Telegram Web Link
Bakalavr va Magistratura talabalariga Germaniyada 1 semestr o'qish va amaliyot o'tash imkoniyatini beruvchi COPERNICUS almashinuv dasturi

Talablar
— Ariza topshiruvchilarning yo'nalishi Gamburg universitetida mavjud yo'nalishlarga mos kelishi kerak;
— Nomzod bakalavr yoki magistratura bosqichida kamida bir semestr o'qigan bo'lishi va 18 yoshdan kichik bo'lmasligi shart;
— Nemis tilini birish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo'lish talab etiladi (Eng kamida B2) va b.

Foydali tomonlari
— 310 yevro oylik stipendiya;
— Yashash uchun mahalliy xonadon (oila) yoki yotoqxona bilan ta'minlanadilar;
— Ovqatlanish, tibbiy sug'urta, ro'yxatdan o'tish, mahalliy transport, shuningdek, borish-kelish chiptasi va viza xarajatlari qoplab beriladi.

Oxirgi muddat
01.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/16558

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. Jurnalistika va mediaga qiziquvchi yoshlar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh — ICYF International Media Training Camp
👉 https://grantgo.uz/go/81303

Telegram | YouTube | Mentorlik
AQSh elchixonasi tomonidan ayol-qizlar uchun Toshkent shahrida o'z-o'zini himoya qilishga qaratilgan navbatdagi bepul oflayn mashg'ulotlar

Talablar
— Mashg'ulotlar jismoniy tayyorgarlik darajasidan yoki oldingi mashg'ulot tajribasidan qat'i nazar, 13 yoshdan oshgan qizlar va ayollar uchun mo'ljallangan;
— Nomzod ayol-qizlar 2024-yil sentyabr oyidan boshlab 3 oy davomida Toshkent shahrida bo'lishi kerak.

Foydali tomonlari
— Mashg'ulotda bepul ishtirok etadilar;
— O'zlarini jismoniy zo'ravonlikdan himoya qilish, yaxshi jismoniy holat va osoyishtalikni saqlash uchun bir qator texnika va mashqlarni o'rganadilar;
— Nizolarni hal qilish, ochiq muloqot va stressni boshqarish usullari haqida ma'lumotga ega bo'ladilar va b.

Oxirgi muddat
Iloji boricha tez

Joylar soni cheklangani bois imkon qadar tezroq ariza topshiring va postni ulashing!

Batafsil
https://grantgo.uz/go/21409

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Qabul muddati uzaytirildi!

18-35 yoshdagilar uchun Qozon shahrida bo'lib o'tuvchi to'liq moliyalashtiriladigan 3-IHT Yoshlar Ilmiy Kongressi

Talablar
— Dasturda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan yosh olimlar, tadqiqotchilar va innovatorlar ishtirok etishlari mumkin;
— Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini bilish kerak;
— Ishtirokchilar Kongress yo'nalishlaridan biri doirasida ilmiy tadqiqot bilan shug'ullanadi (1-2 sahifadagi maqola tezislari arizaga ilova qilinishi kerak)

Foydali tomonlari
— Dastur xarajatlari kongress ma'muriyati tomonidan to'liq moliyalashtiriladi. (Aniq grant miqdori tashkilotchilar tomonidan ochiqlanmagan).

Oxirgi muddat
08.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/82437

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Rossiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
DAAD (All Academic Disciplines) — Germaniyada magistratura bosqichini istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

Talablar
— Bakalavr bosqichini tugatgan bo'lishi yoki dastur boshlangunga qadar (2025) tugatishi kerak;
— Tanlagan universiteti qabul talablariga javob berishi (til talablari shular jumlasidan);
— Germaniyada ariza topshirish vaqtida 15 oy va undan ortiq vaqt davomida yashab kelayotgan bo'lmasligi kerak.

Foydali tomonlari
— Oylik €934 stipendiya;
— Germaniyaga borish va qaytish uchun sayohat xarajatlari + sug'urta qoplanadi;
— O'qish boshlagan paytda bir martalik yordam puli beriladi va b.

Oxirgi muddat
31.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/87989

DAAD mentorlik kursi
🎓 DAAD mentorlik kursi 3.0

DAAD Hamjamiyati
💬 @DAAD_Community

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. AQSh elchixonasi tomonidan 13 yoshdan katta ayol-qizlar uchun Toshkent shahrida oʻz-oʻzini himoya qilishga qaratilgan navbatdagi bepul oflayn mashgʻulotlar
👉 https://grantgo.uz/go/21409

2. Yosh tadbirkorlar uchun yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha 6 oylik trening dasturi — The Westerwelle YFP. Gʻoliblar Germaniyaga bepul sayohat qiladi!
👉 https://grantgo.uz/go/08000

Telegram | YouTube | Mentorlik
Jurnalistlar uchun xalqaro amaliyot dasturi — McGraw Fellowship. Mukofot miqdori: $15,000

Talablar
— Irqi, jinsi va millatidan qat'i nazar butun dunyodan barcha jurnalistlar ariza yuborishlari mumkin;
— Dasturga, asosan, biznes jurnalistikasi sohasi bo'yicha 5 yillik professional tajribaga ega jurnalistlar qabul qilinadi;
— Shuningdek, hozirda frilans jurnalist sifatida faoliyat olib borayotgan, axborot tashkilotlarda yoki notijorat axborot tashkilotlarda ishlayotgan muxbirlar va muharrirlar ham ariza topshirishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— Ishtirokchilarga hikoyalarini chop etish, sayohat va tadqiqot xarajatlarini qoplash uchun $15,000 dollargacha stipendiya beriladi.

Oxirgi muddat
06.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/69507

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
AQShning Maryville College oliygohida bakalavr bosqichini to'liq grant asosida o'qish imkoniyati — International Diversity Scholarship

Talablar
— Nomzod AQSh fuqarosi bo'lmasligi kerak;
— Universitetda bakalavr darajasida o'qish uchun to'liq arizani taqdim etgan va qabul qilingan bo'lishi kerak;
— Nomzod yuqori akademik yutuqlarga erishgan bo'lishi va kuchli xarakter, yetakchilik salohiyatiga ega bo'lishi kerak va b.

Foydali tomonlari
— Dastur sohibi 4 yillik o'qish to'lovidan to'liq ozod etiladi.

Oxirgi muddat
15.01.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/39494

#grantlar_va_stipendiyalar #kontrakt_puli_qoplanadi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Garvard Universitetida 2 yil tadqiqot olib borish uchun Academy Scholars dasturi; yillik stipendiya $80,000!

Talablar
— Nomzod ijtimoiy fanlar bo'yicha yaqinda PhD darajasini olgan yoki shu sohalardan biri bo'yicha doktorantura talabasi bo'lishi kerak;
— PhD darajasiga ega bo'lganlar ushbu darajani yaqin 2 yil ichida (2025-yil 1-avgustgacha) olgan bo'lishi kerak.

Foydali tomonlari
— Gʻoliblar yiliga $80,000 stipendiya bilan stipendiya bilan taʼminlanadilar;
— Konferensiya, tadqiqot uchun sayohat xarajatlari, ilmiy assistent va tibbiy sug'urta uchun bo'ladigan xarajatlarni qoplab beradi.

Oxirgi muddat
20.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/03409

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #grant #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
6-avgustdan qabul ochiq! Chevening granti — magistratura bosqichini Buyuk Britaniyaning istalgan universitetlaridan birida to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkoniyati Talablar — Bakalavr bosqichini tugatgan bo'lish va ingliz tilini yuqori darajada…
Chevening Mentorlik Kursi 3.0

🗓 Kuni kecha 2025-yilgi o'qish uchun Chevening grantiga qabul boshlandi. GrantGO jamoasi va Musayev blogi hamkorlikda 5 yillik shaxsiy va 2 yillik mentorlik tajribasiga asoslangan "Chevening Mentorlik Kursi 3.0"ni taqdim etadi.

Kimlar uchun
— Bakalavr darajasini tugatgan (Magistratura ham bo'ladi)
— O'zi o'qimoqchi bo'lgan sohada yoki unga yaqin sohalarda 2 yillik tajribaga ega (rasmiy bo'lishi shart emas)
— Sohasida akademik, professional va liderlik yutuqlariga erishganlar
— To'liq talablar haqida GrantGO saytida

Kurs rejasi
— Chevening granti haqida to'liq ma'lumot
— Grant dasturi maqsadi va qanday nomzodlar qidirishini tushunish
— Universal mentorlik kursi kerakli qismlari
— To'g'ri universitet tanlash bo'yicha qo'llanma
— Liderlik, Networking, Study va Career Plan essaylarini yozish (real misollar orqali)
— Hujjat topshirish va intervyu tayyorgarligi

Kurs mentori
🎓 Qudratxo'ja Musayev — xalqaro grantlarda 200 dan oshiq o'quvchilar, 70 dan ortiq g'oliblar mentori. Mentor haqida batafsil ma'lumot bu yerda

Natijalar
🏆 O'tgan yilgi kurslarda o'qiganlardan hozirgacha atigi 3-4 tasi grantga topshirgan bo'lishiga qaramay ulardan biri yarim finalchi bo'lgan. DAAD kursi o'quvchisi esa 2024-yilgi Chevening granti g'olibiga aylandi. Batafsil bu yerda

Kurs paketlari
Basic: Videodarslar va hujjat tekshirib berish — 749,000 so'm
Essential: Basic + haftalik onlayn darslar — 1,049,000 so'm
Individual: Essential + 7 soat individual yordam — 2,499,000 so'm

Paketlar narxini uch oy davomida 3 ga bo'lib to'lash imkoni mavjud. To'lov bittada qilinganda 10% li, 2 bo'lib qilinganda 5% li chegirmalar mavjud

Format va sana

Kurs darslari barchasi onlayn tarzda Telegramda olib boriladi
Onlayn darslar 15-avgustdan boshlanadi

Chevening dasturi haqida to'liq ma'lumot
ℹ️ Chevening haqida ovozli chat

Chevening Hamjamiyati

💬 @Chevening_Community

Murojaat uchun
📞 @grantgo_mentor

#Chevening #mentorship #Buyuk_Britaniya

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. Jurnalistika va mediaga qiziquvchi yoshlar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh — ICYF International Media Training Camp
👉 https://grantgo.uz/go/81303


10 kun qoldi:
1. Ilgʻor texnologiyalar markazi tomonidan C.A.T. Science Accelerator 6.0 — ilmiy akseleratori startaplar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/69772

Telegram | YouTube | Mentorlik
IT bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining startap tanlovi — President Tech Award. Bosh sovrin $100 000!

Talablar
30 yoshgacha bo'lgan barcha O'zbekiston fuqarolari qatnasha oladi; jamoa a'zolari soni 3-8 kishi (asosiy yo'nalish uchun) va 3-5 kishi (maxsus yo'nalish uchun)dan iborat bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
— 1-o'rin uchun 100 000 AQSh dollari;
— 2-o'rin uchun 50 000 AQSh dollari;
— 3-o'rin uchun 30 000 AQSh dollari.

Oxirgi muddat
20.08.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/47684

#tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Barcha professional va havaskor musiqachilar uchun AQShda xarajatlari qoplanadigan rezidentlik dasturi — OneBeat Program

Talablar
— Nomzodlar 19-35 yosh oralig'ida bo'lishi kerak;
— Ko'rsatilgan davlatlarda doimiy istiqomat qilishi va fuqaroligiga ega bo'lishi kerak (O'zbekiston ham ro'yxatga kiritilgan);
— Mutaxassislik sohasidan qat'i nazar, professional yoki havaskor musiqachilar/bastakorlar/qo'shiqchilar ishtirok etishi mumkin va b.

Foydali tomonlari
— Tanlangan nomzodlarga $600 miqdoridagi gonorar;
— AQShga borish va kelish, turarjoy xarajatlari qoplanadi;
— Butun dunyo bo'yicha tanlab olingan 25 nafar ishtirokchilar bilan birgalikda hamda soha mutaxassislari bilan musiqa san'atining yangi ko'rinishlarini kashf etish va yirik loyiha ustida ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Oxirgi muddat
06.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/13844

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
🇹🇷 Turkiyada grant asosida o'qimoqchi bo'lganlar uchun — Turkiya Burslari mentorlik kursi Hozirda Turkiyaning eng nufuzli ta'lim grant dasturi — Turkiya Burslariga qabul davom etmoqda. Grantni qo'lga kiritgan odamlar Turkiyada bakalavr, magistr va PhD bosqichlarida…
Turkiya Burslari dasturi natijalari rasmiy e'lon qilindi!

🎓 GrantGO loyihasi hamkorligida tashkil etilgan "Turkiya Burslari Mentorlik kursi"da tahsil oluvchi ikki nafar talaba grant yutishga muvaffaq bo'ldi:

Azizbek Qurbonov
– Shukrulloh Rahmatov


Ular endikda o'qishlarini magistratura bosqichida to'liq moliyashtirilgan grant orqali Turkiyada davom ettirishadi.

ℹ️ Mentorlik kursimiz keyingi qabuli Dekabr oylarida e'lon qilinadi.

#natijalar #mentorlik #grant #Turkiya_Burslari
#Turkiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
British Airwaysda onlayn amaliyot o'tash va ishlash imkonini beruvchi Data Science Virtual Experience Programme dasturi

Talablar
— Dasturda, asosan, onlayn amaliyot o'tash maqsadida bo'lgan va hozirda ta'lim olayotgan barcha davlatning o'quvchilari, talabalari, magistrantlari, doktorantlari va mutaxassislari qatnashishlari mumkin;
— Ingliz tilini dasturda qatnasha olish darajada bilish kerak.

Foydali tomonlari
— Bepul, hech qanday vaqt chegaralari va bosimsiz, dunyoning istalgan burchagidan turib qatnashish;
— Dastur yakunida sertifikat;
— British Airwaysga ishga kirish imkoni.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/04723

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #bepul #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. AQSh elchixonasi tomonidan 13 yoshdan katta ayol-qizlar uchun Toshkent shahrida oʻz-oʻzini himoya qilishga qaratilgan navbatdagi bepul oflayn mashgʻulotlar
👉 https://grantgo.uz/go/21409

2. Yosh tadbirkorlar uchun yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha 6 oylik trening dasturi — The Westerwelle YFP. Gʻoliblar Germaniyaga bepul sayohat qiladi!
👉 https://grantgo.uz/go/08000

Telegram | YouTube | Mentorlik
Magistratura bosqichini to'liq moliyalashtirilgan holda Xitoyda o'qish imkoniyati — Schwarzman Scholars dasturi

Talablar
— Ishtirokchi bakalavr darajasiga ega bo'lishi yoki dastur boshlangunga (2025-yil, 1-avgust) qadar bakalavr darajasini muvaffaqiyatli tugatishi lozim;
— Dasturda ishtirok etish uchun aniq GPA (o'rtacha baho) belgilanmagan. Ammo nomzodning akademik ko'rsatkichlari yuqori bo'lishi kerak;
— Dunyo bo'ylab jinsi, irqi va millatidan qat'i nazar 18 yoshdan yuqori 28 yoshdan kichik bo'lgan barcha yoshlar dasturda qatnasha oladi va b.

Foydali tomonlari
— O'qish to'lovlari to'liq qoplanadi;
— Xitoyga borish-kelish xarajatlari to'lab beriladi;
— Yashash xarajatlari, turarjoy va oziq-ovqat uchun stipendiya ajratiladi va b.

Oxirgi muddat
13.09.2024 01:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/91798

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Xitoy

Telegram | YouTube | Mentorlik
Avstraliyaning Sidney universitetida magistratura yoki doktorantura bosqichini o'qish va tadqiqot olib borish uchun xarajatlari to'liq qoplanadigan Avstraliya hukumati granti

Talablar
— Bakalavr darajasini tamomlagan bo'lishi kerak;
— Ayni damda tadqiqot olib borayotgan yoki tadqiqot olib borishni boshlagan xalqaro talaba bo'lishi lozim;
— Saralash jarayonida nomzodlarning akademik ko'rsatkichlari, tadqiqot bo'yicha tajribasi hamda nashr etilgan ishlari inobatga olinadi.

Foydali tomonlari
— Har bir nomzodga $40,109 miqdorida grant ajratiladi (2024-yil hisobi bo'yicha);
— Kontrakt puli to'lab beriladi;
— Yashash xarajatlari qoplanadi.

Oxirgi muddat
13.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/08006

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Avstraliya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Central Asian University (CAU) ning sun’iy ong yordamida yaratilgan tibbiyot evolyutsiyasi haqidagi yangi roligi 3 daqiqada ibtidoiy davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan yo‘lni qamrab oladi.

Tibbiy bilim va texnologiyalar vaqt o‘tishi bilan qanday rivojlanganligi va qanday yutuqlar sog‘liqni saqlash, davolash haqidagi tasavvurlarni oʻzgartirib yuborganligi, shuningdek, Central Asian University tibbiyot fakultetida bugungi kunda qanday zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilishini bilib oling.

Abituriyentlarni qabul qilish davom etmoqda,

Hujjatlarni topshirish | Telegram Bot

📞71 208 12 34
Tasviriy sanʼatning istalgan turida va istalgan mavzusida ijodiy ishlarni ko'rgazma qilish imkoniyati — The Aesthetica Art Prize. Bosh sovrin — £10,000

Talablar
— Aesthetica Art mukofoti butun dunyoda bo'ylab istalgan darajada ishlaydigan barcha rassomlar uchun ochiq. Yosh bo'yicha hech qanday cheklovlar yo'q, lekin ayni vaqtdagi talabalar hamda bitiruvchilar uchun afzalliklar beriladi;
— Nomzodlar har qanday mavzudagi ishlarni topshirishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— Bosh sovrin uchun (Main prize) £10 000;
— Emerging prize uchun £1,000;
— Har yili o'tkaziladigan San'at mukofoti ko'rgazmasida ishtirok etish imkoniyati va b.

Oxirgi muddat
31.08.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/61668

#tanlovlar #mukofot #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
2024/09/28 15:26:33
Back to Top
HTML Embed Code: