Telegram Web Link
Turkiyaning Bilkent universitetida bakalavr bosqichini istalgan soha bo'yicha o'qish uchun 100% gacha grantlar

Talablar
— Dasturda Turkiya fuqarosi bo'lmagan barcha nomzodlar qatnashishi mumkin;
— Darslar ingliz tilida olib boriladi. Shuning uchun ham nomzodlardan IELTS 6,5 yoki TOEFL iBT-87 sertifikati talab qilinadi.

Foydali tomonlari
— 20% dan 100% gacha kontrakt puli qoplab beriladi;
— Kontrakt puli 100% qoplab beriladigan, ya'ni to'liq grantni qo'lga kiritgan nomzodlarga yotoqxona xarajatlari uchun ham grant ajratilishi mumkin.

Oxirgi muddat
12.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/22388

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Turkiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
AQShning Toshkentdagi elchixonasidan talabalar uchun 6 oylik Foreign National Student Internship Program amaliyot dasturi

Talablar
— AQSh fuqarosi bo'lmagan va hozirda O'zbekistonda qonuniy istiqomat qiluvchi bakalavriat bosqichining 1-3-kurs talabalari qatnashishi mumkin;
— Ishtirokchilar 18 yosh yoki undan yuqori bo'lishi shart.

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Xalqaro tashkilotda ish tajribasiga ega bo'lish imkoniyati;
— Turli tadbirlarida faol ishtirok etish orqali ingliz tili ko'nikmasini oshirish va tadbirlarni rejalashtirish/dasturlarni boshqarish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin.

Oxirgi muddat
07.05.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/00288

#amaliyotlar #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Germaniyada magistratura bosqichida o'qish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi DAAD Helmut-Schmidt-Programme dasturi. Oylik stipendiya — 934 yevro

Talablar
— Dasturda rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari ishtirok etishi mumkin. O'zbekiston ro'yxatda mavjud;
— Nomzodlar ijtimoiy va siyosiy fanlar, huquq, iqtisod, davlat siyosati va boshqaruvi kabi sohalarda bakalavr (yoki ekvivalent) darajasiga ega bo'lishi kerak;
— Ingliz va/yoki nemis tilini mukammal bilishi lozim. Sertifikat talab etiladi (tanlagan magistrlik kursiga qarab).

Foydali tomonlari
— Dastur davomida ishtirokchilar Germaniyaning nufuzli 7 oliygohining magistratura kurslaridan birida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi;
— Kontrakt to'lovidan ozod etiladi va 934 yevro miqdoridagi oylik stipendiya beriladi;
— Safar xarajatlari qoplanadi +tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi.

Oxirgi muddat
31.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/20119

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Hikoya yozishga qiziquvchilar uchun mukofot jamg'armasi $8,700 bo'lgan Imagine 2200 hikoyalar tanlovi

Talablar
— Tanlovda 18 yoshdan katta barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
— Ijodiy ishlar iqlim muammosiga oid bo’lishi va ingliz tilida yozilishi yoki ingliz tiliga tarjima qilingan bo'lishi kerak.

Foydali tomonlari
— Birinchi o'ringa $3,000 pul mukofoti va Amerikadagi 4 haftalik rezidentlik dasturida qatnashish imkoni ($3,000 gonorar), ikkinchi o'ringa $2,000, uchinchi o'ringa esa $1,000;
— Shuningdek, yana qo'shimcha 9 nomzodning har biriga $300 dan;
—Jami 12 o'rin sohiblarining hikoyalari Grist's internet sahifasida Imagine 2200 kolleksiyasining bir qismi sifatida chop etiladi.

Eslatma: dasturga ariza topshirish bepul!

Oxirgi muddat
24.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/26734

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Bakalavr va Magistratura talabalariga Germaniyada 1 semestr o'qish va amaliyot o'tash imkoniyatini beruvchi COPERNICUS almashinuv dasturi

Talablar
— Ariza topshiruvchilarning yo'nalishi Gamburg universitetida mavjud yo'nalishlarga mos kelishi kerak;
— Nomzod bakalavr yoki magistratura bosqichida kamida bir semestr o'qigan bo'lishi va 18 yoshdan kichik bo'lmasligi shart;
— Nemis tilini birish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo'lish talab etiladi (Eng kamida B2) va b.

Foydali tomonlari
— 310 yevro oylik stipendiya;
— Yashash uchun mahalliy xonadon (oila) yoki yotoqxona bilan ta'minlanadilar;
— Ovqatlanish, tibbiy sug'urta, ro'yxatdan o'tish, mahalliy transport, shuningdek, borish-kelish chiptasi va viza xarajatlari qoplab beriladi.

Oxirgi muddat
01.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/16558

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Oftalmologiya va ko'z parvarishi bo'yicha Edinburg universitetida onlayn magistratura dasturini grant asosida o'qish imkoniyati

Edinburg universiteti 2024 QS reytingiga ko'ra dunyoda 22-o'rinda turadi. O'zbekiston fuqarolari universitet grantiga ariza bera oladi. Buning uchun klinik oftalmologiya bo'yicha 2 yillik onlayn magistratura dasturiga qabul qilinish kerak.

Foydali tomonlari
— Stipendiya nomzodning o'qish to'lovini to'liq qoplaydi hamda noutbuk va internet xizmatlari uchun mablag' ajratadi.

Oxirgi muddat
02.06.2024 03:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/29550

#grantlar_va_stipendiyalar #kontrakt_puli_qoplanadi #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
DevOps Essentials dasturi — IT sohasiga qiziquvchilar uchun EPAM kompaniyasidan bepul onlayn kurs

Talablar
— Kursda qatnashish uchun ingliz tilini kamida A2+ (pre-intermediete) darajada bilish kerak;
— IT sohasiga oid boshlang'ich tushunchalar va dasturiy ta'minot (Software operation) bilan ishlash ko'nikmalari bo'yicha asosiy bilimlarga ega bo'lish lozim;
— Noodatiy vazifalarni tanqidiy fikrlash va ijodkorlik bilan bajara olish kerak;

Foydali tomonlari
— Mazkur kursni istalgan paytda va istalgan joyda o'qish mumkin; hech qanday dedlayn (deadlines) mavjud emas;
— IT sohasida ish tajribasi talab etilmaydi;
— Kurs yakuniy imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan ishtirokchilar DevOpsda ishlash va IT sohasida rivojlanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/75896

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #Yevropa

Telegram | YouTube | Mentorlik
` 🇰🇷 1️⃣0️⃣0️⃣ 🔤 🔤🔤🔤🔤 AKSIYASI

( VIZANGIZNI OLGANDAN SO'NG TO'LOV QILING )

✔️ Siz ham Koreyaga Vizangizni 100% Aniq olgandan keyin Firma to'lovini to'lashga nima deysiz?

✔️ 100% gacha Grant yutishgachi ?

🗂 ( O'qishga va Vizaga Hujjatlarni apostil, notarius, tarjima, pochta, o'qishga topshirish va shu kabi xizmatlarini o'zimiz bajaramiz)

🏃‍♂️ Shoshiling Aksiyamizda joylar cheklangan ulgurib qolish uchun bizga murojaat qiling !

👨‍🎓 Bakalavr & Magistratura

🇰🇷 Koreya: IELTS 5.5 yoki TOPIK 3

💰 Bu Aksiyada Firma to'lovini vizadan so'ng to'laysiz.

📞 Murojaat uchun:
(95)020-97-99 | 📩 Yozish  
      (95)020-98-99 | 📩 Yozish

💬Telegram|📹 Instagram|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚩🚩🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩

Fulbright va Humphrey dasturlari haqida ko'proq ma'lumot olmoqchi bo'lganlar uchun Shanba kuni kanalimizda Q&A tarzda ovozli chat tashkil qilamiz.

Suhbat davomida
➡️ Fulbright va Humphrey dasturlari haqida qisqacha tanishuv
➡️ Dasturlar haqida savol-javob

🗓 27.04.2024 21:00-22:30

Dasturlar haqidagi eng asosiy ma'lumotlar
ℹ️ Fulbright | Humphrey

Dasturlar hamjamiyatlari
💬 Ingliz tilida | O'zbek tilida

Guruhlarga qo'shilganda pindagi yo'riqnoma bilan tanishib chiqing!

Mentorlik kursi
🎓 Fulbright va Humphrey mentorlik kursi

#voicechat #mentorlik #magistratura #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Earth.org tomonidan barcha uchun moʻljallangan tabiatni muhofaza qilish boʻyicha umumiy sovrini 1000 dollarlik fotolar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/57098


3 kun qoldi:
1. Ingliz tili va boshlangʻich IT koʻnikmalarini rivojlantirmoqchi boʻlganlar uchun Amerikaning Nobel Internship Program dasturidan bepul onlayn kurslar
👉 https://grantgo.uz/go/90115

2. Yoshidan qatʼi nazar barcha uchun koreys tili tanlovida qatnashib pul mukofoti yutib olish imkoniyati
👉 https://grantgo.uz/go/57654


5 kun qoldi:
1. Chexiyaning Charlz universitetida bakalavr va magistratura bosqichida oʻqish uchun grantlar
👉 https://grantgo.uz/go/94474

2. Talabalar, professor va tadqiqotchilar uchun Slovakiyada toʻliq grant asоsida oʻqish va tadqiqot olib borish imkoniyati — The National Scholarship Programme of the Slovak Republic almashinuv dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/04228

3. Turli sоha vakillari uchun taʼlim sohasida ikki yillik professional rivojlanish imkoniyatini beruvchi Teach for Uzbekistan dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/03620

4. 25 yoshgacha boʻlgan barcha uchun umumiy mukofot jamgʻarmasi $15,000 ga teng bo'lgan ClimateScience onlayn olimpiadasi
👉 https://grantgo.uz/go/67721

5. Birlashgan Arab Amirliklaridagi Xalifa Universitetida magistratura bosqichini toʻliq mоliyalashtirilgan hоlda oʻqish uchun grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/63799

6. Chexiyaning Charlz universitetida matematika yoʻnalishi bo'yicha magistratura bosqichida oʻqish uchun grant
👉 https://grantgo.uz/go/40885

7. Istalgan soha bo'yicha Germaniya universitetlariga qabul qilingan barcha bosqich talabalari uchun Friedrich Ebert Foundation Scholarship dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/48798

8. Ayol-qizlar uchun STEM sohasida magistratura bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi Britaniya Kengashi stipendiyalari dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/18499

9. Butun dunyo yoshlarini qamrab oluvchi Young Professional Fellowship Bali 2024 konferensiyasi
👉 https://grantgo.uz/go/83190

10. Yaponiyada magistratura va PhD darajasida o’qish uchun oylik stipendiya to’lanadigan Honjo International Scholarship Foundation dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/02909

11. The Iris Project: tabiatni asrashga moʻljallangan loyihalar tanlovi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi — $30,000
👉 https://grantgo.uz/go/36352

12. Tadbirkorlar uchun Buyuk Britaniyada biznes sohasida tahsil olish va biznes ishini davom ettirish imkonini beruvchi Pathfinder Awards tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/56931


10 kun qoldi:
1. Innovatsion yechimlarga ega yoshlar uchun 3 haftalik onlayn tanlov. Gʻoliblar Amerikadagi Silikon vodiysiga bepul sayohat qiladi!
👉 https://grantgo.uz/go/09930

Telegram | YouTube | Mentorlik
2024/09/27 23:20:38
Back to Top
HTML Embed Code: