Telegram Web Link
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Xotira – aziz, qadr – muqaddas. Yurtimizda xotira va qadrlash kunini keng miqyosda nishonlashimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir.

Shunday ekan, bugungi sana munosabati bilan barcha hamyurtlarimiz, hurmatli urush qatnashchilari va mehnat faxriylarimizga tinchlik-omonlik, sog’lik-salomatlik va xonadonlariga baraka tilayman.

Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha taʼlim tizimida ilk bor "Xayr bog‘cha - salom  maktab” tadbiri bo’lib o’tadi

25-may kuni Maktabgacha taʼlim tizimida ilk bor "Xayr bog‘cha - salom  maktab” tadbiri tashkil etiladi.

Musiqiy tadbir shu kuni soat 11:00 da "Xalqlar do‘stligi" sanʼat saroyida bolajonlar va o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida o’tkaziladi.

Tadbirda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda ota-onalar ishtirok etadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir yil muqaddam mamlakatimiz taʼlim tizimida yangi yo‘nalish, gospital pedagogika yo‘nalishida faoliyat olib boradigan taʼlim maskani ish boshlagan edi. “Mehrli maktab” deb nom olgan mazkur  dargoh Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Zamin” Xalqaro jamoat fondi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligi natijasida faoliyatini boshladi. Aytish joizki, ushbu loyiha boshlangan dastlabki kunlaridan to hozirgi kungacha “Учим знаем” gospital maktabi tomonidan nazariy va amaliy jihatdan qo‘llab kelinmoqda.

Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan farzandlarimizning taʼlim va tarbiya olishi uchun tashkil etilgan mazkur maktab bir yillik faoliyati davomida taʼlim tizimida muhim ahamiyat kasb etdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Gospital taʼlim yo‘nalishidagi ushbu muassasa nafaqat maktabgacha va maktab taʼlim, balki sog‘liqni saqlash sohasi uchun ham muhim qadam bo‘ldi. Zero, “Mehrli maktab” sababli bolalar va ota-onalarining ertangi kuniga bo‘lgan ishonchi uyg‘onmoqda.

Markaz shifokorlari bilan suhbatda bo‘lganimda, darslar tashkil etilganidan buyon bolalarning kayfiyatlarida kelajakka va davo topishga bo‘lgan ishonch ortganini qayd etishgan. Bugun maktabda faoliyat olib borayotgan psixologlar nafaqat bolalar, balki ularning ota-onalari bilan ishlash orqali oilalaridagi kayfiyatni ko‘tarish uchun ham bor imkoniyatlarini ishga solmoqda.

Oldinda qilinadigan ishlarimiz juda ko‘p. Loyiha doirasida hududlarda maktab filiallarini bosqichma-bosqich tashkil etish ko‘zda tutilgan.

“Mehrli maktab”ning qalbi mehrga to‘la barcha ustozlari va xodimlarini ushbu sana bilan muborakbod etib, ularning faoliyatida zafarlar tilab qolaman.
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълим ва мактаб таълими тизимини ривожлантириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию системы дошкольного и школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #maktabtalimi #maktabgachatalim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Умумий ўрта таълим мактабларининг битирувчи ёшларига табрик

Поздравление выпускникам общеобразовательных школ

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Aziz bitiruvchilar, qadrli o‘g‘il-qizlar!

Mana, hayotingizdagi eng hayajonli va unutilmas kun ham yetib keldi — siz jonajon maktabingiz bilan xayrlashmoqdasiz…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MAKTAB OILAMIZ EDI, KETISH OG‘IR BO‘LYAPTI

Maktabga kelib, darslarga kirmaganimiz, vaqtimizni zoye ketkazganimiz, maktab davrini qadriga yetmaganimiz...

Ustozlarimizdan kechirim so‘raymiz, bergan bilimlaringizga rahmat, biz sizlarni sog‘inamiz...

Bitiruvchilar iqrori
Maktab yillar bu har bir inson hayotidagi eng ajoyib damlardir. Har birimizning hayotimizda maktab bilan bog‘liq yorqin xotiralar bor.

Bugun 18 yil avval bitirgan maktabimga bordim. Ustozlarimni ko‘rib, ular bilan suhbatlashdim, duolarini oldim. O‘sha sinfxonalardagi partalarda o‘tirib, sinfdoshlarim bilan maktab davrlariga qaytdik.

Toshkent shahridagi 241-maktab... Hozirgiday yodimda, 1-sinfga borganimda meni ustozim O‘g‘iloy opa qarshi olgan edilar. Ularning qo‘llarini tutganimcha yozishni, o‘qishni o‘rgandim. Yuqori sinflardagi har bir ustozimdan olgan saboqlarim keyinchalik oliy ta’lim dargohlarida, hayotda va hatto hozirgacha ish faoliyatimda menga asqatyapti.

Ustozlarimizning bizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashgani, har qanday qiyin vaziyatda ham tushunib, bizga nafaqat ustoz balki do‘st ham bo‘lishganini juda qadrlayman.

Bugun erishgan barcha yutuqlarimda maktabim va undagi ustozlarimning o‘rni beqiyos va men buning uchun ularga minnatdorlik izhor qilaman.
Yaxshi rahbar — bu faqat o‘zining fikri va so‘zlariga bo‘ysunadigan jamoani boshqaradigan inson emas, bu atrofiga hamfikr insonlarni yig‘ib, sohasini rivojlantira oladigan insondir.

Shu bois hududlarda ma’muriy islohotlar doirasida birlashtirilgan maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma rahbarlariga “Ta’limda boshqaruv” mavzusida trening tashkil qilish fikri tug‘ildi.

Ikki kunlik treningda hudud rahbarlari bilan ko‘rishib, har bir viloyat kesimida olib borilayotgan islohotlar, yuzaga kelayotgan muammolar, yangi tashabbuslar, kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni ko‘rib chiqishni maqsad qildik.

O‘tgan besh oy davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga birlashtirilgan tashkilotlar — Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim vazirliklari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, Xorijiy tillar agentliklari, Ta’limni nazorat qilish inspeksiyalari faoliyatini to‘liq o‘rganish imkoni berildi. Endi esa har birimizni oldimizda eng asosiy masala – ta’lim tizimini rivojlantirib, o‘quvchilarni yetuk salohiyatli etib tarbiyalashdan iborat. Davlatimiz rahbari oldimizga qo‘ygan vazifalarni sifatli va shaffof tarzda bajarishimiz, farzandlarimizni sifatli ta’lim bilan ta’minlashimiz lozim.

Ikki kunlik trening davomida hudud rahbarlariga o‘z ustilarida ishlashlari uchun imkoniyat beriladi. O‘zim ham shu ikki kun davomida har bir rahbar bilan muammolarni tahlil qilib, rejalarni tuzib olamiz.

Treningdan eng avvalo, nima xohlayapmiz? Endi qaysi yo‘ldan ketamiz? Buning uchun oldimizda qanday vazifalar turibdi?

Ikki kun davomida mana shu savollar bo‘yicha birgalikda ishlaymiz. Ularga javoblar topib, vazifalar belgilab olishimiz lozim. Biz yangi bosqich “Ta’limda boshqaruv”ning yangicha va zamonaviy tizimiga o‘tishimiz zarur.

Xulosamiz shuki, har bir rahbar o‘zidan boshlamasa, biz ta’limda o‘zgarish qila olmaymiz.
2024/09/28 05:18:31
Back to Top
HTML Embed Code: