Telegram Web Link
"Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Saida Mirziyoyeva ham qatnashgani ishtirokchi qizlarimizni behad quvontirdi va ular uchun katta motivatsiya bo‘ldi.

❗️5 kun davom etgan ushbu IT tadbirimizda butun Respublika bo‘ylab 3000 nafarga yaqin qizlarni qamrab oldik.

Zamonaviy kasblarni egallashga ishtiyoqi bo‘lgan qizlarimiz sonining kundan-kunga oshib borayotgani juda quvonarli holat, albatta.

Ularning shijoati, yangi bilimlarni egallashga chanqoqligi ko‘ngillarimizni faxr va iftixorga to‘ldiryapti.

⚡️Yakuniy natijalarga ko‘ra ishtirokchi qizlarimiz 4 ta yo‘nalishda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

Digital Art yo‘nalishida: "Milliy va zamonaviy liboslar uyg‘unligi" loyihasi,

Startap loyihalar yo‘nalishida: "Choose and cook" loyihasi,

Grafik dizayn yo‘nalishida: 70 yil avval va so‘nggi 7 yilda xotin qizlarga berilayotgan imtiyozlar tahliliga bag’ishlangan taqdimot,

Startap loyihalar yo‘nalishida: "Bir qadam" loyihalari g‘olib deb topildi.

Gʻoliblar Birlashgan Arab Amirliklariga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishdi.

Barcha ishtirokchilarimizni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilayman!

⚡️Qizlarimiz o‘z ustlarida ishlab, bundan keyingi “Raqamli avlod” loyihalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishadi, deb umid qilaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Юнусобод туманидаги 5-мактабда яратилган шароитлар билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Turon” maktab teatri Respublika tanlovi: iqtidor egasi bo‘lgan o‘quvchilarimiz o‘zlarini sinab ko‘rishmoqda

O‘quvchilarimizni bolaligidan boshlab adabiyot, san’at va madaniyatga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularning shaxsiyatiga go‘zallik va ezgulikni singdirish, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bunda estetik did, ijodkorlik qobiliyati o‘sadi.

Hozirda xuddi shu maqsadda tashkil etilgan “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi Respublikamiz bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda.

Unda maktablarimizning 7-10-sinf o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari faol qatnashib, o‘z iqtidorlarini namoyish qilishmoqda.

Ushbu tanlov orqali maktablardagi teatr studiyalari faoliyatini ham qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilganmiz.

Yoshlarimiz tomonidan mahorat bilan sahnalashtirilayotgan asarlar barchamizda katta taassurot qoldirayotgani esa quvonarli.

Ahamiyatlisi, bu tanlov orqali Respublikamizdagi barcha maktablarni qamrab oldik, unda 80 ming nafardan ortiq yoshlarimiz faol ishtirok etishmoqda.

Tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirishni ham rejalashtirganmiz.

Gʻolib bo‘lgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Shunday ekan, ijodiy tanlovda barcha o‘quvchilarimizga omad va muvaffaqiyat tilab qolaman.
2024/11/15 14:25:43
Back to Top
HTML Embed Code: