Telegram Web Link
"UCHKO'PRIK TAJRIBASI" – TAQSIMLASH TARMOQLARIDAGI YO‘QOTISHLARNI QISQARTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLARGA KIRISHILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energetika sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni talablari ijrosini ta’minlash hamda taqsimlash tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni hududlar kesimida bosqichma-bosqich qisqartirish choralarini ko‘rish maqsadida bugun Uchko‘prik tuman elektr ta’minoti korxonasida "Farg‘ona HETK" AJ rahbariyati, tuman sektor rahbarlari, viloyatning barcha tuman va shahar ETK boshliqlari, mahalla faollari ishtirokida podstansiyalar, yuqori va past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarida texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish, noqonuniy foydalanish holatlariga barham berish, samaradorlikni oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil:

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish uchun endi bozorga yoki do‘konga borish shart emas. Hammasini energymarket.uz elektron platformasida bajarasiz.

Platforma orqali quyosh stansiyasi va quyosh suv isitgichlarini sotib olish uchun onlayn ariza yuborsangiz kifoya. Siz tanlagan mahsulotni tadbirkor uyingizga yetkazib, o‘rnatib beradi.

To‘lovlar 2 xil usulda: qurilmalar xarajatlarning 30 % gacha qismiga kompensatsiya yoki 36 oygacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali amalga oshiriladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
"Soliq" mobil ilovasiga “Quyoshli xonadon” xizmati orqali 2025 yilning bugungi kun holatiga 34 147 ta arizalar kelib tushdi

Bu haqda AOKAda о‘tkazilgan brifingda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqarma boshlig‘i Saodat Ibragimova ma’lum qildi.


✔️Shulardan, 180 ta ariza kо‘rib chiqish jarayonida bо‘lsa, 25289 ta ariza qabul qilinib, arizalar bо‘yicha xonadonlarda umumiy quvvati 113 MVt bо‘lgan quyosh panellari о‘rnatilgan.

✔️2023 yildan hozirgi kunga qadar 47 mingdan ortiq aholida 13,5 mln.kVt.soat ijobiy farq aniqlanib subsidiya ajratish uchun Davlat Soliq qо‘mitasiga rо‘yxatlar yuborilgan.

✔️2024-yilda 10 826 nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga о‘tkazgan quyoshdan ishlab chiqilgan elektr energiyasi uchun 12 mlrd dan ortiq sо‘m mablag‘ byudjetdan subsidiya olgan.

Video:

UzA.uz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
SERGELIDA KABELLARNI YANGILASH ISHLARI JADDALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Sergeli tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tuman hududidagi istemolchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, mazkur tumanning «Farog`atli» hamda «Quruvchilar» dahalari hududidagi koʻp qavatli aholi yashash xonadonlarini elektr ta'minotini yanada yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarini yangilash maqsadida, umumiy uzunligi 17 km bolgan 10 kVli yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
2025/02/05 20:13:37
Back to Top
HTML Embed Code: