Telegram Web Link
Dehqonobod tuman hokimligi hamda tuman yoshlar ishlari bo'limi hamkorligida migratsiyadagi yoshlarning muammo va takliflarini o'rganish maqsadida onlayn muloqot o'tkazildi

Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov ishlash, o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlarda xorijga ketgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Unda yoshlarning murojaatlari eshitilib, ularning masalalarini tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda hal qilish choralari ko‘rilishi aytib o‘tildi.

Mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, migrant ishchilarni chet elga ketishidan oldin til va kasb bo‘yicha tayyorlash, ularning yashash va ishlash sharoitlarini yaxshilash, xorijiy oliy taʼlim muassasalarida o‘qishni tamomlayotgan yoshlarni tumanimizda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan taʼminlash masalalari bo‘yicha muloqot ishtirokchilarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga batafsil javob berildi.

Shuningdek, aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan dasturlar, tashkil qilinayotgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar berildi.

Tuman hokimi yoshlar bilan doimiy muloqot qilishga, ularning muammolarini tinglab, hal etish choralarini ko‘rishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
⚡️Birdamlik bilan qilingan harakat mevasi sifatida ikki mahallani bogʻlab turuvchi yoʻlning 2,5 km qismi asfaltlandi

“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil 1-mavsumi doirasida tumanning “Boyqoʻrgʻon” mahallasi Boyqoʻrgʻon qishlogʻidan “Nurli kelajak” mahallasi Galabuloq qishlogʻigacha boʻlgan yoʻlning 2,5 km qismiga asfalt qoplamasi yotqizish taklifi 4704 ta ovoz bilan gʻolib deb topilgan edi.

Bugun mazkur loyiha doirasida asfaltlash ishlari o’z nihoyasiga yetdi hamda yangi, ravon yoʻl xalqqa xizmat qila boshladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Forwarded from Shahboz Toshqulov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
​​‼️#Xayriya
#yordam_zarur

Asli Dehqonobodlik bo'lgan Gulnora Berdiyeva ancha vaqtdan buyon jigar sirrozi bilan kurashib kelmoqda. Davolanishi uchun millionlab mablag‘ sarf bo‘lmoqda. Ayni kunda oila juda qiyin ahvolda.

Gulnora Berdiyeva Hindistonda jarrohlik amalyotini o’tkazishi kerak. Jarrohlik amalyoti uchun katta miqdordagi pul mablagʻi kerak. Afsuski hozirda bemorning oilasida kerakli pul mablagʻi mavjud emas.

Savobtalab birodarlar ushbu ayolga qo'ldan kelgancha 5-10 ming so'm bo'lsa ham yordam beraylik, zero ushbu mushtipar onaning nogiron farzandi qarovsiz qolmasin.

Ushbu mushtipar onaga yordam berishni istagan saxovatpesha insonlar 👇
☎️ +998931068332
👆 Ushbu telifon raqam orqali bemorning yaqinlariga bog'lanishlari mumkin.

Plastik kartochka raqami: ⬇️

💳 Humo
9860030194424864
Gulnora Berdiyeva.


❗️Azizlar savob uchun ushbu xabarni qo'limizdan kelgancha boshqa kanallar hamda guruhlarga tarqataylik hech bo'lmasa shu yo'l bilan ozgina bo'lsada o'z hissamizni qo'shaylik.
⚡️Davlat dasturi asosida “Chashmamiron” mahallasida asosiy qatnov yoʻllarining bir qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi

2024-yilda Qashqadaryo viloyati mahallalarida aholi kayfiyati va infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarning manzilli roʻyxatiga kiritilgan Dehqonobod tumanining olis “Chashmamiron” mahallasidagi 4K300 “Dehqonobod tumani (M-39 Avtomobil yoʻli 1281 km) Qorashina shaharchasi – Boshchorbogʻ qishlogʻi” avtomobil yoʻlining ser qatnov 48-50 km qismi oraligʻiga davlat dasturi asosida asfalt qoplamasi yotqizildi.

Mahalla fuqarolari mazkur ishlardan quvonib, yurtboshimiz boshchiligidagi mas’ullarga minnatdorchilik bildirishmoqda.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
⚡️Diqqat, diqqat!

Aziz tumandoshlar va tumanimizning bilimga chanqoq yoshlari
Dehqonobod tumani markazida yoshlarni xorijiy tillarga o’qitish orqali kafolatlangan xorijiy davlatlarga ishga yuborishni yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida 1-son kasb-hunar maktabida rus, ingliz hamda nemis tili bo'yicha mutlaqo bepul o'quv kurslari yana to'liq faoliyat ko'rsatmoqda.

📚Darslar haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 14:00 dan 15:30 gacha malakali ustozlar tomonidan olib boriladi.

Demak siz yaqin kelajakda dunyoning eng rivojlangan davlatlarida yuqori maoshli ishda ishlamoqchi bo‘lsangiz biz sizga bu imkoniyatni taklif etamiz!

‼️ Yoshlar ushbu kurslarda bilib olish va batafsil ma’lumotlarga ega boʻlish uchun oʻz mahallalaridagi yoshlar yetakchilariga hamda ko’rsatilgan mas’ul xodimlarga murojaat qilishlari mumkin.

👩🏻‍💼Tuman hokimligidan biriktirilgan mas’ul xodim G.Yo‘ldosheva:
📞 +998996635939

👨‍💼Yoshlar ishlari tuman bo‘limidan biriktirilgan mas’ul xodim A.Eshqobilov:
📞 +998990480394
2024/09/30 20:36:27
Back to Top
HTML Embed Code: