Telegram Web Link
Oxford va Cambridge yozgi maktablarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi “Immerse Education” insholar tanlovi

Talablar
— 2024-yilning yozigacha 13-18 yosh oralig'ida bo'luvchi barcha millat vakillari ishtirok etishi mumkin.

Foydali tomonlari
— G'olib 10 nafar ishtirokchiga Oxford, Cambridge, London yoki Sidneyda 100% grant asosida yozgi maktabda o'qish imkoniyati;
— G'olib bo'lmagan, biroq insholari sifatli deb topilgan ishtrikochilar jami arizachilar miqdoridan kelib chiqib, 20%, 50% gacha grant bilan taqdirlanishi mumkin.

Oxirgi muddat
12.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/43285

#tanlovlar #qisman_moliyalashtiriladi #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Germaniyada magistratura bosqichida o'qish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi DAAD Helmut-Schmidt-Programme dasturi. Oylik stipendiya — 934 yevro

Talablar
— Dasturda rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari ishtirok etishi mumkin. O'zbekiston ro'yxatda mavjud;
— Nomzodlar ijtimoiy va siyosiy fanlar, huquq, iqtisod, davlat siyosati va boshqaruvi kabi sohalarda bakalavr (yoki ekvivalent) darajasiga ega bo'lishi kerak;
— Ingliz va/yoki nemis tilini mukammal bilishi lozim. Sertifikat talab etiladi (tanlagan magistrlik kursiga qarab).

Foydali tomonlari
— Dastur davomida ishtirokchilar Germaniyaning nufuzli 7 oliygohining magistratura kurslaridan birida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi;
— Kontrakt to'lovidan ozod etiladi va 934 yevro miqdoridagi oylik stipendiya beriladi;
— Safar xarajatlari qoplanadi +tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi.

Oxirgi muddat
31.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/20119

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. Royal Society of Biology competition: barcha havaskor fotograflar uchun fotosuratlar tanlovi. Bosh sovrin — £1000!
👉 https://grantgo.uz/go/95944


10 kun qoldi:
1. Malayziyada magistratura va PhD bosqichini grant asosida deyarli barcha yoʻnalishlarda oʻqish uchun Malaysia International Scholarship dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/55675

Telegram | YouTube | Mentorlik
O'tgan haftadagi eng ommabop grant va imkoniyatlar:

1. Barcha 17-35 yosh oraligʻidagilar uchun Koreyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan kuzgi madaniyat oromgohi — Autumn Korean Culture Camp (561)
👉 https://grantgo.uz/go/56250

2. British Airwaysda onlayn amaliyot oʻtash va ishlash imkonini beruvchi Data Science Virtual Experience Programme dasturi (431)
👉 https://grantgo.uz/go/04723

3. Saudiya Arabistonidagi nufuzli universitetlarda barcha bosqichlarda o'qish imkonini beruvchi — Kingdom Saudi Arabia grant dasturi (310)
👉 https://grantgo.uz/go/59959

4. Daniyaning Kopengagen universitetida toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati — Danish Government Scholarships dasturi (284)
👉 https://grantgo.uz/go/07666

5. Bakalavriat, magistratura talabalari va oʻqishni bitirganlar uchun Yaponiyada toʻliq moliyalashtiriluvchi OIST Research Internship amaliyot dasturi (240)
👉 https://grantgo.uz/go/62011

Telegram | YouTube | Mentorlik
Talabalar uchun Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Kaist EE Camp 2024

Talablar
— KAISTda elektrotexnika bo'yicha magistratura bosqichini o'qimoqchi bo'lgan barcha iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin;
— Bakalavr bosqichining 4-kurs talabalariga ustunlik beriladi;
— Nomzod kompyuter fanlari, materialshunoslik, fizika, matematika va unga yaqin sohalardan birida tahsil olayotgan bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
— Koreyaga borish-kelish, turarjoy va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi;
— KAIST kampusi va laboratoriyasi bilan yaqindan tanishish imkoniyati;
— Universitetdagi professorlar bilan uchrashuvlar o'tkaziladi.

Oxirgi muddat
25.06.2024 20:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/55060

#yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Koreya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Bakalavr bosqichini Kanadaning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun xarajatlari toʻliq qoplanadigan Lester B.Pearson International Scholarship Program dasturi

Talablar
— Nomzod Kanada fuqarosi bo'lmasligi kerak;
— Tahsil olayotgan muassasasini bitirgan boʻlishi yoki 2024-yil iyun oyiga qadar tugatgan bo'lishi zarur;
— 2025-yil sentabrda Toronto universitetida boshlanadigan bakalavr yoʻnalishlaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi va unga qabul qilingan boʻlishi zarur.

Foydali tomonlari
— O'qish kontrakt to'lovidan ozod etiladi;
— Bepul turarjoy bilan ta'minlanadi;
— Kitoblar, oziq-ovqat va boshqa xarajatlar uchun moliyaviy yordam ko'rsatiladi.

Eslatma: dasturga arizalar qabuli 2024-yilning 1-iyulidan ochiladi!

Oxirgi muddat
11.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/53298

#grantlar_va_stipendiyalar
#toʻliq_moliyalashtiriladi
#Kanada

Telegram | YouTube | Mentorlik
Tadqiqotchi olimlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun akademik ingliz tilini bepul oʻrganish imkoniyati — “English for Science” dasturi

Talablar
— Dasturda mahalliy olimlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishi mumkin;
— Ingliz tilini B1 darajada o'zlashtirgan bo'lishi kerak;
— Ilmiy natijalari va ilmiy ishlanmalarga ega bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
— Kursda bepul ishtirok etish orqali tadqiqot yo'nalishlari va ixtisosliklari bo'yicha akademik ingliz tili bilim va ko'nikmalarini oshirish;
— Mahalliy olimlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilarga yetakchi xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etishlariga amaliy yordam berish;
— Tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun xorijiy moliyalashtirish manbalarini (grantlar) izlashdagi faolligini oshirishga ko'maklashish.

Oxirgi muddat
10.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/84124

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. Royal Society of Biology competition: barcha havaskor fotograflar uchun fotosuratlar tanlovi. Bosh sovrin — £1000!
👉 https://grantgo.uz/go/95944


5 kun qoldi:
1. Oʻz gʻoyasi yoki startap loyihasini rivojlantirmoqchilar uchun 8 haftalik RS Incubation dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/28033


10 kun qoldi:
1. Meksika hukumatidan barcha bosqichlarda toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi — Merit Scholarships grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/34947

Telegram | YouTube | Mentorlik
Tailandda magistratura bosqichini to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkonini beruvchi CGI Scholarships granti

Talablar
— 30 yoshgacha bo'lgan barcha nomzodlar qatnashishi mumkin;
— Ishtirokchilar kamida GPA 2.75 ball bilan bakalavr darajasiga ega bo'lishi kerak;
— Ingliz tilini bilish lozim. (kamida IELTS 5)

Foydali tomonlari
— O'qish kontrakt puli va boshqa akademik to'lovlar to'liq qoplanadi;
— 6 haftalik malaka oshirish kurslari taqdim etiladi;
— Borish-kelish uchun aviachipta bilan ta'minlanadi;
— Oylik stipendiya beriladi;
— Viza toʻlovi, koʻchib oʻtish, yashash, turarjoy, kitoblar va tibbiy sugʻurta uchun mablagʻ ajratiladi.

Oxirgi muddat
30.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/58071

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Tailand

Telegram | YouTube | Mentorlik
Bakalavriat va magistratura talabalari uchun turli yo'nalishlar bo'yicha Saudiya Arabistonida amaliyot o'tash imkoniyati — Visiting Student Research Program. Oylik stipendiya: $1,000!

Talablar
— Dasturda bakalavriatning kamida 3-kursini tamomlaganlar yoki magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin;
— Nomzodlar yuqori akademik ko'rsatkichga ega bo'lishi kerak;
— Ingliz tilida erkin og'zaki va yozma suhbat qila olish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak (IELTS 6,5 yoki TOEFL iBT 79).

Foydali tomonlari
— Safar va viza xarajatlari qoplab beriladi;
— Oylik $1,000 stipendiyaga ega bo'ladilar;
— Shaxsiy yotoqxona bilan ta'minlanadi va b.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/66677

#amaliyotlar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Saudiya_Arabistoni

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. Hikoya yozishga qiziquvchilar uchun mukofot jamgʻarmasi $8,700 boʻlgan Imagine 2200 hikoyalar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/26734


10 kun qoldi:
1. Talabalar va malakali mutaxassislar uchun Yaponiyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi — METI Japan Internship Program 2024
👉 https://grantgo.uz/go/84864

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barcha 17-35 yosh oralig'idagilar uchun Koreyada xarajatlari to'liq qoplanadigan kuzgi madaniyat oromgohi — Autumn Korean Culture Camp

Talablar
— Mazkur dasturda qatnashish uchun 17-35 yosh oralig'ida bo'lish kerak;
— Barcha davlat fuqarolari qatnasha oladi;
— Ingliz tilini yetarlicha bilish kerak. IELTS talab qilinmaydi;

Foydali tomonlari
Xarajatlari toʻliq qoplanadigan (fully funded) grant turida safar xarajatlari, turarjoy, viza, aeroportdan kutib olish va kuzatish bilan bogʻliq xarajatlar, 2 mahal ovqatlanish, ichki transport xarajatlari qoplanadi;
— Seul bo'ylab piyoda sayohat qilish imkoniyati;
— Qatnashgan barchaga sertifikat beriladi.
— Shuningdek, dasturda o’z hisobidan qatnashish imkoni ham mavjud.

Eslatma: dasturga hujjat topshirish uchun ariza toʻlovi mavjud (to'liq ma'lumot saytimizda).

Oxirgi muddat
31.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/56250

#yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Koreya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Avstraliyaning Melburn universitetida magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish uchun to'liq moliyalashtiriladigan Graduate Research Scholarships grant dasturi

Talablar
— Nomzod Melburn universitetiga magistratura yoki doktoranturaga ariza topshirgan va kirish talablariga javob beradigan darajada bo'lishi va ayni vaqtda ushbu bosqichda o'qish uchun qabul qilingan bo'lishi kerak;
— Grant uchun so'nggi erishgan akademik ko'rsatkichlari hamda ilmiy izlanish salohiyatlariga qarab baholanadi;
— Dasturda ishtirok etish uchun ingliz tilini bilish kerak. IELTS sertifikati talab qilinmaydi.

Foydali tomonlari
— Magistrantlar 2 yilgacha, doktorantlar 4 yilgacha kontrakt to'lovidan ozod qilinadi;
— Yashash xarajatlari uchun yiliga $37,000 miqdorda pul to'lab beriladi.
— Avstraliyaga kelib joylashish uchun $3000 mablag' +sug'urta va b.

Oxirgi muddat
31.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/27496

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Avstraliya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Yangi O‘zbekiston” universitetida qabul davom etmoqda

⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish yurtimizdagi boshqa oliygohlarda o‘qishdan qanday ustunlik tomonlari bor?

🔹Ta'lim dasturlari dunyo reytingida 30-o‘rinda turuvchi Myunxen texnika universiteti tomonidan Germaniya standartlari asosida ishlab chiqilgan;
🔹50%, 70% yoki 100% grant asosida tahsil olish;
🔹Germaniya, AQSh, Janubiy Koreya va Xitoyning yuqori reytingda turuvchi oliygohlarida ish tajribasiga ega xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan to‘liq ingliz tilidagi sifatli ta'lim;
🔹 xorijiy va yurtimizdagi nufuzli kompaniyalarda amaliyot o‘tash;
🔹rahbarlik lavozimiga tayinlanadigan istiqbolli kadrlar ro‘yxatiga kirish;
🔹eng bilimli va saralangan yoshlar qatorida bo‘lish.

👉 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply

@newuzbekistanuniversity
Xorijda magistraturada tahsil olishni istagan talabalar uchun muhim bo'lgan ko'nikmalar

Bakalavriat bosqichini tugatgach, ko'pchilik o'zbekistonlik talabalar o'qishini chet elning nufuzli oliygohlarida davom ettirishni istaydi.

Bunda qabul jarayonida ulardan nafaqat yuqori akademik ko'rsatkich, balki bir qancha boshqa ko'nikma va sifatlar ham talab etiladi.

🎓 Akademik tomondan:

➡️ Bakalavriat bosqichida yuqori GPA va tegishli sohada kurs ishlari.
➡️ Soha bo'yicha bilim: siz magistraturada o'rganmoqchi bo'lgan fan sohasini chuqur tushunish.
➡️ Analitik ko'nikmalar: ma'lumotlarni tahlil qilish, tanqidiy fikrlash va murakkab muammolarni hal qilish qobiliyati.
➡️ Chet tilida erkin muloqot qilish.

🔎 Tadqiqot ko'nikmalari:

➡️ Ilgari olib borilgan tadqiqot tajribasi, nashr etilgan maqolalar yoki konferensiyalarda taqdimotlar.
➡️ Texnik ko'nikmalar: sohangizda qo'llaniladigan tegishli texnik vositalar, metodologiyalar va dasturiy ta'minot bo'yicha malaka.
➡️ Innovatsion fikrlash: ijodiy fikrlash va o'z sohangizga original g'oyalarni olib kirish qobiliyati.
➡️ Ilmiy mavzularda yoza olish.

Davomi bor...

✍️ Ushbu postni chet elda magistratura bosqichida o'qimoqchi bo'lgan do'stlaringizga yuborib qo'ying.

Foydali🔥
Keyingi post bakalavr haqida bo'lishini xohlasangiz 👍

#foydali

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Royal Society of Biology competition: barcha havaskor fotograflar uchun fotosuratlar tanlovi. Bosh sovrin — £1000!
👉 https://grantgo.uz/go/95944


3 kun qoldi:
1. Oʻz gʻoyasi yoki startap loyihasini rivojlantirmoqchilar uchun 8 haftalik RS Incubation dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/28033


5 kun qoldi:
1. 13-18 yoshdagi oʻquvchi va talabalar uchun mukofot puli jami $400,000 gacha boʻlgan Breakthrough Junior Challenge video tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/71683

2. Qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va muhandislik sohalaridagi oliy oʻquv yurti talabalari uchun yosh muhandislar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/77391

3. Talabalar uchun Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Kaist EE Camp 2024
👉 https://grantgo.uz/go/55060


10 kun qoldi:
1. 16 yoshgacha boʻlgan yosh rassomlar uchun Sketch for Survival Junior — 2024 tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/80125

2. Yaponiyada 6 oy davomida toʻliq moliyalashtirilgan holda tadqiqot olib borish imkoniyati — MIF Research Fellowship Program 2024
👉 https://grantgo.uz/go/94871

3. Talaba va o’quvchilar uchun 500-700 so'zli insho yozib $1000 gacha pul mukofoti yutib olish imkoniyati
👉 https://grantgo.uz/go/74653

Telegram | YouTube | Mentorlik
Yaponiyada 6 oy davomida toʻliq moliyalashtirilgan holda tadqiqot olib borish imkoniyati — MIF Research Fellowship Program

Talablar
— Dasturda PhD darajasiga ega va 45 yoshdan kichik bo'lganlar qatnasha oladi. Ariza berishdan oldin Yaponiyadagi qabul qiluvchi muassasadan taklifnoma (qabul) xatini olish kerak.

Foydali tomonlari
— Oylik stipendiya - JPY 220,000. Yaponiyada tadqiqot faoliyati va yashash xarajatlarini qoplash uchun beriladi;
— Yaponiyada yashash uchun dastlabki xarajatlarning bir qismini qoplash uchun mablag’ beriladi.
— Borish-kelish uchun ikki tomonlama ekonom klass aviachiptalari bilan ta’minlanadi.

Oxirgi muddat
30.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/94871

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi #Yaponiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Oksford universitetida magistratura va doktorantura bosqichini istalgan sohada o'qish uchun 200 o'rinli to'liq moliyalashtiriladigan Clarendon granti

Talablar
— Nomzodlar 2025-yil 15-yanvarga qadar Oksford universitetidan o'zlariga tegishli yo'nalishni tanlab hujjat topshirishgan bo'lishlari lozim;
— Ishtirokchilar ingliz tilini bilishlari shart. Sertifikat bali nomzod topshiradigan yo'nalishiga bog'liq;
— akademik ko'rsatkichi yuqori, faol va harakatchan bo'lishi kerak.

Foydali tomonlari
— Kontrakt pulidan ozod qilinadilar;
— Talabalarga o'qish davomida stipendiya beriladi;
— O'qish davomidagi yashash xarajatlari ham grant tomonidan qoplab beriladi.

Eslatma: oxirgi muddat yo'nalishga qarab farq qilishi mumkin!

Oxirgi muddat
15.01.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/99877

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
2024/06/28 14:31:08
Back to Top
HTML Embed Code: