Telegram Web Link
Оғзидан сут ҳиди кетмаган гўдаклар биз фалон жойга ташриф буюрдик, деб бир ўзини кўплик шаклида тақдим қилмоқда.
Ташриф буюрмоқ феъли учинчи шахсга нисбатан икки мақсадда ишлатилади.

Биринчиси, юксак мартабали шахсга нисбатан эҳтиром рамзи сифатида.
Иккинчиси, эҳтиромга арзимайдиган одамга киноя шаклида.

Лекин, бу феъли бошқа ўринда, айниқса оламнинг султони бўлса ҳам одам ўзига нисбатан ишлатиши мумкин эмас. Бу аввало саводсизлик, кейин нокамтарлик ҳисобланади.

Ташриф буюрмоқ феъли, келиши билан манзилни шарафлантирди, гарчи арзимаса ҳам эътиборига арзитиб келди, деган маъноларни билдиради.

Гўзаллик - оддийликда. Бордим, келдим деб қўяверса ҳам бўлади шуни. Шундай деган билан ямоқ кийимнинг оҳори тўкилиб колмайди

@hamzajumayev
#bolaga_kitob_bering

Чилонзор тумани 291- МТТ ва @asaxiybooks лойиҳаси ҳамкорлигида болаларни китоб билан дўстлаштириш акцияси ўтказибди.

Боланинг гаджетларга муте бўлиб ўсиши - бугуннинг муаммоси. Балки бу акция ота- оналарга алтернатив ечим бўлар...

@hamzajumayev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💫Орзуингизни куттириб қўйманг: Инновация ва стартаплар учун ажойиб ечим - Алоқабанкни танланг!

🏦Алоқабанк билан ҳамкорлик қилиб, орзулари ушалган Стартаплар сони кундан кунга ортиб бормоқда. Уларнинг муваффақиятлари билан Сизларни таништирмоқчимиз!

🤷🏻‍♂️Сиз ўз стартапингизни қачон бошлайсиз?

🏦Алоқабанк - ғояларга ҳаёт берамиз!

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqinda Turkiyada bo‘lib qaytdim. Umuman dunyo kezish istagi menda pandemiyadan keyin kuchaydi. Arzimagan virus, bittagina dori, shunchaki bir avtohalokat hayotimizga nuqta qo‘yishi mumkin ekan, nega orzular, istaklarni keyinga suraveramiz?

Dunyo kezish moliyaviy faktorga albatta bog‘liq. Lekin, bu ko‘proq xohish izmidagi ish. Uyimiz hammanikidan baland bo‘lishi, haydamasak ham ayvonda bitta mashina turishi, hammani hayron qoldiradigan to‘y qilishimiz shartmas. Shunaqa ishlarga qanday qilib bo‘lsa ham pul topamiz ku. Nega sog‘ligimiz, sayohat uchun tejaymiz?

Millat sifatida kuchli bo‘lish uchun, avval orzu havaslarni o‘zgartirish kerak nazarimda...

Xullas, dunyo kezing. Biz ortidan quvayotgan narsalar, muhokama qilayotgan mavzular qanchalik maydaligini tushunib yetasiz.

@hamzajumayev
Rasmsiz post.

Rost24 tadbiri haqida hamma gapirib bo‘ldimi? Endi gap bunday. Xullas, bir narsani payqab qoldim. Taqdimotda yilning eng faol deputati Расул Кушербаев bo‘ldi. Eng faol viloyat kengashi deputati deb samarqandlik Dilfuza opa e'lon qilindi.

O‘ylab qarasam ikkisining ham mutaxassisligi jurnalist. Bir paytlar jurnalist Olimjon Usarov deputat bo‘lganida ancha faol edi. Shu parlament yoki kengash deputatlik saylovlarida jurnalistlar ko‘proq o‘z nomzodini qo‘ysa va saylovchilar ularga ko‘proq ovoz bersa deputatlar ancha jonlanarkan deb o‘ylab qoldim. Jurnalist va deputatning ishi bir biriga juda yaqin. Yana bir jihati, parlament so‘zi, "gapirmoq" ma'nosini anglatadigan bo‘lsa u yerda jim o‘tirib tugmacha bosish mantiqsizlik. Haqiqiy jurnalist esa jim o‘tirolmaydi, gapiradi, gapiraveradi...

Nima dedinglar?

@hamzajumayev
DUNYO SENING DARDINGDA, SEN MAISHAT DARDIDA...

Tun. Soat 01:00. 50 metr naridagi "Moda" nomli restoranning gurs gurs musiqasidan yer zirillaydi. CHilonzor tumani "Novza" mahallasi "E" mavzesidagi bu restoranni bir turk tadbirkor yuritadi. Ha, o‘sha hamma zilzila qurbonlariga ichi kuyayotgan, prezidenti 7 kunlik motam e'lon qilgan mamlakat fuqarosi yuritadi. Bir haftadan buyon qayg‘udan zada bo‘lgan, qardosh o‘zbek xalqi qo‘shilib motam tutayotgan bir paytda, o‘sha millatga mansub kishining yon atrofdagi uylar aholisining tinchini buzgani kamdek, tun yarmidan o‘tkazib yallo qilishini shaxsan men hazm qilolmadim.

O‘z millati dardini nazarga ilmagan odam o‘zga millat odamlarini sariq chaqaga olarmidi? Qari bor, bemor bor, bola bor demay gursillatib musiqa qo‘yadi. Hatto ovoz o‘tkazmas romlar ham zirillaydi, uyqu yo‘q. Hali bu qishning kunida. Yozda- oynalar ochiq turadigan kunlarda bundan ham battar. Mayli, uyam tadbirkor, soliq to‘laydi, deb indamasdik. Lekin, kecha tundagisi oshib tushdi.

Internetdan amallab raqamini topib, musiqani o‘chirishni naq 3 marta talab qilsak ham tinaqolmaydi. Hozir, deydi, yana "gurs gurs" 1:20 da tinadi nihoyat. Lekin, buzilib bo‘lgan asab uyqu bermaydi. Vayronalar ostida begunoh bolalar o‘rniga nega shunaqalar qolib ketmaydi, degan o‘y tonggacha miyani egovlaydi, egovlayveradi...

Aniq bilaman, restoran yonidan o‘sha soatgacha kamida 3 marta ichki ishlar, gvardiya mashinasi o‘tgan. Lekin, bu atrofda xalqni o‘ylaydigan organ borligi bilinmaydi. Arz qilsang, o‘sha kuni natija bo‘ladi, ertasiga yana "gumbur gumbur, darang durung"

Avval ko‘p kirardim. Ko‘pchilikka tavsiya qilardim. Lekin, kecha tundagi holatdan keyin u yerni yelkamning chuquri ko‘rsin! Bezovta bo‘lganimdan emas bu. Bir millat boshiga ish tishganda maishatini buzmagan o‘sha millat farzandining harakatidan shu qarorga keldim.

@hamzajumayev
Har shovqinning unsiz dirijori bor...

@hamzajumayev
#boburday #stopvalentinday

Illo ki, bugunni bayram qilish kerak bo‘lsa...

@hamzajumayev
#buxoroliklar

Buxorolik Muhammadali bizning mahalladan. Men oʻqigan 25- maktabda oʻqigan. Yutuqlari haqida koʻp eshitgandim. Bunisi rostdan ham maqtanishga arziydigan ish boʻldi. IELTS dan 9 olgan 2 oʻzbekning biri va eng yoshi boʻldi u.

Yasha jiyan! Sendan umidimiz katta!

Бухоролик Муҳаммадали бизнинг маҳалладан. Мен ўқиган 25- мактабда ўқиган. Ютуқлари ҳақида кўп эшитгандим. Буниси ростдан ҳам мақтанишга арзийдиган иш бўлди. IELTS дан 9 олган 2 ўзбекнинг бири ва энг ёши бўлди у.

Яша жиян! Сендан умидимиз катта!

@hamzajumayev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Конституциявий ислоҳотлар амалда. Журналистларнинг фаолиятига тўсқинлик қилишга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ.

@yangidavr_rasmiy
2024/09/23 08:25:25
Back to Top
HTML Embed Code: