Telegram Web Link
Til - millat iftixori, til - millat koʻrki!

Mingbuloq tumani 6-,47-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktablarida o‘quvchilar va oʻqituvchilar ishtirokida “Til- millat iftixori, til- millat koʻrki!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Unda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat til imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishga erishish hamda oʻzbek tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish, qolaversa, yosh avlodning ma’naviy salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida haftaning bir kunini "Sof oʻzbek tilida gaplashamiz" shiori ostidagi maʼnaviy-marifiy tadbirlarni tashkil etishga e’tibor qaratish masalalarida fikr almashildi.

Davra suhbatida Namangan viloyati hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi I.Qoʻchqarova ishtirok etdi.

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
To‘raqo‘rg‘on tumanida tashqi reklama bozorini tartibga solish jarayoni davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ''Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida'' gi 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmon ijrosini ta'minlash va  O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi 776-sonli “Reklama to‘g‘risida”gi  Qonuni ijrosini ta’minlash va reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida tuman markaziy ko‘chalari hududida tuman hokimi maslahatchisi tomonidan amaliy ishlar amalga oshirildi.

Jarayon davomida kirill alifbosida yozilgan reklamalar oldirilib, tadbirkorlarga tashqi yozuvlar davlat tili talablariga rioya etilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 254-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Abdulla Oripov “Sog’inch” she’ri

2. Olmaxon Hayitova “Onam derman” qo’shig’i

3. Jek London “Martin Iden” asari

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/04/08 01:06:48
Back to Top
HTML Embed Code: