Forwarded from NSFLA | Rasmiy kanal
⚡️ Chet tili (turk tili) imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 2-14-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_vaqti
25-mart kuni butun dunyoda “Sayyoramiz soati” aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu aksiya doirasida Yer sayyorasiga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida bir soatga elektr jihozlarini o‘chirish tavsiya etiladi.

Sizni ham ushbu global tashabbusda ishtirok etishga chorlaymiz! Keling, tabiatga o‘z e’tiborimizni qaratib, ekologik muammolar haqida birgalikda o‘ylaylik. Har birimizning kichik hissamiz kelajak uchun katta o‘zgarish yasashi mumkin! 🌱

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.

Bunda nomzodlarning:
🔵 tinglab tushunish
🔵 o‘qish
🔵 gapirish
🔵 so‘z boyligi va grammatika
🔵 yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlar 15-aprelga qadar ro‘yxatga olinadi va to’lovni amalga oshirishadi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: USTIGA BOSING

💰 To’lov qilish uchun havola: USTIGA BOSING

💰 Attanal Alarabi imtihoni narxi – 1 267 000 so‘m.

🗺 Imtihon 18-aprel kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) o‘tkaziladi.

☎️ (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸 iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlar 15-aprelga qadar ro‘yxatga olinadi va to’lovni amalga oshirishadi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: USTIGA BOSING

💰 To’lov qilish uchun havola: USTIGA BOSING

😎 Imtihon 18-aprel kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

Imtihon topshirish narxi - 1 657 000 so‘m
➡️ iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview

🎓 iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin.

☎️ (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Qadrli yurtdoshlar!

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi dillarimizga quvonch, dasturxonlarimizga qut-baraka, oilamizga tinchlik ne’matlarini olib keluvchi, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ramzi bo‘lgan Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) bilan samimiy muborakbod etadi!

🇺🇿 Xalqimizni marhamatli Alloh ezgulik va shukronalik, Haq yo‘lida sobitqadamlik bilan siylasin! Orzularingiz ijobatini ziyodasi bilan tuhfa etsin! Ramazon oyining muqaddas kunlarida qilingan savob ishlaringiz, pok niyatlaringiz, ibodatlaringiz va ezgu duolaringiz ro‘yobi nasib etsin!

🟡 Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

🇺🇿 Ona tili va adabiyot fanidan (milliy test tizimi bo‘yicha ) repetitsion test sinovi uchun ro‘yxatga olish boshlandi

⚠️ DIQQAT! DIQQAT! Hurmatli talabgorlar! Shoshiling! Joylar chegaralangan.

📖 2025-yil 16-aprel kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ona tili fanidan (milliy test tizimi bo‘yicha) navbatdagi diagnostik test sinovi o‘tkaziladi.

👀 Bilim sari yana bir qadam tashlashga tayyormisiz? O‘zingizni sinab ko‘ring, natijalaringiz sizni hayratda qoldirishi mumkin!
"O‘zbek tilini mukammal bilaman!" deb o‘ylaganlar, bu testda o‘z bilimlaringizni sinab ko‘rish vaqti keldi! Yoki "To‘g‘ri gapira olmayman" deb o‘ylayotganlar, sizni ham kutyapmiz!

Afzalliklari:
- Bu haqiqiy milliy test tizimi imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish;
- Til bilimingizni baholash, kuchli va zaif tomonlaringizni aniqlash;
- Natijangiz to‘g‘risida tezkor xabar olish; (10 kun)
- Hamda, o‘z ustingizda ishlash uchun ajoyib imkoniyatlardan biri hisoblanadi.

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Bunda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havola orqali ro‘yxatdan o‘tib, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirib test sinovlarida qatnashishingiz mumkin.

🗓 Ro‘yxatga olish muddati - 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
Test o‘tkazish kuni 16-aprel.

🤖 Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

👥 MOCK guruhi @mockbba

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68.

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy test tizimida Kimyo fanidan ekspert sifatida ishlash imkoniyati

🔬 Kimyo fanidan bilim darajasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

👤 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 11-aprelda Zoom platformasi orqali onlayn shaklda tashkil etiladi. Kurs davomida xorijlik (Niderlandiya) mutaxassislar ham jalb qilinadi.

Kursda tinglovchilarga Kimyo fanidan test topshiriqlarni shakllantirish hamda ochiq test topshiriqlarni va yozma ishlarni baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursini MUVAFFAQIYATLI tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

☝️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazida Kimyo fanidan malakasini oshirgan fan mutaxassislaridan kurs yakunida portfolio, mutaxassislik bo‘yicha diplom hamda fanni bilish darajasi bo‘yicha Milliy sertifikat (B, B+, A yoki A+ darajadagi) talab qilinadi;

Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan hamda jamiyat va Vatan rivojiga hissa qo‘shishga chin dildan intilgan, fidoiy pedagoglarni kutib qolamiz.

➡️ Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 11-aprel kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.

☎️ (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 5-6-aprel kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 7-25-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):
https://telegra.ph/Chet-tili-04-01-4

❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

⚠️Talabgorlarni imtihon o'tkaziladigan binoga kiritish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin yakunlanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilidan milliy sertifikat
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat
Chet tilidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat

📆
Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat 5-6 aprel kunlari o‘tkaziladigan chet tilidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etishdi va savollarga javob berildi.
Diqqat! Diqqat! Muhim e’lon!

☝️ Ilm-fan va ta’lim yo‘lida muhim qadam tashlashni rejalashtiryapsizmi? Endi sizning maqsadlaringizga yanada osonroq erishishingiz mumkin!

🔹 Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan AQShning “Educational Testing Service” tashkiloti bilan hamkorlikda TOEFL iBT va GRE imtihonlarini rasmiy ravishda o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu xalqaro sertifikatlar sizga dunyodagi eng nufuzli universitetlarga kirish, kasbiy faoliyatingizni rivojlantirish va global imkoniyatlardan foydalanish uchun ulkan imkoniyatlarni taqdim etadi.

🔸 Shuningdek, biz ushbu imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tishda mutlaqo bepul yordam ko‘rsatish xizmatini yo‘lga qo‘ydik! Agar siz TOEFL iBT yoki GRE imtihonlarni Agentlikda topshirish maqsadida ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsangiz, bizning mutaxassislarimiz sizga har tomonlama ko‘mak berishga tayyor ekanligini bildiramiz.

Orzularingiz sari birinchi qadamni qo‘ying – biz sizga yordam beramiz!

🔻 Batafsil ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun biz bilan bog‘laning:
💎 @bba_ilmiy_markaz

☎️ Murojaat uchun:
(95) 515-68-68

Ilmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 12:30 dan 14:00 ga qadar kiritiladi.

⚠️Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:00 dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇺🇸🇺🇸 😊😊😊

Chet tilini (
🇺🇸 ingliz, 🇸🇦 arab, 🇹🇷 turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi

2025-yil 14-aprel kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan tashkil etiladigan chet tilini (ingliz, arab, turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🗓 Ro‘yxatga olish muddati — 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
To‘lov qilish muddati — 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
✍️ Test o‘tkazish kuni — 14-aprel.

🤖 Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

👥 MOCK guruhi @mockbba

☎️ (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 5-6-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 31,7 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 27 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 7-apreldan 25-aprelga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari 2025-yil 2-mayda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat
Milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat

📆
Ertaga (9-aprel kuni) soat 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga javob beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐 TOEFL iBT va GRE testlari ETS tashkilotining rasmiy test markazi – Ilmiy-o‘quv amaliy markazida!

📣 Rasmiy ETS hamkorligi asosida! Promo kod orqali $30 chegirma bilan test topshiring!

💎 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi dunyo miqyosida tan olingan — TOEFL iBT va GRE testlarini o‘tkazish bo‘yicha ETS (Educational Testing Service) bilan rasmiy hamkorlik qilmoqda.

👑 TOEFL IBT testini topshirish to‘lov miqdori ETS tashkiloti tomonidan 195 AQSh dollari etib belgilangan. Lekin ro‘yxatdan o‘tish jarayonida markazning UZB1013101 promo kodini kiritish orqali siz 30 AQSh dollari miqdorida chegirmaga ega bo‘lishingiz mumkin.

🟢 Promo kod: UZB1013101

🗺 Test markazi: Ilmiy-o‘quv amaliy markaz (Scientific and Educational Practical Center under The Agency for Assessment of Knowledge and Competences)

Nega aynan TOEFL iBT va GRE?
🌍 TOEFL iBT — AQSh, Kanada, Yevropa va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi 11 500+ universitetda tan olinadi.
🎓 GRE — magistratura va doktorantura bosqichiga kirishda talab etiladigan yetakchi test.
Testlarni markazimizda qulay, zamonaviy sharoitda, rasmiy va xavfsiz muhitda topshirasiz.

Ilmiy-o‘quv amaliy markaz sizga taklif qiladi:
• ETS tomonidan akkreditatsiyalangan test markazi
• Malakali texnik ko‘mak va koordinatorlar
• Bepul ro‘yxatga olish bo‘yicha maslahat (@bba_ilmiy_markaz)
• Chegirmali promo kod orqali tejamkor imkoniyat
________________________________________

💎 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: (@bba_ilmiy_markaz)

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat imtihoni (aprel)
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat

Milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun soat 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkazildi.

Ovozli chat 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etdi va ishtirokchilarning savollariga javob berdi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/04/10 02:09:15
Back to Top
HTML Embed Code: