Telegram Web Link
#Uslubiy_seminar
#Uchinchi_renessans

🔴Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda psixologlari uchun "Uchinchi Renessans - ma'rifatli jamiyat sari" mavzusidagi uslubiy seminarga start berildi.

🔥Bugun yoshlarimizni tarbiyalashda uzluksiz ma'naviy tarbiya tizimini joriy etish juda muhim.

❗️Maktablarimizning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari, psixologlar va tarbiyachi - o'qituvchilari uchun ishlab chiqilgan 3 ta uslubiy qo'llanma ham xuddi shu maqsadga xizmat qiladi.

⚡️Bugungi tadbir doirasida ushbu qo'llanmalar taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

Seminar faoliyatiga omad tilayman!

Bizni kuzatishda davom eting
👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#UchinchiRenessans
#UslubiySeminar

⚡️Rahbar juda kuchli bo'lsin, 5 ta xorijiy tilni bilsin, ilmiy darajasi yuqori bo'lsin, lekin jamoasi qo'llab - quvvatlamasa, u kuchli rahbar emas.

📍 "Uchinchi Renessans - ma'rifatli jamiyat sari" mavzusidagi uslubiy seminar doirasida savollarga ochiq javob berish, muammolarni muhokama qilib, yechim topish maqsadida davra suhbati tashkil qildik🔥

💥Fikrimcha, bu kabi ochiq suhbatlar – jamoani birlashtirish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish uchun eng yaxshi usul.

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Президент фармойиши билан Саида Шавкатовна Мирзиёева Президент Администрацияси Ижро этувчи аппаратининг Коммуникациялар ва ахборот сиёсати бўйича шўъба мудири лавозимига тайинланди. Ушбу шўъба янгидан тузилган бўлиб, Президент Администрацияси раҳбарининг жамоатчилик фикрини ўрганиш ва ахборот сиёсати учун масъул ўринбосари тизими таркибига киради.

Шунингдек, С.Ш.Мирзиёева ижтимоий соҳа, маданият ва таълим соҳаларидаги ислоҳотлар ижросининг боришини ҳам назорат қилади.

Таъкидлаш лозимки, Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети битирувчиси, Тошкент давлат юридик университети, Ломоносов номидаги Москва давлат университети магистри, иқтисодиёт фанлари номзоди Саида Мирзиёева кўп йиллар давомида турли соҳаларда, шунингдек, 2019-2020 йилларда Президент Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги директорининг ўринбосари, 2020 йилдан бугунги тайинловга қадар Миллий масс-медиани қўллаб-қувватлаш ва ривожлантириш фонди васийлик кенгаши раисининг ўринбосари лавозимларини эгаллаган.

Унинг фаолияти давомида сўз эркинлигини таъминлаш, вазирлик ва идораларнинг очиқлик сиёсати, матбуот хизматларини жорий этиш, маданият соҳасини ривожлантириш ва гендер тенглик масалалари бўйича кўплаб лойиҳалар амалга оширилди.

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#RaqamliAvlod
#ITHaftalik

Bu yilning eng kutilgan, eng katta, qiziqarli tanlovlarga boy, eng kuchli 30dan ortiq xalqaro va mahalliy spikerlar, 10dan ortiq xalqaro IT kompaniyalar ishtirokidagi "Raqamli avlod IT haftaligi"ni taqdim etamiz🚀🎊

Haftalik davomidagi tadbirlar:

✅️21-noyabr: Robo labirint, Robo sumo;
✅️22-noyabr:  Robo Soccer;
✅️23-noyabr: DG Contest;
✅️24-noyabr: CyberSport;
✅️26-noyabr: GDG GOOGLE Dev Fest

📍Ro'yxatdan o'tish uchun: https://raqamliavlod.uz/

Murojaat uchun: @DG_uzbekistan

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#UchinchiRenessans
#Услубий_қўлланма

Xabaringiz bor, mutaxassislarimiz tomonidan Agentligimiz tizimidagi maktablarning Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixologlar, tarbiyachi-pedagoglar va sinf rahbarlari uchun uslubiy qo‘llanma yaratildi.

Kuni kecha mazkur qo'llanmaning taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

⚡️Ayni paytda ushbu o‘quv qo‘llanmadan barcha maktablarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar foydalanishlari uchun rasmiy veb-saytimizga joylashtirildi.

❗️Agentlik tizimidagi maktablarimizda taʼlim-tarbiya, bolalarning psixologik holati bilan ishlash ustuvor vazifalardandir.
Aminmanki, ushbu qo‘llanmalar ustozlarning ish faoliyatida yaqindan yordam beradi.

Bizni kuzatishda davom eting
👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Tabriknoma
#Xalqaro_talabalar_kuni

Aziz yoshlar!
Bilimga chanqoq talabalar!

17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan barcha talabalarni chin yurakdan tabriklayman.

Aytish joiz, bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan ta'lim tizimiga qaratilayotgan yuksak e'tibor natijasi o'laroq ilm istagida bo'lgan talabalarimizga ko'plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Xususan, Agentligimiz tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetida talabalarimiz xorijlik yetuk mutaxassislardan ta'lim olishmoqda. Chet eldagi tengdoshlari kabi nufuzli xorijiy korxonalar va universitetlarda amaliyot o'tashmoqda.

Mazkur universitet talabalarining Germaniya va Janubiy Koreya davlatlarida bo'lib o'tgan amaliyotlari fikrimizga yorqin dalildir.

Ishonamanki, yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalangan holda Sizlar yurtimiz ravnaqiga o'z hissasini qo'shadigan yetuk kadrlar bo'lib yetishasiz.

Unutmang, Siz yurtimizning ertasi, bizning kelajagimizsiz. Tanlagan yo'nalishingizda va ilm yo'lida omad hamda zafar yor bo'lsin, aziz talabalar!

Bayram muborak!

Hilola Umarova,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori

Bizni kuzatishda davom eting
👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_bayrog‘i
#31_yil

Bugun “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun qabul qilingan kun.

Ushbu muhim sana – qutlug‘ kun barchamizga muborak bo‘lsin!

Ranglarida xalqimizga xos olijanoblik, poklik va saxovat hamda jasoratni o‘zida mujassam etgan bayrog‘imiz abadiy hilpirasin!

Hilola Umarova,
Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori

Bizni kuzatishda davom eting
👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#GDG_Tashkent
#IT_haftalik

📣IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!

Agentligimiz tomonidan
GDG Tashkent-2022 IT tadbiri tashkil etilmoqda!

Tadbir doirasida Robolabirint, Robo sumo, Robo Soccer, DG contest va CyberSport yo'nalishlarida Respublika chempionati bo'lib o'tadi.

🔰Mazkur IT haftalik doirasida bu sohaga qiziquvchi eshitish qobiliyati zaif yoshlarni ham qamrab olmoqdamiz.

❗️Ta'kidlash joiz, Agentligimiz tomonidan 4 yildan buyon Google kompaniyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelinadi.

Mazkur hamkorlik doirasida axborot texnologiyalarga qiziquvchi yoshlarni IT sohasini chuqur o'rganmoqchi bo'lgan yoshlarni bir nuqtaga birlashtirib, ularning tajriba va mahoratlarini yanada oshirishga hissa qo'shib kelmoqdamiz.

✔️Yana bir muhim jihat -mazkur IT tadbirga 3000 nafardan ziyod yoshlar onlayn, 500 nafardan ziyod yoshlarimiz esa offlayn formatda ishtirok etishadi.

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
2024/09/28 09:24:36
Back to Top
HTML Embed Code: