Telegram Web Link
Forwarded from Lᴏᴠᴇʟʏ ʙᴏᴏᴋs💕
#27_ishtirokchi

Assalomu alaykum Va Rahmatullohi va Barakotuh...🌺

"Sevgisiga yetishgan Umar" hikoyasi...

Asar haqida õz fikrimni bildirshdan avval, bir narsani aytmoğim kerak...
Mening, shu paytgacha õqigan asarlarim ichida, menga umuman boshqacha ta'sir qilgan, kõzlarimga yosh kelishiga sabab bõlgan asar - ushbu "Sevgisiga yetishgan Umar" hikoyasi bõldi...
Garchi 17 sahifadan iborat bõlsada, biroq õquvchini anchagina õylantirib qõyadigan, qolaversa hozirgi davr hayotidagi dolzarb bõlgan mavzu yoritilgan desam adashmagan bõlaman.
Asar hajm jihatidan ancha kichik bõlsada, biroq insonni tõğri yõldan adashmaslikka, OTA - ONAsining qadriga yetishlikga, hayot faqatgina õyin kulgu,
kayf-u safodan iborat emaslikga, oxiratni õylamay yomon yõlga kirib ketmaslikga undovchi asar bõlgan. Bir sõz bilan aytganda, asar: - Insonni, men tõğri yõldamanmi, yaxshi amallarni bajara olayapmanmi, ota - onamga, ular bergan mehrni yetarlicha qaytara olayapmanmi? Shu kabi savollarni õziga berishiga sabab bõluvchi asar desam mubolağa bõlmaydi...
Asarni õqir ekanman, Umarning ota onasiga yomon munosabatda bõlishi, ularga ovozini kõtarib baqirishlari, hatto ularga qõl kôtarishgacha borganligi meni shu qadar tushkun holatga solib qõydiki, kõzlarimdan yosh oqmaslikning iloji ham yõq edi hatto... Umarning, ota - onasiga qilgan zulmi, hech bir inson kechira olmaydigan darajada edi, biroq uni ota - onasi kechirdi... Kõryapsizmi? Biz qanchalik yomon bõlmaylik, ota - onamizni kõngliga ozor bermaylik, ular baribir kechirishadi... Biroq, nega biz kechira olmasligimiz kerak? Otamiz yoki onamiz biroz
qattiq gapirsalar, darrov õzimizcha xafa bõlib olamiz. Bizning xafa bõlishga haqqimiz bor-u, ularning bunga haqqi yõqmi? Yõq, ular ham xafa bõlishadi, ularning ham kõngli oğrishadi, biroq bizga sezdirmaydi, nega? Chunki farzandim meni xafa qilib qõygani uchun, azoblanmasin, qalbi oğrimasin deyishadi...
Ota - onamiz, har doim, kun-u, tun biz haqimizda õylashadi, biz esa nega õylamasligimiz, ularga mehr bera olmasligimiz kerak? Bunday qilishga bizning haqqimiz yõq!!!
Shunday ekan aziz insonlar, ota - onangizni borida qadriga yeting! Chunki ular ğanimat, ertaga kech bõlmasidan ularni e'zozlang!!!


Ushbu asar, hozirgi davr yoshlariga yaxshigina dars bõladi desam adashmayman. Chunki hozirgi kunda, kõpchilik yoshlarimiz ijtimoiy tarmoqlarga, telefon, internet shu kabi narsalarga shu qadar berilib ketganki, hatto ota - onasiga, yaqinlariga yetarlicha e'tibor berishlikni unutib qõyishyapti ming afsuski...
Asarni, nafaqat yoshlar balki bazi kattalar ham õqib, õzlariga kerakli bõlgan anchagina saboqlarni olishi tabiiy...
Ming marta eshitgandan kõra, bir marta kõrgan yaxshi deganlaridek, asardan taqrizlar keltirmadim, sababi ushbu asarni õqimaganlar, 20 daqiqa vaqtingizni ayamasdan ushbu asarni õqib chiqing! Ishonamanki, asardan õzingiz uchun yaxshigina xulosa chiqarasiz...😊

Nima bõlgan taqdirda ham, asarda Imom aytganidek: Tavba qilaylik, õlim borligini, oxirat borligini unutmaylik...

Asar muallifiga alohida tashakkur!!!


Sizga hurmat ila

#MarjonaJumağulQizi
@dizayn_art
#статусы🍃
Вам понравилось?
2024/11/18 15:35:32
Back to Top
HTML Embed Code: