Telegram Web Link
#Zakovat

Bugun Agentligimiz tizimidagi maktablar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yinining respublika bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda maktablarimizdan 26 ta terma jamoa ishtirok etib, 4 tur doirasida o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi.

❗️”Zakovat" o'yinlari asoschisi Abdurasul Abdullayev o’quvchilarimizning savollarga javob berishdagi tezkorliklari, murakkab savollarga ham oson javob topishlarini alohida e’tirof etdi.

Musobaqa yakuniga ko'ra:

🥇1-o'rinni - Namangan shahridagi Prezident maktabi,
🥈2-o'rinni - Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi,
🥉3-o'rinni - Samarqand shahridagi Prezident maktabi jamoasi qo’lga kiritdi.

Sovrindor jamoalarning har bir a’zosi diplom va noutbuklar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, g’olib jamoalarga “Zakovat” stipendiyasi ham berilishi ko'zda tutilgan.

O’yin qizg’in bahslarga boy holda o’tdi. Har bir tur natijalari hayajon bilan qarshi olindi. Shuningdek, o'yin doirasida appelyatsiya jarayonlari ham bo’lib o’tdi.

Aytish mumkinki, bunday o’yinlar yoshlarimizning intellektual salohiyatini oshirish va bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etishda alohida ahamiyatga ega.

O’quvchilarimizga bundan keyingi faoliyatlari hamda o’qishlarida ham omad tilayman.

Zafar hamisha yor bo’lsin, aziz yoshlar!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
#Axborot_xizmati

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida bo'lib o'tgan "Zakovat" intellektual o'yinining Respublika bosqichidan video-lavha.
_____________________
❗️Eslatib o'tamiz, final bellashuvida Namangan shahridagi Prezident maktabi 1-o'rin, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 2-o'rin va Samarqand shahridagi Prezident maktabi 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Осиёда ҳамкорлик ва ишонч чоралари бўйича кенгашнинг Остона саммитида нутқ сўзлади.

Сўзининг аввалида давлатимиз раҳбари ўтган давр давомида ушбу тузилма хавфсизликни таъминлаш, Осиёда ўзаро ишонч ва барқарор тараққиётни мустаҳкамлаш масалалари бўйича кенг ва очиқ мулоқот учун муҳим майдон сифатида ўзининг ғоятда зарур эканлигини кўрсатганини таъкидлади. Ўзбекистон форумни трансформация қилиш масаласи бўйича қўшма фаолиятда иштирок этишга тайёрлигини билдирди.

Шунингдек, давлатимиз раҳбари экология ва иқлим ўзгариши муаммоларини ҳал қилиш учун саъй-ҳаракатларни бирлаштиришни ҳамда мамлакатларимизни жадал кўкламзорлаштириш ва экотизимлар боғлиқлигини қўллаб-қувватлаш масалалари бўйича “Яшил Осиё” концептуал дастурлари доирасида доимий эксперт маслаҳатлашувларини йўлга қўйишни таклиф қилди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IQTIDORLI_TALABALAR

"Nega aynan “Yangi O‘zbekiston” universitetini tanladingiz?"

54-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medal sovrindori Maftuna Badalova bilan intervyu tashkillashtirib, nega aynan "Yangi O'zbekiston" universitetini tanlaganligi haqida suhbatlashdik.

📌 Ma'lumot uchun, Maftuna Badalova 56-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ham qatnashib kumush medali sohibasi bo'lgan.


#Intervyu #Nega_Yangi_Oʻzbekiston_universitetini_tanladingiz

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
#Tashabbus
#Support

⚡️Bir necha kun avval Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o'quvchilaridan iborat jamoalar o'rtasida "Zakovat"🧠 turnirini tashkil etgan edik.

Ushbu loyihaning mantiqiy davomi sifatida Andijon viloyatidagi maktablarimiz pedagoglari ham ana shunday turnir o'tkazishibdi🏆

Bu kabi tashabbuslarni to'liq qo'llab-quvvatlayman!

Siz har jabhada o'quvchilarimizga o'rnaksiz, aziz USTOZLAR !👏

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#BuyukBritaniya
#Ustozlar
#Experience

💥Ayni vaqtda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 9 nafar o'qituvchilarimiz Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida malaka oshirish dasturida ishtirok etishmoqda.

Fikrimcha, chet el tajribalarini o'rganish, til bo'yicha ko'nikmalarini mustahkamlash uchun eng yaxshi usul - aynan ana shu xorijiy davlatda amaliyot o'tash.

Bu kabi hamkorlik dasturlari kelgusi faoliyatimiz uchun manfaatli bo'lishiga ishonaman!✨️

◾️◾️◾️◾️

💥Currently, 9 of our teachers in the system of the Agency for Presidential Educational Institutions are participating in the training program in Nottingham, Great Britain.

In my opinion, the best way to learn about foreign experiences and strengthen language skills is to do an internship in this foreign country.

I believe that such cooperation programs will be beneficial for our future activities✨️

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#XorazmiyMaktabi
#ITSchool
#Motivatsiya

💥Har gal o'quvchilar bilan suhbatlashganimda yangi takliflar, g'oyalar, eng asosiysi, motivatsiya va kuch olaman.

Faoliyatim davomida amalga oshiradigan amaliy ishlarimni 📑ham aynan maktab o'quvchilarining talab va takliflaridan kelib chiqib rejalashtiraman.

🔥Ko'zi yonib turgan, mehnat qilishdan, izlanishdan to'xtamayotgan bolalarimizning kelajagi porloq bo'lishiga ishonaman !

P/s:
To'g'risi, dars jarayonlariga xalaqit bermaslik uchun ham bolalar bilan tushlik yoki tanaffus vaqtida gaplashishga harakat qilaman. Fikrimcha, aynan shunday vaqtlarda, bolalar har qanday to'siq va stereotiplardan holi bo'lishadi

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
2024/09/28 21:23:57
Back to Top
HTML Embed Code: