Telegram Web Link
YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan Respublikamizdagi ixtisoslashtirilgan maktablar Prezident ta'lim muassasalari agentligi tarkibiga o‘tkazildi va qayta tashkil etildi.

O‘tgan qisqa vaqt ichida mazkur maktab va maktab-internatlar uchun eng malakali, zamonaviy fikrlaydigan pedagoglarni 3 bosqichli sinovdan o‘tkazib, saraladik. Bundan tashqari 300 mingga yaqin o‘quvchilar ham test imtihonlaridan o‘tishdi.

🔰Saralash jarayonlari yakuniga yetdi va endi Respublikamizdagi barcha yangi ixtisoslashtirilgan maktablarda navbati bilan ochilish tadbirlarini o‘tkazilmoqda.

⚡️Prezident maktablarining ikkinchi bosqich imtihonlarida ishtirok etib, o'ta olmagan o'quvchilar uchun o'z tumanida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktabda o'qish imkoniyati yaratildi. Talabgorlar mavjud kvotaning 50 foizi hajmida o'qishga qabul qilinadi.

🏢O‘zim ham ikki kun davomida Samarqand viloyatining Paxtachi, Navoiyning Konimex tumanlari, Andijon shahri va Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanlaridagi maktablarning ochilish tadbirlarida ishtirok etdim. Maktablarda yaratilgan sharoitlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, ishonch hosil qildim.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek yurtimizning chekka-chekka hududlarida ham barcha sharoitlarga ega maktablar tashkil etildi. Umid qilamanki, bu yerda bilimga chanqoq yoshlar jonkuyar ustozlar qo'lida ta'lim olishadi va yurtimizning ertasi uchun zarur kadrlar bo'lib yetishadilar.

👩‍⚖️🤵‍♂️Yurtimiz azaldan iste'dodlar yurti. Мaqsadimiz shu iqtidorlarni kashf etish, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda ko'maklashish va yosh avlodning sifatli ta'lim olishiga hissa qo'shgan holda yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilishdan iborat.

❗️Shu o'rinda yana bir bor barchangizni yangi o'quv yili bilan tabriklab, o'qish va ishlaringizda muvaffaqiyat hamda zafarlar tilab qolaman. Unutmangki, biz sizni bilim olishingiz, yangi cho'qqilarni zabt etishingizda qo'llab-quvvatlashga doimo tayyormiz.
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Ҳудудларда 168 та ихтисослаштирилган мактаб фаолият бошлади
#7sept #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Kelgusi haftada Samarqand Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisiga mezbonlik qiladi.

▶️ https://www.tg-me.com/hilola_umarova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "Shanxay hamkorlik tashkilotining
Samarqand sammiti: o‘zaro bog'liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik" sarlavhali maqolasi
______
Article by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev "The SCO Samarkand Summit: Dialogue and Cooperation in an Interconnected World"

▶️ https://www.tg-me.com/piimauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ShHT_2022

Samarqand ShHT Sammitiga tayyor
____
Самарканд готов к Саммиту ШОС
____
Samarkand is ready for SCO Summit

▶️https://www.tg-me.com/hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nukus shahridagi Prezident maktabiga 2-o‘rin bilan o‘qishga qabul qilingan Ayjamal esingizda bo‘lsa kerak?

❗️Uning o‘qishga kirgani lekin oilaviy sharoit sabab onasi Nukusga yuborishni istamayotgani haqida Agentlik sahifalarida xabar bergandik. Bu jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab bo‘ldi.

Eng qizig‘i, Ayjamalning onasi qizini imtihonga yuborayotganda "testning bir-ikkitasini xato yechgin", deb tayinlab yuborgan. Iqtidorli qizaloq onasi aytgandek qiladi. Lekin bilimi kuchliligi sabab, Prezident maktabiga 2-o‘rin bilan o‘qishga qabul qilinadi!

🔸Ayjamalning voqeasini eshitishim bilanoq, "u kabi iqtidorlilar albatta Prezident maktabida o‘qishi kerak, uning onasini ko‘ndirishimiz lozim", degan fikr xayolimdan o‘tdi.

🏢O‘sha kunlari o‘zim Samarqand, Navoiy va Andijon viloyatlaridagi maktablarning ochilish tadbirlarida ishtirok etishim rejalashtirilganligi sababli, Qoraqalpog‘istonga xizmat safariga yuborilayotgan Agentlik xodimlariga topshiriq berdim...

⚡️Natija biz kutganimizdek - ijobiy!

Ayjamalning o‘qituvchisi va onasining fikrlari hamda voqealar rivoji bilan maxsus tayyorlangan videoroligimiz orqali tanishishingiz mumkin.

🔰O'quvchimizning o'qishiga, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilayman. Umid qilamanki, u mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan, yurtimizga munosib farzand bo'lib yetishadi. Omad yor bo'lsin, Ayjamal!

▶️https://www.tg-me.com/hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SCO2022Samarkand

Самарқандга хуш келибсиз!
____

Добро пожаловать в Самарканд!
____

Welcome to Samarkand

https://www.tg-me.com/hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O‘zbekiston” universitetida dars berayotgan professor Nikita Murzintcev bilan intervyu

✔️ “Mening mutaxassisligim – sun’iy intellekt yoki boshqacha qilib aytganda mashinalarni o‘rganishdan iborat...“Yangi O‘zbekiston” universitetining bitiruvchilari ishlashga, yoki o‘z biznesini boshlashga tayyor bo‘lishadi. Shuning uchun ham men bu yerdaman”.

#Intervyu #Professorlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#SCO2022Samarkand

Шанхай ҳамкорлик ташкилоти саммити тадбирларида иштирок этиш учун давлатлар раҳбарларининг ташрифи давом этмоқда.

14 сентябрь куни Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсух, Эрон Ислом Республикаси Президенти Иброҳим Раисий, Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаров, Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпин Самарқанд шаҳрига келишди.

Бугун 15 сентябрь куни, Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон ва Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедов Самарқанд шаҳри аэропортида кутиб олинди.

Олий мартабали меҳмонларнинг келиши давом этмоқда.

🇺🇿Айни кунларда Самарқанд улкан сиёсий воқеалар тараддудида. 15-16 сентябрь кунлари Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида Шанхай ҳамкорлик ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгашининг 22-мажлиси бўлиб ўтади.
#Infografika
#Fakt
#Prezident_maktablari

2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 14 ta Prezident maktabiga o'qishga qabul qilingan o'quvchilarning oilaviy ijtimoiy kelib chiqishi haqida TAHLILIY MA'LUMOT.

❗️Yangi o'quv yilida Prezident maktablariga o'qishga qabul qilingan o'quvchilarning 27 foizi qizlar, 73 foizi esa o'g'il bolalardan iborat.
______________
🇬🇧 ANALYTICAL INFORMATION on the social background of the pupils admitted to 14 Presidential schools under the Agency for Presidential Educational Institutions in the 2022-2023 academic year.

❗️In the new academic year, 27% of pupils admitted to Presidential schools are girls, and 73% are boys.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#SCO2022Samarkand

Олий мартабали меҳмонларнинг келиши давом этмоқда

Шанхай ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар раҳбарларининг навбатдаги саммитида иштирок этиш учун Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин, Покистон Ислом Республикаси Бош вазири Шаҳбоз Шариф, Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиев, Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенколар Самарқандга етиб келишди.

Олий мартабали меҳмонларни Ўзбекистон Бош вазири Абдулла Арипов ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.
2024/09/28 21:25:21
Back to Top
HTML Embed Code: