Telegram Web Link
Chevening dasturiga tayyorgarlik ko'rayotganlar yaqinroq keling!

Grant yutish uchun muhim bo'lgan eslatmalar va tavsiyalarni taqdim etmoqchimiz.

Chevening mentorlik kursi
🎓 Chevening Mentorlik Kursi 3.0

Chevening hamjamiyati
🎓 @Chevening_Community

Murojaat uchun
📞 @grantgo_mentor

#tavsiya #mentorship #Chevening #Buyuk_Britaniya

GrantGO mentorlik kursimizda sizni bundan ko'prog'i kutmoqda 🤫

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. AQSh elchixonasi tomonidan 13 yoshdan katta ayol-qizlar uchun Toshkent shahrida oʻz-oʻzini himoya qilishga qaratilgan navbatdagi bepul oflayn mashgʻulotlar
👉 https://grantgo.uz/go/21409

2. Yosh tadbirkorlar uchun yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha 6 oylik trening dasturi — The Westerwelle YFP. Gʻoliblar Germaniyaga bepul sayohat qiladi!
👉 https://grantgo.uz/go/08000


10 kun qoldi:
1. Kanadada magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturlarida bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi McCall MacBain Scholars dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/91530

2. Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetidan magistratura bosqichini nevrologiya yoʻnalishida onlayn oʻqish uchun toʻliq grant
👉 https://grantgo.uz/go/23981

Telegram | YouTube | Mentorlik
O'tgan haftadagi eng ommabop grant va imkoniyatlar:

1. FLEX (Kelajak Liderlari Almashinuv Dasturi) - maktab yuqori sinf yoki kollej o'quvchilari uchun AQShda to'liq moliyalashtirilgan holda 1 yil davomida o'qish imkoni (1001)
👉 https://grantgo.uz/go/92961

2. AQSh elchixonasi tomonidan 13 yoshdan katta ayol-qizlar uchun Toshkent shahrida oʻz-oʻzini himoya qilishga qaratilgan navbatdagi bepul oflayn mashgʻulotlar (553)
👉 https://grantgo.uz/go/21409

3. Barcha 16-35 yosh oraligʻidagilar uchun Malayziyada xarajatlari qoplanadigan xalqaro sammit — Universal Youth Leadership Summit 2024 (486)
👉 https://grantgo.uz/go/28041

4. Magistratura bosqichini Italiyada to‘liq moliyalashtiradigan holda o‘qish uchun Alta Scuola Politecnica o‘quv dasturi (448)
👉 https://grantgo.uz/go/07367

5. British Airwaysda onlayn amaliyot oʻtash va ishlash imkonini beruvchi Data Science Virtual Experience Programme dasturi (432)
👉 https://grantgo.uz/go/04723

Telegram | YouTube | Mentorlik
📣 GrantGO loyihasi materiallaridan foydalanish shartlari

🦹‍♂️ GrantGO loyihasi ishga tushgandan beri materiallarimiz bizning ruxsatimizsiz ko'chirilishi va manba noto'g'ri tarzda berilishi yoki umuman berilmasligi holatiga ko'p marta duch keldik.

📋 O'tgan oylarda bu narsa Telegramdagi katta kanallar, hattoki universitetlar rasmiy kanallari bilan ham bir necha marta kuzatilgani sababli GrantGO loyihasi materiallaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqdik.

🔹 Telegramdagi e'lonlarimizda bu holat eng ko'p uchragani uchun quyida bu shartlarning aynan telegramga oid qismini ko'rsatib ketmoqchimiz:


✍️ GrantGO loyihasi web-sayti, telegram kanali va boshqa ijtimoiy tarmoqlaridagi barcha ma'lumotlar loyiha mualliflik mulki bo'lib, undan foydalanishda quyidagi shartlarga amal qilish talab qilinadi.

GrantGO Telegram kanalidagi materiallardan foydalanishda:

👉 Kanaldan boshqa kanal va guruhlarga postlarni to'g'ridan-to'g'ri yuborish (forward qilish) mumkin

👉 Kanaldagi istalgan post ma'lumotlari ko'chirilganda xabar ostiga "Ma'lumot @grantgouz kanalidan olindi" degan qator o'zgartirishsiz, to'g'ridan-to'g'ri GrantGO kanaliga olib o'tadigan havola (username) bilan qo'shilishi shart.

👉 Kanaldagi grantlar va blog post e'lonlari ko'chirilgan payt batafsil manba sifatida faqatgina GrantGO sayti ko'rsatilishi kerak va postga yuqoridagidan qatordan boshqa o'zgartirish kiritish mumkin emas.

👉 Ma'lumotlar ko'chirilganda kanal yoki loyiha nomini to'g'ridan-to'g'ri havolalarsiz eslash, yuqoridagi ma'lumotni qo'shmaslik, batafsil manba sifatida GrantGO saytidan boshqa manba ko'rsatilishi mualliflik huquqi buzilishi sifatida qaraladi

👉 Yuqoridagi qoidalarga amal qilingan holatdagina postga boshqa kanal havolalari qo'shilishiga ruxsat beriladi. Agar qoidalarda tushunmovchilik bo'lsa, Telegram orqali @effort_uz profiliga murojaat qilish mumkin

🌐 GrantGO sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi materiallardan foydalanish bo'yicha batafsil shartlar bilan esa quyidagi havolada tanishishingiz mumkin:
🔗 GrantGO sayti va telegram kanalidan foydalanish shartlari


🤝 Barcha Telegram kanal adminlari, bloglar mualliflari va boshqa manbalar egalaridan GrantGO sayti, telegram kanali va ijtimoiy tarmoqlardagi materiallaridan foydalanishda yuqoridagi qoidalarga amal qilishini so'rab qolamiz.

Hurmat bilan,
"Effort Team" mas'uliyati cheklangan jamiyati jamoasi

#yangilik #elon

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18-30 yosh oralig'idagilar uchun Ozarbayjonning Boku shahrida 11 kunlik xalqaro konferensiya — COP29 dasturi

Talablar
— Qatnashchilar 18-30 yosh oralig'ida bo'lishlari lozim;
— Oʻz yurtida migratsiya va iqlim oʻzgarishi masalalarida yetakchi boʻlishi va bu borada turli faoliyatlarni amalga oshirgan boʻlishi kerak va b.

Foydali tomonlari
— Dastur g'oliblarining barcha xarajatlari to'liq qoplanadi;
— Mavzu doirasida yangi insonlar bilan tanishish, yosh yetakchilar va tashkilotchilar bilan birga ishlash imkoni paydo boʻladi;
— O'z tajribalarini almashish, yoshlar, tajribalari mutaxassislar va soha bilimdonlari bilan fikr almashish imkoni tug'iladi;

Oxirgi muddat
21.08.2024 01:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/15345

🤝 Do‘stlaringiz ham bu imkoniyat haqida bilishi kerak: postni ulashishni unutmang!

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Ozarbayjon

Telegram | YouTube | Mentorlik
Yaponiyada istalgan yo'nalish bo'yicha bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichini to'la moliyalashtirilgan holda o'qish imkonini beruvchi Rotary Yonayema Scholarship dasturi

Dasturga qabul 2024-yil 1-oktabrda ochiladi!

Talablar
— Yapon tilini JPLT N4 (boshlang'ich) darajasida yaxshi bilish;
— 1980-yil 2-apreldan keyin tug'ilgan bo'lish (Ariza topshirish vaqtda 45 yoshdan katta bo'lmaslik);
— Dasturga ariza berishdan oldin Yaponiya universitetlariga hujjat topshirgan bo'lish lozim.

Foydali tomonlari
— Bakalavr talabalari uchun oyiga $683 stipendiya;
— Magistratura va doktorantura talabalari uchun oyiga $956 stipendiya;
— Yaponiyagacha kelish uchun $1,698 pul beriladi.

Oxirgi muddat
31.10.2024 09:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/55705

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Yaponiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Yоshidan qatʼi nazar barcha uchun insholar tanlovi — Biopage Storytelling Writing Contest

Talablar
— Tanlovda millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar barcha yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin;
— Insholar ingliz tilida yozilgan bo'lishi lozim;
— Ijodiy ishlar hajmi 5000 belgidan (taxminan 1000 so'zdan) oshmasligi kerak.

Foydali tomonlari
— Tanlov g'оlibi $300 pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
— Yana 5 ta eng yaxshi insholar uchun $100 dan pul mukofoti beriladi.

Oxirgi muddat
31.01.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/57351

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritish imkonini beruvchi Global Landscape forum volontyorlik dasturi

Talablar
— Dasturda 18-35 yosh oralig'idagi barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
— Loyihada asosan ijtimoiy tarmoqlar, loyihalarni tashkillashtirish va unga ko'maklashish, raqamli marketing va tarjima sohasiga qiziquvchilar, tahsil olayotgan va faoliyat olib borayotgan nomzodlar qatnashishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— Loyiha ishtirokchilari BMT, Jahon banki va shu kabi xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritish imkonini qo'lga kiritishadi;
— Dasturda qatnashish ishtirokchilarning CV (rezyume)larini boyitish hamda kelajakdagi karyerasini rivojlantirishga yordam beradi;
— Dastur so'nggida har bir ishtirokchi tegishli sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/95725

#volontyorlik #bepul #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. Ilgʻor texnologiyalar markazi tomonidan C.A.T. Science Accelerator 6.0 — ilmiy akseleratori startaplar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/69772


10 kun qoldi:
1. Barcha 16-35 yosh oraligʻidagilar uchun Malayziyada xarajatlari qoplanadigan xalqaro sammit — Universal Youth Leadership Summit 2024
👉 https://grantgo.uz/go/28041

Telegram | YouTube | Mentorlik
Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun istalgan janr va uslubdagi sheʼriyat tanlovi — Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest. Mukofot jamgʻarmasi: $10,000!

Talablar
— Tanlovda yosh chegarasi belgilanmagan;
— Barcha she'r yozishga qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin;
— She'rlar istalgan janr va uslubda ingliz tilida taqdim etilishi lozim.

Foydali tomonlari
— Tom Howard Prize: istalgan uslub va janrdagi she'rlar uchun - $3,500;
— Margaret Reid Prize: qofiyali yoki an'anaviy uslubga ega bo'lgan she'r uchun - $3,500;
— Shuningdek, eng yaxshi ikki g'olibga homiy, Duotrope tomonidan 2 yillik sovg'a sertifikatlari topshiriladi (qiymati $100).
— Faxriy unvonlar: har biri $300 dan boʻlgan 10 ta mukofot
— Eng yaxshi 12 ta ijodiy ish onlayn chop ettiriladi.

Oxirgi muddat
01.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/94103

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Irlandiyada magistratura va PhD bosqichini istalgan yoʻnalish boʻyicha oʻqish imkoniyati — Government of Ireland Postgraduate Scholarship; grant miqdori: €31,000

Talablar
— Istalgan yoshdagi barcha ariza berishi mumkin;
— Magistratura uchun bakalavrni bitirgan yoki bitirish arafasidagi; doktorantura uchun magistraturani bitirgan yo bitirish arafasidagilar arizasi ko'rib chiqiladi.

Foydali tomonlari
— o'quv muddati vaqtida yillik - €22,000 miqdoridagi stipendiya beriladi;
— tadqiqot uchun - €3,250 yillik alohida stipendiya taqdim etiladi;
— qabul qiluvchi o'quv muassasasi, shu jumladan, Yevropa Ittifoqiga tegishli bo'lmagan to'lovlar uchun qo'shimcha - €5,750 gacha mablag' ajratiladi.

Eslatma: dasturga hujjatlar qabuli joriy yilning 28-avgustidan boshlanadi!

Oxirgi muddat
10.10.2024 19:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/25526

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Irlandiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Angliya, AQSh va Kanadada o’qish uchun IELTS bo’lishi shart emas!

ℹ️ Ingliz tili bozorida 10 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan va 13 ta filialga ega Cambridge o’quv markazi o’quvchilar uchun katta yangilikni e’lon qildi.

Endilikda o’quvchilar mahalliy va chet el universitetlarida o’qish uchun IELTS olishiga hojat yo’q. Buning o’rniga Cambridge sertifikatlari yetarli bo’ladi.

⚠️ Cambridge ingliz tili o’rganuvchilariga nafaqat sifatli ta’lim beradi, balki ularga chet etda o’qishi va ish topishlariga ham o’z ilovasi orqali yordam beradi.

O’quv markazda ayni paytda sentyabr mavsumi uchun qabul boshlangan. Cambridge yaratgan barcha imkoniyatlardan foydalanish uchun kurslarga yoziling. 👇

👉 Cambridge ingliz tili kurslariga yozilish

📞 Tel: 78 777 77 74
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Amerikada to'liq moliyalashtirilgan holda ilmiy tadqiqot qilish imkoniyatini beruvchi Fulbright Visiting Scholar Program dasturi

Talablar
— Nomzodlar Oʻzbekiston fuqarosi/rezidenti boʻlishlari lozim;
— PhD/unga tenglashtirilgan darajaga ega boʻlish yoki tanlangan taʼlim sohasida kamida 10 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan tajribali mutaxassis boʻlish kerak;
Fulbright Junior Faculty dasturi uchun oliy oʻquv yurtida kamida 3 yillik toʻliq tajribaga ega ilmiy ish qilishni istaydigan oʻqituvchilar ariza topshirishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— Amerikaga borish-kelish xarajatlari to'liq qoplanadi;
— To'liq moliyaviy yordam va tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi;
— Ilmiy ishlariga oid Amerika madaniy boyliklardan foydalanish imkoniyati.

Oxirgi muddat
16.09.2024 18:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/90731

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Qaysi DAAD grantiga topshira olaman?

🇩🇪 DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst) – Germaniyaning ilmiy almashinuv dasturi bo'lib, u o'z ichiga bir nechta grantlarni o'z ichiga oladi.

✍️ Eng mashhur DAAD grantlari yo'nalish bo'yicha qanday bo'linganini esa yuqoridagi jadvaldan ko'rishingiz mumkin. Yo'nalish bo'yicha grant turini tanlab olganingizdan keyin esa ularning batafsil talablari, hujjat topshirish dedlaynlari va boshqa ma'lumotlarni quyidagi maqoladan topishingiz mumkin:

👉 Qaysi DAAD grantiga hujjat topshirsam boʻladi?

👨‍🏫 Yuqoridagi DAAD grantlariga topshirish bo'yicha batafsil yordamni esa bizning mentorlik kursimizdan olishingiz mumkin:
🎓 DAAD mentorlik kursi 3.0

DAAD Hamjamiyati
💬 @DAAD_Community

#daad #scholarships

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. Jurnalistika va mediaga qiziquvchi yoshlar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh — ICYF International Media Training Camp
👉 https://grantgo.uz/go/81303

Telegram | YouTube | Mentorlik
Qabul muddati uzaytirildi!

Jurnalistika va mediaga qiziquvchi yoshlar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh — ICYF International Media Training Camp

Talablar
— Mazkur dastur qatnashchilari 18-25 yosh oralig'ida bo'lish kerak. O'zbekiston fuqarolari qatnasha oladi!
— Ingliz tilini bilish kerak. Til bilish sertifikati talab qilinmaydi.

Foydali tomonlari
— Ushbu dasturda qatnashish bepul;
— Dastur ishtirokchilarining turarjoy, oziq-ovqat va mahalliy shahar sayohati bilan bog'liq xarajatlari qoplanadi;
— Mahalliy transport (aeroport/avtovokzaldan oromgoh hududi va oromgoh hududidan aeroport/avtovokzalgacha) xarajatlari to'lab beriladi.

Oxirgi muddat
19.08.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/81303

#yozgi_va_qishki_maktablar #qisman_moliyalashtiriladi #Turkiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
2024/09/27 21:26:39
Back to Top
HTML Embed Code: