kerak?


#Muammo #ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oilaga vaqt ajratish uchun yakshanba bo'lishini kutish shart emas!

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O‘ZGARISHIGA SABAB BO‘LUVCHI OMILLAR 💡

Quyidagilarga amal qilishingiz, ayolingizning ijobiy tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘ladi:

🤎 Doimiy yaxshi gap bilan yaxshilikka chorlov;

🤎 Go‘zal o‘rnak;

🤎 Haqqiga juda ko‘p duo qilish: o‘ziga va ortidan;

🤎 Yaxshi ayollar bilan aloqada bo‘lishini ta’minlash;

🤎 Yaxshi ustoz topish, yaxshi kitoblar o‘qishga undash;

🤎 Va, albatta, ko‘nglini oluvchi shirin so‘z hamda hadyalar.

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚜️ Ko'pgina ota-onalar farzandlari uchun hamma narsani berishga tayyor,lekin ular uchun berishi kerak bo'lgan eng muhim narsa - bolalarning bola bo'lishlariga ruxsat berishmaydi.

Banksy

⁉️Bu qanchalik haqiqat? Bilasizmi nima, farzandingizga bera oladigan eng yaxshi sovg'a bu o'z baxtingizdir. Ularni tuzatishga urinmang - o'zingizni tuzating. Ularni baxtli qilishga urinmang — o'zingiz ich-ichingizdan baxtli bo'lishni o'rganing.

🍄 Farzandingiz uchun xursandchilik va doimiy ravishda qulay hayot ta'minlashga harakat qilib, siz doimo shoshgan va asabiy holatda bo'lasizmi? Agar siz doimo tashvishli, yugur-yugur, baqir-chaqir, stress holatida bo'lsangiz — bu ularga qanday energiyani beradi?

⚜️Yosh ona bo'lgan paytimga boqib, o'zimga o'zim nima der edim, hozir ham deyman ba'zan: “Iroda, tinchlan. Ko'proq o'zingning ichki dunyoing bilan ishla. Chuqur nafas olishni mashq qil, Qur'on o'qi, uzoq duo qil, foydali darslar tingla.

Farzandlaringni juda ko'p narsaga majburlama, shunchaki yaxshi namuna bo'l va nasihat qil. Asosiysi ularni bola ekanligini unutma va bola bo'lishiga ruxsat ber”.

Iroda Ahmed

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Shaxsiy hayotingizni ommaga ko'z-ko'z qilavermang. Eng muhim narsalarni pinhon tuting! Chunki hasad o't misoli xavflidir.

#tavsiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uch yoshida o'qishni o'rgangan bola!

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Har bir erkakda ona, opa, singil, xotin, qiz kabi eng kamida beshta g‘ururi, sharmi bo‘lgan ayollar bor. Bundan tashqari, xola, amma kabi yaqin qarindoshlar ham bor. Har bir erkak o‘nlab ayollar uchun so‘ralishi mumkin!

Mediada ro‘molda bo‘la turib intim mavzularda gapirayotgan ayollar qaysi erkakning uyidan chiqyapti?! Yaqinlaringizga diqqatli bo‘ling!

Ha, balki so‘zingizni olmayotganlari bordir. Lekin buning uchun avvalo odatiy kunlarda ham yonida bo‘ling, hol so‘rang, yo‘qlab turing. "O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir" bo‘lgan kabi faqat nasihat qilish, taqiq qo‘yish uchun ko‘rinsangiz, albatta, gapingiz o‘tmaydi!

#Ayollar #erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
E’TIROF ETING 🎁

Erkaklar, ishdan uyga qaytganda ayolingizga diqqat qiling, agar u siz uchun yasanib olgan bo‘lsa, buni sezmasligingiz uni ranjitadi. Kelasi safar bu ishga hafsala qilmasligi mumkin. Shuning uchun undagi o‘zgarishni darhol payqang, e’tiborli bo‘ling.

“Tinchlikmi? Biror joyga bormoqchimisan?” – deya ko‘rmang, u siz uchun yasangan.

“Ha, endi biroz ozsang bo‘larkan”, – demang! Hammasini bir pul qilasiz.

Mabodo undagi o‘zgarishni sezmasangiz, u sezdirishga harakat qiladi, shunda ham bo‘lmasa, so‘raydi! Shunda siz “Ha, sezmabman” demang! “Men buni eshikdan kirgan zahotim sezgan edim, azizam, atay sen bilan hazillashish uchun aytmay turgan edim. Juda go‘zalsan!” deng.

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mendan faqat ota-onangizni ustun ko'rishingizga rozi bo'la olaman!

#Rashk

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kechirish qiyin emas, qayta ishonish qiyin.

#Shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizning ham «krasofkangiz» bormi?

Bu ishni shunday qilingki, ikkinchi tomondan biror manfaat kutmang.

Yuqoridagi hayotiy lavha ibrat olishingizga va yaqinlaringizga ulashishingizga arziydi.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qanchalar olislab ketganingiz qaytishda bilinadi: yo'llarda ham, munosabatlarda ham.

#Shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
KENGLIK QILING 🎁

Erkaklar, do‘st-u ulfatlar ila ko‘cha-ko‘yda tansiq taomlar yeganda uyga – oilangizga, ota-onangizga ham olib kelishni unutmang. Ta’minotini qilib qo‘yganman deb xudbinlik qilmang. O‘zingiz yegandan ularni ham yediring, kiyganingizdan kiydiring. Ya’ni yangi ust-bosh olganda ularga ham olib bering.

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum! Men bo‘ydoqman. Allohning taqdiri bilan sudlanib, qamalib chiqdim 2 yil. Xavflimas, odam o'ldirmadim, narkatamas, buzuqlik, o‘g‘irlik qimadim. Uylansam, qizga aytishim kerakmi, aytishim shartmasmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

– Va alaykum assalom! Shart emas. Ammo so‘rasa yolg‘on gapirishingiz mumkin emas. Vallohu a’lam!

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
ERKAKNING VAZIFALARI 📝

🤎 Erkak kishi ayoli bilan:

🤎 Suhbatlashishi;
🤎 Ko‘nglini olishi;
🤎 O‘rtacha kiyintirishi;
🤎 O‘rtacha ta’minot qilishi;
🤎 Ilm o‘rganishiga sharoit yaratishi;
🤎 Farzandlar tarbiyasida ko‘maklashishi;
🤎 Ayolining nafsini qondirishi;
🤎 Yuziga urmasligi;
🤎 Yomonlikka buyurmasligi kerak.

🤎 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 20:23:39
Back to Top
HTML Embed Code: