Telegram Web Link
Bugun yangiliklarga boy kun bo’ldi

Davlatimiz rahbari maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda aytilgan eng muhim yangiliklar:

Maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtiriladi hamda undan bepul foydalanish mumkin.

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’limda dual ta’lim shaklini ochish, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalarni oshirish taklif etilmoqda.

Davlat bog‘chalarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda hisobotlarni raqamlashtirish talabi qo‘yilmoqda.

Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

Xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qo‘llanmalar takomillashtirilib, o‘quvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi.

Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana yangi oʻquv yilini ham boshlab oldik. Ilk safar va pedagoglar bilan uchrashuvni Soʻx tumanidan boshlashni niyat qilgandim. Shu maqsadda kecha Soʻxga bordik, kunning birinchi yarmida tumandagi pedagoglar bilan uchrashib, ochiq muloqot qildik.

Tumanda oʻzgarishlar katta, birgina joriy yildagi investitsiya davlat dasturi asosida 3 ta maktab, 3 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan barpo etilib, qoʻshimcha 360 oʻrin yaratildi. Yana bitta maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Kunning ikkinchi qismida yangi qurilgan, 120 oʻringa ega 30-sonli MTTda boʻldim. Bolajonlar bilan suhbat, mashgʻulotlarda qatnashish, ularni tinglash, mahoratlarini koʻrib zavqlanish – men uchun kechagi kunning eng yorqin voqeasi boʻldi.

Tuman bilan bogʻliq maqsadlarimiz katta, birgina misol: Soʻxda maktabgacha qamrov – 70,8 foiz boʻlib, yil oxiriga qadar 76 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Bu vazifalarni jonkuyar pedagoglar, jamoamiz, taʼlimga befarq boʻlmagan insonlar koʻmagida uddalaymiz, albatta!

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun juda muhim, oʻziga xos tarixiy marosimda ishtirok etdik. Toshkent shahrida ochilishi rejalishtirilgan Pedagog kadrlar malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun tamal toshi qoʻydik. Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Janubiy Koreyaning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligidagi ushbu yirik loyihani ikki davlat doʻstligining yuksak namunasi deyish mumkin.

Loyihada katta natijalar kutilmoqda. Jumladan, erta yoshda taʼlim olish imkoniyatlarini yaxshilash, shaxsga-yoʻnaltirilgan yondashuv dasturlari boʻyicha tayyorlangan pedagoglar sonini koʻpaytirish, maktabgacha taʼlim sifatini oshirish kabi koʻrsatkichlarda sezilarli natijalarga erishish rejalashtirilmoqda.

Umumiy qiymati 11 million AQSh dollari boʻlgan mazkur loyiha 500 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, yiliga 4000 pedagogning malakasini oshirishga xizmat qiladigan markazni oʻz ichiga oladi. Natijada 66 ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Oʻylaymanki, bugun tamal toshi qoʻyilgan ushbu loyiha keyingi tashabbuslar uchun namuna va butun tizimimiz uchun manfaatli boʻladi. Koreyalik hamkorlarimizning bu boradagi boy tajribalarini oʻrganishga doimo tayyormiz🇺🇿🤝🇰🇷

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏕📹Raqamli Avlod Respublika inklyuziv IT oromgohi.

#UzEdu #IMA #IHMA #ZaminFoundation #OliyMajlis #RaqamliAvlod
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan hamkasblarimiz uchun ajoyib yangilik

Joriy yilning 15-oktabr kuni "Yangi O‘zbekiston" universitetiga tarixda ilk bor Massachusetts texnologiya instituti vitse-prezidenti professor Erik Grimson tashrif buyurmoqda. U bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

💫 Erik Grimson 1984-yildan beri Massachusetts texnologiya institutida faoliyati olib boradi. O‘zining ko‘p yillik tajribasi bilan ushbu oliygohni yuksalishida, jumladan ta’lim sifatini oshirishda asosiy rol o‘ynagan ta'lim ekspertlaridan hisoblanadi.

☑️ Biz ushbu muloqotga yurtimizning barcha ta'lim muassasalari vakillarini taklif qilmoqchimiz. Muloqot ta'lim sohasida birlashishimiz va yurtimizda dunyo miqyosidagi ta'lim muhitini yaratishimiz uchun muhim qadam bo‘lishiga ishonaman.

🔹Ochiq muloqotda qatnashing, bilimingizni oshiring, biz barchamiz birgalikda rivojlanamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari boshlab yuborildi.

Bugun poytaxtimizga mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan mahoratli pedagoglar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, ta’lim fidoyilari Oliy Majlis Senati hamda senatorlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

So‘nggi yillarda sohada qonunchilik tizimi ancha takomillashtirildi, ularni o‘rganish, berilgan imkoniyat va imtiyozlardan oqilona foydalana olish kerak.

Tadbirda ishtirokchilar maktabgacha va maktab ta’limi tizimi qonunchik hujjatlaridagi o‘zgarishlar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Bayram endi boshlanmoqda, tadbirlar davom etadi.

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Zamon Avloniysi”

Hurmatli o‘qituvchi va ustozlarimizni nega aynan mana shu spektaklga taklif etdik?!

Spektakl Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi, “Buyuk xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi, matematika faniga ixtisoslashgan Qorakoʻl internat-maktabini ochishda jonbozlik koʻrsatgan To’xtamurod Jumayev haqida. U orqali biz sizga yana bir haqiqatni eslatmoqchimiz, davlatimiz rahbari aytganlaridek, barcha islohotlar, o‘zgarishlar kaliti ta’lim va tarbiyadir. Biz bunda sizlarga – fidoyi ustozlarga tayanamiz. Teatrda jam bo‘lgan o‘qituvchi va ustozlar orasida ham To’xtamurod Jumayevdek buyuk islohotchi, ta’lim jonkuyarlari chiqishiga umid qilaman.

Spektaklda To‘xtamurod Jumayevning maktab ochishdagi qiyinchiliklari va millat bolalari kelajagi uchun fidokorona mehnati hikoya qilinadi. Biz butun tomosha davomida voqealar ichida yashadik, ta’sirlandik va o‘ylaymanki, ustoz va o‘qituvchilarimiz tanlagan kasblari qanchalar mashaqqatli va qimmatli ekanligini angladilar.

Teatr ijodkorlariga ajoyib ijro va hamkorlik uchun minnatdorlik bildiraman. Ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan barcha ustoz va o‘qituvchilarimizga “Zamon Avloniysi” spektaklini tomosha qilishni tavsiya qilaman.

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir inson hayotida jonkuyar ustozlari haqida shu kabi hikoyalar borligiga ishonaman.

Ustoz va murabbiylar, biz sizlarni qadrlaymiz! Bayramingiz muborak!

@hilola_umarova
2024/11/15 13:35:17
Back to Top
HTML Embed Code: