Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz shamollashidan oldin bilishingiz kerak boʻlgan 4 maslahat

Shamollashni davolashning imkoni yoʻq, yaʼni asoratlari maʼlum vaqt oʻz taʼsirini koʻrsatadi.

Mutaxassisdan eshitgan tavsiyalarga amal qiling, oʻzingizni va oilangizni salomatligini asrashga harakat qiling.

#Salomatlik

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Onadan keyin siz haqingizda qaygʻuradigan, jon kuydiradigan, sizga borini bera oladigan inson bu opangiz boʻladi!

#hayotiy

@Nadiya_Ramazon
Oqila ayol qoidalari

1-qoida

Eringizni har ishda qo’llab turing. U shamollab qolsa, tomog’i og’risa, bee’tibor bo’lmang, erkakka diqqat qarating, parvarish qiling.

Imkon bo’lgandayoq: axlatni to’kib keladimi, uyda nimanidir tuzatib beradimi, uyga bozorlik qilib keladimi – qilgan har bir ishi uchun maqtang va rahmat ayting.

• Usta bo’lib ketingey...
• Zo’r narsalar olibsiz, o’zi shunaqasidan xohlagandim;
• Katta rahmat, yaxshiyam borsiz.

Buyog’i o’zingizning qo’lingizda! Bir sina-a-a-b ko'ring, natijasini bo'lisharsiz. 😌

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
AYOL SABOTI

"Kafrush shayx" viloyatining bir qishlog‘ida Mabruka Xafojiy ismli bir dehqon qiz Ibrohim Ato ismli oddiy bir dehqon yigitga turmushga chiqdi. Ularning ahvoli nihoyatda tang edi. Yeyishga non topa olishmas edi. Ibrohim hatto xotinining nafaqasini topib berishiga ham ko‘zi yetmay uni taloq qildi. Mabrukaning qornida bolasi bor edi.

Ajralganidan so‘ng Mabruka otasi va akasi bilan Iskandariyaga ko‘chib ketdi. O‘sha yerda bolasi tug‘ildi. Unga Ali Ibrohim deb ism qo‘yishdi. Mabruka bolasini tarbiyasini chiroyli qilishga, uni imli qilishga qaror qildi.

Mabrukaning ahvoli yig‘laydigan darajada og‘ir edi. Aslida u erkaklarni yomon ko‘rib, o‘z holidan shikoyat qilib ko‘chalarda tilanchilik qilib yurishi, o‘g‘lini ko‘chalarda arzimas narsalar sotishga majburlashi kerak edi. Ammo u bunday qilmadi. Allohga tavakkul qilib, Undan yordam so‘rab Iskandariya ko‘chalarida aylanib pishloq sota boshladi. O‘g‘li Ali Ibrohimni "Ra’sut tiyn al-Amiriyya" maktabiga o‘qishga qo‘ydi.

O‘g‘li boshlang‘ich maktabni tugatib shahodatnomani qo‘liga olgan paytda otasi Ibrohim Iskandariyaga keldi. Maqsadi o‘g‘lini olib shahodatnomasi bilan biror ishga joylash edi.

Ammo Mabrukaning maqsadlari bundan ancha baland edi. Shuning uchun u o‘g‘lini olib qo‘shnining tomi orqali Qohiraga qochib ketdi. O‘g‘lini "Darbul jamamiz"dagi Xidiviyya maktabiga o‘qishga qo‘ydi.

Atrofidagi insonlar uni umidsiz qilishga harakat qilganida ularga qarab shunday der edi:

"Kim Allohdan yordam so‘rasa va Unga tavakkul qilsa moʻjizalar sodir bo‘ladi va istaklari ro‘yobga chiqadi!".

Mabruka istaklarini ro‘yobga chiqarish uchun bir boy oilaning uyida xizmatkor bo‘lib ishladi. O‘g‘lini o‘qitdi. Ali maktabda yaxshi o‘qidi. Hamma o‘quvchilardan o‘zib ketdi. 1897 yilda tibbiyot maktabiga o‘qishga kirdi. 1901 yilda uni tamomladi.

Bundan 15 yillar o‘tib sulton Husayn Komil saraton bilan og‘rib qoldi. Unga shifokor qidirishdi. Biolog olim doktor Usmon Gʻolib sultonga Ali Ibrohimni ismini eslab o‘tdi. Sulton uni chaqirtirdi. Allohning fazli bilan sulton shifo topdi. Ali Ibrohim uning ustida xatarli, ammo mavaffaqiyatli amaliyot o‘tkazgan edi.

Sulton uni saroy maslahat kengashi jarrohi va o‘zining xos shifokori etib tayinladi. 1922 yilda sulton unga Beklik darajasini berdi. Beklarning maoshi 1200 junayhdan kam bo‘lmas edi.

1929 yilda "Fuod birinchi" universitetining tibbiyot fakultetiga dekan etib tayinlandi. Ali Ibrohim bu mansabga ega bo‘lgan ilk Misrlik edi.

1940 yilda sog‘liqni saqlash vaziri bo‘ldi. Shu yili Ali Posho Ibrohim shifokorlar kengashiga asos solib uning ilk raisi bo‘ldi.

Oddiygina eri taloq qilgan dehqon ayol erkaklar uddalay olmaydigan ishni Allohning yordami bilan amalga oshirdi.

Mabrukaning hayot bilan kurashida Alloh doimo uning yordamida bo‘ldi. O‘zi aytganidek, Allohning madadi bilan "moʻjiza" sodir bo‘ldi!

Abdulqodir Polvonov

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Poklik odoblari

‼️ Qadrli bolajonlar! Poklik masalasi juda muhim masalalardan. Siz oʻzingizni, kiyimingizni, turar joyingizni toza tutishingiz poklik hisoblanadi.

Eʼtibor qiling:
1️⃣ Bir haftada bir marta yaxshilab choʻmilishni unutmang. Ammo yoz kunlari tez tez choʻmilish kerak. Chunki issiqda badan terlab, yoqimsiz hid chiqadi.

2️⃣ Bir haftada bir marta qoʻl va oyoqlarning tirnoqlarini oling. Tirnoq oʻstirish odobimizga sira toʻgʻri kelmaydi. Qoʻl bilan ovqat yeymiz, odamlar bilan salomlashamiz, shuning uchun tirnoq oʻstirilmaydi. Tirnoq oʻsib ketsa, ostiga kir toʻplanadi, xunuk ham koʻrinadi.

3️⃣Har kuni uyqudan oldin va uyqudan turgandan keyin yuz qoʻllarni, tishlarni yuvish kerak. Tishlarni yuvish ogʻizdagi noxush hidni ketkazadi, tishlarni sogʻlom qiladi. Tishini yuvmagan bola bilan gaplashsangiz, ogʻzidan yomon hid chiqishini sezasiz.

4️⃣Odamlarning yonida tish, burun, quloq kabi aʼzolarni kavlamaslik kerak. Bunday ishlarni zarur boʻlganda chetga chiqib qiling.

5️⃣Oʻgʻil bolalar sochini vaqti-vaqti bilan qisqartirib turishlari, sochlar xunuk boʻlib oʻsib ketishining oldini olishlari zarur.

6️⃣Sochlarni doimo tarab yuriah kerak. Qizlar boshlariga roʻmol oʻrashadi.

7️⃣Toza joylarda oʻynang va tozalikka rioya qiling.

«Kundalik odoblar» kitobidan #iqtibos

📎 Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bola kasal bo'lganda

O'zbilarmonlik bilan davolamang. Ya'ni yo'talsa, yo'talga qarshi, istima qilsa, shamollashga qarshi dori bermang.

Chunki siz yo'tal oddiy ORVI yoki laringitdanmi, ko'kyo'taldanmi bilmaysiz. Istima chiqishi ham doim shamollashdan bo'lavermaydi. Bolaning tishi chiqqanda yoki stomatit bo'lganda ham issig'i chiqishi kuzatiladi.

Bolangiz antibiotik olsa, unga albatta probiotik bering, bu immuniteti tushib ketmasligining oldini oladi.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Koʻp gʻazab qilib qoʻyaman

Oilaviy tashvishlar, yakunlanmay qolgan baʼzi ishlarimiz tufayli atrofdagilarga nisbatan gʻazab qilib, koʻngillarini ogʻritib qoʻyamiz.

Aslida musulmon inson gʻazab qilishi kerakmi? Agar gʻazab qilsa, qachon oʻrinli boʻladi?

Agar koʻp gʻazab qilayotgan boʻlsangiz, Shayx hazratlarining oʻrinli tavsiyalari siz uchun foydali boʻladi.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzandim telefonga "yopishib" qolmasin desangiz...

📌 Aqli rivojlangan har qanday bola planshet va telefonlarni yaxshi ko’radi. Bu normal holat, aslida. Ammo yaxshi ko’rish bilan mubtalo bo’lish, ya'ni "yopishib qolish" o’rtasida katta farq bor. Siz ehtiyot choralarini ko’rsangiz, telefonning foydalari ko'p.

📌 Farzandingiz sizni ba’zi-ba’zida kitob o’qiyotganingizni ko’rsin. Haftaning ma’lum kunlari uyingizda faqat kitob sahifalarining shitirlashi eshitilsin. Ona kitob o’qisin, ota kitob o’qisin, bir tomonda choy ichilsin. Bola oyog’ingiz tagida rasm chizib o’tirsin, bo’yasin.

📌 Aytgancha, o’zingizning qo’lingizda telefon bo’la turib, bolangizga telefon zarar deb bermaslik, o'zingiz kitob o'qimay turib undan kitob o’qishni talab qilishingiz bu osmondan chalpak yog'ishini kutishday bir gap.

📌 Shuningdek, telefonni doim yoningizda olib o'tirmaslik, ovqatlanish vaqtida foydalanmaslik, hatto haftada bir kun bo'lsa ham uyda "telefonsiz kun" o'tkazish bilan telefon degan narsa jonimizdek muhim emasligini anglating.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Xotiningizga vaqti-vaqti bilan boshqa xotinga uylanaman yoki falon ayol menga yoqadi degan gaplarni aytib rashkini qo’zg’amang! Chunki bu narsa uning qalbiga qattiq ta’sir qiladi, xotirjamligini yo’qotadi, sizga bo’lgan muhabbatni bezovtalik, shak-shubha girdobiga uloqtiradi. Ba’zi hollarda bunday hissiyotlar tanadagi turli kasalliklarning paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi. Natijada er xotinini bir shifokordan boshqa shifokorga ko’rsatib, umrini o’tkazadi!"

Doktor Hasson Shamsiyning "Baxt ulashing" kitobidan
#iqtibos

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
- Oʻgʻlim buzuq ayolga ilakishib qolibdi. Yashshamagurga yaxshi bir qiz topib uylantirsam, zora quyulib qolsa...

- Shu oʻgʻlim akalariga oʻxshamadi, oʻta tanbal. Biror ishning boshini tutay demaydi. Uylantirsam, roʻzgʻorni qanday eplaydi, hayronman!
Ha-ya, epchil-chaqqongina, qoʻlida hunari bor qizlardan taniganingiz boʻlsa, tavsiya etvoring...

- Katta oʻgʻlimning feʼli xunuk, sal narsaga lovullab, jahllanib, urishib ketadi. Bunga ogʻir-vazmin, sermulohaza, yaxshi tarbiya koʻrgan qizni oberishim kerak...

- Shu desangiz, kichik oʻgʻlim bizdan yashirincha ichib-chekadigan odat chiqargan. Kechqurunlari allamahalgacha koʻcha kezadi, shu paytgacha qayerda eding degan odam naq baloga qoladi! Halol-haromni farqlaydigan, ibodatli, muslima qiz boʻlsa, shunga obersam. Xotini aqlli boʻlsa, yomon yoʻldan qaytarib oladi-da...

Oʻz tuqqanini tarbiya etolmagan onalarning bedavo oʻgʻil uchun «davo vositasi» bu.

Bir onaning oʻz bolasi rohatini oʻylab boshqa onaning bolasini azobga duchor etishi mana shunday «tadbir»lardan boshlanadi;
ayolning ayolga zulmi mana shunday fikrlardan boshlanadi;
oilalarning parokandaligi mana shunday «yaxshi niyat»lardan boshlanadi.

«Bunaqa oʻgʻillaringiz xotin emas, psixolog yo psixiatrda seans olsin;
ichuvchi-chekuvchi oʻgʻlingizni yetaklab sovchilikka emas, narkologga boring;
bu oʻgʻillaringizga avvalo odam boʻlish ilmini oʻqiting, keyin nikohlarini oʻqitasiz, muhtaramalar», - deydigan kimsa yoʻq.

Kelin ertaklardagi sehrgar parimi ediki, tayoqchasini bir silkitib, maxluqni shahzodaga aylantirib qoʻysa!

Va umuman, oʻz oʻgʻliga tarbiya bera olmagan, demakki onalik burchini, vazifasini bajara bilmagan ayol boshqa bir oilaning oqila qiziga qaynonalik qilishga qanchalik haqli?

Hulkar Bakayeva

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fast-foodlarni doimiy ravishda yeb turasizmi?

Vaqtlar oʻtishi insonlarning birlamchi ehtiyojlarini ham tezda qondirish osonlashib boradi.

Uydan chiqmasdan xohlagan ovqatingizni buyurtma qilish, taksi chaqirish yoki fast-foodlar: hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurdi.

Keling, undan koʻra fast-foodlarning siz uchun qanday foydalari borligini mutaxassisdan eshiting.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Novvoy qo'shnimiz bor edi, yaqinda qiz chiqardilar. Biz o'ylaymiz, onalar farzandini ko'proq yaxshi ko'radi deb. Yolg'on.

Ota farzandini onadan kam suymaydi. To'g'ri, quchmasligi, erkalab bag'riga bosib o'tirmasligi mumkin. Lekin yaxshi ko'rib, ardoqlashi osmonga yetgulik.

Xullas, o'sha novvoy qo'shnimiz har kuni qizim issiq non yesin deb tong sahar, ko'chada hech kim yo'qligida derazasiga yangi yopilgan non ilib ketar edi.

Iymanibmi yo tashvish bo'lmasin debmi uyga kirmas edi. Nonni qo'yardi-yu ketar edi.

Mehr nima deb mendan so'rasalar, doim mana shu voqeani aytib beraman.

#hayotiy #ota

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Tarbiya qilishni bilmadim degan bahona o‘tmaydi, o‘rnak bo‘lish mumkin-ku.

«Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol kishi gulni va bolalar bilan oʻynashni yaxshi koʻradi. Bir dona shokolad uchun xursandchilikdan oʻynab ham yuboradi.
Ayol kishi hech qachon bolaligini yoʻqotmaydi.

Nizor Qabboniy

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandim yaxshi boʻlsin desangiz

Ota-ona farzandini doim yaxshisini ravo koʻradi.

Ammo farzand tarbiyasida eng muhimi aynan nima?

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Haqiqiy sevgi — kamchiklari bilan birga seva olish. Pazanda, sozanda, uchta til biladigan, lekin gap qaytarmaydigan, pul topib, pul so'ramaydigan, ovqatni shirin pishirib, o'zi kam yeydigan, kasal bo'lmaydigan, xafa bo'lib qovoq uymaydigan, 4 ta tug'ib ham qilt etmaydigan hurliqolarni sevish hammaning qo'lidan keladi.

Haqiqiy sevgi esa kamchiliklar ko'ringanda bilinadi.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hayoti sen bilan ikkiga bo'linsin: sizni uchratgunimcha, sizni uchratganimdan keyin deb eslasin hayotini – shu qadar yaxshi juft bo'l!

#oila_qurish #nikoh

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ish bilan boʻlib farzandimga vaqt ajrata olmayapman

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oqila ayol qoidalari

2-qoida

Har bir erkakka uning ruhini ko’tarib turadigan kuch kerak. Buni boshliq, bolalar, do’stlar qilolmaydi. Faqat siz qilasiz! Bu sizning vazifangiz.

Ketayotganida tabassum va chiroyli ko’rinishda kuzating. Unga omad va baraka tilab, ortidan duo qilib qoling. Shuningdek, har kun "Voqea" surasini o’qing. "Voqea" surasini o’qib yurgan inson faqirlik neligini bilmaydi.

Shunday kuzatingki, do'stlari choyxonaga chaqirsa ham, ko'z oldiga sizning chiroyingiz va mayin tabassumingiz kelib, o'rtoqlarigayam yo'q devorsin.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/01 09:35:28
Back to Top
HTML Embed Code: