Telegram Web Link
Yoshlar ovozi” gazetasidan umumiy sovrin jamg'armasi 60 million so'mlik ijodiy ishlar tanlovi

Talablar
— Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin;
— Tanlovda har bir nominatsiya uchun umumiy mavzu yoshlar hayoti va faoliyatiga doir bo'lishi kerak.
— Ishtirokchilar tanlovda belgilangan 4 kategoriya bo’yicha, ya’ni maqola, fotohikoya, video yoki bloglarini jo'natishlari lozim.

Foydali tomonlari
— Birinchi o'rin uchun - noutbuk
— Ikkinchi o'rin uchun - smartfon
— Rag'batlantiruvchi o'rin uchun - smart televizor.

Oxirgi muddat
20.05.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/46297

#tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Top Universitet Magistrlari qatoriga qo'shiling!

ℹ️ Dunyoning eng TOP Universitetlarida magistr bo'lishni xohlaysizmi? Nufuzli universitetlarda o'qib, oldingizga yuksak maqsadlar qo'yib, ularga erishmoqchimisiz? Unda bu seminar aynan siz uchun! 🤩

🎓 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti bitiruvchisi va Chikago Universiteti qoshidagi Harris Davlat Siyosati Maktabining magistratura bosqichiga o‘qishga kirgan birinchi O‘zbekistonlik - Abdurashid Abdusalomov sizni noyob tadbirga taklif etadi!

🔍 Ushbu tadbirda siz quyidagilarni bilib olasiz:

🔹 Magistratura va doktorantura uchun insho yozish.
🔹 Muhim resurslar va tavsiyalar.
🔹 Grant va stipendiyalar.
🔹 Qanday testlardan o'tish kerak?
🔹 Kimdan tavsiyanoma olish kerak?

Tashkilotchi
🏢 Ziyo Forum

📆 08.05.2024 16:00 (chorshanba, ertaga)
Toshkent shahri, Ziyo Forum. Qushbegi ko'chasi, 5
💰 Bepul
🌐 Ingliz & O'zbek tili

Batafsil
👉 Rasmiy havola | Ro'yxatdan o'tish

#top_universitetlar #xorijda_oqish #xalqaro_universitetlar

Telegram
🇯🇵Kunchiqar mamlakat — Yaponiyada oʻqish, amaliyot va tadqiqot olib borish imkonini beruvchi ayni paytda qabul davom etayotgan dasturlarni eʼtiboringizga havola etamiz👇

Amaliyot dasturlari

➡️Yaponiyada 6 oy davomida to’liq moliyalashtirilgan holda tadqiqot olib borish imkoniyati - MIF Research Fellowship
Dedlayn: 30.06.2024 20:00
🔗Batafsil

➡️Talabalar va mutaxassislar uchun Yaponiyada haq to’lanadigan amaliyot dasturi - METI Japan Internship Program
Dedlayn: 30.06.2024
🔗Batafsil

➡️O’qishni tamomlaganlar uchun Yaponiyaning Awaji orolida 9 oylik haq to’lanuvchi amaliyot - AYF Fellowship dasturi
Dedlayn: 31.05.2024
🔗Batafsil

Bakalavriat, magistratura va PhD dasturlari

➡️ Yaponiyada bakalavriat bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish uchun MEXT Scholarship granti
Dedlayn: 24.05.2024 18:00
🔗Batafsil

➡️Magistratura va PhD bosqichida o’qish uchun to’liq moliyalashtiriladigan MEXT Scholarship grant dasturi
Dedlayn: 24.05.2024 17:00
🔗Batafsil

GrantGO bilan orzular sari olg’a!

#dayjest #Yaponiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. 40 yoshdan kichik boʻlgan turli sohadagi tadqiqotchi, mutaxassis, talaba va aspirantlar uchun ilmiy va jurnalistik xalqaro maqolalar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/90051

Telegram | YouTube | Mentorlik
OSCE akademiyasidan talabalar uchun Bishkek va Issiqko’lda barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi maktab

Iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik va shunga aloqador sohalar bo'yicha bakalavriatning oxirgi kurs talabalari va uni tugatganlar topshirishi mumkin. Dastur ingliz tilida bo'ladi.

Foydali tomonlari
— 4 hafta uchun 450 yevro stipendiya ajratiladi;
— Markaziy Osiyo davlatlaridan Bishkekkacha aviachipta xarajatlari qoplanadi.

Oxirgi muddat
06.06.2024 17:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/19763

#yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Qirgʻiziston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Talabalar uchun Xitoyda barcha xarajatlari to'liq qoplanadigan 10 kunlik yozgi maktab — UCAS International Summer School 2024

Talablar
— Nomzod Xitoy fuqarosi bo'lmasligi kerak;
— 35 yoshdan oshmagan, jismonan hamda ruhan sog'lom bo'lishi lozim;
— Bakalavriatning oxirgi kursi, magistratura yoki doktoranturaning istalgan kursida tahsil olayotgan va yuqori akademik ko'rsatkichiga ega bo'lishi kerak;
— Atrof-muhitga doir fanlar, ekologiya, geografiya, resurslar, biologiya, kimyo va boshqa tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha tajriba/ta'limga ega bo‘lishi lozim.

Foydali tomonlari
— Xitoyga borish/qaytish safar xarajatlari to'liq qoplanadi;
— Bepul turarjoy va oziq-ovqat bilan ta'minlanadi;
— Tibbiy sug'urta xarajatlari to'lab beriladi;
— Dastur yakunida sertifikat beriladi.

Oxirgi muddat
31.05.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/53880

#yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Xitoy

Telegram | YouTube | Mentorlik
Qabul boshlandi!

Italiyaning Milan Politexnika universitetida magistratura bosqichini o'qish uchun grantlar. Yillik stipendiya — 10,000 yevrogacha!

Talablar
— Grantga ariza topshirish uchun nomzodlar Italiya davlati fuqarosi bo'lmasliklari lozim;
— Kamida IELTS 6 yoki shunga teng xalqaro til sertifikati topshirishlari kerak;
— Nomzodlarning erishgan yutuqlari, akademik ko'rsatkichlari, bakalavr diplomi dastur yo'nalishlariga mos kelishi lozim.

Foydali tomonlari
— G'oliblar kontrakt pulidan to'liq ozod qilinadi;
— Grantlar turiga qarab 10,000 yevrogacha stipendiya ajratiladi;
— Bepul yotoqxona bilan ta'minlanishi mumkin.

Oxirgi muddat
13.06.2024 16:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/25132

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Italiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Garvardda 9 oy tadqiqot qilish imkonini beruvchi Radcliffe Institute Fellowship Program dasturi. G'oliblarga $78,000 stipendiya beriladi!

Talablar
— Dasturga ushbu kategoriyalarda hujjat topshirish mumkin: Gumanistlar va ijtimoiy fan olimlari; Ijodkorlar (jurnalist va badiiy boʻlmagan yozuvchilar); Olimlar, injenerlar va matematiklar;
— Doktorlik darajasini olganligiga kamida 2 yil bo'lgan bo'lishi kerak (Ijodkor kategoriyasi bo'yicha shart emas).

Foydali tomonlari
— Yillik $78,000 miqdoridagi stipendiya;
— Loyiha xarajatlari uchun qo'shimcha $5,000
— Byerly Halldan ofis yoki studiya uchun joy;
— Oilasi bilan ko'chib keladiganlarga $5000 dan $7000 gacha qo'shimcha pul + enaga yollashi uchun mablag' ham beriladi!

Oxirgi muddat
13.09.2024 08:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/27571

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #grant #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. 14-24 yosh oralig’idagi yetakchi yoshlar uchun xalqaro onlayn almashinuv dasturi — Leaders of Tomorrow Digital Exchange Program
👉 https://grantgo.uz/go/15548


3 kun qoldi:
1. Transversalidades: Photography without frontiers 2024 — barcha uchun xalqaro foto tanlov; umumiy mukofot jamgʻarmasi €6,300
👉 https://grantgo.uz/go/50621

2. Barcha dizaynerlar uchun "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi bo'yicha tanlov. Mukofot miqdori — 100 million soʻm!
👉 https://grantgo.uz/go/06105


10 kun qoldi:
1. Havaskor va professional fotograflar uchun Global Peace Photo Award fototanlovi. Mukofot jamgʻarmasi — €11,000 va Avstriyaga bepul sayohat!
👉 https://grantgo.uz/go/66084

Telegram | YouTube | Mentorlik
Shanxay Hamkorlik Tashkilotidan 5-16 yosh oralig'idagi yosh rassomlar uchun "ShHT oilasi mening ko'z o'ngimda" nomli xalqaro tanlov

Talablar
— Tanlovda ShHT davlatlaridan (jumladan, O'zbekistondan) 5 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalar va yosh rassomlar ishtirok etishi mumkin;
— Nomzodlar "ShHT oilasi mening ko'z o'ngimda" (ShHT oilasi mening qalbimda, ShHT oilasi mening yuragimda) mavzusiga bag'ishlangan san'at asarlarini yaratishi kerak.

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— O'z ijod namunalarini xalqaro auditoriyaga namoyish qilish imkoniyati;
— Saralangan nomzodlarga sertifikat beriladi.

Oxirgi muddat
01.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/91582

#tanlovlar #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Qohiradagi Amerika universitetida bakalavriatni o'qish uchun 100% gacha grantlar — AUC Excellence Scholarship Programme

Talablar
— Dasturda barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
— Nomzodlar iqtidorli, bilimli va ijtimoiy jihatdan faol bo'lishlari lozim;
— Ishtirokchilar ingliz tilini bilishlari va IELTS yoki TOEFL xalqaro sertifikatlaridan biriga ega bo'lishlari kerak.

Foydali tomonlari
— Dastur grantlari turiga qarab universitetda oʻqish kontrakt toʻlovi uchun 20% dan 100% gacha grantlar taqdim etiladi.

Oxirgi muddat
01.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/81877

#grantlar_va_stipendiyalar #kontrakt_puli_qoplanadi #Misr

Telegram | YouTube | Mentorlik
Bakalavr bosqichining 3-4-kurs talabalari uchun kurs/diplom ishlari bo'yicha xalqaro tanlov. G'oliblar Irlandiyadagi sammitga bepul yo'llanma oladilar!

Talablar
— Nomzodlar 2023-yil bakalavr bosqichini tugatgan yoki 2024/2025-yillardan birida tugatadigan bo'lishi kerak;
Kunduzgi ta'lim sohasida o'qiyotganlar ham, sirtqi ta'limda o'quvchilar ham ariza bera oladilar;
— Tugallangan va baholangan yoki yakuniga yetgan, biroq bahollanmagan ishlarni ham yuborish mumkin.

Foydali tomonlari

Mintaqaviy e'tirof: sertifikat, xalqaro kutubxona saytida ishlari chop etiladi, xalqaro sammitda qatnashadilar.

Global miqyosdagi g'oliblar: oltin medal va sertifikat, xalqaro kutubxona saytida ishlari chop etiladi, Irlandiyadagi yakuniy xalqaro sammitda barcha xarajatlari qoplangan holda qatnashadilar.

Ishlari yuqori baholangan nomzodlarga ham sertifikat va sammit yo'llanmasi beriladi!

Oxirgi muddat
07.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/51671

#tanlovlar #mukofot #Irlandiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
“Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi. Asosiy sovrinlar — Iphone 15 pro max, HP Notebook, Galaxy Tab S9

Talablar
— Tanlovga belgilangan mavzular (insonparvarlik va bag'rikenglik, erkinlik va mas'uliyat, vatanparvarlik va b.) bo'yicha 3 daqiqadan oshmaydigan ijtimoiy videoroliklar qabul qilinadi;
— Tanlovda barcha qatnashishi mumkin.

Foydali tomonlari

Hakamlar eʼtirofi boʻyicha:
— 1-oʻrin – Iphone 15 pro max (256 GB);
— 2-oʻrin – HP Victus;
— 3-oʻrin – Samsung Galaxy Tab S9.

Muxlislar ovozi boʻyicha:
— 1-oʻrin – Iphone 15 pro max (256 GB);
— 2-oʻrin – HP Victus;
— 3-oʻrin – Samsung Galaxy Tab S9.

Oxirgi muddat
20.05.2024 18:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/70695

#tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. 40 yoshdan kichik boʻlgan turli sohadagi tadqiqotchi, mutaxassis, talaba va aspirantlar uchun ilmiy va jurnalistik xalqaro maqolalar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/90051


5 kun qoldi:
1. Tinchlik va taraqqiyot sohasida ish tajribasiga ega boʻlganlar uchun toʻliq moliyalashtiriladigan Rotary Peace Fellowship dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/73891

2. Dunyoning yetakchi universiteti — Kembrijda biznes sohasi boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun Cambridge MBA Scholarship dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/85535

3. Yoshlar ishlari agentligidan STEM fanlari bilimdonlari uchun “IQtidorli” yoshlar oromgohi
👉 https://grantgo.uz/go/40045

4. Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun toʻliq moliyalashtiriladigan 5 kunlik Global Peace sammiti
👉 https://grantgo.uz/go/96757

5. Yosh yetakchilar uchun Tällberg jamgʻarmasi tomonidan Global Leadership Prize tanlovi. Bosh mukofot — $50,000!
👉 https://grantgo.uz/go/35021


10 kun qoldi:
1. "Yoshlar ovozi" gazetasidan umumiy sovrin jamgʻarmasi 60 million soʻmlik ijodiy ishlar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/46297

2. Bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalari uchun Ruminiyaning Buxarest shahrida 2 haftalik yozgi maktab
👉 https://grantgo.uz/go/60644

3. “Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi. Asosiy sovrinlar– Iphone 15 pro max, HP Notebook, Galaxy Tab S9.
👉 https://grantgo.uz/go/70695

Telegram | YouTube | Mentorlik
Saudiya Arabistonidagi nufuzli universitetlarda bakalavr, magistratura va PhD bosqichini o'qish imkonini beruvchi grant dasturi

Talablar
— Dasturda barcha xalqaro talabalar qatnashishi mumkin;
— Nomzod arabshunoslik va bakalavriat uchun 17 yoshdan 25 yoshgacha bo'lishi, magistratura uchun 30 yoshdan, PhD uchun esa 35 yoshdan oshmagan bo'lishi lozim;
— Nazariyaga asoslangan mutaxassisliklar uchun arab tilini, amaliy yo'nalishlar uchun ingliz tilini yaxshi bilish zarur.

Foydali tomonlari
Dasturda quyidagi 3 turdagi grantdan birida o'qish mumkin:
To'liq moliyalashtiriladi: bunda to'liq grant beriladi va barcha to'lovlardan ozod etiladi;
Qisman moliyalashtiriladi: ba'zi xarajatlar uchun talaba o'z hisobidan to'laydi;
— Barcha xarajatlar nomzodning o'z hisobidan qoplanadi.

Oxirgi muddat
28.07.2024 02:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/59959

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Saudiya_Arabistoni

Telegram | YouTube | Mentorlik
Innovator yoshlar uchun Create the Future Design Contest tanlovi. Bosh mukofot — $25,000

Talablar
— Nomzodlar 18 yosh yoki undan yuqori bo'lishi kerak. Jamoa bo'lib ishtirok etsa, jamoa sardori 18 yosh yoki undan yuqori bo'lsa bas. Qolgan ishtirokchilarning yoshi ahamiyatga ega emas;
— Tanlovga har bir kategoriya boʻyicha o'z loyiha/dizaynini topshirish mumkin. Ishlar bir birini takrorlamasligi va oʻziga xos boʻlishi kerak va b.

Foydali tomonlari
— Grand Prize mukofoti — 25,000 AQSh dollari taqdim etiladi;
— Har bir mintaqadan mintaqaviy g'oliblarga HP va NVIDIA kompaniyasining ish stansiyasi kompyuteri;
— Onlayn ovoz berish orqali aniqlangan eng mashhur o'ntalikka magnitli to'plamlar topshiriladi.

TOP 100 ta ishtirokchiga sertifikat beriladi!

Oxirgi muddat
02.07.2024 08:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/41908

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
YUNESKO tomonidan 14 yoshdan 25 yoshgacha bo'lganlar uchun Youth Eyes on the Silk Roads xalqaro fotolar tanlovi

Talablar
Tanlovda 14-25 yosh oralig'idagi barcha davlat fuqarolari ishtirok etishi mumkin. JPEG va JPG formatidagi 20 tagacha rasm yuborish mumkin.

Foydali tomonlari
— 1-o'ringa 18-55 mm linzali professional refleks raqamli kamera;
— 2-o'ringa yarim professional raqamli kamera (Semi-professional digital camera);
— 3-o'ringa raqamli kamera beriladi.

Oxirgi muddat
14.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/36283

#tanlovlar #mukofot #Fransiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Singapur davlatida doktorantura (PhD) bosqichida o'qish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi SINGA grant dasturi

Talablar
— Tadqiqot qilishga qiziquvchi va yuqori akademik salohiyatga ega barcha xalqaro talabalar ariza topshirishlari mumkin;
— Ingliz tilida yozma va og'zaki ko'nikmalari yaxshi bo'lishi;
— Akademik darajaga ega insonlardan tavsiyonamalarga ega bo'lish.

Foydali tomonlari
— Kontrakt to'liq qoplanadi;
— Oylik 2700 Singapur dollari miqdorida stipendiya, malaka imtihoni topshirgandan keyin 3200 Singapur dollariga oshiriladi;
— 1500 Singapur dollari miqdoridagi aviachiptalar uchun bir martalik grant beriladi.

Oxirgi muddat
01.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/49215

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Singapur

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Transversalidades: Photography without frontiers 2024 — barcha uchun xalqaro foto tanlov; umumiy mukofot jamgʻarmasi €6,300
👉 https://grantgo.uz/go/50621

2. Barcha dizaynerlar uchun "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi bo'yicha tanlov. Mukofot miqdori — 100 million soʻm!
👉 https://grantgo.uz/go/06105


5 kun qoldi:
1. Global Schools Program — butun dunyo faol oʻqituvchilari uchun bir oylik onlayn trening dasturi. Ishtirok etish bepul.
👉 https://grantgo.uz/go/93547

Telegram | YouTube | Mentorlik
Maktab, kollej yoki akademik litsey o'quvchilari uchun 6 ta fan doirasida tanlov — S.T. Yau High School Science Award (Asia)

Talablar
— Tanlovda ishtirok etish uchun 1-3 kishilik jamoa tuziladi. Jamoaga o'qituvchilardan 1 nafar rahbar tayinlanadi;
— Musobaqada bir maktabda bir nechta jamoa qatnashishi va rahbar o'qituvchi bir nechta jamoalarga rahbarlik qilishi mumkin;
— Har bir jamoa tanlangan fan bo'yicha tadqiqot rejasiga ega bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
— Har bir yo'nalish bo'yicha 1-o'ringa Gold Prize: $1000+$4000 maxsus mukofot;
— Har bir yo'nalish bo'yicha 2-o'ringa Silver Prize: $500 ($2500 matematika uchun);
— Horourable Mentions: har bir fan bo'yicha eng yaxshi 3 ta jamoa alohida e'tirof etiladi;
— Barchaga sertifikat beriladi.

Oxirgi muddat
31.05.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/81299

#tanlovlar #mukofot #Xitoy

Telegram | YouTube | Mentorlik
2024/06/28 19:34:14
Back to Top
HTML Embed Code: