Telegram Web Link
#Нодавлат_таълим

Nodavlat ta'lim tizimida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan islohotlar, maqsad va vazifalar hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan nodavlat ta'lim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdik.

❗️Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-79-sonli Farmoni bilan xususiy maktablarni tashkil etishga keng imkoniyatlar yaratib berilganligi, mazkur Farmonning mazmun-mohiyati haqida yig'ilganlarga batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, yig'ilish davomida:

✔️ xususiy maktablarda O‘zbekiston tarixi va o‘zbek tili fanlariga ajratiladigan o‘quv soatlari hajmini davlat maktablari uchun tasdiqlangan tayanch o‘quv rejaga muvofiq belgilash,

✔️ ta’lim jarayonlarining dunyoviy xarakterda va davlat ta’lim standartlari doirasida tashkil etilishini ta’minlash hamda milliy urf-odat va an’analarimizni yoshlarimiz orasida keng targ‘ib qilish,

✔️ xususiy maktablarda faoliyat yurituvchi pedagoglarning malakasini oshirish, mazkur maktablarda olimpiadalar tashkil etish,

✔️ nodavlat bog‘cha va maktab tashkilotlari zimmasiga o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni doimiy ravishda vazirlikning Yagona elektron dasturi (
erp.maktab.uz), elektron platformalari (my.maktab.uz, e-shahodatnoma.uz, kundalik.com) va boshqa tegishli axborot tizimlari hamda “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimiga (bbit.uz) kiritish hamda yangilab borish kabi masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari nodavlat ta'lim muassasalarida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga to‘xtalib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.

📍Toshkent shahrida joylashgan nodavlat umumiy o‘rta va maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilish qizg’in bahs va munozalarga boy holda o’tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga vazirlik mas'ullaridan batafsil ma'lumot olishdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Turkiy davlatlar tashkiloti Ta’lim vazirlarining VII uchrashuvi “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturini amalga oshirishda O‘zbekiston ta’lim tizimidagi yana bir yangi va muhim sahifani ochib berdi.

Turkiy davlatlar uchun ahamiyatli va muhim bo‘lgan ushbu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirdik desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

2 kun davomida ko‘hna Samarqand zaminida Turkiy mamlakatlardan tashrif buyurgan ta’lim vazirlari va mas’ul vakillari ishtirokida maktabgacha va maktab ta’limidan tortib, oliy ta’limga bo‘lgan muhim masalalar qamrab olindi. Manfaatli muzokaralar olib borildi, keng qamrovdagi ijobiy tashabbuslar ilgari surildi.

Jumladan, O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish borasida bir nechta takliflarni ilgari surdik.
Delegatsiya a’zolari tomonidan YUNESKO Toshkent deklaratsiyasi doirasida belgilangan vazifalar va maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish zaruriyati muhim ekanligi e’tirof etildi.

Kun tartibidagi muhim masalalardan biri bu qardosh maktablar o‘rtasida hamkorlik dasturini amalga oshirish bo‘ldi. Xususan, o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvini joriy etish orqali tajriba almashish va ta’lim sifatini oshirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida ta’lim vazirliklari bilan Turkiy davlatlar Kengashi Orxun almashinuv dasturida hozirda 49 ta universitet o‘rin olganligi va ushbu dasturni yangi pog‘onaga olib chiqish masalasini ko‘rib chiqdik.

Shuningdek, O‘zbekistonda xalqaro olimpiadalarni o‘tkazish tajribasi shakllanganini e’tiborga olgan holda 2024-yilda Turkiy davlatlar Kengashi doirasida Toshkent shahrida Xalqaro Al-Xorazmiy yosh matematiklar olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish mas’uliyatini o‘z zimmamizga oldik.

Ikki kun davom etgan uchrashuvda ta’lim sohasida Turkiy davlatlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim va fan salohiyatini rivojlantirish uchun ilmiy bilimlar almashish vazifalarini belgilab oldik.

Bugun har bir mamlakat ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangicha format yaratmoqda. Davlatlar o‘rtasida munosabatlarni yanada rivojlantirish orqali esa yosh avlodni dunyoga tenglasha oladigan qilib tarbiyalashimiz mumkin.

Qardosh davlatlar bilan do‘st va hammaslak bo‘lsak, albatta, ta’lim sifatini rivojlantirib, yuqori bosqichga olib chiqamiz. Bu nafaqat O‘zbekiston, balki har bir davlat taraqqiyoti uchun juda muhim va zarur bo‘ladi. 
Imkoniyatlarimiz teng huquq va teng imkoniyatli boʻlishi zarur. Bolani tug‘ilgandan boshlab o‘qitishga erisha olsak, muvaffaqiyatga erishamiz.
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз саъй-ҳаракатлари билан илмга ва илм аҳлига муносабат ўзгарди, олимларнинг қадри тиклана бошлади!
___

Усилиями нашего Президента изменилось отношение к науке и людям науки, ценность учёных начала восстанавливаться!
O‘tayotgan hafta O‘zbekiston ta’lim sohasida ikkita yirik xalqaro tadbir bilan tarixda qoldi. 

Biri Samarqandda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti ta’lim vazirlarining uchrashuvi bo‘lsa, keyingisi Xivada kecha nihoyasiga yetgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan mazkur olimpiadada Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vyetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Ummon Sultonligi, Gruziya, Turkmaniston kabi davlatlaridan yuzdan ortiq o‘quvchilar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. Vatanimiz sharafini 16 nafar o‘quvchimiz munosib himoya qildi, deb faxr bilan aytishim mumkin.

Fursatdan foydalanib, olimpiadada g‘olib bo‘lgan, unda munosib ishtirok etgan va tashkil qilishga bosh-qosh bo‘lgan barchani g‘alaba bilan muborakbod etaman.

Xalqaro darajadagi nufuzli tadbirlarni tashkil etishda qatnashgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasiga esa umumiy ishimizga qo‘shgan hissangiz uchun, hamkorlik va barcha sa’y-harakatlar uchun o‘zimning minnatdorligimni bildirib qolaman. Zero, katta kuch va mehnatsiz bu ishni uddalash qiyin bo‘lardi.
#Tabriknoma

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli ta’lim sohasi fidoyilari!

Avvalo, barchangizni shukronalik, mehr-muruvvat, shodlik va xursandchilik ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan muborakbod etaman va sizlarga o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Barchamizga yaxshi ma’lumki, ushbu shukuhli kunlarda har bir vatandoshimiz oila a’zolari va yaqinlariga o‘zining eng ezgu tilaklarini bildirib o‘tadi. Qalbida ezgulik hissi mujassam har bir inson o‘zgalarga yaxshilik ulashishga oshiqadi.

Shu ma’noda Qurbon hayiti bugungi tinch va totuv kunlarimiz qadri, oilalarimiz totuvligi, dasturxonimiz to‘kinligi, turmushimiz farovonligini ko‘proq his qilishga undaydigan fayzli va barakotli ayyomdir.

Aziz vatandoshlar,

Barchangizni yana bir bor Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan qutlagan holda, sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AZIZ YOSHLAR!

Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan chin dildan muborakbod etaman!

Siz – yurtimiz kelajagi, ishonchimizsiz!

Sizlar oʻz iqtidoringizni rivojlantirishingiz, sifatli taʼlim olishingiz uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq.

Bunday imkoniyatlarni hech qachon qo‘ldan boy bermang. O‘qing, o‘rganing, izlaning, o‘z yutuqlaringiz bilan jamiyatimiz rivojiga hissa qo‘shing! Ilm olishdan, o‘z ustingizda ishlashdan hech qachon to‘xtamang!

Oldingizda turgan yuksak maqsadlaringizga erishishingizga tilakdoshman!

Yangi O‘zbekistonimizning  ravnaqi uchun xizmat qilish barchangizga nasib etsin.

Bayramingiz muborak, qadrli yoshlar!

Sizlarga cheksiz ishonch va hurmat bilan,
Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Vatanimiz kelajagi bo‘lgan va uning ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shuvchi yoshlarimizning xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan turli musobaqa va tanlovlarda ishtirok etayotgani quvonarli holat, albatta. Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan bu kabi imkoniyatlar natijasida farzandlarimiz dunyo mamlakatlarini ko‘rishga muyassar bo‘lishayotgani esa ularning yaqinlari qatori menga ham katta faxr va g‘urur bag‘ishlaydi.

19 kun davomida Xitoy poytaxti Pekin shahrida o‘tkaziladigan va dunyoning 25 mamlakatidan kelgan 200 ga yaqin terma jamoa a’zolari va trenerlari ishtirok etgan “Birinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2023”da qatnashgan yoshlarimiz bugunning o‘zida kunchiqar davlat — Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Xalqaro matematika olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilish uchun yo‘l olishdi.

Yana bir guruh iqtidorli o‘quvchilardan iborat terma jamoamiz vakillari ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarida biologiya fanidan o‘tkaziladigan Xalqaro olimpiada musobaqalarida O‘zbekiston nomini baland ko‘tarish uchun jo‘nab ketishgan.

Shuningdek, Xalqaro olimpiadalar mavsumi davomida o‘quvchilarimiz 35-Xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etish uchun joriy yilning avgust oyi oxirida Vengriyaga, Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etish uchun Shveysariyaga hamda Xalqaro fizika olimpiadasida qatnashish uchun Yaponiyaga yo‘l olishadi.

O‘quvchilarimizga ushbu nufuzli bilim "janglari"da xalqimiz ishonchini oqlab, shoda-shoda medallar bilan qaytishlarini tilab qolaman.

100 dan ortiq mamlakatdan kelgan mingga yaqin o‘quvchilar ishtirokida o‘tadigan ushbu bilimlar bellashuvlarida o‘quvchilarimiz, albatta, yuqori o‘rinlarni egallashlariga ishonaman.

Aziz bilimli yoshlar!

Buyuk bobokalonlarimiz — Beruniy, Xorazmiy, Farg‘oniy kabi daholarga munosib ravishda ilm cho‘qillarini egallashlaringizga tilakdoshman.
2024/09/27 15:24:38
Back to Top
HTML Embed Code: