Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Foydali: Top universitet grantlari haqida 3 ta fakt

Xalqaro nufuzli universitetlarda grant asosida o'qishning mezonlari, foydasi va boshqa ba'zi qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etmoqchimiz.

➡️ Raqobat:

– Top universitetlarga dunyoning turli burchagidan minglab talabalar ariza topshiradi. Ko'plab abituriyentlar to'liq moliyashtirilgan grantlar uchun kurashadi.

– Ba'zi nufuzli universitetlarning qabul qilish ko'rsatkichi va grantlar soni juda past bo'lishi mumkin. Shu sababdan, eng ilg'or va tirishqoq nomzodlarni saralab olishga harakat qilishadi.

➡️ Baholash mezonlari:

– Grantlar nomzodlarning akademik ko'rsatkichlari, moliyaviy ehtiyoj, yetakchilik salohiyati, darsdan tashqari faoliyati va iste'dod talab etuvchi sohalarda qilgan ishlariga (masalan, sport, san'at) ko'ra turli mezonlar asosida beriladi.

➡️ Grant turlari:

Har xil turdagi grantlar mavjud: iste'dodga asoslangan grantlar, ehtiyojga asoslangan grantlar,
sport, xilma-xillik stipendiyalari va muayyan ta'lim yoki tadqiqot yo'nalishlari uchun grantlar.

🔗 Batafsil bu yerda

Aziz talabalar, siz ham grant yutishni istaysizmi?

👍 – GrantGO'dan ko'proq ma'lumotlar kutib qolamiz

🔥 – Keyingi grant meniki bo'ladi :)

#foydali

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. Germaniya loyihasi asosida Samarqand shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan 6 kunlik yozgi maktab
👉 https://grantgo.uz/go/48808


5 kun qoldi:
1. Barcha soha vakillari uchun Turkiyaning Istanbul shahrida xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik xalqaro sammit — Young Public Diplomacy Summit
👉 https://grantgo.uz/go/11819


10 kun qoldi:
1. Saudiya Arabistonidagi nufuzli universitetlarda barcha bosqichlarda o'qish imkonini beruvchi — Kingdom Saudi Arabia grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/59959

Telegram | YouTube | Mentorlik
Rassom va ijodkorlardan iborat jamoalar uchun Germaniyada to'liq moliyalashtiriladigan 3 oylik rezidentlik dasturi. Stipendiya miqdori — €3,600

Talablar
— Dasturda barcha rassomlar, shuningdek, boshqa ijodkorlardan iborat jamoa va maxsus loyihaga ega guruhlar qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar hozirda Berlinda yashamayotgan va ishlamayotgan bo'lishi kerak;
— Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim.

Foydali tomonlari
— Maksimal 4 kishilik bepul turarjoy beriladi;
— Bir martalik borish-qaytish xarajatlari qoplanadi;
— To'liq dastur uchun 3,600 yevro stipendiya to'lanadi.

Oxirgi muddat
26.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/76599

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Barcha soha vakillari uchun Turkiyaning Istanbul shahrida xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik xalqaro sammit — Young Public Diplomacy Summit

Talablar
— Dasturda barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
— Barcha soha vakillari dasturga ariza topshira oladi;
— Ishtirokchilar diplomatiya, tinchlikni saqlash va shu kabi sohalarga qiziqishlari lozim;

Foydali tomonlari
— 3 kunlik turar-joy bilan ta'minlanadi;
— Oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi;
— 10 haftalik virtual kursda qatnashish imkoniyati yaratiladi;
— Eng faol ishtirokchining safar xarajatlari qoplanadi.

Oxirgi muddat
23.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/11819

#sammit_va_konferensiyalar #grant #Turkiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Qabul muddati uzaytirildi!

6 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan barcha yoshlar uchun "IQtidorly" loyihasi tomonidan respublika matematika turniri


Talablar
Turnirda respublikamizning barcha hududlaridan 6 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan matematika ixlosmandlari ishtirok etishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— 1-oʻrin — Noutbuk (Laptop HP) va boshqa sovgʻalar;
— 2-oʻrin — Planshet (Samsung) va boshqa sovgʻalar;
— 3-oʻrin — Planshet (Samsung) va boshqa sovgʻalar;
— Turnirda ishtirok etgan, hamda 2-tur o'yinlarda muvaffaqiyatli o'rinlarni egallagan yoshlarga loyiha tomonidan sertifikat hamda maxsus sovg'alar ham taqdim etiladi.

Oxirgi muddat
18.07.2024 18:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/98211

#tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Yozuvchi va ijodkorlar uchun Nyu-York Xalq Kutubxonasida haq toʻlanadigan amaliyot dasturi. G'oliblarga $85,000 stipendiya beriladi!

Talablar
— Dasturda akademiklardan tortib mustaqil faoliyat yurituvchi olimlar, jurnalistlar, ijodkor yozuvchilar, tarjimonlar, rassomlargacha ya'ni kitob yozish va yaratishga aloqador sohada ishlaydigan barcha qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar ingliz tilini bilishlari kerak (ariza shakli ham ingliz tilida to'ldiriladi).

Foydali tomonlari
— Dastur sovrindorlariga $85,000 miqdorida stipendiya beriladi;
— Ishtirokchida kompyuter bilan ta'minlangan ofisda ishlash imkoniyati bo'ladi;
— G'oliblar kutubxonadagi barcha qog'oz va elektron kitoblardan foydalana oladilar va b.

Oxirgi muddat
28.09.2024 02:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/09116

#amaliyotlar #stipendiya #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. 16-40 yosh oraligʻidagilar uchun Kanadada xarajatlari qoplanadigan 4 kunlik forum — Cultural Diplomacy and Technology Forum
👉 https://grantgo.uz/go/12592

Telegram | YouTube | Mentorlik
Silikon Vodiysi mutaxassislaridan biznes-menejmentga qiziquvchilar uchun bepul start-up tayyorlov kursi

Talablar
— Kaliforniyaning Berkeley universiteti tomonidan tashkil etiladigan bepul onlayn start-up tayyorlov kurslarida biznes va menejment sohasiga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin;
— Yosh bilan bog'liq cheklov mavjud emas;
— Kursda ishtirok etish uchun ingliz tilini bilish kerak (Kurslar ingliz tilida olib boriladi).

Foydali tomonlari
— Start-up kursi qatnashchilari biznes va menejmentga oid start-up loyihalari yaratishni istalgan paytda bepul o'rganish imkoniga ega bo'ladilar;
— Darslar Silikon vodiysidan taklif etilgan mehmon ma'uzachilar (guest-speakers) tomonidan ham olib boriladi;
— Kurslar video-dars va matn ko'rinishida olib boriladi, dars vaqti erkin.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/93448

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Magistratura va doktorantura bosqichini Germaniyada o'qish uchun Rosa-Luxemburg-Stiftung stipendiya dasturi

Talablar
— Magistratura uchun Germaniyada akkreditatsiya qilingan oliy ta'lim muassasasidagi magistratura dasturiga, doktorantura uchun Germaniyadagi akkreditatsiya qilingan oliy ta'lim muassasasidagi doktorantura dasturiga qabul qilingan bo'lishi;
— Bakalavr darajasini yoki asosiy ta'limni tugatganligini tasdiqlovchi hujjati bo'lishi;
— Nemis tilidan B2 sertifikati bo'lishi va b.

Foydali tomonlari
— Oylik stipendiya: magistratura talabalariga - €850, doktorantura talabalariga - €1450;
— Bir martalik qo'shimcha €20 stipendiya;
— Doktorantura talabalariga tadqiqot xarajatlarini qoplash uchun €100 qo'shimcha bir martalik stipendiya.

Eslatma: dasturga ariza topshirish dasturning oxirgi muddatidan (dedlayndan) 6 hafta oldin ochiladi.

Oxirgi muddat
01.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/93173

#grantlar_va_stipendiyalar #qisman_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Ilg'or texnologiyalar markazi tomonidan C.A.T. Science Accelerator 6.0 — ilmiy akseleratori startaplar tanlovi

Tanlovda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ishtirok etishi mumkin:
— Оziq-ovqat texnologiyalari;
— Biotexnologiya;
— “Yashil” texnologiyalar;
— Diagnostika va biotibbiyot;
— Muqobil energiya manbalari;
— Yangi materiallar;
— Tibbiyot va oziq-ovqat sohalarida IT va raqamli texnologiyalar.

Foydali tomonlari
— Akseleratorda qatnashish mutlaqo BEPUL;
— Ilgʻor texnologiyalar markazining laboratoriyalari va ustaxonalaridan foydalanish imkoniyati;
— Akseleratsiya dasturidan oʻtilgani haqidagi sertifikat;
— InnoWeek xalqaro koʻrgazmasida loyihangizni taqdimot qilish imkoni va b.

Oxirgi muddat
18.08.2024 23:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/69772

#tanlovlar #grant #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
O'zining loyiha/kompaniyasini yaratish niyatidagi yoshlar uchun $100,000 miqdoridagi grant — Thiel Fellowship dasturi

Talablar
— 22 yoshdan kichik bo'lgan;
— Biror manfaatli, o'ziga xos loyiha/kompaniya ustida ishlayotgan;
— Dasturda qatnashish uchun yuqori ishtiyoqqa ega bo'lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Foydali tomonlari
— 2 yil davomida $100,000 miqdoridagi grant taqdim etiladi. Berilgan mablag'ni qaytarib to'lash sharti mavjud emas, va jamg'arma nomzodning loyiha/kompaniyasidan hech qanday ulush talab qilmaydi;
— Nomzod loyihasini dunyoning istalgan qismida amalga oshirishi mumkin.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/23264

#tanlovlar #grant #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Germaniya loyihasi asosida Samarqand shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan 6 kunlik yozgi maktab
👉 https://grantgo.uz/go/48808


3 kun qoldi:
1. Barcha soha vakillari uchun Turkiyaning Istanbul shahrida xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik xalqaro sammit — Young Public Diplomacy Summit
👉 https://grantgo.uz/go/11819


5 kun qoldi:
1. “El-yurt umidi” jamgʻarmasidan 2024-yil uchun 500 oʻrinli 1-stipendiya tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/49251


10 kun qoldi:
1. Bakalavriat va magistratura talabalari uchun Oʻzbekistondagi ITM Biotexnologiya yozgi maktabi
👉 https://grantgo.uz/go/19373

Telegram | YouTube | Mentorlik
Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetidan magistratura bosqichini nevrologiya yo'nalishida onlayn o'qish uchun to'liq grant

Talablar
— Dasturda O'zbekiston fuqarolari ham ishtirok etishlari mumkin.
— Grant 2024-2025-o'quv yilida Edinburg universitetida magistraturani onlayn ta'lim shaklda boshlay oladigan talabalar uchun ajratiladi.

Foydali tomonlari
— Dastur bo'yicha kontrakt puli to'liq to'lab beriladi.

Oxirgi muddat
21.08.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/23981

#grantlar_va_stipendiyalar #kontrakt_puli_qoplanadi #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
🎓 Singapurda ham o’qing, ham ishlang!

🇸🇬 6 oy davomida Singapurda o’qib va 6 oy pullik "oyiga $800-1200" amaliyot o’tash imkoniyatini qo’ldan boy bermang.

🌐 EduBoard orqali hujjatlaringizni o’quv programmalaridan biriga topshiring va Singapurning yetakchi oliygohlaridan birida tahsil olishni boshlang.

🆓 Firma To'lovsiz

Batafsil ma’lumot uchun:
📞 +998 95 139 00 59
📞 +998 97 130 00 59
📌 @eduboardadmin
Dunyoning Top 100 talik universitetlaridan biri Niderlandiyadagi Leiden universitetida magistratura bosqichini o'qish uchun Leiden University Excellence Scholarship dasturi

Talablar
— Tanlayotgan magistratura yo'nalishiga mos bakalavr bosqichini tugatgan yoki tugatayotgan YI va YEIZga kirmaydigan davlat fuqarolari ariza berishi mumkin (O'zbekistonliklar topshira oladi);
— Til talabi tanlagan dasturiga qarab farq qiladi.

Foydali tomonlari
— O'quv kontrakt to'lovi uchun €10,000 yoki €15,000 miqdorida grant ajratiladi.

Oxirgi muddat
01.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/62003

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Niderlandiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Amerikada to'liq moliyalashtirilgan holda ilmiy tadqiqot qilish imkoniyatini beruvchi Fulbright Visiting Scholar Program dasturi

Talablar
— Nomzodlar Oʻzbekiston fuqarosi/rezidenti boʻlishlari lozim;
— PhD/unga tenglashtirilgan darajaga ega boʻlish yoki tanlangan taʼlim sohasida kamida 10 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan tajribali mutaxassis boʻlish kerak;
Fulbright Junior Faculty dasturi uchun oliy oʻquv yurtida kamida 3 yillik toʻliq tajribaga ega ilmiy ish qilishni istaydigan oʻqituvchilar ariza topshirishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— Amerikaga borish-kelish xarajatlari to'liq qoplanadi;
— To'liq moliyaviy yordam va tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi;
— Ilmiy ishlariga oid Amerika madaniy boyliklardan foydalanish imkoniyati.

Oxirgi muddat
16.09.2024 18:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/90731

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. Rassom va ijodkorlardan iborat jamoalar uchun Germaniyada toʻliq moliyalashtiriladigan 3 oylik rezidentlik dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/76599

2. AQSh elchixonasi tomonidan Jizzax shahrida ayollar va qizlar uchun oʻz-oʻzini himoya qilish mashgʻulotlari
👉 https://grantgo.uz/go/89256


10 kun qoldi:
1. Germaniyada magistratura bosqichida o'qish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi DAAD Helmut-Schmidt-Programme dasturi. Oylik stipendiya — 934 yevro
👉 https://grantgo.uz/go/20119

2. Shveysariyada tadqiqotchilar uchun 30,000 dollar mablagʻ ajratiladigan Dr. Eduard Gübelin research scholarship dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/20250

3. 11-17 yoshdagi shoirlar uchun The Foyle Young Poets of the Award sheʼrlar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/39348

4. AQSHda yetakchilik mahoratini oshirishga qaratilgan 3 oylik Hurford Youth Fellowship dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/08742

5. Bitiruvchilar va yosh mutaxassislar uchun Germaniya Parlamenti (Bundestag) da 5 oy davomida to'liq moliyalashtirilgan holda amaliyot o'tish imkonini beruvchi grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/29595

6. Yоshidan qatʼi nazar barcha uchun insholar tanlovi — Biopage Storytelling Writing Contest
👉 https://grantgo.uz/go/57351

7. Barcha 17-35 yosh oraligʻidagilar uchun Koreyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan kuzgi madaniyat oromgohi — Autumn Korean Culture Camp
👉 https://grantgo.uz/go/56250

8. “Davlat belgisi” DUK tomonidan esdalik tangalari va suviner toʻplamlari dizaynerlari uchun maxsus tanlov
👉 https://grantgo.uz/go/21591

9. Birlashgan Millatlar Tashkilotidan 14-35 yosh oraligʻidagilar uchun hududiy yoshlar tanlovi — UNODC ROCA Regional Youth Competition
👉 https://grantgo.uz/go/09889

Telegram | YouTube | Mentorlik
2024/09/28 09:22:53
Back to Top
HTML Embed Code: