Telegram Web Link
#Сўнгги_қўнғироқ_таассуротлари

Bugun maktab bitiruvchilari uchun unutilmas kun. Ular jonajon maktabi quchogʻidan uchirma boʻlib, katta hayot va oldiga qoʻygan kelajak maqsadlari sari ilk qadamlarini qoʻyishmoqda.


Biz ham vazirlik jamoasi bilan poytaxtimizdagi 86-maktabda oʻtkazilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida qatnashdik. Tadbir avvalida oʻqib berilgan Davlatimiz rahbarining maktab bitiruvchilariga yoʻllagan bayram tabrigi oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Oʻquvchilar Prezidentimiz tomonidan bildirilgan ezgu tilak va ishonchni oqlash uchun barcha imkoniyatlardan unumli foydalanishga soʻz berishdi.


Men ham bitiruvchilarni bugungi unutilmas kun bilan samimiy tabrikladim hamda katta hayot ostonasida turgan oʻquvchi-yoshlarga ulkan muvaffaqiyatlar tiladim.

Maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari menda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, bu yil maktabning 4 nafar oʻquvchisi oltin, 2 nafari kumush medallar bilan taqdirlanishini eshitib quvondim. Maktabning iqtidorli 2 nafar oʻqituvchisini “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirladik.

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiridan keyin maktab pedagogik jamoasi bilan uchrashdim hamda ularning taʼlim sifatini oshirish hamda oʻquvchilarning maʼnaviy kamolotini yanada yuksaltirish borasidagi takliflari bilan oʻrtoqlashdim.

Ushbu oʻquv yilida yangicha baholash tizimi asosida tahsil berishni boshlagan maktabda oʻtgan vaqt mobaynida oʻquvchilarning bilim va davomat koʻrsatkichlari sezilarli darajada yaxshilanganligi tizim rahbari sifatida menga katta quvonch ulashdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar!

Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi…

Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi.

Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi.

Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin.

Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy teatrni ibratxonaga mengzaganda juda to‘g‘ri ta’rifni tilga olgan edi.

Buni kecha Buxoroda bo‘lib o‘tgan “Turon” maktab teatri tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida yana bir bor his qildim.

Belgilangan tartibga ko‘ra, 1-o‘rinni egallagan Navoiy viloyatining “Ibrat” jamoasi chet elga ta’lim sayohatiga borish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

Men ushbu ma’rifat tanlovida qatnashgan yoshlarni chin qalbimdan qutlagan holda, “ilm egallashdan, kitob o‘qish va tafakkuringizni boyitishdan to‘xtamang”, deb qolaman.
#Xalqaro_konferensiya

Bugun poytaxtimizda Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida “Marshall Cavendish Education” tashkiloti Prezidenti Siew Peng Yim, Singapur Taʼlim vazirligi masʼul xodimi Khairi Sallehudin Otman va xorijiy ekspertlar taqdimotlarda o’z tajribalari bilan bo’lishishdi.

Unda xususan ta'limni raqamlashtirish, o'qituvchilar salohiyatini oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik loyihalari haqida so'z yuritildi.

Konferensiyaning mantiqiy va uzviy davomi sifatida singapurlik ekspertlar tomonidan joriy yil 10-14-iyun kunlari maktab direktorlari hamda 8-12-iyul kunlari matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha treninglar olib boriladi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1631

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/15 12:28:04
Back to Top
HTML Embed Code: