Telegram Web Link
Amerikada to'liq moliyalashtirilgan holda ilmiy tadqiqot qilish imkoniyatini beruvchi Fulbright Visiting Scholar Program dasturi

Talablar
— Nomzodlar Oʻzbekiston fuqarosi/rezidenti boʻlishlari lozim;
— PhD/unga tenglashtirilgan darajaga ega boʻlish yoki tanlangan taʼlim sohasida kamida 10 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan tajribali mutaxassis boʻlish kerak;
Fulbright Junior Faculty dasturi uchun oliy oʻquv yurtida kamida 3 yillik toʻliq tajribaga ega ilmiy ish qilishni istaydigan oʻqituvchilar ariza topshirishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— Amerikaga borish-kelish xarajatlari to'liq qoplanadi;
— To'liq moliyaviy yordam va tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi;
— Ilmiy ishlariga oid Amerika madaniy boyliklardan foydalanish imkoniyati.

Oxirgi muddat
16.09.2024 18:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/90731

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Qaysi DAAD grantiga topshira olaman?

🇩🇪 DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst) – Germaniyaning ilmiy almashinuv dasturi bo'lib, u o'z ichiga bir nechta grantlarni o'z ichiga oladi.

✍️ Eng mashhur DAAD grantlari yo'nalish bo'yicha qanday bo'linganini esa yuqoridagi jadvaldan ko'rishingiz mumkin. Yo'nalish bo'yicha grant turini tanlab olganingizdan keyin esa ularning batafsil talablari, hujjat topshirish dedlaynlari va boshqa ma'lumotlarni quyidagi maqoladan topishingiz mumkin:

👉 Qaysi DAAD grantiga hujjat topshirsam boʻladi?

👨‍🏫 Yuqoridagi DAAD grantlariga topshirish bo'yicha batafsil yordamni esa bizning mentorlik kursimizdan olishingiz mumkin:
🎓 DAAD mentorlik kursi 3.0

DAAD Hamjamiyati
💬 @DAAD_Community

#daad #scholarships

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. Jurnalistika va mediaga qiziquvchi yoshlar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh — ICYF International Media Training Camp
👉 https://grantgo.uz/go/81303

Telegram | YouTube | Mentorlik
Qabul muddati uzaytirildi!

Jurnalistika va mediaga qiziquvchi yoshlar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh — ICYF International Media Training Camp

Talablar
— Mazkur dastur qatnashchilari 18-25 yosh oralig'ida bo'lish kerak. O'zbekiston fuqarolari qatnasha oladi!
— Ingliz tilini bilish kerak. Til bilish sertifikati talab qilinmaydi.

Foydali tomonlari
— Ushbu dasturda qatnashish bepul;
— Dastur ishtirokchilarining turarjoy, oziq-ovqat va mahalliy shahar sayohati bilan bog'liq xarajatlari qoplanadi;
— Mahalliy transport (aeroport/avtovokzaldan oromgoh hududi va oromgoh hududidan aeroport/avtovokzalgacha) xarajatlari to'lab beriladi.

Oxirgi muddat
19.08.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/81303

#yozgi_va_qishki_maktablar #qisman_moliyalashtiriladi #Turkiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
AQSHdagi o'qish bepul bo'lgan va yashash xarajatlarini qoplab beruvchi Berea Kollejida bakalavr bosqichini o'qish imkoniyati

Talablar
— Jinsi, irqi, yoshi va millatidan qat'i nazar, barcha dasturga ariza topshirishi mumkin;
— Moliyaviy yordam uchun belgilangan talablarga javob berishi lozim;
— Baholari (GPA 3.50+) yoki ACT/SAT natijasi yuqori bo'lgani ma'qul va b.

Foydali tomonlari
— 100% grant va yashash xarajatlari qoplab beriladi;
— Keyingi yildan boshlab yashash xarajatlarini qoplashlari uchun talabalarga ishlashga ruxsat beriladi (haftasiga 15-20 soat ishlab yiliga $2,000dan ko'proq jamg'arish);
— Birinchi o'quv yilida bepul noutbuklar bilan ta'minlanadilar.

Oxirgi muddat
31.12.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/28893

🔥 "Amerika orzusi"da yurgan tanishlaringizga postni ulashib qo'ying!

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Singapur davlatida doktorantura (PhD) bosqichida o'qish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi SINGA grant dasturi

Talablar
— Tadqiqot qilishga qiziquvchi va yuqori akademik salohiyatga ega barcha xalqaro talabalar ariza topshirishlari mumkin;
— Ingliz tilida yozma va og'zaki ko'nikmalari yaxshi bo'lishi;
— Akademik darajaga ega insonlardan tavsiyonamalarga ega bo'lish.

Foydali tomonlari
— Kontrakt to'liq qoplanadi;
— Oylik 2700 Singapur dollari miqdorida stipendiya, malaka imtihoni topshirgandan keyin 3200 Singapur dollariga oshiriladi;
— 1500 Singapur dollari miqdoridagi aviachiptalar uchun bir martalik grant beriladi.

Oxirgi muddat
01.12.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/49215

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Singapur

Telegram | YouTube | Mentorlik
BMT “Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti” (FAO) tomonidan turli soha vakillari uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturi

Talablar
—O'zbekiston fuqarolari qatnasha oladi;
— Ariza topshirayotgan paytda nomzodlar bakalavr yoki magistr bosqichida tahsil olayotgan bo'lishlari lozim;
— Ingliz, fransuz, ispan, arab, xitoy yoki rus tillaridan kamida birida erkin suhbatlasha olishlari zarur.

Foydali tomonlari
— Har oy $700 miqdorda stipendiya olish imkoniga ega bo'lishadi;
— O'z sohasida tajriba va ko'nikmalarni qo'lga kiritish, tengdoshlari bilan fikr almashish imkoniga ega bo'ladilar.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/21543

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #qisman_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. Ilgʻor texnologiyalar markazi tomonidan C.A.T. Science Accelerator 6.0 — ilmiy akseleratori startaplar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/69772


5 kun qoldi:
1. IT bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining startap tanlovi — President Tech Award. Bosh sovrin $100 000!
👉 https://grantgo.uz/go/47684

Telegram | YouTube | Mentorlik
Barcha til o'rganuvchilari uchun CEFR standardlariga asoslangan bepul nemis tili kursi

Talablar
— Dasturda nemis tilini o'rganmoqchi bo'lgan barcha nomzodlar qatnashish huquqiga ega;
— Kursdan hozirgi paytda nemis tilini o'rganayotganlar qo'shimcha yoki asosiy kurs sifatida foydalanishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— Dasturni onlayn tarzda bemalol, qulay vaqtda o'rganish mumkin;
— Kursda 25 000 dan ortiq til o'rganish va lug'at bo'yicha mashqlar; 150 dan ortiq grammatik mavzudagi testlar mavjud.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/28950

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
BMT tomonidan 36 yoshgacha bo’lgan barcha uchun Italiyada o'tkaziladigan xalqaro forum — World Food Forum 2024

Talablar
— Dasturga qiziqqan 36 yoshgacha bo'lgan barcha qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar oziq-ovqat bilan bog'liq yoshlar tashkiloti yoki tarmoq a’zosi (masalan: qishloq xo'jaligi, rivojlanish, iqlim o'zgarishi yoki boshqa tegishli soha), agro-oziq-ovqat tizimlarining turli yo'nalishlari bo'yicha talaba bo'lishi kerak;
— Ingliz tilini yuqori darajasida bilish lozim va b.

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Dunyo bo'ylab soha bo'yicha yetakchi mutaxassis va barcha yoshdagi istiqbolli yoshlarni birlashtiradi;
— Forum ham oflayn ham onlayn shaklda o'tkaziladi.

Oxirgi muddat
25.08.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/43676

#sammit_va_konferensiyalar #bepul #Italiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Germaniyaning Gamburg universitetida istalgan soha bo'yicha barcha bosqichlarda o'qish uchun grant dasturi — Merit Scholarship Program

Talablar
— Germaniya fuqarosi bo'lmaslik lozim;
— Gamburg universitetida kamida 2 semestr oʻqish uchun roʻyxatdan oʻtgan boʻlish kerak;
— Boshqa stipendiya sovrindori yoki unga nomzod bo'lmaslik kerak;
— Yuqori akademik ko'rsatkichlarga ega bo'lish zarur.

Foydali tomonlari
— Har oy 930 yevrogacha miqdorda stipendiya taqdim etiladi;
— Doktorantura bosqichi talabalariga har oy 1,200 yevro miqdorida stipendiya berilishi mumkin.

Oxirgi muddat
15.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/46817

🤝 Yevropada o'qish uchun grant qidirib yurgan tanishlaringizga ulashib qo'ying!

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Fizika va matematika fanlari bo'yicha Phystech.International onlayn olimpiadasi

Talablar
— Olimpiadada bakalavr bosqichini Moskva fizika-texnika institutida grant asosida o'qishni istagan barcha davlat fuqarolari qatnashishlari mumkin;
— Maktabni yoki o'rta-maxsus ta'lim shaklini tugatish arafasida turgan o'quvchilar ham qatnashish imkoniyatiga ega.

Foydali tomonlari
— Olimpiadadan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar Moskva fizika-texnika institutida grant asosida o'qishga kirish imkoniyatiga ega bo'lishadi;
— Fizika va matematika bo'yicha olgan bilimlarni sinab ko'rish imkoniyati bo'ladi;
— Olimpiadada dunyoning istalgan qismidan turib onlayn qatnashish mumkin.

Oxirgi muddat
15.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/15238

#tanlovlar #grant #Rossiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. Jurnalistika va mediaga qiziquvchi yoshlar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh — ICYF International Media Training Camp
👉 https://grantgo.uz/go/81303


5 kun qoldi:
1. Kanadada magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturlarida bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi McCall MacBain Scholars dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/91530

2. Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetidan magistratura bosqichini nevrologiya yoʻnalishida onlayn oʻqish uchun toʻliq grant
👉 https://grantgo.uz/go/23981

3. Ozarbayjonning Boku shahrida iqlim oʻzgarishi boʻyicha tоʼliq mоliyalashtiriladigan 11 kunlik xalqaro konferensiya — COP29 dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/15345

Telegram | YouTube | Mentorlik
Yoʻnalishidan qatʼi nazar barcha bosqich talabalari uchun biznes-rejalar tanlovi. Tanlov gʻolibiga — 2000 Kanada dollari!

Talablar
— Ayni paytda universitet/kollejda o'qiyotgan talaba bo'lishi yoki 2024-2025-yilda o'qishni boshlash uchun universitetdan qabul xatini olgan bo'lishi kerak;
— Hozir o'qiyotgan yoki kelajakda o'qimoqchi bo'lgan ta'lim muassasasi bilan yaxshi aloqada bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
— Tanlov g'olibiga Kanadaning mashhur yuridik firmasi Heer Lawtomonidan 2000 Kanada dollari (1,463 AQSH dollari) mukofot sifatida beriladi.

Oxirgi muddat
31.12.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/14263

#tanlovlar #mukofot #Kanada

Telegram | YouTube | Mentorlik
14-18 yosh oralig'idagi barcha uchun insholar tanlovi — ICU Global Youth Essay Competition. G'olibga Yaponiyaga bepul sayohat!

Talablar
— Hozirda Yaponiyadan tashqarida yashayotgan 14-18 yosh oralig'idagi barcha yoshlar qatnashishi mumkin (2024-yil 9-oktyabr holatiga ko'ra);
— Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
— Nomzodlar inson huquqlari va hozirda yuz berayotgan dolzarb voqealar haqida insho yozishlari kerak.

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— 1-o'rin uchun: g'olib va uning vasiysiga Tokioga borish-kelishi uchun aviachipta yoki 100,000 yen miqdorida pul mukofoti beriladi;
— 2-o'rin uchun: 50 000 yen;
— Shuningdek, 3-o’rin sohiblari (10 nafar) ham rag’batlantiriladi.

Oxirgi muddat
09.10.2024 19:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/91781

#tanlovlar #mukofot #Yaponiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Central Asian University talabalari safidan oʻrin olgan kunim, oldimda qanday imkoniyatlar ochilishini va hayotim qanchalik o‘zgarishini tasavvur ham qilolmasdim" - Muhammad Ali Turg‘unboyev hikoyasi

Andijonlik Muhammad Ali katta qadam tashlashga ahd qildi — u o‘z orzusiga ergashish va poytaxtni zabt etish uchun ona yurtini tark etdi.

Central Asian Universityʼda Ali nafaqat bilim, balki chin do‘stlar, ish, keng qamrovli loyihalar va o‘ziga bo‘lgan ishonchni ham topdi.

Muvaffaqiyat hikoyangizni Central Asian University bilan birga boshlang — hujjatlaringizni bugunoq topshiring!

Batafsil maʼlumot olish uchun qo‘ng‘iroq qiling:
📞+998712081234

Hujjatlarni topshirish | Telegram Bot
Istalgan soha bo'yicha Germaniya universitetlariga qabul qilingan barcha bosqich talabalari uchun Friedrich Ebert Foundation Scholarship dasturi

Talablar
— Nomzod Germaniya universitetlaridan biriga hujjat topshirgan va qabul qilingan bo'lishi kerak;
— Nemis tilini bilish talab etiladi. Kamida DSH level 2, Test Deutsch als Fremdsprache 4 yoki ekvivalent darajaga ega bo'lishi kerak;
— Yuqori akademik ko'rsatkichga va Ijtimoiy va siyosiy bilimga ega bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
— Bakalavr talabalari uchun - oyiga 830 yevro;
— Magistratura talabalari uchun - oyiga 850 yevro stipendiya beriladi;

Shuningdek, oila a'zolari uchun qo'shimcha nafaqa puli ham mavjud!

Eslatma: dasturga arizalar doimiy qabul qilinsa ham, ayrim yо'nalishlar uchun oxirgi muddat belgilangan!

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/48798

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Ilgʻor texnologiyalar markazi tomonidan C.A.T. Science Accelerator 6.0 — ilmiy akseleratori startaplar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/69772


3 kun qoldi:
1. IT bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining startap tanlovi — President Tech Award. Bosh sovrin $100 000!
👉 https://grantgo.uz/go/47684

Telegram | YouTube | Mentorlik
18 yoshdan yuqori barcha uchun vatanparvarlikni madh etuvchi ijodiy ishlar bo'yicha yutuqli tanlov

Talablar
— Tanlovda 18 yoshdan yuqori barcha ijodkorlar qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar vatanparvarlikni madh etuvchi ijodiy ish (videorolik, qo'shiq yoki she’r) yaratishlari lozim.

Foydali tomonlari
— “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo’shiq” nominatsiyasi g’oliblariga 20 million so'mdan 50 million so’mgacha;
— “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik” g’oliblari 10 million so’mdan 30 million so’mgacha ;
— “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r” g’oliblari 5 milliondan 20 million so’mgacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Oxirgi muddat
Iloji boricha tez

Batafsil
https://grantgo.uz/go/34350

#tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Yoshlar ishlari agentligidan iqtidorli yoshlar uchun Kasblar tanlovining ilk bosqichi

Talablar
— Tanlovda yosh quruvchi (suvoqchi), dizaynerlik (tikuvchi), elektromontaj, novvoychilik va payvandlash yo'nalishlarida faoliyat olib borayotgan barcha yoshlar qatnashishi mumkin;
— Nomzod o'zi tanlagan yo'nalish bo'yicha iqtidorini namoyish qila olish kerak.

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— 1-o'rin sohiblari 2025-yilda Tayvanda o'tkaziladigan "Worldskills Asia-2025" xalqaro kasblar musobaqasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi;
— Xalqaro maydonda yuksak e’tirofga sazovor bo'lish imkoniyati.

Oxirgi muddat
Iloji boricha tez

Batafsil
https://grantgo.uz/go/79457

#tanlovlar #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
2024/09/28 07:21:22
Back to Top
HTML Embed Code: