Telegram Web Link
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. “Yoshlar kuni”da dunyo yoshlarini Oʻzbekistonda jamlaydigan Butunjahon yoshlar festivali
👉 https://grantgo.uz/go/66053

2. Talaba va yosh mutaxassislar uchun Samarqandda xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab
👉 https://grantgo.uz/go/79693

3. Yaponiyaning The Goi Peace jamgʻarmasidan xalqaro insholar tanlovi. Bosh mukofot – $660
👉 https://grantgo.uz/go/06511


10 kun qoldi:
1. Hikoya yozishga qiziquvchilar uchun mukofot jamgʻarmasi $8,700 boʻlgan Imagine 2200 hikoyalar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/26734

Telegram | YouTube | Mentorlik
Professional va havaskor rassomlar uchun Cheltenxam illyustratsiyalar tanlovi. G'olib asari Britaniyaning mashhur ko'rgazmalarida namoyish etiladi!

Talablar
— Tanlovda 18 yoshdan katta barcha havaskor yoki professional rassomlar (illyustratorlar) qatnashishi mumkin;
— Yakka tartibda ham jamoaviy tartibda ham 5 tagacha ijodiy ish topshirish mumkin;
— Topshirilayotgan ishlar mualliflik ishi bo'lishi shart.

Foydali tomonlari
— Tanlangan ishlar barcha mashhur galereyalarda namoyish etiladi, London parkidagi muzeyda, Britaniya va London kitob ko'rgazmalari kabi boshqa joylarda ko'rgazma qilinadi;
— G'oliblar bilan kontrakt tuziladi (pul beriladi), portfoliosiga professional fikr beriladi, tanlovning yillik to'plamida chop etiladi.

Oxirgi muddat
23.09.2024 03:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/14129

#tanlovlar #mukofot #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
🌙Qurbon Hayit munosabati bilan o’zingiz va yaqin insonlaringizni
WORLD STUDY Consult bilan
5⃣0⃣ 🔤li chegirmadan foydalanib xursand qiling.

🇰🇷JANUBIY KOREYA 2024 yil KUZGI SEMESTRGA xujjat topshirolmadim deb havotir olmang.
Bizning 50 % li chegirmamizdan foydalanib Koreaga ketishingizni osonlashtiring.

🎓Til kursi, Kasbiy ta’lim
Bakalavr, Magistratura

📈Reyting: Top 1000
💰Kontrakt:1800 $ - 3000 $
‼️Talablar: Topik 2 yoki IELTS 5.5
(Sertifikati yo’qlar uchun ham qulay dastur mavjud)

🧑‍💻 Hoziroq biz bilan bog'laning:

✉️ online konsultatsiya 🫥

✉️ online konsultatsiya 🫥

Murojat uchun 📞
+99893 385 47 44
+99894 395 47 44

Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasidan futzal bo'yicha JCh-2024 uchun volontyorlik dasturi

Talablar
— 18 yosh va undan yuqori bo'lgan, jinsi, millati, jismoniy imkoniyatlaridan qat’i nazar barcha qatnashishi mumkin;
— Hujjat topshirish vaqtida kamida ikkinchi kurs universitet/kollej talabasi bo'lish (majburiy emas, ammo afzallik berishi mumkin);
— Ko'ngilli yordamchi sifatida tajribaga ega bo'lish tanlab olinish imkonini oshiradi.

Foydali tomonlari
— Ko'ngillilar uchun mo'ljallangan maxsus forma;
— Smenalarda bepul ovqatlanish;
— Suvenirlar va sertifikat beriladi.

Oxirgi muddat
01.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/47533

#volontyorlik #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. 25 yoshgacha boʻlgan barcha uchun umumiy mukofot jamgʻarmasi $15,000 ga teng bo'lgan ClimateScience onlayn olimpiadasi
👉 https://grantgo.uz/go/67721


10 kun qoldi:
1. 13-18 yoshdagi oʻquvchi va talabalar uchun mukofot puli jami $400,000 gacha boʻlgan Breakthrough Junior Challenge video tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/71683

2. Qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va muhandislik sohalaridagi oliy oʻquv yurti talabalari uchun yosh muhandislar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/77391

Telegram | YouTube | Mentorlik
O'z g'oyasi yoki startap loyihasini rivojlantirmoqchi bo’lganlar uchun 8 haftalik RS Incubation dasturi

Talablar
— Markaziy Osiyo davlatlaridan bo'lgan barcha fuqarolar qatnashishi mumkin (jumladan, O'zbekiston);
— Dasturda o'z g'oyasi yoki startap loyihasiga ega jamoalar ishtirok etishi kerak;
— Ingliz va rus tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat so'ralmaydi).

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— G'oyalar tahlili uchun haftalik uchrashuvlar tashkil etiladi;
— Yetakchi mutaxassislar bilan startap yaratish bo'yicha mashg'ulotlar o'tkaziladi;

Oxirgi muddat
23.06.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/28033

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #bepul #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Oxford va Cambridge yozgi maktablarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi “Immerse Education” insholar tanlovi

Talablar
— 2024-yilning yozigacha 13-18 yosh oralig'ida bo'luvchi barcha millat vakillari ishtirok etishi mumkin.

Foydali tomonlari
— G'olib 10 nafar ishtirokchiga Oxford, Cambridge, London yoki Sidneyda 100% grant asosida yozgi maktabda o'qish imkoniyati;
— G'olib bo'lmagan, biroq insholari sifatli deb topilgan ishtrikochilar jami arizachilar miqdoridan kelib chiqib, 20%, 50% gacha grant bilan taqdirlanishi mumkin.

Oxirgi muddat
12.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/43285

#tanlovlar #qisman_moliyalashtiriladi #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Germaniyada magistratura bosqichida o'qish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi DAAD Helmut-Schmidt-Programme dasturi. Oylik stipendiya — 934 yevro

Talablar
— Dasturda rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari ishtirok etishi mumkin. O'zbekiston ro'yxatda mavjud;
— Nomzodlar ijtimoiy va siyosiy fanlar, huquq, iqtisod, davlat siyosati va boshqaruvi kabi sohalarda bakalavr (yoki ekvivalent) darajasiga ega bo'lishi kerak;
— Ingliz va/yoki nemis tilini mukammal bilishi lozim. Sertifikat talab etiladi (tanlagan magistrlik kursiga qarab).

Foydali tomonlari
— Dastur davomida ishtirokchilar Germaniyaning nufuzli 7 oliygohining magistratura kurslaridan birida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi;
— Kontrakt to'lovidan ozod etiladi va 934 yevro miqdoridagi oylik stipendiya beriladi;
— Safar xarajatlari qoplanadi +tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi.

Oxirgi muddat
31.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/20119

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. Royal Society of Biology competition: barcha havaskor fotograflar uchun fotosuratlar tanlovi. Bosh sovrin — £1000!
👉 https://grantgo.uz/go/95944


10 kun qoldi:
1. Malayziyada magistratura va PhD bosqichini grant asosida deyarli barcha yoʻnalishlarda oʻqish uchun Malaysia International Scholarship dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/55675

Telegram | YouTube | Mentorlik
O'tgan haftadagi eng ommabop grant va imkoniyatlar:

1. Barcha 17-35 yosh oraligʻidagilar uchun Koreyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan kuzgi madaniyat oromgohi — Autumn Korean Culture Camp (561)
👉 https://grantgo.uz/go/56250

2. British Airwaysda onlayn amaliyot oʻtash va ishlash imkonini beruvchi Data Science Virtual Experience Programme dasturi (431)
👉 https://grantgo.uz/go/04723

3. Saudiya Arabistonidagi nufuzli universitetlarda barcha bosqichlarda o'qish imkonini beruvchi — Kingdom Saudi Arabia grant dasturi (310)
👉 https://grantgo.uz/go/59959

4. Daniyaning Kopengagen universitetida toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati — Danish Government Scholarships dasturi (284)
👉 https://grantgo.uz/go/07666

5. Bakalavriat, magistratura talabalari va oʻqishni bitirganlar uchun Yaponiyada toʻliq moliyalashtiriluvchi OIST Research Internship amaliyot dasturi (240)
👉 https://grantgo.uz/go/62011

Telegram | YouTube | Mentorlik
Talabalar uchun Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Kaist EE Camp 2024

Talablar
— KAISTda elektrotexnika bo'yicha magistratura bosqichini o'qimoqchi bo'lgan barcha iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin;
— Bakalavr bosqichining 4-kurs talabalariga ustunlik beriladi;
— Nomzod kompyuter fanlari, materialshunoslik, fizika, matematika va unga yaqin sohalardan birida tahsil olayotgan bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
— Koreyaga borish-kelish, turarjoy va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi;
— KAIST kampusi va laboratoriyasi bilan yaqindan tanishish imkoniyati;
— Universitetdagi professorlar bilan uchrashuvlar o'tkaziladi.

Oxirgi muddat
25.06.2024 20:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/55060

#yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Koreya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Bakalavr bosqichini Kanadaning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun xarajatlari toʻliq qoplanadigan Lester B.Pearson International Scholarship Program dasturi

Talablar
— Nomzod Kanada fuqarosi bo'lmasligi kerak;
— Tahsil olayotgan muassasasini bitirgan boʻlishi yoki 2024-yil iyun oyiga qadar tugatgan bo'lishi zarur;
— 2025-yil sentabrda Toronto universitetida boshlanadigan bakalavr yoʻnalishlaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi va unga qabul qilingan boʻlishi zarur.

Foydali tomonlari
— O'qish kontrakt to'lovidan ozod etiladi;
— Bepul turarjoy bilan ta'minlanadi;
— Kitoblar, oziq-ovqat va boshqa xarajatlar uchun moliyaviy yordam ko'rsatiladi.

Eslatma: dasturga arizalar qabuli 2024-yilning 1-iyulidan ochiladi!

Oxirgi muddat
11.10.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/53298

#grantlar_va_stipendiyalar
#toʻliq_moliyalashtiriladi
#Kanada

Telegram | YouTube | Mentorlik
Tadqiqotchi olimlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun akademik ingliz tilini bepul oʻrganish imkoniyati — “English for Science” dasturi

Talablar
— Dasturda mahalliy olimlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishi mumkin;
— Ingliz tilini B1 darajada o'zlashtirgan bo'lishi kerak;
— Ilmiy natijalari va ilmiy ishlanmalarga ega bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari
— Kursda bepul ishtirok etish orqali tadqiqot yo'nalishlari va ixtisosliklari bo'yicha akademik ingliz tili bilim va ko'nikmalarini oshirish;
— Mahalliy olimlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilarga yetakchi xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etishlariga amaliy yordam berish;
— Tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun xorijiy moliyalashtirish manbalarini (grantlar) izlashdagi faolligini oshirishga ko'maklashish.

Oxirgi muddat
10.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/84124

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. Royal Society of Biology competition: barcha havaskor fotograflar uchun fotosuratlar tanlovi. Bosh sovrin — £1000!
👉 https://grantgo.uz/go/95944


5 kun qoldi:
1. Oʻz gʻoyasi yoki startap loyihasini rivojlantirmoqchilar uchun 8 haftalik RS Incubation dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/28033


10 kun qoldi:
1. Meksika hukumatidan barcha bosqichlarda toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi — Merit Scholarships grant dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/34947

Telegram | YouTube | Mentorlik
Tailandda magistratura bosqichini to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkonini beruvchi CGI Scholarships granti

Talablar
— 30 yoshgacha bo'lgan barcha nomzodlar qatnashishi mumkin;
— Ishtirokchilar kamida GPA 2.75 ball bilan bakalavr darajasiga ega bo'lishi kerak;
— Ingliz tilini bilish lozim. (kamida IELTS 5)

Foydali tomonlari
— O'qish kontrakt puli va boshqa akademik to'lovlar to'liq qoplanadi;
— 6 haftalik malaka oshirish kurslari taqdim etiladi;
— Borish-kelish uchun aviachipta bilan ta'minlanadi;
— Oylik stipendiya beriladi;
— Viza toʻlovi, koʻchib oʻtish, yashash, turarjoy, kitoblar va tibbiy sugʻurta uchun mablagʻ ajratiladi.

Oxirgi muddat
30.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/58071

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Tailand

Telegram | YouTube | Mentorlik
Bakalavriat va magistratura talabalari uchun turli yo'nalishlar bo'yicha Saudiya Arabistonida amaliyot o'tash imkoniyati — Visiting Student Research Program. Oylik stipendiya: $1,000!

Talablar
— Dasturda bakalavriatning kamida 3-kursini tamomlaganlar yoki magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin;
— Nomzodlar yuqori akademik ko'rsatkichga ega bo'lishi kerak;
— Ingliz tilida erkin og'zaki va yozma suhbat qila olish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak (IELTS 6,5 yoki TOEFL iBT 79).

Foydali tomonlari
— Safar va viza xarajatlari qoplab beriladi;
— Oylik $1,000 stipendiyaga ega bo'ladilar;
— Shaxsiy yotoqxona bilan ta'minlanadi va b.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/66677

#amaliyotlar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Saudiya_Arabistoni

Telegram | YouTube | Mentorlik
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. Hikoya yozishga qiziquvchilar uchun mukofot jamgʻarmasi $8,700 boʻlgan Imagine 2200 hikoyalar tanlovi
👉 https://grantgo.uz/go/26734


10 kun qoldi:
1. Talabalar va malakali mutaxassislar uchun Yaponiyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi — METI Japan Internship Program 2024
👉 https://grantgo.uz/go/84864

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barcha 17-35 yosh oralig'idagilar uchun Koreyada xarajatlari to'liq qoplanadigan kuzgi madaniyat oromgohi — Autumn Korean Culture Camp

Talablar
— Mazkur dasturda qatnashish uchun 17-35 yosh oralig'ida bo'lish kerak;
— Barcha davlat fuqarolari qatnasha oladi;
— Ingliz tilini yetarlicha bilish kerak. IELTS talab qilinmaydi;

Foydali tomonlari
Xarajatlari toʻliq qoplanadigan (fully funded) grant turida safar xarajatlari, turarjoy, viza, aeroportdan kutib olish va kuzatish bilan bogʻliq xarajatlar, 2 mahal ovqatlanish, ichki transport xarajatlari qoplanadi;
— Seul bo'ylab piyoda sayohat qilish imkoniyati;
— Qatnashgan barchaga sertifikat beriladi.
— Shuningdek, dasturda o’z hisobidan qatnashish imkoni ham mavjud.

Eslatma: dasturga hujjat topshirish uchun ariza toʻlovi mavjud (to'liq ma'lumot saytimizda).

Oxirgi muddat
31.07.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/56250

#yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Koreya

Telegram | YouTube | Mentorlik
2024/09/27 09:26:47
Back to Top
HTML Embed Code: