Telegram Web Link
☕️ Choy ustida DAAD haqida gaplashamiz

🇩🇪 Kuzatuvchilarimiz orasida juda ko'pchilik Germaniyada magistratura bosqichida o'qishni xohlashidan xabarimiz bor. Bu orzuingizni amalga oshirishda esa DAAD grant dasturlari yordam berishi mumkin

Faqat DAAD bu yagona grant dasturi emasligi va har birining o'ziga yarasha talablari borligi ko'pchilikda tushunmovchiliklar keltirib chiqaradi. Shu sababli 1-sentabr 21:00 da kanalimizda DAAD haqida gaplashamiz.

🔥 Suhbatimizda DAAD 2024 g'oliblari ham ishtirok etishadi

🗓 Vaqt: 1-sentabr 2024 21:00
📍 Joy: @grantgouz telegram kanali

🧑‍🎓 Suhbatgacha esa o'tgan yilgi ovozli chatimiz, DAAD mentorlik kursimiz va uning uchun maxsus ochilgan guruh bilan tanishib chiqing

▶️ DAAD dasturlari haqida ovozli chat
▶️ DAAD mentorlik kursi 3.0
▶️ @DAAD_Community

☕️ Do'stlaringizni ham taklif qilishni unutmang. Choy ustida ko'rishguncha!

#DAAD #mentorship #Germaniya #ovozli_chat

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Iste’dodli yoshlar uchun “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida startap loyihalar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/98841

2. 18 yoshdan kattalar uchun Maltada umumiy ingliz tilini yaxshilash hamda IELTSga tayyorgarlik kurslarini bepul oʻqish uchun grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/43514

3. Avstraliyaning nufuzli universitetida magistratura va doktorantura bosqichini oʻqish uchun grant dasturi — Monash Graduate Scholarship
👉 https://grantgo.uz/go/44337

4. Tasviriy sanʼatning istalgan turida va istalgan mavzusida ijodiy ishlarni koʻrgazma qilish imkoniyati — The Aesthetica Art Prize. Bosh sovrin — £10,000!
👉 https://grantgo.uz/go/61668

5. Osiyo Taraqqiyot Bankidan magistratura va doktorantura talabalari uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturi — ADB Internshiр Рrоgram
👉 https://grantgo.uz/go/07308

6. 20-35 yosh oraligʻidagilar uchun AQShda xarajatlari toʻliq qoplanadigan 1 haftalik amaliyot dasturi — Youth Interfaith Leaders Fellowship
👉 https://grantgo.uz/go/82556


10 kun qoldi:
1. Amerikaning Toshkentdagi elchixonasidan talabalar uchun 6 oylik Foreign National Student Internship Program amaliyot dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/00288

Telegram | YouTube | Mentorlik
Maktab o'quvchilari uchun biznes sohasi bo'yicha Wharton Global High School Investment Competition tanlovi

Talablar
— Tanlovda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan maktabning yuqori, ya’ni 9-12-sinf o'quvchilari qatnashishlari mumkin;
— Dasturga biznes va moliya sohalariga qiziquvchi, ushbu yo'nalishda bilim va malakasini oshirishni istaydigan yuqori sinf o’quvchilari ariza topshirishi mumkin;
— Ishtirokchilardan birja bozoriga oid tajriba talab qilinmaydi;

Foydali tomonlari
— Barcha yarim final va final qatnashchilari maxsus sertifikatlarga ega bo'lishadi;
— Finalga chiqqan jamoadagi har bir ishtirokchi yozgi onlayn dasturlarida qatnashish imkonini qo'lga kiritadi;
— Finalga chiqqan 10 ta jamoaning har bir qatnashchisi Understanding Your Money onlayn kursida hech qanday to'lovlarsiz o'qish muvaffaqiyatiga sazovor bo'ladi va b.

Oxirgi muddat
13.09.2024 15:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/21144

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Niderlandiyada magistratura bosqichini o'qish uchun 5000 yevro miqdoridagi NL Scholarship granti

Talablar
— Yevropa iqtisodiy hududiga a'zo bo'lmagan davlat fuqarosi bo'lish (o'zbekistonliklar topshira oladi);
— Magistratura kurslaridan biriga kirish;
— Ingliz tilini yaxshi bilish (sertifikat so’raladi).

Foydali tomonlari
— Birinchi o'quv yilida 5000 yevro miqdorida grant ajratiladi. Bu grantni 3 martagacha (15 000 yevro) qo'lga kiritish mumkin.

Eslatma: dasturga qabul 15-oktyabrdan boshlanadi!

Oxirgi muddat
02.02.2025 03:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/07515

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Niderlandiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Amerikaning Boston universitetida bakalavr bosqichini toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati — Trustee Scholarship dasturi

Talablar
— Nomzodlar Boston universitetining bakalavr bosqichiga qabul qilingan bo'lish kerak;
— Maktab/kollejdagi baholari a'lo bo'lishi lozim;
— 2 ta mavzudan biriga 600 so'zdan oshmagan essay (insho) yozishlari kerak.

Foydali tomonlari
— 4 yillik kontraktdan ozod etiladilar (bunda talabaning keyingi yillardagi akademik o'zlashtirishi hisobga olinadi);
— Talabalar uchun majburiy barcha to'lovlardan ozod etiladi.

Oxirgi muddat
01.12.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/16233

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Daniyaning Kopengagen universitetida toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati — Danish Government Scholarships dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/07666

2. Bakalavr va magistratura talabalari uchun Germaniyada bir semestr o‘qish va amaliyot o‘tash imkoniyatini beruvchi COPERNICUS almashinuv dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/16558

3. Shveysariya Federal Texnologiya Institutidan oʻzining loyiha/kompaniyasini yaratish niyatidagi magistr, doktorant va tadqiqotchilar uchun 150,000 CHF miqdoridagi grant
👉 https://grantgo.uz/go/03688

Telegram | YouTube | Mentorlik
Havaskor yozuvchilar uchun $5000 gacha mukofot puli yutib olish imkoniyatini beruvchi Writers of the Future tanlovi

Talablar
— Ushbu tanlovda avval birorta ishi nashrdan chiqmagan yosh havaskor yozuvchilar qatnashishi mumkin;
— Ilmiy fantastik, badiiy to'qima va fantastik yo'nalishdagi va avval nashr ettirilmagan ijodiy ishlar qabul qilinadi.

Foydali tomonlari
— 1-o'rin uchun $1,000;
— 2-o'rin uchun $750;
— 3-o'rin uchun $500.

Bosh sovrin — $5000!

Oxirgi muddat
30.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/34174

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Yoshidan qat'i nazar barcha uchun Kanadaning turli shaharlariga bepul sayohat qilish imkonini beruvchi Cultural Exchange Program dasturi

Talablar
— Dasturda yoshi, millati va akademik darajasidan qat’i nazar barcha qatnashishi mumkin;
— Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'lish lozim (Facebook, Instagram, Twitter va boshqalar);
— Qatnashchilar ingliz tilini muloqot qila olish darajasida bilishlari kerak.

Foydali tomonlari
— Bepul turar-joy va oziq-ovqat, mahalliy transport bilan ta’minlanadi;
— Kanadaning Toronto, Montreal, Ottava, Hamilton shaharlari, Niagara sharsharasi kabi mashhur joylariga sayohat qilish imkoniyati;
— Dastur jarayonida muzeylarga borish uchun tekin biletlar taqdim etiladi;

Shuningdek, eng yaxshi ishtirokchiga Apple Store Gift Card uchun 1500 Kanada dollari miqdoridagi pul taqdim etiladi!

Oxirgi muddat
18.03.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/11211

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #grant #Kanada

Telegram | YouTube | Mentorlik
Xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritish imkonini beruvchi Global Landscape forum volontyorlik dasturi

Talablar
— Dasturda 18-35 yosh oralig'idagi barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
— Loyihada asosan ijtimoiy tarmoqlar, loyihalarni tashkillashtirish va unga ko'maklashish, raqamli marketing va tarjima sohasiga qiziquvchilar, tahsil olayotgan va faoliyat olib borayotgan nomzodlar qatnashishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— Loyiha ishtirokchilari BMT, Jahon banki va shu kabi xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritish imkonini qo'lga kiritishadi;
— Dasturda qatnashish ishtirokchilarning CV (rezyume)larini boyitish hamda kelajakdagi karyerasini rivojlantirishga yordam beradi;
— Dastur so'nggida har bir ishtirokchi tegishli sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/95725

#volontyorlik #bepul #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Live stream scheduled for
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. Barcha professional va havaskor musiqachilar uchun AQShda xarajatlari qoplanadigan rezidentlik dasturi — OneBeat Program
👉 https://grantgo.uz/go/13844


10 kun qoldi:
1. Taʼlimni yaxshilashga qaratilgan tadqiqot loyihalari uchun Small Research Grants Program tanlovi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi — $50,000!
👉 https://grantgo.uz/go/27415

2. $92,000 yillik maosh bilan AQShning eng nufuzli oliygohlaridan birida dars berish imkoniyati — Princeton Arts Fellowship dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/35168

3. AQSh universitetda bir o’quv yili davomida mustaqil loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi va $92,000 stipendiya bilan ta’minlovchi Hodder Fellowship dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/11383

Telegram | YouTube | Mentorlik
🇺🇿Mustaqilligimizning 33 yilligi muborak bo'lsin!

🎉 Bugun erkimiz, ozodligimiz o'z qo'limizga o'tgan kun.

“Effort team” jamoasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi!

Bayram kunlarini oila davrasida maroqli oʻtkazishingizga tilakdoshmiz.

#mustaqillik #33yosh

Telegram | YouTube | Mentorlik
GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
☕️ Choy ustida DAAD haqida gaplashamiz 🇩🇪 Kuzatuvchilarimiz orasida juda ko'pchilik Germaniyada magistratura bosqichida o'qishni xohlashidan xabarimiz bor. Bu orzuingizni amalga oshirishda esa DAAD grant dasturlari yordam berishi mumkin Faqat DAAD bu…
Bugungi suhbatga savollaringizni tayyorlab qo'ydingizmi?!

📩 Bugungi chatimiz uchun tayyorlab qo'ygan savollaringizni ushbu post ostiga yozib qoldiring. Mavzu doirasidagi va shu yerdagi savollarga birinchi navbatda javob berib o'tishga harakat qilamiz. Eng yaxshi savol egalari uchun esa maxsus sovg'alarimiz bor.

Va albatta DAAD uchun ochilgan guruhdagi siz uchun oldindan tayyorlab qo'yilgan savol-javoblar bilan tanishib chiqishni unutmang

@DAAD_Community

Do'stlaringizni ham taklif qilishni unutmang. Choy ustida ko'rishguncha!

#DAAD #mentorship #Germaniya #ovozli_chat

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan haftadagi eng ommabop grant va imkoniyatlar:

1. Amerikaning Toshkentdagi elchixonasidan talabalar uchun 6 oylik Foreign National Student Internship Program amaliyot dasturi (835)
👉 https://grantgo.uz/go/00288

2. Yosh yetakchilar uchun Marokashda toʻliq moliyalashtiriladigan 3 kunlik sammit — Global Change Summit 2024 (618)
👉 https://grantgo.uz/go/09563

3. Maktabning yuqori sinf va kollej/litsey oʻquvchilari uchun 18 ta xorijiy mamlakatdan birida oʻqish imkoniyatini beruvchi UWC dasturi (467)
👉 https://grantgo.uz/go/25153

4. 16-50 yosh oraligʻidagi barcha uchun Portugaliyada to’liq va qisman moliyalashtiriladigan forum — World Youth Forum 2024 (401)
👉 https://grantgo.uz/go/21072

5. Magistratura va PhD bosqichini Janubiy Koreyaning mashhur KAIST universitetida oʻqish uchun toʻliq grant; oylik stipendiya beriladi! (333)
👉 https://grantgo.uz/go/14967

Telegram | YouTube | Mentorlik
Live stream finished (2 hours)
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

10 kun qoldi:
1. Oxford va Cambridge yozgi maktablarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi “Immerse Education” insholar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/43285

2. Magistratura va PhD bosqichini Janubiy Koreyaning mashhur KAIST universitetida oʻqish uchun toʻliq grant; oylik stipendiya beriladi!
👉 https://grantgo.uz/go/14967

Telegram | YouTube | Mentorlik
Italiyada magistratura bosqichini to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish uchun Alta Scuola Politecnica o'quv dasturi

Talablar
— Bakalavr darajasiga ega bo'lish kerak;
— Ingliz tilini bilish lozim.

Foydali tomonlari
— O'qish to'lovidan ozod qilinadi;
— Transport xarajatlari qoplanadi;
— Turar-joy va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi.

Oxirgi muddat
03.10.2024 03:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/07367

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Italiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Qabul ochildi!

Amerikaga (Xarrikens oroliga) bepul sayohat qilish imkonini beruvchi UPG Sustainability Leadership dasturi

Talablar
— Jinsi, irqi va salomatlik darajasidan qat'i nazar istalgan mamlakat fuqarolari qatnashishi mumkin;
— Ishtirokchilarning yoshi 2025-yil 31-iyulga qadar 18-35 yosh oralig'ida bo'lishi kerak;
— Ingliz tilidan yetarli darajada yaxshi xabardor bo'lishlari lozim.

Foydali tomonlari
— Dasturda qatnashish bepul;
— Dastur yakuniga yetgach, maxsus sertifikat beriladi;
— 60 ta eng kuchli deb topilgan yetakchilarga Xarrikens Oroliga (AQSh) bir haftalik sayohat uyushtiriladi.

Oxirgi muddat
31.12.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/12552

#onlayn_va_offlayn_kurslar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Rivojlanayotgan davlatlarning iqtidorli yoshlari uchun Kectil Program dasturi

Talablar
— Eng kam rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardan 17 yoshdan 26 yoshgacha bo'lgan yuqori salohiyatli va yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar qatnashishi mumkin;
— Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
— Nomzodlar innovatsiyalarni yaratishga bo'lgan iqtidorini namoyon etgan bo'lishi kerak va b.

Foydali tomonlari
— Dasturda onlayn tarzda va bepul qatnashish mumkin;
— Dunyo bo'ylab iqtidorli yoshlar bilan tanishish va muloqot qilish imkoniyati;
— Mutaxassislar va asosiy yoshlar yetakchilari boshchiligida global miqyosda yoshlar duch keladigan dolzarb muammolarni hal qilish uchun murakkab topshiriqlarga ega bir necha haftalik modullar taqdim etiladi;

Oxirgi muddat
15.11.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/37614

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
2024/09/28 01:26:42
Back to Top
HTML Embed Code: