O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi PF-59-sonli “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”dagi qarori qabul qilingan. Mazkur qarorga muvofiq butun Respublikamizda xatlov jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Dehqonobod tumanida ham 25-sentabrdan boshlab mahallalardagi hokim yordamchisi, Yoshlar yetakchisi hamda xotin qizlar faoli-ya'ni mahalla uchligi tomonidan butun tumanimiz bo'ylab xonadonlardagi migratsiyaga ketgan, migratsiyadan qaytgan, migratsiyaga ketish istagidagi 18 yoshdan katta fuqarolar bilan xonadonbay xatlov amalga oshirilmoqda.

Mazkur xatlovdan maqsad:
Migratsiyaga ketganlarni-davlat himoyasiga olish hamda mehnat huquqlari himoya qilish, o'g'ir vaziyatga tushib qolganlarga ko'mak berish.
Migratsiyadan qaytganlarni esa bo'sh ish o'rinlariga joylashtirish, ularning biznes g'oyalarini qo'llab-quvvatlashdir.

Migratsiyaga borish istagidagilar-bepul til kurslariga (rus, ingliz, nemis tillariga) o'qitish orqali inson qadr qimmati himoyalangan yuqori maosh va qulayliklarga ega bo'lgan rivojlangan davlatlarga ishga yuborish hamda davlat tomonidan mehnat huquqlarini himoya qilish ko’zda tutilgan.

⁉️ Tuman hokimligi migratsiyaga ketganlar, qaytganlar hamda ketish istagidagilarni qo'llab-quvvatlashga, har qanday muammolariga yordam ko'rsatishga tayyorligini maʼlum qiladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Sektor rahbarlari va mas’ullarning fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabuli boʻlib oʻtdi

Tuman markazidagi istirohat bog’ida tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Dehqonobod tumani Xalq qabulxonasi mutasaddilari, tegishli soha mas’ullari tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabul o’tkazildi.

Sherzod Shokirov tomonidan ommaviy qabulga kelgan fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanib, murojaatlar yechimi yuzasidan mas'ullarga topshiriq va murojaatchilarga tegishlicha yo'naltirishlar berildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Foto: “Boshchorbogʻ” mahallasida hashar yoʻli bilan ichki yoʻllarni ta’mirlash ishlari qizgʻin davom etmoqda

Mahalla fuqarolari mazkur ishlardan quvonib, yurtboshimiz boshchiligidagi mas’ullarga minnatdorchilik bildirishmoqda.

Bugunga qadar mahalla hududida 8 kmdan ortiq ichki yoʻllar qum-shagʻal arlashmasi bilan ta’mirlandi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 00:36:45
Back to Top
HTML Embed Code: