Telegram Web Link
“ALLOH BERGAN NE’MATIMSIZ!” 🌷

Oila mustahkamligi, farovonligi omillaridan biri juftingizni Alloh bergan ne’mat deya qaramoqdir. Darhaqiqat, bizga berilgan har bir yaxshilik Allohning ne’matidir. Juftimizni ham mana shunday ne’matlardan biri deb qaraydigan bo‘lsak, uni asrab-avaylashga, uning uchun shukr qilishga harakat qilamiz. Unga yaxshi muomalada bo‘lamiz, qadriga yetamiz. Bularning barchasi baxtiyor oila uchun xizmat qiladi, albatta.

❤️ «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

📧 Xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UNASHTIRILGACH KOʻRISHIB YURSA BOʻLADIMI?

#SAVOL: Hozirgi kunda yoshlar unashtirilgach koʻrishib yoki telefon orqali gaplashib yurishsa boʻladimi?

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Uylanmoqchi boʻlgan yigit va qiz ota-onalarining roziligi bilan guvohlar ishtirokida bir marta uchrashadi. Maʼqul boʻlsa, toʻy boʻladi, aks holda esa yoʻq. Bundan boshqa holatlarda nikoh oʻqitilmaguniga qadar uchrashishlari va telefon orqali gaplashishlari mumkin emas, balki gunoh ishdir. Dinimizda yigit-qiz bir-birini oʻzaro "sinab" yurishlariga ruxsat yoʻq. Vallohu aʼlam.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi


#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʻydan keyin nomingiz vaʼdaboz boʻlmasin!

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzandingizga xato qilganida birovdan uzr soʻrashdan oldin Allohga istigʻfor aytishini oʻrgating. Toki, Allohning nazdidagi gunoh odamlarnikidan kattaroq va xatarliroq ekanini bilsin.

Ikrom Sharif

#Tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
QISQA TAVSIYALAR... 📝

1⃣ Mehribon ayol chiroyli ayoldan ko‘ra yaxshiroqdir!

2⃣ Oxiratingiz uchun qayg‘urgan kishiga dunyongizni topshirsangiz arziydi!

3⃣ Ayol har qancha kuchli bo‘lmasin, bir bag‘irga bosh qo‘yishni istaydi.

5⃣ Ayolni xursand qilish uchun ko‘p pul sarflash shart emas, ozroq e’tibor kerak xolos.

5⃣ Ayolga e’tibor mashinaga yoqilg‘i kabi zarur!

6⃣ Soliha ayol: “Otang uyga kelsalar, uni kulib qarshi olinglar. Chunki dunyo juda shafqatsizdir”.

7⃣ Ayol kishi tuz kabidir, u erkakning yurak-yuragiga singib, uni aynishdan asraydi!

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Allohning huzurida mendan "Senga berilgan hayotda yashab nima topding?" deyilsa, men seni ko'rsataman!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Tushkunlikka tushmang!

Ishingizda muammolar bormi? Aslo tushkunlikka tushmang, inshaalloh, muammolaringiz xayrli yechim topadi. Sizning ishingiz bor, bu dunyoda ishsiz insonlar qancha?!

Gohida yegani taomingiz bo‘lmay och qolyapsizmi? Bu dunyoda bir qultum suvga zor kishilar borligini unutmang.

Oyog‘ingizga yangi oyoq kiyim olishga imkon bo‘lmayaptimi? Bu hayotda hatto oyog‘i bo‘lmagan kishilar borligini eslang.

Qarzlaringizni uzishga qiynalyapsizmi? Qanchadan-qancha insonlar qarzga botib qolganligini o‘ylang.

Tushkunlikka tushmang, har qanday holatda ham Alloh bergan kunga rozi bo‘ling. Zero, biz yaxshi deb o‘ylagan narsa aslida biz uchun yomon bo‘lishi mumkin.

Mashinangiz bo‘lishi siz uchun yaxshidir, shuning uchun mashina olishga jidd-u jahd bilan urinayotgandirsiz. Ehtimol, mashina olishingizning kechikayotgani sizni avtohalokatdan asrash uchundir…

Turmush qurganingizga necha yillar bo‘lgan bo‘lsa ham, hali farzandingiz yo‘q bo‘lsa, balki, bu Alloh sizni noqobil farzanddan asraganidir…

Qancha urinsangiz ham, boyib keta olmayapsizmi? Ehtimol, siz uchun faqirlik afzaldirki, Alloh taolo sizga boylik bermayotgandir.

Siz baxtsizman deb aslo aytmang. Siz naqadar baxtli ekaningizni bilmaysiz? Avvalo, Alloh taolo sizni inson qilib yaratdi. Oyoq ostida ezilib ketadigan chumoli qilib yaratganda yoki hamma hazar qiladigan to‘ng‘iz qilib yaratganda nima bo‘lardi?!

Sizga berilgan cheksiz ne’matlarni eslang. Alloh taolo sizni musulmon qilib yaratdi. Bu dunyodan kofir holida o‘tib ketganlar qancha?! Ular ertaga qiyomat kunida «Koshki tuproq bo‘lib ketsaydim» deganda siz musulmon bo‘lganingizga shukr qilmaysizmi?

Tushkunlikka tushishdan foyda yo‘q. Undan ko‘ra sajdaga bosh qo‘yib, Allohdan ofiyat so‘rang! Zero bu hayotda bir marta sajdaga bosh qo‘yishga qodir bo‘lmagan qancha insonlar bor…

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Sevgi – bir odamning oʻzini ikki marta sevishdir.
Birinchisi, uni tasavvur qilib.
Ikkinchisi, asl haqiqatini bilib".

Mubashshir Ahmad

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Yangi tugʻilgan chaqaloqqa oʻz otasi azon chaqirsa boʻladimi?


#Savol: Assalomu alaykum! Yangi tugʻilgan chaqaloqqa oʻz otasi azon chaqirsa boʻladimi? Uning tartiblari qanday? Javob uchun avvaldan katta rahmat.

Odinaxon Muhammad Sodiq:

Va alaykum assalom. Albatta, ota yangi tugʻilgan goʻdagining qulogʻiga azon aytishi joiz. Qiblaga yuzlanib, bolaning oʻng qulogʻiga balandroq ovozda azon aytadi. Soʻngra chap qulogʻini oʻziga toʻgʻrilab, pastroq ovozda takbir aytadi.

Abu Rofeʼ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Fotima roziyallohu anhoning tuqqan bolasi Hasan ibn Ali roziyallohu anhumning qulogʻiga azon aytayotganlarini koʻrdim».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan. Termiziy sahih degan.

Ushbu hadisi sharifga binoan, yangi tugʻilgan farzandning oʻng qulogʻiga azon, chap qulogʻiga iqoma aytish mandubdir. Yangi tugʻilgan bolaning qulogʻiga kirgan birinchi narsa Allohning zikri boʻlishi nihoyatda yaxshi ishdir. Albatta, bu ulugʻ narsaning oʻziga yarasha barakasi boʻladi.

Rivoyatlardan birida:
«Kimning bolasi tugʻilsa-yu, uning oʻng qulogʻiga azon, chap qulogʻiga iqoma aytsa, unga Ummu Sibyon zarar yetkaza olmas», deyilgan.
Ummu Sibyon – bolalarga ziyon yetkazadigan jin toifasidir.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ular bilan qiziqing 🟠

🔴Balog‘atga yetgan farzandlaringiz kimlar bilan muloqotda bo‘layotgani, qayerlarga borayotgani, ko‘proq nima bilan mashg‘ul ekani, internetda nimalar qilayotgani bilan qiziqing. Albatta, bu narsalar ularni siquvga olish uchun emas, adashib qolishining, xato qilishining oldini olish uchun.

🔴Ularga yaxshilar bilan do‘st bo‘lish kerakligi, vaqtni behuda o‘tkazmaslik haqida go‘zal nasihatlar qiling. Shuningdek, maktabdan yoki boshqa biror bir joydan qaytishda qiz-yigitlar birgalikda emas, alohida kelishlari kerak. Avvaliga birga yurishadi, keyin qalblari yaqinlashganlari xilvatda ko‘rishishni istab qoladi, qarabsizki, yoqimsiz ish sodir bo‘ladi.

🟢Yomonliklar darhol amalga oshmaydi, sekin-sekin, nafs va shayton iymonni aldab-avrashiga ko‘ra amalga oshadi. Agar farzandingizning iymoni yoshligidan mustahkam bo‘lsa, yomonlikning ilk chorlovidanoq undan yuz o‘giradi. Bolalarni shunga o‘rgatish kerak.

📕 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

🫳 Kitobni xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erkaklar, ayolingizga u siz uchun qadrli ekanini his qildiring: puldan, boshqa kishilardan, ishingizdan va hokazo. Bu ayolni juda baxtiyor qiladi, orangizdagi muhabbatni ziyoda qiladi!

#Muhabbat #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz qaysi toifaga kirasiz?

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Maktabda bir o'qituvchimizga salom berish yodimizdan chiqib qolsa, "Sen men bilan birga uxlab turganmiding?!" deb tanbeh berar edilar. O'ylaymanki, birga uxlab turgan kishilarimizga ham har tong va har bir ayriliqdan keyingi diydor, so'zlashuvda salom berarverishimiz kerak. Chunki salomlashishni keng yoyish bilan o'zaro muhabbatlashishimiz aytilgan.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erkak bilan birga rivojlanish 😽

Erkak kishi ish yoki boshqa sabablar bilan ko‘cha-ko‘yda ko‘p yuradi, turli dunyoqarashdagi kishilar bilan muomala qiladi, juma ma’ruzalari va boshqa vaqtlarda ilm majlislarida ishtirok etadi, bunga qo‘shimcha ravishda o‘zi ham ilm o‘rganishga, shaxsiy rivojlanishga harakat qilishi mumkin. Ayol esa uyda uy ishlari va bolalar bilan bo‘lib qolib, rivojlanish haqida o‘ylamasa, jufti bilan ayro dunyoqarashda bo‘lib qoladi. Natijada gaplari qovushmaydi, bir-birini tushunmaydi, oilaviy muammolar yuzaga keladi.

Ayni shu bandga ayollar qattiq rioya qilishini so‘rardim. Juftingizning dunyoqarashi sizdan katta tafovut qilmasin. U o‘sib-rivojlanmoqdami – siz ham rivojlaning, harakat qiling.

Uy ishlari, bolalar tarbiyasi o‘z o‘rnida, ammo o‘zingizga ham vaqt topishingiz zarur. Aks holda, u bilan gaplashadigan gapingiz ham qolmaydi, gaplashganda ham gapingiz qovushmaydi, bir-birini tushunmaslik, muammolar yuzaga keladi. Keyin esa u o‘zini tushunadigan “suhbatdosh” istab qoladi…

😀 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fotihasi buzildi degani hammasi tugadi degani emas!

#oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– Dadajon, meni matematikadan olimpiadaga olishdi!
– Misollarni men yechib berar edim-ku, endi nima qilamiz?! 🤔

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bola qidirilmoqda!

5 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni Hubbuna kids loyihasida birgalikda kitob o'qish uchun qidirmoqdamiz! Loyihada ishtirok etish bepul!

Bugundan yangi kitob mutolaasini boshladik, shoshiling!
Mutоlaa insоnni go‘zallashtiradi 📕

Yosh-u qari, erkag-u ayol – kim bo‘lishidan qat’iy nazar chirоyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lishni, ko‘pchilikning e’tibоri markazida bo‘lishni istaydi.

Mutоlaa insоnning ichki dunyosini go‘zal qilib qоlmay, tashqi ko‘rinishini ham go‘zallashtiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura оlish va o‘z bilimini namоyish etish suhbatdоshining mehrini qоzоnishga yordam beradi.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz qanday do'stsiz?

🤝 Do'stlarga yuborib qo'yamiz.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
OʻZINING ERIGA QAYTA NIKOHLANISH UCHUN IDDA OʻTIRISH KERAKMI?

SAVOL: Bir taloq qilingan ayol oʻzining eriga nikoh qilinishi uchun ham idda muddatini oʻtkazadimi?

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ayol kishi oʻzining eriga qayta nikohlanishi uchun idda oʻtirishi shart emas. Vallohu aʼlam.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/30 14:18:48
Back to Top
HTML Embed Code: