Telegram Web Link
Bakalavriat, magistratura talabalari va o'qishni bitirganlar uchun Yaponiyada to'liq moliyalashtiriluvchi OIST Research Internship amaliyot dasturi

Talablar
— Dasturda bakalavr yoki magistratura bosqichida o'qiyotgan yoki uni tamomlagan talabalar ishtirok etishi mumkin;
— Nomzod ushbu dasturga katta qiziqishga ega bo'lishi kerak;
— Akademik jihatdan faol bo'lishi va hozirda o'qiyotgan sohasi amaliyot dasturiga aloqador bo'lishi lozim va b.

Foydali tomonlari
— Amaliyot uchun kuniga 2,400 yen ($15) beriladi va soliqlardan ozod etiladi;
— Yaponiyaga borish-kelish safar xarajatlari qoplab beriladi;
— Amaliyot joyiga borish-kelish uchun Shuttle Bus Pass, ya'ni avtobus chiptasiga ega bo'ladi va b.

Oxirgi muddat
15.10.2024 19:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/62011

#amaliyotlar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Yaponiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Siz ham grant yutmoqchimisiz?

GrantGO orqali grantlarni kuzatib boring
— Oʻz yoʻnalishingizga mos grantni tanlang
— Grant dasturi haqida oʻrganing...
— Ularning umumiy talablari haqida quyidagi maqola orqali batafsil maʼlumotga ega boʻling:

📎 Maqolani oʻqish

#blog

🍫 Qaysi grant dasturlariga hujjat topshirdingiz yoki topshirmoqchisiz?

Telegram | YouTube | Mentorlik
O'tgan haftadagi eng ommabop grant va imkoniyatlar:

1. FLEX (Kelajak Liderlari Almashinuv Dasturi) - maktab yuqori sinf yoki kollej o'quvchilari uchun AQShda to'liq moliyalashtirilgan holda 1 yil davomida o'qish imkoni (942)
👉 https://grantgo.uz/go/92961

2. Barcha 16-35 yosh oraligʻidagilar uchun Malayziyada xarajatlari qoplanadigan xalqaro sammit — Universal Youth Leadership Summit 2024 (873)
👉 https://grantgo.uz/go/28041

3. Jurnalistika va mediaga qiziquvchi yoshlar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh — ICYF International Media Training Camp (717)
👉 https://grantgo.uz/go/81303

4. Oksford universitetida magistratura va doktorantura bosqichini istalgan sohada oʻqish uchun 200 o'rinli toʻliq moliyalashtiriladigan Clarendon granti (301)
👉 https://grantgo.uz/go/99877

5. Barcha bosqich talabalari hamda bitiruvchilar uchun haq toʻlanadigan UNICEF amaliyot dasturi (245)
👉 https://grantgo.uz/go/29290

Telegram | YouTube | Mentorlik
6-avgustdan qabul ochiq!

Chevening granti — magistratura bosqichini Buyuk Britaniyaning istalgan universitetlaridan birida to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkoniyati

Talablar
— Bakalavr bosqichini tugatgan bo'lish va ingliz tilini yuqori darajada bilish;
— Kamida 2800 soatli ish tajribasiga ega bo'lish (o'qish davomidagi to'liq, yarim shtatli ishlar, volontyorlik soatlari ham kiradi);
— Dastur tugaganidan keyin o'z vataniga qaytish;

Foydali tomonlari
— Buyuk Britaniyaning istalgan universitetida o'qish uchun kontrakt puli qoplab beriladi;
— Yashash xarajatlari to'la qoplab beriladi (oylik stipendiya);
— Safar xarajatlari to'lab beriladi hamda viza masalalarida alohida yordam beriladi.

Oxirgi muddat
06.11.2024 04:59

Chevening mentorlik kursi
🎓 Chevening Mentorlik Kursi 3.0

Chevening hamjamiyati
🎓 @Chevening_Community

Batafsil
https://grantgo.uz/go/02251

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Amerikaning Boston universitetida bakalavr bosqichini toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati — Trustee Scholarship dasturi

Talablar
— Nomzodlar Boston universitetining bakalavr bosqichiga qabul qilingan bo'lish kerak;
— Maktab/kollejdagi baholari a'lo bo'lishi lozim;
— 2 ta mavzudan biriga 600 so'zdan oshmagan essay (insho) yozishlari kerak.

Foydali tomonlari
— 4 yillik kontraktdan ozod etiladilar (bunda talabaning keyingi yillardagi akademik o'zlashtirishi hisobga olinadi);
— Talabalar uchun majburiy barcha to'lovlardan ozod etiladi.

Oxirgi muddat
01.12.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/16233

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Italiyada magistratura bosqichini to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish uchun Alta Scuola Politecnica o'quv dasturi

Talablar
— Bakalavr darajasiga ega bo'lish kerak;
— Ingliz tilini bilish lozim.

Foydali tomonlari
— O'qish to'lovidan ozod qilinadi;
— Transport xarajatlari qoplanadi;
— Turar-joy va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi.

Oxirgi muddat
03.10.2024 03:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/07367

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Italiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Bakalavr va Magistratura talabalariga Germaniyada 1 semestr o'qish va amaliyot o'tash imkoniyatini beruvchi COPERNICUS almashinuv dasturi

Talablar
— Ariza topshiruvchilarning yo'nalishi Gamburg universitetida mavjud yo'nalishlarga mos kelishi kerak;
— Nomzod bakalavr yoki magistratura bosqichida kamida bir semestr o'qigan bo'lishi va 18 yoshdan kichik bo'lmasligi shart;
— Nemis tilini birish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo'lish talab etiladi (Eng kamida B2) va b.

Foydali tomonlari
— 310 yevro oylik stipendiya;
— Yashash uchun mahalliy xonadon (oila) yoki yotoqxona bilan ta'minlanadilar;
— Ovqatlanish, tibbiy sug'urta, ro'yxatdan o'tish, mahalliy transport, shuningdek, borish-kelish chiptasi va viza xarajatlari qoplab beriladi.

Oxirgi muddat
01.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/16558

#almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. Jurnalistika va mediaga qiziquvchi yoshlar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh — ICYF International Media Training Camp
👉 https://grantgo.uz/go/81303

Telegram | YouTube | Mentorlik
AQSh elchixonasi tomonidan ayol-qizlar uchun Toshkent shahrida o'z-o'zini himoya qilishga qaratilgan navbatdagi bepul oflayn mashg'ulotlar

Talablar
— Mashg'ulotlar jismoniy tayyorgarlik darajasidan yoki oldingi mashg'ulot tajribasidan qat'i nazar, 13 yoshdan oshgan qizlar va ayollar uchun mo'ljallangan;
— Nomzod ayol-qizlar 2024-yil sentyabr oyidan boshlab 3 oy davomida Toshkent shahrida bo'lishi kerak.

Foydali tomonlari
— Mashg'ulotda bepul ishtirok etadilar;
— O'zlarini jismoniy zo'ravonlikdan himoya qilish, yaxshi jismoniy holat va osoyishtalikni saqlash uchun bir qator texnika va mashqlarni o'rganadilar;
— Nizolarni hal qilish, ochiq muloqot va stressni boshqarish usullari haqida ma'lumotga ega bo'ladilar va b.

Oxirgi muddat
Iloji boricha tez

Joylar soni cheklangani bois imkon qadar tezroq ariza topshiring va postni ulashing!

Batafsil
https://grantgo.uz/go/21409

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Qabul muddati uzaytirildi!

18-35 yoshdagilar uchun Qozon shahrida bo'lib o'tuvchi to'liq moliyalashtiriladigan 3-IHT Yoshlar Ilmiy Kongressi

Talablar
— Dasturda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan yosh olimlar, tadqiqotchilar va innovatorlar ishtirok etishlari mumkin;
— Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini bilish kerak;
— Ishtirokchilar Kongress yo'nalishlaridan biri doirasida ilmiy tadqiqot bilan shug'ullanadi (1-2 sahifadagi maqola tezislari arizaga ilova qilinishi kerak)

Foydali tomonlari
— Dastur xarajatlari kongress ma'muriyati tomonidan to'liq moliyalashtiriladi. (Aniq grant miqdori tashkilotchilar tomonidan ochiqlanmagan).

Oxirgi muddat
08.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/82437

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Rossiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
DAAD (All Academic Disciplines) — Germaniyada magistratura bosqichini istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

Talablar
— Bakalavr bosqichini tugatgan bo'lishi yoki dastur boshlangunga qadar (2025) tugatishi kerak;
— Tanlagan universiteti qabul talablariga javob berishi (til talablari shular jumlasidan);
— Germaniyada ariza topshirish vaqtida 15 oy va undan ortiq vaqt davomida yashab kelayotgan bo'lmasligi kerak.

Foydali tomonlari
— Oylik €934 stipendiya;
— Germaniyaga borish va qaytish uchun sayohat xarajatlari + sug'urta qoplanadi;
— O'qish boshlagan paytda bir martalik yordam puli beriladi va b.

Oxirgi muddat
31.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/87989

DAAD mentorlik kursi
🎓 DAAD mentorlik kursi 3.0

DAAD Hamjamiyati
💬 @DAAD_Community

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. AQSh elchixonasi tomonidan 13 yoshdan katta ayol-qizlar uchun Toshkent shahrida oʻz-oʻzini himoya qilishga qaratilgan navbatdagi bepul oflayn mashgʻulotlar
👉 https://grantgo.uz/go/21409

2. Yosh tadbirkorlar uchun yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha 6 oylik trening dasturi — The Westerwelle YFP. Gʻoliblar Germaniyaga bepul sayohat qiladi!
👉 https://grantgo.uz/go/08000

Telegram | YouTube | Mentorlik
Jurnalistlar uchun xalqaro amaliyot dasturi — McGraw Fellowship. Mukofot miqdori: $15,000

Talablar
— Irqi, jinsi va millatidan qat'i nazar butun dunyodan barcha jurnalistlar ariza yuborishlari mumkin;
— Dasturga, asosan, biznes jurnalistikasi sohasi bo'yicha 5 yillik professional tajribaga ega jurnalistlar qabul qilinadi;
— Shuningdek, hozirda frilans jurnalist sifatida faoliyat olib borayotgan, axborot tashkilotlarda yoki notijorat axborot tashkilotlarda ishlayotgan muxbirlar va muharrirlar ham ariza topshirishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— Ishtirokchilarga hikoyalarini chop etish, sayohat va tadqiqot xarajatlarini qoplash uchun $15,000 dollargacha stipendiya beriladi.

Oxirgi muddat
06.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/69507

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
AQShning Maryville College oliygohida bakalavr bosqichini to'liq grant asosida o'qish imkoniyati — International Diversity Scholarship

Talablar
— Nomzod AQSh fuqarosi bo'lmasligi kerak;
— Universitetda bakalavr darajasida o'qish uchun to'liq arizani taqdim etgan va qabul qilingan bo'lishi kerak;
— Nomzod yuqori akademik yutuqlarga erishgan bo'lishi va kuchli xarakter, yetakchilik salohiyatiga ega bo'lishi kerak va b.

Foydali tomonlari
— Dastur sohibi 4 yillik o'qish to'lovidan to'liq ozod etiladi.

Oxirgi muddat
15.01.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/39494

#grantlar_va_stipendiyalar #kontrakt_puli_qoplanadi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Garvard Universitetida 2 yil tadqiqot olib borish uchun Academy Scholars dasturi; yillik stipendiya $80,000!

Talablar
— Nomzod ijtimoiy fanlar bo'yicha yaqinda PhD darajasini olgan yoki shu sohalardan biri bo'yicha doktorantura talabasi bo'lishi kerak;
— PhD darajasiga ega bo'lganlar ushbu darajani yaqin 2 yil ichida (2025-yil 1-avgustgacha) olgan bo'lishi kerak.

Foydali tomonlari
— Gʻoliblar yiliga $80,000 stipendiya bilan stipendiya bilan taʼminlanadilar;
— Konferensiya, tadqiqot uchun sayohat xarajatlari, ilmiy assistent va tibbiy sug'urta uchun bo'ladigan xarajatlarni qoplab beradi.

Oxirgi muddat
20.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/03409

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #grant #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
6-avgustdan qabul ochiq! Chevening granti — magistratura bosqichini Buyuk Britaniyaning istalgan universitetlaridan birida to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkoniyati Talablar — Bakalavr bosqichini tugatgan bo'lish va ingliz tilini yuqori darajada…
Chevening Mentorlik Kursi 3.0

🗓 Kuni kecha 2025-yilgi o'qish uchun Chevening grantiga qabul boshlandi. GrantGO jamoasi va Musayev blogi hamkorlikda 5 yillik shaxsiy va 2 yillik mentorlik tajribasiga asoslangan "Chevening Mentorlik Kursi 3.0"ni taqdim etadi.

Kimlar uchun
— Bakalavr darajasini tugatgan (Magistratura ham bo'ladi)
— O'zi o'qimoqchi bo'lgan sohada yoki unga yaqin sohalarda 2 yillik tajribaga ega (rasmiy bo'lishi shart emas)
— Sohasida akademik, professional va liderlik yutuqlariga erishganlar
— To'liq talablar haqida GrantGO saytida

Kurs rejasi
— Chevening granti haqida to'liq ma'lumot
— Grant dasturi maqsadi va qanday nomzodlar qidirishini tushunish
— Universal mentorlik kursi kerakli qismlari
— To'g'ri universitet tanlash bo'yicha qo'llanma
— Liderlik, Networking, Study va Career Plan essaylarini yozish (real misollar orqali)
— Hujjat topshirish va intervyu tayyorgarligi

Kurs mentori
🎓 Qudratxo'ja Musayev — xalqaro grantlarda 200 dan oshiq o'quvchilar, 70 dan ortiq g'oliblar mentori. Mentor haqida batafsil ma'lumot bu yerda

Natijalar
🏆 O'tgan yilgi kurslarda o'qiganlardan hozirgacha atigi 3-4 tasi grantga topshirgan bo'lishiga qaramay ulardan biri yarim finalchi bo'lgan. DAAD kursi o'quvchisi esa 2024-yilgi Chevening granti g'olibiga aylandi. Batafsil bu yerda

Kurs paketlari
Basic: Videodarslar va hujjat tekshirib berish — 749,000 so'm
Essential: Basic + haftalik onlayn darslar — 1,049,000 so'm
Individual: Essential + 7 soat individual yordam — 2,499,000 so'm

Paketlar narxini uch oy davomida 3 ga bo'lib to'lash imkoni mavjud. To'lov bittada qilinganda 10% li, 2 bo'lib qilinganda 5% li chegirmalar mavjud

Format va sana

Kurs darslari barchasi onlayn tarzda Telegramda olib boriladi
Onlayn darslar 15-avgustdan boshlanadi

Chevening dasturi haqida to'liq ma'lumot
ℹ️ Chevening haqida ovozli chat

Chevening Hamjamiyati

💬 @Chevening_Community

Murojaat uchun
📞 @grantgo_mentor

#Chevening #mentorship #Buyuk_Britaniya

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. Jurnalistika va mediaga qiziquvchi yoshlar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh — ICYF International Media Training Camp
👉 https://grantgo.uz/go/81303


10 kun qoldi:
1. Ilgʻor texnologiyalar markazi tomonidan C.A.T. Science Accelerator 6.0 — ilmiy akseleratori startaplar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/69772

Telegram | YouTube | Mentorlik
IT bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining startap tanlovi — President Tech Award. Bosh sovrin $100 000!

Talablar
30 yoshgacha bo'lgan barcha O'zbekiston fuqarolari qatnasha oladi; jamoa a'zolari soni 3-8 kishi (asosiy yo'nalish uchun) va 3-5 kishi (maxsus yo'nalish uchun)dan iborat bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
— 1-o'rin uchun 100 000 AQSh dollari;
— 2-o'rin uchun 50 000 AQSh dollari;
— 3-o'rin uchun 30 000 AQSh dollari.

Oxirgi muddat
20.08.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/47684

#tanlovlar #mukofot #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Barcha professional va havaskor musiqachilar uchun AQShda xarajatlari qoplanadigan rezidentlik dasturi — OneBeat Program

Talablar
— Nomzodlar 19-35 yosh oralig'ida bo'lishi kerak;
— Ko'rsatilgan davlatlarda doimiy istiqomat qilishi va fuqaroligiga ega bo'lishi kerak (O'zbekiston ham ro'yxatga kiritilgan);
— Mutaxassislik sohasidan qat'i nazar, professional yoki havaskor musiqachilar/bastakorlar/qo'shiqchilar ishtirok etishi mumkin va b.

Foydali tomonlari
— Tanlangan nomzodlarga $600 miqdoridagi gonorar;
— AQShga borish va kelish, turarjoy xarajatlari qoplanadi;
— Butun dunyo bo'yicha tanlab olingan 25 nafar ishtirokchilar bilan birgalikda hamda soha mutaxassislari bilan musiqa san'atining yangi ko'rinishlarini kashf etish va yirik loyiha ustida ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Oxirgi muddat
06.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/13844

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
🇹🇷 Turkiyada grant asosida o'qimoqchi bo'lganlar uchun — Turkiya Burslari mentorlik kursi Hozirda Turkiyaning eng nufuzli ta'lim grant dasturi — Turkiya Burslariga qabul davom etmoqda. Grantni qo'lga kiritgan odamlar Turkiyada bakalavr, magistr va PhD bosqichlarida…
Turkiya Burslari dasturi natijalari rasmiy e'lon qilindi!

🎓 GrantGO loyihasi hamkorligida tashkil etilgan "Turkiya Burslari Mentorlik kursi"da tahsil oluvchi ikki nafar talaba grant yutishga muvaffaq bo'ldi:

Azizbek Qurbonov
– Shukrulloh Rahmatov


Ular endikda o'qishlarini magistratura bosqichida to'liq moliyashtirilgan grant orqali Turkiyada davom ettirishadi.

ℹ️ Mentorlik kursimiz keyingi qabuli Dekabr oylarida e'lon qilinadi.

#natijalar #mentorlik #grant #Turkiya_Burslari
#Turkiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 05:19:24
Back to Top
HTML Embed Code: