Telegram Web Link
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

Agentligimiz tizimida bir-biridan iste'dodli ko'plab yoshlar tahsil olishadi. Ularning har bir yutug'i qalbimizni faxr va iftixorga to'ldiradi.

Kuni kecha Agentligimiz tizimidagi maktablar o'quvchilarining Turkiya davlatida bo'lib o'tgan 14-xalqaro fanlar olimpiadasida g'olib bo'lishgani ham shunday yutuqlarimizning davomi bo'ldi.

Unda o'quvchilarimiz jami 4 ta medal sohibi bo'lishdi:

🥇Farg'ona shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi Nilufar Ibrohimova matematika fanidan 1-o'rinni;
🥈Qo'qon shahar 2-ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o'quvchisi Ahadov Ayyubxon matematika va ingliz tili fanlaridan ishtirok etib, 2 ta kumush medalni;
🥉Farg'ona shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi Fazilatxon Ahadova esa ingliz tili fanidan 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.

📌Mazkur olimpiada joriy yilning 30-oktabridan 6-noyabriga qadar bo'lib o'tdi. Unda o'quvchilarimiz dunyoning 10 dan ziyod mamlakatidan kelgan yoshlar bilan o'zaro kuch sinashishdi.

❗️Keyingi faoliyatingiz va o'qishlaringizda omad yor bo'lsin, aziz yoshlar!

Bizni
kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ziroat Mirziyoyeva Eko-IT oromgohi ishtirokchilariga: "Sizlar tabiatni muhofaza qilishdek muhim missiya elchilarisiz"

Зироат Мирзиёева - участникам Эко-IT-лагеря: "Вы - послы такой важной миссии, как защита природы"


#Eco_IT_oromgohi
#Эко_IT_Лагерь_2022

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram
#Uslubiy_seminar
#Uchinchi_renessans

🔴Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda psixologlari uchun "Uchinchi Renessans - ma'rifatli jamiyat sari" mavzusidagi uslubiy seminarga start berildi.

🔥Bugun yoshlarimizni tarbiyalashda uzluksiz ma'naviy tarbiya tizimini joriy etish juda muhim.

❗️Maktablarimizning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari, psixologlar va tarbiyachi - o'qituvchilari uchun ishlab chiqilgan 3 ta uslubiy qo'llanma ham xuddi shu maqsadga xizmat qiladi.

⚡️Bugungi tadbir doirasida ushbu qo'llanmalar taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

Seminar faoliyatiga omad tilayman!

Bizni kuzatishda davom eting
👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#UchinchiRenessans
#UslubiySeminar

⚡️Rahbar juda kuchli bo'lsin, 5 ta xorijiy tilni bilsin, ilmiy darajasi yuqori bo'lsin, lekin jamoasi qo'llab - quvvatlamasa, u kuchli rahbar emas.

📍 "Uchinchi Renessans - ma'rifatli jamiyat sari" mavzusidagi uslubiy seminar doirasida savollarga ochiq javob berish, muammolarni muhokama qilib, yechim topish maqsadida davra suhbati tashkil qildik🔥

💥Fikrimcha, bu kabi ochiq suhbatlar – jamoani birlashtirish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish uchun eng yaxshi usul.

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
2024/09/28 17:25:54
Back to Top
HTML Embed Code: