Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Asl tarbiya bolani hurmat qilishdan boshlanadimi?

Ham qiz, ham oʻgʻil farzandli boʻlgan ota-onalar shu yerdamisiz?

Farzandlaringiz oʻrtasida adolat qilishga qiynalyapsizmi?

Toʻgʻri yechim va xolisona tavsiyani yuqoridagi lavha orqali bilib olishingiz mumkin.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ertalab uyg'onib ketib, ayolim nonushta tayyorlashini kutib yotdim. Keyin uylanmaganim esimga tushib qoldi!

Bo'ydoq

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ruhiy bosim o‘tkazmang 🤬

Bunday holatlar juda ko‘p bo‘ladi. Ayniqsa, yosh bolalarga nisbatan. Eng yomoni yoshi katta, aqlini tanigan insonlar tomonidan. Afsuski, ularning ko‘p qismi ota-onalar!

Agar siz farzandingizga shunday ruhiy bosim o‘tkazaversangiz, u sizdan sirlarini yashiradigan, xatolarini aytmaydigan, tushkunlikka tushib qolsa, sizga bildirmaydigan bo‘ladi. Bu esa hammasidan yomon!

🩹 Begona inson tomonidan shunday ruhiy bosim bo‘lsa, unutilishi mumkin. Ammo bolaning yaqinlaridan, ota-ona va oilaning boshqa vakillari, do‘stlari va ishongan insonlari tomonidan bo‘lsa, bu nafaqat bola uchun, balki yoshi katta inson uchun ham og‘irlik qiladi.

🌵 Zarracha umidi bo‘lsa, u ham so‘nadi. Ba’zilarni deyarli yashashga umidi qolmaydi. Shunday ruhiy bosim qilishdan avval, uning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring. O‘zingiz qanday ahvolga tushar edingiz?

📚 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#latoif

Iqtisodchi yigitning birinchi uchrashuvidan:

👦: Qaysi rangni yoqtirasiz?

👩: Iltimos, saviyaliroq savollar bersangiz!

👦: Agar yalpi talab oshib ketib infliyatsiya kuchayib ketsa hukumat kengaytiruvchi pul-kredit siyosatini olib borishi kerakmi yoki qisqaruvchi pul-kredit siyosatinimi?

👩: ...yoqtirgan rangim pushti.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Butun umrlik oilangiz uchun bu ishni mukammal qiling

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oila qurishdan oldin uchrashuvga chiqar ekansiz, siz bilan uchrashuvga chiqqan kishi hali oila qurishga rozilik bermaganini unutmang. Shunday ekan, umid bog'lab qolmang.

Bu uchrashuv taqdiringiz qo'shilishi yoki qo'shilmasligini ko'rsatib beruvchi bir vosita. Qarshi tomonni qarzdor qilib qo'yadigan ish emas.

Shu bilan birga, uchrashuvga juda yengil qarash ham to'g'ri emas. Ma'qul bo'lsa, oila quramiz, bo'lmasa, yo'q-da deb har kim bilan uchrashib ketavermang. Avval surishtirib ko'rib, munosib deb bilsangiz, keyin uchrashing.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Men sizdan xafa bo'ldim, alohida yotaman" emas, to'g'ridan to'g'ri "Meni ushlab qoling, menga yanada yaqinroq bo'ling" deng.

#Muammo #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Menga oʻzingni boshlab kel, bolam

Ortiqcha izohlar va soʻzlarsiz yuqoridagi lavhani tomosha qiling.

Ulashishingizga va yana ulashishingizga arziydi.

#oila

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Janjallashmaslik va munosabatlarni buzmaslik uchun bir oddiy, ammo juda ta'sirli ibora bor: "Siz aybdor emassiz!"

#Muammo #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
KIYIM 🧕

Ayolning ko‘chada kiyadigan kiyimidan uyida kiyadigan kiyimi ko‘proq bo‘lsin. Chunki ayollar odatda ko‘chadan ko‘ra ko‘proq uyda bo‘ladilar. Uyda turmush o‘rtoqlariga go‘zal ko‘rinishlari kerak. Doim bir xil libosda ko‘rinaverib, e’tiborni ham tortmaydigan holatga tushib qolmaslik kerak. Ayniqsa, yolg‘iz qolganda kiyadigan kiyimlarga e’tiborli bo‘ling.

Uyning ichi-ku deya eskirib ketgan, birov ko‘rganda xijolat chekiladigan kiyimlarni kiyib olmang. Ulardan voz keching.

Xonadonda nomahramlar bo‘lsa, satrlanib yuriladi. Qaynota mahram bo‘lsa-da, uning yonida tor-tarang, ochiq-sochiq kiyinish ham yaxshi emas.

«Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Baxtli hayot, farovon oila haqidagi tavsiyalarimiz hamisha amal qilsa bo'ladigan (amal qilingan) va inson tabiati, aqliga to'g'ri keladigan bo'lishiga harakat qilamiz.

Ularning hammasiga amal qila olmasangiz, imkoningiz yetguncha amal qiling. Ishoning, oilangiz juda baxtli, halovatli bo'ladi, inshaalloh.

Avval xatolar qilgan, ko'p yillik oila bo'lsangiz, endi hammasi iziga tushishiga ancha vaqt kerak bo'ladi. Yaqinda oila qurgan (quradigan) bo'lsangiz, boshidanoq bu ko'rsatmalarga amal qilsangiz, inshaalloh, asal oyi emas, asal hayot kechirasiz!

Darvoqe, "Asal oyi emas, asal hayot" kitobimiz har bir oilada bo'lishi kerak, kelinlar sepiga qo'yiladigan kitobdir, alhamdulillah!

Yana oila mavzusidagi boshqa muhim kitoblarimiz ham bor. Aytmoqchimanki, men shunchaki bloger, reklama qo'yib pul topish uchun obunachi yig'adigan kishi emasman! Siz aynan mutaxassis kishining kanalidasiz! Oilaviy masalalarda oflayn va onlayn dars beradigan, konsultatsiya beradigan, kitoblar yozadigan kishining!

Kanal manfaatli bo'layotgan bo'lsa, yaqinlaringizga ham tavsiya qiling!

#Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erkak to'qchilikda, ayol yo'qchilikda sinaladi!

Juftingiz ikkala holatda ham o'zini bir xil tutmoqdami, demak, u sizga sodiq, sizni sevar ekan! Unga siz keraksiz!

#Ayollar #erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
MUHIMI PUL EMAS, AMMO… 😉

Erkaklar, iqtisodiy erkinlik sari harakat qiling.

🖇️ musulmon kishi boy bo‘lsa, oilasiga, yaqinlariga, jamiyatiga foyda keltiradi;

🖇️ oilaviy baxt faqat pul bilan bo‘lmasa-da, oila farovonligi, totuvligi uchun pulning ham ahamiyati bor;

🖇️ oylikka qarab qolmang, ko‘ngil tusaganda oilani olib, safarga chiqib ketish imkoni bo‘lsin;

🖇️ o‘zingiz, ahlingiz va farzandlaringiz ta’lim-tarbiyasi uchun ham pul kerak;

🖇️ gohida restoranda ovqatlanib turishning ham o‘zgacha gashti bor;

🖇️ boy bo‘lish istagan ovqatini yeya olish emas, istagan kitobini sotib olishdir. Aslida, kitoblar ovqatdan arzon, bu ham sizning foydangizga;

🖇️ ishlab pul topishdan bir kun charchaysiz, pulingiz pul topishiga harakat qiling;

🖇️ “hayotda muhimi pul emas, ammo buni bilish uchun ko‘p pul kerak” deyilgan hazilda albatta, eng muhimi pul emas, ammo pul ham o‘z ahamiyatiga ega. Xususan, oilaviy baxt, farovonlik uchun.

😀 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila qurishdan oldan yoshlar uchrashganda bir-biriga ma'qul bo'lsa-yu, ammo kattalar norozi bo'lsa, nima qilish kerak?

#oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bugungi kunda aksar erkaklar oilasini haloldan ta'minlash, yaxshi sharoit qilib berish uchun o'zini o'tga, cho'g'ga urib bo'lsa-da vazifasini ado qilish harakatidalar. Chunki tirikchilik tashvishi, ayniqsa, uni harom aralashtirmay topish masalasi kun sayin ortib bormoqda.

Oylik 10 % ga oshsa, narxlar 50 % ga oshadi. Keyin erkak bunga bas kelish uchun uyda ham, ko'chada ham ishlashiga to'g'ri kelishi mumkin yoki kimlardir 2-3 ta ishda ishlaydi.

Albatta, erkak kishi oilasiga ham vaqt ajratishi kerak. Bu gaplarimiz ularning mashaqqatlarini biroz eslatish uchun, xolos. Turmush o'rtog'ingiz yoki sizning ta'minotingizni qiluvchi aka-uka, o'g'il kabi yaqinlaringizni qadrlang, #ayollar!

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalar uchun nafs tarbiyasi 📝

🟡Oltinchisi: ochlik, ya’ni ro‘za tutish.
Bu eng zo‘r usullardan biri bo‘lib, bola nafsini tiyishni, judayam qorni ochgan, chanqagan paytda ham sabr bilan kutishni, kambag‘allarga past nazar bilan qaramaslikni o‘rganadi.

Miskinlar hayotini oz bo‘lsa-da his etadi. Boshlanishiga yarim kun, keyin esa 1 kun... Shunday qilib bolani ochlikka ko‘niktirib boriladi.

📚 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 22:32:24
Back to Top
HTML Embed Code: