Telegram Web Link
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Qashqadaryo

βœ… Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida Qarshi shahrida tashkil etilgan 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Agentlik rahbari Hilola Umarova so'zga chiqib, yig'ilganlarni samimiy tabrikladi:

- Yurtimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, hamma sharoitlarga ega bunday maktablarning ochilishi Siz yoshlarga qaratilayotgan ulkan e'tibor natijasidir. Zero, biz sizlarning yorqin kelajagimiz bunyodkori bo'lishingizga ishonamiz, aziz yoshlar! Bu yo'lda sizni hamisha qo'llab-quvvatlashga tayyormiz.

Tadbirda Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etishdi.

πŸ“ŒOchilish marosimidan so'ng Agentlik rahbari maktab o'quvchilari bilan suhbatlashdi hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, bugun Agentlik rahbari Qarshi shahridagi Prezident maktabi va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lib, o'quvchilar bilan samimiy suhbatlashdi.

πŸ‘‡Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Fotoreportaj

βœ… Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida Qarshi shahrida tashkil etilgan 1-son ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimidan fotoreportaj.
_____

βœ… Photo report from the opening ceremony of the specialized school No. 1 established in the city of Karshi under the Agency for Presidential Educational Institutions.

πŸ‘‡Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#YoshRahbarlar
#YangiTizim

⚑️Agentlik tizimidagi maktablarda nafaqat sifatli ta'lim tizimini, balki kreativ loyihalarni ham yo'lga qo'yishga harakat qilamiz. Ulardan biri - maktab Prezidenti va vazirlarini saylanishi.

Bugun Qarshi shahriga safarim davomida Qarshi shahridagi Prezident maktabiga ham tashrif buyurdim va saylov yakunlariga ko'ra, eng ko'p ovoz to'plagan maktab Prezidenti va vazirlarini πŸ‘¨β€πŸ’ΌπŸ‘©πŸ»β€πŸ’Όe'lon qilish jarayonlarida ishtirok etdim.

Bu kabi yangicha tizimlar yoshlarda boshqaruvchilik, tashkilotchilik, jamoa bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi hamda kelajak uchun muhim poydevor vazifasini bajaradiπŸ’₯

Bizni kuzatishda davom etingπŸ‘‡
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#BMTKuni
#CreativeProject

Bugungi kun yoshlarining ijodkorligiga, tirishqoqligiga tan bermay ilojimiz yo'q.Bugun ushbu fikrga yana bir bor amin boldimπŸ’₯

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan "BMT kuni" loyihasiπŸ’‘ tufayli bir vaqtning o'zida 30dan ortiq davlatlarga sayohat qilish, ularning tili, madaniyati , urf-odat-u taomlari bilan tanishish imkoni yaratilgan.

πŸ“Eng ahamiyatli jihati shundaki, bu loyihaning tashabbuschilari ham, tashkilotchi va ishtirokchilari ham maktab o'quvchilari.

Ushbu tadbirda ishtirok etarkanman, o'quvchilar haqiqatdan ham o'zlari taqdim qilayotgan davlatni o`rganganliklari, geografiyaga, tarix, til hamda etnografiyaga oid bilimlarini boyitganliklarini his qildim🌈

Bizni kuzatishda davom etingπŸ‘‡
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
2024/09/28 15:38:52
Back to Top
HTML Embed Code: