Telegram Web Link
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Qashqadaryo

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida Qarshi shahrida tashkil etilgan 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Agentlik rahbari Hilola Umarova so'zga chiqib, yig'ilganlarni samimiy tabrikladi:

- Yurtimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, hamma sharoitlarga ega bunday maktablarning ochilishi Siz yoshlarga qaratilayotgan ulkan e'tibor natijasidir. Zero, biz sizlarning yorqin kelajagimiz bunyodkori bo'lishingizga ishonamiz, aziz yoshlar! Bu yo'lda sizni hamisha qo'llab-quvvatlashga tayyormiz.

Tadbirda Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etishdi.

📌Ochilish marosimidan so'ng Agentlik rahbari maktab o'quvchilari bilan suhbatlashdi hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, bugun Agentlik rahbari Qarshi shahridagi Prezident maktabi va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lib, o'quvchilar bilan samimiy suhbatlashdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Fotoreportaj

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida Qarshi shahrida tashkil etilgan 1-son ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimidan fotoreportaj.
_____

Photo report from the opening ceremony of the specialized school No. 1 established in the city of Karshi under the Agency for Presidential Educational Institutions.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
2024/09/28 19:27:08
Back to Top
HTML Embed Code: