Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

"Biz Oʼzbekiston bolalarimiz!

Biz baxtiyor bolalikda taʼlim va tarbiya olmoqdamiz".
Davlat granti uchun  ajratilgan o‘rinlarning 77 foizini joriy yilgi maktab bitiruvchilari egallagan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda kirish imtihonlarida ishtirok etgan (jami 888 511 nafar) abituriyentlarning 303 560 nafari (31,5 foiz) umumta’lim maktablarining joriy o‘quv yilgi bitiruvchilaridir.

❗️ Ushbu bitiruvchilarning 95 497 nafari (25 foizi) joriy test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, mahalliy OTMlari talabasi bo‘lgan.

✔️Aslida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan bitiruvchilarimiz bundan ham ko‘p, har yili o‘rtacha 10-15 foiz (44 000 nafar) bitiruvchi nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lmoqda. Shu bois ayrim bitiruvchilar xususiy va xorijiy OTMlarga kirgan va test sinovlarida ishtirok etmagan.

⚡️Oliy ta’lim muassasalariga kirgan bitiruvchilar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, 2021-yilga nisbatan oliy ta’lim muassasalariga kirgan bitiruvchilar soni 14019 nafarga, 2022-yilga nisbatan esa 9 628 nafarga ortgan  (2021-yil 81478 nafar, 2022-yilda 85 869 nafar bitiruvchi OTMga kirgan).

Bitiruvchilarning oliy ta’lim qabul kvotasi uchun ajratilgan davlat granti o‘rinlarini egallash salmog‘i ham yildan-yilga ortib bormoqda. Joriy yilda davlat granti uchun  34930 ta kvota ajratilgan bo‘lsa, uning 77 foizini (26 884 nafar bitiruvchi) aynan maktab bitiruvchilari egallagan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3,5 foizga, ya’ni 3 537 taga ko‘p (2022-yilda 23 347 nafar maktab bitiruvchilar grantga kirgan bo‘lib, ulushi 73,5% bo‘lgan).

Bitiruvchilarning bilim samaradorligi ham o‘tgan yilga nisbatan yaxshilanganligini ko‘rish mumkin. Joriy yilda  o‘rtacha ball 77,1 ni tashkil etib, 2021-yilga nisbatan qariyb 3 balga, 2022-yilga nisbatan esa 1 balga ortgan (2021-yilda 74,2 ball, 2022-yilda 76,3 ball).

Ma’lumot o‘rnida, jami abituriyentlarning o‘rtacha bali 66,7 ni tashkil etgan bo‘lsa, aynan joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha bali 77,1 ballni (+10,4) tashkil etmoqda.

❗️Shuni alohida qayd etish lozimki, maksimal balning 75 foizidan yuqorisini to‘plab, ijobiy natija ko‘rsatgan abituriyentlarning 68 foiz ulushi joriy yilgi bitiruvchilarga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yil 30640 nafar yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarning 20873 nafari ham maktab bitiruvchilaridir.

Shu o‘rinda minimal o‘tish ball (56,7 ball) dan past natija ko‘rsatgan abituriyentlar soni ham yildan-yilga kamayib borayotganini alohida ta’kidlash lozim. Joriy yilda jami 888 511 nafar abituriyentdan 415 159 nafari (46,7 foizi) 56.7 ballni ham to‘play olmagan bo‘lsa, ular orasida maktab bitiruvchilari 11,7 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan qariyb 4 ming nafarga kamaygan.

Natijalar kutilayotgan ko‘rsatkichlardan yiroq bo‘lishi mumkin. Biroq oxirgi yillarni tendensiyasini tahlil qilar ekanmiz, yildan-yilga bitiruvchilar qayd etayotgan natijalarda ijobiy dinamika mavjudligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.

✔️Maktab ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Bunda faqatgina maktab jamoasi hamda pedagoglarning mehnati bilan cheklanmay, farzandlarimizning bilimli bo‘lishida ota-onalarning ham o‘rni muhimligini aytib o‘tishimiz lozim.

Fursatdan foydalanib, oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlarida yuqori natijalarni qayd etgan barcha bitiruvchilarimiz, ularning ustozlari va ota-onalariga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qorabog‘da Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab очилди.

Mustahkam do‘stlik va birodarlik ifodasi sifatida mamlakatimiz yetakchisi 2021-yil 31-mart kuni o‘tgan Turkiy kengashning norasmiy sammitida O‘zbekiston Qorabog‘ zaminidagi yodgorliklar, madaniyat va ma’rifat maskanlarini qayta tiklashga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanini ta’kidlagan edi.

Fuzuliy shahrida 960 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan zamonaviy maktab qurilishi Prezidentimiz tashabbusining amaliy ifodasi bo‘ldi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli maktabda 40 ta sinfxona, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funksional o‘quv xonasi, majlislar va sport zallari, oshxona, kutubxona mavjud. Futbol maydoni, dam olish va tadbirlar o‘tkazish uchun joylar, yugurish yo‘laklari tashkil qilingan.

Yangi maktab xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish, o‘sib kelayotgan ozarbayjonlik o‘g‘il-qizlarni O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatiga, buyuk ajdodlarimizning merosiga oshno qilishga xizmat qiladi.
MUROJAATCHILAR UCHUN YANA BIR QULAYLIK

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ullari va shaxsan o‘zim fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda hamisha ochiqlik va shaffoflik tarafdori ekanimizdan xabaringiz bor.

Xususan, yurtdoshlarimiz taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan "Vazirga murojaat" portali ishlab turibdi.

⚡️Mazkur tashabbuslarning mantiqiy davomi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlarining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha maxsus botlari ishga tushirildi.

❗️ Endi Siz mazkur bot manzillari orqali hududlar kesimida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin.
_____________
Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri – Narimbetov Ahmed Karamatdinovich

🔗 Vazirning fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @QRXBministrbot
______________
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i - Mamadiyev Xusniddin Norboyevich

🔗 Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @svmmtb_bot
_____________
Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i – Qurbonov Farrux Ergashevich

🔗 Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
_____________
Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i – Xudaykulov Sherzodjon Uktamovich

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: https://www.tg-me.com/sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot
_____________
Qashqadaryo viloyati
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig‘i – Oripov Ubaydulla Suxrobovich

🔗 Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @QashVMMTBbot
______________
Samarqand viloyati
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig‘i v.v.b – Sultonov Shokir Quvonovich

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @sammmtb_bot
__________
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i – Bektemirov Xamro Solayevich

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: http://www.tg-me.com/Xorazm_MMTBbot
_______________
Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i – Suyarova Sanobar Zarfullayevna

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: https://www.tg-me.com/JizzaxVMMTB_murojaatlar_bot
_____________
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i – Hayitova Ra'no Zokirovna

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: https://www.tg-me.com/Navoiy_viloyat_MMTBbot
______________
Andijon viloyati
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i – Karimov Rasuljon Rafikovich

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: https://www.tg-me.com/Murojaatlar_robot
________________
Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i - Dolimov Sherzod Abdumutalovich

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @FVMMTBaloqaBot
________________
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i - Zokirov Oybek Ohundedayevich

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @Nam_VMMTB_murojat_bot
________________
Toshkent viloyati
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i - Akbarov Ilyor Ismagilovich

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: https://www.tg-me.com/tosh_vxtb_bot
________________
Toshkent shahri
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i - Husanboyeva Nilufar Kasimbayevna

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: https://www.tg-me.com/talim_murojaat_bot
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мактабларда таълим сифатини ошириш, ўқувчи ўрнини кўпайтириш ва ўқитувчиларни қўллаб-қувватлашга қаратилган устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по приоритетным задачам повышения качества образования и увеличения количества ученических мест в школах, а также поддержки учителей.

#Mirziyoyev #videoselektor #talim #maktablar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2024/09/28 11:21:27
Back to Top
HTML Embed Code: