Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
No_comment |Samarqand viloyatida energotejamkorligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ nomidan noma’lum ilovani havola orqali yuklab olib,  barcha kommunal to‘lovlar uchun 200.000 so‘m taqdim etilishi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari"  AJ mazkur xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qilgan holda bunday ilovalarni ko‘chirib olmaslik va tavsiya etilgan havolalarga kirmaslikni so‘rab qoladi.

Iste’molchilardan zarur hollarda rasmiy "HET BILLING”  mobil ilovasini Google play hamda App store orqali bepul yuklab olishlari mumkinigini eslatib o‘tamiz.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Dual ta’lim – ta’lim yо‘lidagi sifatli islohot

Bugun, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ning “Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi” filialida Islom Karimov nomidagi TDU “Elektr ta’minoti” kafedrasi filialinining ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi.

Ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev rahbarligida 2024 yil 20 iyun kuni kengaytirilgan tarzda muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Oliy ta’lim muassalari hamda vazirlik, tashkilot rahbarlari oldiga yuqori malakali muhandislar tayyorlash maqsadida bir qator vazifalar qо‘yilgan edi.

Xususan, barcha muhandislik oliygohlari hamkor korxonalarida kafedralar ochish va dual ta’limni yо‘lga qо‘yish hamda amaliyot va bitiruv kursdagi ta’lim tо‘liq hamkor korxonalarda tashkil qilinishi haqida alohida topshiriq berilgan.

Batafsil

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholiga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish hamda hududlarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tumaniga zarur jihoz va uskunalar yetib keldi.

Olib kelingan materiallar tez muddatda tumanning belgilangan hududlarida elektr ta’minotidagi mavjud muammolari hal etish maqsadida o'rnatish ishlari olib boriladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OʻZ KASBINING FIDOYILARI

Bizni sohaga ham e’tibor katta bо‘lmoqda, deydi о‘z umrini 32 yil energetika sohasiga bag‘ishlagan farg‘onalik Abdulahad Temirov.Ilgari bizni sohada ishlash qiyin bо‘lgan, cheklovlar kо‘p bо‘lar edi. Elektr qurilmalarini uchun ehtiyoj qismlar olish qiyin bо‘lardi, hozirgi kunga zarur jihozlar yetarlicha. Sodir bо‘lgan avariyaviy hodisalarni tezkor hal qilyapmiz.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
MО‘G‘ILSTONLIK MUTASADDILAR ASKUE TIZIMINI JORIY ETISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI BILAN TANISHDILAR

Bugun, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki tashabbusi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurgan Mo‘g‘uliston hukumati delegatsiyasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish markazi” filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Markazda mutasaddilar mehmonlarga tizim imkoniyatlari haqida gapirarkan, bu yerda dunyoning yetakchi davlatlarida ishlab chiqarilgan server qurilmalari o‘rnatilgani, ulardagi dasturiy ta’minot orqali qariyb 20,0 mln. iste’molchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjudligi haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Tanishuv doirasida, shuningdek, delegatsiya a’zolari uchun Jamiyat tomonidan elektr energiyasini hisobga olish va nazarot qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish hamda orttirilgan tajriba va natijalar xususida taqdimotlar o‘tkazildi.

Batafsil

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
2025/02/06 06:54:46
Back to Top
HTML Embed Code: