Telegram Web Link
Energetika vazirligida “Men donorman” xayriya aksiyasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 16-yanvar kuni Energetika vazirligi binosida “Men donorman” xayriya aksiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Aksiyaning maqsadi og‘ir jarohatlar yoki saraton kasalligi bilan og‘rigan, murakkab operatsiyalardan so‘ng qon quyishga juda muhtoj bo‘lgan bemorlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Bunday tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish kasalxonalar va tibbiyot markazlarida qonning yetarli darajada ta’minlanishiga yordam beradi.

—————

В Министерстве энергетики
пройдет благотворительная акция «Я – донор»

16 января текущего года в здании Министерства энергетики запланировано проведение благотворительной акции «Я – донор».

Цель акции — поддержка пациентов с тяжелыми травмами или раком, которые после сложных операций остро нуждаются в переливании крови.

Регулярное проведение подобных мероприятий способствует адекватному обеспечению медицинских учреждений кровью.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi doirasida mobil ilova ham ishga tushirilgan edi.

Mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ilovani yuklab olish, kirish, ro‘yxatdan o‘tish hamda foydalanish xususida yangi videoqo‘llanma tayyorlandi.

Iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS  operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“ZIYO” MAHALLASIDAGI TRANSFORMATOR PUNKTINING QUVVATI OSHIRILDI

Poytaxt energetiklari tomonidan qish mavsumida iste`molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik hamda sodir boʻlgan uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, 24 soatlik navbatchilik asosida ish faoliyati olib borilmoqda.

Xususan, Olmazor tumanidagi “Ziyo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan transformator punkti yillar davomida iste’molchilarning sonini ortishi hamda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning oshishi natijasida o‘ta yuklama bilan ishlab kelayotgan edi.

Tuman elektr ta`minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan ushbu mahalla fuqarolar yig‘ini hududini elektr tarmoqlarini yaxshilash maqsadida, mavjud ortiqcha yuklama bilan ishlab kelayotgan 250 kVA bo`lgan transformator quvvati 400 kVA bo’lgan yuqori kuchlanishli yangi transformatorga almashtirildi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektr energiyasidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalaning. Bugun hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz.

Elektr energiyasidan foydalanar ekanmiz, bu ne’matni iste’molimizga yetib kelguniga qadar qanchalar mashaqqatli mehnat va mablag‘ sarf etilishini anglashimiz lozim.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tayyorlangan mazkur rolik har birimizni elektr energiyasidan tejamkorlik va oqilona foydalanishga undaydi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan yuklama bilan ishlab kelayotgan elektr uzatish tarmoqlarini yukini yengillatish uchun yangi tarmoq qurish ishlari davom etmoqda.

Ayni vaqtda Andijon shahrining “Dalvarzin” MFY hududida “Baxt” podstansiyasidan chiquvchi “Jalavek” elektr uzatish tarmog’ini yukini yengillatish maqsadida qo’shimcha alohida 2,5 km uzunlikdagi 6 kV tarmoq qurish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu tarmoq qurilishi natijasida Andijon shahrining “Dalvarzin”, “Cho’lpon 100 yilligi”, “Hursandlik”, “Nayzaqayrag’och” MFY hududlari hamda Oltinko’l tumanining “Qo’shtepa”, “Mustaqillik” MFY hududlarida joylashgan 10 mingdan ortiq aholi – xonadonlarining elektr energiyasi sifati yaxshilanishiga erishiladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikda yangi davrni boshlab berdi.

—————

Официальный визит Президента Шавката Мирзиёева в Объединенные Арабские Эмираты положил
начало новой эпохе в сотрудничестве двух стран.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYA – SIZ VA BIZNING XAVFSIZLIGIMIZGA QARSHI JINOYAT

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumini betalofat о‘tkazish maqsadida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Информация о мерах, реализованных со стороны АО "Региональные электрические сети" по обеспечению стабильной работы электросетей в осенне-зимний период 2024-2025 гг.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Birozdan sо‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.


Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по обсуждению результативности проводимой работы и основных задач в сфере привлечения инвестиций и увеличения экспорта.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
2025/02/06 21:55:55
Back to Top
HTML Embed Code: